Uploaded by Муин Бозоров

133.+Feruza+Mustafoyeva

advertisement
MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING ILMIY ASOSLARI
VA UNING AMALIY FOYDALARI
Feruza Mustafoyeva Xurshid qizi
O'zbekiston Milliy Universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-kurs talabasi
mustafayevaferuza07@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.10462761
Kalit so'zlar:
ta'lim, mustaqil, amaliy, natija, kreativ, kompetensiya, metodika.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mustaqil ta'lim, uni tashkil etishning shakllari va mazmuni, talabalar uchun mustaqil ta'limning
amaliy foydalari va natijalari haqida fikr, mulohaza va takliflar keltirilgan.
1 KIRISH
Mamlakatimizda ta'lim tizimini rivojlantirish, har
tomonlama yetuk va barkamol avlodni shakllantirish,
ta'lim sohasida eng malakali kadrlarni yetishtirishga
katta e'tibor berilmoqda. Negaki, sifatli ta'lim
taraqqiyotning garovidir. Ta'limning sifatliligini
ta'minlashda rol o'ynaydigan asosiy jabhalardan biri
bu mustaqil ta'limdir. Shu bois ham bugun
yurtimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarida
mustaqil ta'lim soatlarini tashkil etishga alohida
diqqat qaratilyapti. Mustaqil ta'limning o‘quv
jarayoni sifatini oshirishda roli benihoya katta.
Negaki, pedagogdan tayyor ma’lumotlarni olib
o'rgangandan ko‘ra mustaqil faoliyat jarayonida
olgan bilimni o‘zlashtirish ancha yaxshi natija
beradi.
2 METODOLOGIYA
Hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan
mutaxassislar tayyorlash uchun o‘quv jarayonini
tashkil etishni jiddiy ravishda o‘zgartirish kerak,
ya’ni auditoriya soati, passiv ma’ruza mashg‘ulotlar
ulushini kamaytirish hisobiga talabalarning mustaqil
ishlari salmog‘ini oshirish zarur.Talabalarning ta’lim
olishda an’anaviy o‘qitish usulidan mustaqil
faoliyatiga katta e’tibor berib borish asosiy yetakchi
g‘oyadir. "Oliy talim muassasalarida kredit-modul
tizimida talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etish
va nazorat qilish bo’yicha yo'riqnoma" ishlab
chiqilgan bo'lib, mazkur yo’riqnoma O’zbekistan
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31dekabrdagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim
jarayonini tashkil etish bilan bog’liq tizimni
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 824son Qarori hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar
vazirligining 2021-yil 16-iyuldagi “Oliy ta'limning
davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi
311-son buyrug’i asosida ishlab chiqilgan. Ushbu
yo'riqnomaga asosan, mustaqil ta'lim bu – o’quv
materialini mustaqil o’zlashtirish, murakkablik
darajasi turlicha bo’lgan topshiriqlar, amaliy
vazifalarni auditoriya hamda auditoriyadan tashqarida
ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim,
amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga
qaratilgan tizimli faoliyatdir. Talabalar mustaqil
ta’limining asosiy vazifasi mustaqil ravishda
ma’lumotlar topish usuli bilan bilim olishni
rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ijodiy yondashishga
faol qiziqishni shakllantirishdan iborat.
Talabalarning mustaqil ta'limni tashkil etishdan
asosiy maqsad fan (modul) bo’yicha o’zlashtirilgan
bilimlarni mustahkamlash, boyitish, amaliy ko’nikma
va malakalarni takomillashtirish, axborot bilan
ishlash, o’z-o’zini rivojlantirish, kognitiv, kreativ,
hamkorlikda
ishlash
kompetentsiyalarini
shakllantirishdan iboratdir.
Mustaqil ta’lim quyidagi shakllarda tashkil
etiladi:
– mavzularni normativ-huquqiy hujjatlar va o‘quv
adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
– mavzular bo‘yicha referat tayyorlash;
– seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik
ko‘rish;
– ilmiy maqola va tezislarni tayyorlash;
– fanning dolzarb muammolarini qamrab oluvchi
loyihalar tayyorlash;
– nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
– amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini
topish;
– o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha asosiy ilmiy
adabiyotlarga annotatsiya yozish va boshqalar.
Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan metodlarni
shartli ravishda ikki turga bo’lish mumkin:
- Auditoriyada qo’llaniladigan metodlar.
- Auditoriyadan tashqarida qo’llaniladigan mustaqil
ta’lim metodlari.
Auditoriyadagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarda
qo’llaniladigan metodlar
talaba va o’quvchilarni yangi o’quv materiali bilan
tanishtirishda, o’tilgan mavzuni so’rash va takrorlash
hamda mustahkamlash uchun foydalaniladi.
Auditoriyadan tashqarida qo’llaniladigan metodlar
o’quv materialini yoki
vazifani mustaqil holda o’rganish va o’zlashtirishda
foydalaniladi.
Mustaqil
ta’lim
metodlarini
auditoriyadan tashqari qo’llaniladigan metodlarga
kiritish mumkin. Mustaqil ta’lim metodlari
yordamida o’qituvchi o’quv materialini talabaga
yetkazib berishnining maqbul yo’llarini emas, balki
talabaning ma’lumotlarni o’qib-o‘rganish va qayta
ishlash uslubini anglatadi. Har bir o’quvchi yoki
talaba unga berilganvazifani mustaqil ravishda
o’rganishi, tahlil qilishi va o’zlashtirishi kerak
bo’ladi. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda eng keng
qo’llaniladigan usul bu talabaning individual tarzda
ishlashidir. Bunda bilimga individual tarzda
erishiladi,
o’qib-o’rganish
shaxsiy
mustaqil
konstruksiyaga aylanadi, mavjud bilimlar yangi
bilimlar bilan to’ldiriladi.
Mustaqil ta’limni faollashtirmasdan oliy ta’limda
talabalarni samarali o‘qitishni ko‘z oldimizga
keltirish qiyin.
Hozirgi davr mutaxassisidan yuqori darajadagi
tayyorgarlik, mustaqil ravishda qarorlar qabul qila
olish, belgilangan vazifalarni bajarish uchun ko‘p
ma’lumotlar orasidan kerakligini tanlab olish va bu
ma’lumotlarni qayta ishlay olish talab qilinadi.
Mustaqil ta'lim bilan shug'ullanish natijasida
talabalarda bu ko'nikmalar asta-sekin shakllanib
boradi. Buning natijasida ular har qanday mavzularga
mustaqil
tayyorlana
oladigan,
atrof-muhitda
bo'layotgan voqealarga mustaqil munosabat bildira
oladigan, kreativ va tezkor fikrlay oladigan
malakalarga ega bo'lib boradi. Bundan tashqari,
mustaqil ta'limga tayyorlanish natijada talabalar
mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradilar,
zimmalaridagi mas'uliyatni kuchaytirib boradilar,
ijodiy faollik va tashabbuskorliklarini oshirib
boradilar. Mustaqil ta'lim o'qituvchining ko'rsatmasi
va uslubiy rahbarligi bilan, ammo uning ishtirokisiz
amalga oshiriladigan jarayondir. Bunda talabalar
darsdan tashqari vaqtda mustaqil ilmiy-tadqiqot
ishlarini olib boradilar. O'zlari uchun kerakli bo'lgan
materiallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalarni izlaydilar.
Bu jarayon talabalarda har bir ishga katta mas'uliyat
bilan yondoshish ko'nikmasini shakllantiradi.
Mustaqil
ta'limning
maqsadi
kelajakdagi
mutaxassislik yo'nalishi bo'yicha fundamental
bilimlarni, kasbiy ko'nikmalarni, ijodiy va ilmiytadqiqot faoliyatida tajribani, ta'lim va kasbiy
muammolarga ijodiy yondoshishni shakllantirishga
qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Talabalarning mustaqil talimini tashkil etish
quyidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga
xizmat qilishi lozim:
- talabalarda o’z-o’zini rivojlantirish, mustaqil bilim
olish va innovatsion faoliyatni shakllantirishga imkon
beruvchi kompetentsiyalarni egallash maqsadi bilan
bog’liqlikda mustaqil o’quv faoliyatini amalga
oshirish;
- bilim, ko’nikma va malakalarni mustaqil egallash,
muammoni shakllantira olish va uni hal etishning
maqbul yo’larini izlab topishga qobiliyatli kreativ
shaxsni tarbiyalash;
- talabalarda o’quv dasturini o’zlashtirishga doir
motivatsiyani hosil qilish;
- talim oluvchilarda bilim olishga doir masuliyatni
oshirish;
talabalarda
umummadaniy
va
kasbiy
kompetentsiyalarni rivojlantirishga imkon berish;
- talim oluvchilarda mustaqil bilim olish, o’z-o’zini
boshqarish
va
o’z-o’zini
rivojlantirishga
qobiliyatlilikni shakllantirish uchun sharoit yaratish.
Talabalarning
mustaqil
ta’limidan asosiy
maqsadlar quyidagilardan iboratdir:
- yangi bilim olish usullarini egallash, jarayonlarni
mustaqil tahlil qila olish;
- auditoriyadagi mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini
mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va
tartibga solish;
- me’yoriy-huquqiy aktlar, ma’lumotlar va maxsus
adabiyotlar bilan ishlashni o‘rganish;
- o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganish;
- faolligi, bilim orttirishi, ijodiy tashabbusi,
mas’uliyati va tartibligini rivojlantirish;
- olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishni
shakllantirish;
- mustaqil fikr yuritish, o‘z-o‘zini o‘stirish, o‘zining
rejasini amalga oshirishni shakllantirish;
- tadqiqot qila olish qobiliyatini rivojlantirish.
Talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda
akademik va etik talablarga rioya etishi (plagiatga
yo’l qo’ymaslik, professor-o’qituvchilar, talabalar
bilan tolerant munosabatda bo’lish, kichik guruhlarda
hamkorlikda ishlash va mas'uliyatlilik shart.
Mustaqil fikr yuritishga, aqliy va ijodiy faollikka
erishishga qaratilgan mashg‘ulot turi mustaqil taʼlim
bilan bog‘liq bo‘ladi. Mustaqil taʼlimning asosiy
masalasi ham aynan talabaning dars va darsdan
so‘ngi
faoliyati
faolligini
tashkil
etishga
yo‘naltirilgan shart-sharoit, erkin fikr va kasbiy
masʼuliyatni his qilishni taʼmin etishga qaratilgan
ijodiy jarayondan iborat. Mustaqil taʼlim maʼlum
bilim, ko‘nikma va malakalar hamda tajribalar
zahirasi asosida amalga oshadi. O‘quv fanlarini
chuqur va puxta o‘zlashtirish, taʼlim va innovatsion
yondashuvlar asosida axborotlarni mustaqil izlab
topish, uni atroflicha tahlil eta olish, ilmiy-ijodiy
tafakkurni boyitish, o‘quv-biluv jarayonidagi savoljavob va bahs-munozaralarda faol qatnashish, o‘z
fikr- mulohazasini asosli dalillar bilan bayon qilish
hamda uni himoya eta olish qobiliyati har bir talaba –
bo‘lajak mutaxassis olida turgan dolzarb vazifa
hisoblanadi.
3 NATIJALAR
Mustaqil
ta'limdan
ko'zlangan
natijalar
quyidagicha tasniflanadi:
- bilimlarni o'zlashtirish, bo'lajak mutaxassisning
kasbiy ko'nikma, ko'nikma va malakalarini
shakllantirish;
- nazariy material bo'yicha bilimlarni amaliy jihatdan
mustahkamlash,
- o'zini-o'zi tarbiyalashga bo'lgan ehtiyojini oshirish;
- shaxsning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini maksimal
darajada rivojlantirish;
- tadqiqot ishiga bo'lgan qiziqishni oshirish;
- o'quv jarayoni sifatini oshirish va intensivlashtirish;
- tanlangan kasbga qiziqishni shakllantirish va uning
xususiyatlarini o'zlashtirish;
- vaziyatni tahlil qilish va to'g'ri qaror qabul qilish;
o'z
pozitsiyasini,
nazariyasini,
modelini
shakllantirish uchun olingan bilim va amaliy
ko'nikmalarni qo'llash.
Ko'zda tutilgan natijalarga erishish zamonaviy
ta'limga innovatsion xususiyatni berish, uni
modernizatsiya qilish muammolarini hal qilish
imkonini beradi.
Mustaqil ta'lim o’quvchilarning fan bo’yicha
bilimlarini chuqur va mustahkam bo’lishiga, ularning
bilim qobiliyatini rivojlantirishga, yangi materialni
o’zlashtirish sur’atlariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Tizimli ravishda olib boriladigan mustaqil ishlar, uni
to'g'ri tashkil etish talabalarga chuqurroq va
mustahkam bilim olishga yordam beradi.
Talabalar tomonidan didaktik maqsad va mazmun
jihatidan turli xil mustaqil ishlarni bajarishni tashkil
etish ularning kognitiv va intellektual rivojlanishiga
yordam beradi. Ijodkorlik, fikrlashni rivojlantiradi.
Ta'lim jarayoni ishtirokchilari o'rtasida hamkorlik
qilish, ularning biznes va shaxslararo munosabatlarini
insonparvarlashtirish g'oyasi amalga oshirilmoqda.
Bu, birinchi navbatda, talabalarning mustaqil
faoliyatining barqaror motivlarini shakllantirishga
yordam beradi.
Ko'nikmalar majmuasini shakllantirish jarayoni
tezlashmoqda, bunda o'quvchilarning o'zini o'zi
boshqarishi muhim rol o'ynaydi. O'zaro nazorat va
o'z-o'zini nazorat qilishni maqsadli o'tkazish nafaqat
o'qitishni faollashtiradi, balki o'quvchilarning
mas'uliyatini ham oshiradi.
Talabalarning umumiy kompetensiyalari shakllanadi
va talabalar tomonidan kasbiy kompetensiyalarni
rivojlantirishga tayyorgarlik mavjud bo'ladi. Mustaqil
ta'lim pedagogik jarayonda talabalar ta'limining
barcha bosqichlarini qamrab oladigan ajralmas tizim
sifatida tashkil etilganda o'z samarasini beradi.
Mustaqil fikr yuritishga, aqliy va ijodiy faollikka
erishishga qaratilgan mashg‘ulot turi mustaqil taʼlim
bilan bog‘liq bo‘ladi. Mustaqil taʼlimning asosiy
masalasi ham aynan talabaning dars va darsdan
so‘ngi
faoliyati
faolligini
tashkil
etishga
yo‘naltirilgan shart-sharoit, erkin fikr va kasbiy
masʼuliyatni his qilishni taʼmin etishga qaratilgan
ijodiy jarayondan iborat.
dissertatsiyalarini tayyorlayotganlarida qo‘yilgan
muammolarni chuqur tahlil qilib, o‘zlarining mustaqil
asoslangan fikr va xulosalarini chiqarishlari kerak.
Talaba va pedagog mustaqil ta’lim ularning
manfaati uchun olib borilishini tushunishi kerak.
Talaba bajarayotgan mustaqil ish pedagogi uchun
emas, balki o‘zi uchun, uning kelajakdagi
muvaffaqiyatini ta’minlashining asosiy omili
ekanligini tushunishi kerak. Talaba olayotgan bilim
natijasiga o‘zi mas’ulligini anglashi zarur. Mustaqil
ta’lim talabalarga bilim berishda bu talabani o‘z
holiga tashlab qo‘yish emas, balki pedagog
tomonidan muntazam boshqariladigan talabalarning
mustaqil faoliyatidir.
4 XULOSA
[10] Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va
mazmuni. https://genderi.org.
[11] ”Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish
metodikasi”. hm.tiiame.uz
[12] Rayhon Qadirova Jumaboyevna. Mustaqil
ta’limni tashkil qilish metodlari. Oriental
Renaissance:Innovative, educational, natural and
social sciences. Volume 2. 509-bet.
[13] Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish
metodikasi.
Mustaqil taʼlim maʼlum bilim, ko‘nikma va
malakalar hamda tajribalar zahirasi asosida amalga
oshadi. O‘quv fanlarini chuqur va puxta o‘zlashtirish,
taʼlim va innovatsion yondashuvlar asosida
axborotlarni mustaqil izlab topish, uni atroflicha
tahlil eta olish, ilmiy-ijodiy tafakkurni boyitish,
o‘quv-biluv jarayonidagi savol-javob va bahsmunozaralarda faol qatnashish, o‘z fikr- mulohazasini
asosli dalillar bilan bayon qilish hamda uni himoya
eta olish qobiliyati har bir talaba – bo‘lajak
mutaxassis olida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi.
Talabalarning mustaqil ravishda ishlashlari
kelajakda ularning ilmiy faoliyatlari uchun katta
poydevor vazifasini o'taydi.
Talabalar mustaqil ravishda kurs ishlari, kurs
loyihasi, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik
5 FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR:
[1] Sh.I.Yo’ldashev. Talabalarning mustaqil ta’limining
zamonaviy o’quv jarayonida ahamiyati va o’rni bo’yicha
uslubiy qo’llanma. Toshkent-2022.
[2] Axmedova Maloxat Ergashevna. Modul-kredit tizimida
talabalarning sifatli ta’lim olishida mustaqil
o’qish
metodikasi.
Международный
научный
журнал
«Научный импулсь». №9(100), часть 3. 1357-с.
[3].Axmedova M.E. Pedagogika nazariyasi va tarixi (
O‘quv qo‘llanma) – T.: Tafakkur bo‘stoni, 2011.
[4].Axmedova M.E. G.Niyozov. Pedagogika nazariyasi
va tarixidan seminar mashg’ulotlar ( O‘quv qo‘llanma) –
T.: Noshir, 2011.
[5].Axmedova M.E. Modul-kredit tizimida mustaqil
topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari (tilshunoslik
fanlari misolida). Monografiya. “Tibbiyot nashriyoti
matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 173 bet.
[6].Axmedova M.E. Pedagogika. Darslik. “Tibbiyot
nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 223 bet.
[7].Axmedova M.E. Meliboyeva R.N. Bekmirov
T.R.Nurmatov A.N.Kasbiy pedagogika. Darslik. “Tibbiyot
nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 250 bet.
[8].Axmedova M.E.
Mustaqil topshiriqlar bilan
ishlash va ularni baholash metodikasi (modul-kredit
tizimida tilshunoslik fanlari misolida). // Metodik
qo‘llanma, Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ.
Toshkent - 2022. 121 bet.
[9] Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish metodikasi.
https://eself-study.uz.
Download