Uploaded by Faxriyabonu Homidova

Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari

advertisement
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti Dasturiy injeniring fakulteti Zamonaviy iqtisodiyot fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: Raqobat va monopoliya
Topshirdi:Shamuratov Oralbay
Qabul qildi : Xasanova Nigora
1
Reja:
1. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari.
2. Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari.
3. Narxning mazmuni va uning vazifalari, turlari.
4. Raqobatning turli ko`rinishlari sharoitida narxning shakllanish
xususiyatlari.
2
Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari.
Raqobat – bu yuqori foyda va daromad olish hamda naflilikning eng
yuqori darajada yetkazish maqsadida bozor subyektlari iqtisodiy
manfaatlarining to`qnashishidir.
Ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi raqobat.
Iste`molchilar o`rtasidagi raqobat.
Resurs egalari o`rtasidagi raqobat.
Tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish, yuqori narxlarda sotish va
bozordagi mavqeini mustahkamlash orqali eng ko`p foyda olishga qaratildi.
O`zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori narxlarda
sotish orqali ko`proq omilli daromadga ega bo`lishga qaratiladi.
Daromadlarning mavjud darajasida ko`proq miqdordagi tovarlarni sotib olishga,
ya`ni sarflangan puli evaziga ko`proq naflilikka ega bo`lishga qaratiladi.
Raqobatning vazifalari:
1) Tartibga solish vazifasi – ishlab chiqarishni talabga muvofiqlashtirish
maqsadida taklifga ta`sir o`tkazishdan iborat.
2) Resurslarni joylashtirish vazifasi – ishlab chiqarish omillarini ular eng
ko`p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona
joylashtirish imkonini beradi.
3) Innovatsion vazifasi – fan – texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi
hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi
turli ko`rinishdagi yangiliklarning joriy etishini anglatadi.
4) Moslashtirish vazifasi – korxonalarning ichki va tashqi muhit
sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo`naltirilgan .
3
5) Taqsimlash vazifasi - ishlab chiqarilgan ne`matlar yalpi hajmining
iste`molchilar o`rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta`sir
o`tkazadi.
6) Nazorat qilish vazifasi – bozordagi ba`zi ishtirokchilarning boshqa bir
ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o`rnatishiga yo`l
qo`ymaslikka yo`naltirilgan.
Raqobat shakllari:
1. Ishlab chiqaruvchi larning bozordagi mavqeiga ko`ra:
1) Sof yoki erkin raqobat;
2) Sof monopoliya;
3) Monopolistik raqobat;
4) Oligopoliya.
2. Miqyosiga ko`ra:
1) Tarmoqlar ichidagi raqobat;
2) Tarmoqlar o`rtasidagi raqobat;
3) Millliy xo`jalik doirasidagi raqobat;
4) Jahon xo`jaligi doirasidagi raqobat.
3. Sodir bo`lish xarakteriga ko`ra
1) Tartibsiz (stixiyali) raqobat;
2) Tartibga solinadigan raqobat
4. Amalga oshirish usuliga ko`ra:
1) Narx vositasidagi raqobat;
2) Narxsiz raqobat.
5. Amalga oshirish yo`liga ko`ra:
4
1) Xalol raqobat;
2) G`irrom raqobat.
Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) larning bozordagi mavqeini belgilab
beruvchi omillar:
1) Ishlab chiqaruvchi (sotuvchilar) soni.
2) To`siqlarning mavjudlik darajasi (bozorga kirish va undan chiqib ketish).
Sof
Sof
Monopolistik
raqobat
monopoliya
raqobat
1.Ishlab
Juda
Yagona
Nisbatan
chiqaruvchi
ko`p
Oligapoliya
Kam sonli
ko`proq
(sotuvchilar) soni
2. To`siqlarning
Mavjud
mavjudlik darajasi emas
Katta, taqiqlash Unchalik katta
bilan barobar
Katta
emas
Raqobat shakllari
Asosiy belgilar
1)
Tarmoq ichidagi raqobat – mahsulot ishlab chiqarish va sotishda qulay
sharoitga ega bo`lish uchun bir tarmoq korxonalar o`rtasida boradi.
Tarmoq ichidagi raqobat natijasida turli ishlab chiqaruvchilar
tovarlarning individual (alohida) narxi bozor narxiga aylanadi.
2)
Tarmoqlar o`rtasidagi raqobat – turli tarmoq korxonalari o`rtasida
yuqoru foydaga ega bo`lish uchun boradi. Bu raqobat natijasida
korxonalarda hosil bo`lgan turli foyda normalari o`rtacha foydaga aylanib
boriladi.
5
3)
Millli xo`jalik doirasidagi raqobat – natijasida o`rtacha narxlar va
bozor subyektlarining yalpi milliy (ichki) mahsulotdagi ulushi aniqlanadi.
4)
Jahon xo`jaligidagi raqobat – turli davlatlar milliy ishlab
chiqaruvchilarning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlash uchun
boradi va uning natijasida alohida tovarrlarning jahon narxlari
shakllanadi.
5)
Tartibsiz (stixiyali) raqobat - bozor kuchlarining ta`sirida, tabiiy
ravishda ro`y beradi.
6)
Tartibga solinadigan raqobat – madaniylashgan tarzda va ma`lum
me`yorlar doirasida sodir bo`ladi.
Narxning raqobat vositasi sifatida qo`llanish darajasiga qarab narx
yordamidagi va narxsiz raqobat ajratiladi.
Raqobatlashishda g`ayrioddiy usullar (josuslik, qotillik, zo`ravonlik va
h.k.) ning qo`llanish darajasiga ko`ra halol va g`irrom raqobat farqlanadi.
Raqobat usullari:
a) Narx yordamida
b) Narxsiz
Narx vositasida raqobatlashishda ishlab chiqaruvchilar o`z tovarlarining
narxini raqiblari tovarlari narxidan pasaytirish orqali iste`molchilarni og`dirib
olish va bozordagi mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.
Narxsiz raqobatda raqobatlashish vositasi sifatida narxdan tashqari
omillardan foydalanib tovar sotish hajmini ko`paytirib borishga harakat qilinadi.
Narx yordamida raqobatlashish:
6
Bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoq (bozor) dan siqib
chiqarish uchun tovarlariga narxlarini vaqti – vaqti bilan va uzoq muddat
pasaytirib turadi.
Demping narxlarini qo`llash
Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o`zlarining tovarlarini boshqa
mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollard tan narxdan ham past
bo`lgan narxlarga chiqaradi.
Narxlardan chegirma qilish
Bunda tovar narxlaridan muayyan foizda chegirma qilinadi.
Imtiyozli narxlarni qo`llash
Bunda xarid hajmini ko`paytirib borgan iste`molchilarga
rag`batlantiruvchi imtiyozli (pasayib boruvchi) narxlardan foydalaniladi.
Narxsiz raqobatlashish
Tovar sifatini tabaqalashtirish – bir xildagi ehtiyojni qondiradigan va bir
turga mansub bo`lgan tovarlar turlicha iste`mol xossalariga ega bo`ladi.
Tovarlarni kreditga sotish- tovarlar nisbatan ortiqcha bo`lgan sharoitda ishlab
chiqaruvchi o`z tovarlarini narxini kechiktirib to`lash sharti bilan sotib,
raqiblaridan ustun kelishi mumkin.
Sotish vaqtida va kafolatlangan muddatda tekin servis xizmati
ko`rsatish.
Reklama , tovar belgilari, firma muhirlari hamda qadoqlash usullari tovarlar
jozibadorligini oshirish va sotish hajmining ko`payishini rag`batlantirishning
muhim yo`llari hisoblanadi.
7
Marketing –uning vositasida mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini
talabga moslashtirishga harakat qilinadi.
Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari.
Monopoliya – iqtisodiy faoliyatning biror sohasida (ishlab chiqarish,
xizmat ko`rsatish, tijorat va h.k.) korxona yoki davlatning tanho hukmronligini
ifodalaydi.
Monopoliyalarning kelib chiqish sabablari:

Kapitalning to`planishi va markazlashish.

Fan – texnika taraqqiyoti.

Davlatning ayrim faoliyat sohalarini qo`llab – quvvatlashi.

O`zaro kelishish.
Monopoliyaning turlari
Bozorni qamrab olish darajasiga ko`ra: sof monopoliya, oligopoliya,
monopsoniya farqlanadi.
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakka hukmronlik holati
hisoblanadi. Masalan:<< O`zbekiston havo yo`llari>>DAK, <> DAK, Toshkent
aviatsita ishlab chiqarish birlashmasi.
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi.
Masalan: O`zbekistonda sement (asosan Bekobod,Quvasoy, Ohangaron, Navoiy
shaharlarida joylashgan) va h.k.
8
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko`p
bo`lib, ular tovar yoki xizmatlarning yagona iste`molchisi yoki xaridori mavjud
bo`lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi.Masalan: <> korxonasi.
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko`ra: tabiiy
monopoliya, legal monopoliya, sun`iy monopoliya farqlanadi.
Tabiiy monopoliya – iqtisodiy faoliyatning texnikaviy va texnologik
xususiyatlari taqozo qilib, ular raqobatni qo`llash mumkin bo`lmagan yoki qiyin
bo`lgan sohalarni o`z ichiga oladi.

Suv, energiya, gaz ta`minoti korxonalari.

Temir yo`l transporti.

Harbiy – mudofaa majmuasi korxonalari.
Legal (qonuniy ) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi
monopolistik holat.

Patent tizimi – bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar
huquqini taqdim etish tizimi.

Mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san`at asarlari, ko`rsatuvlar,efir
to`lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan
foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli.

Tovar belgilari –bu savdo belgilari, maxsus ramzlari, nomini ro`yxatga
olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo`yicha
paydo bo`lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
Sun`iy monpoliyalar - ishlab chiqarish va kapitalning to`planishi hamda
korxonalarning turli yo`llar bilan birlashtirish natijasida vujudga keladi.
9

Kartel – bir tarmoq korxonalarining ittifoqi bo`lib, uning ishtirokchilari
to`liq iqtisodiy mustaqilligini saqlab qoladi, faqat ishlab chiqarish hajmi,
sotish bozorlari va baholari to`g`risida kelishib oladi.

Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar
birlashmasi bo`lib, uning a`zolari ishlab chiqarish sohasida mustaqilligini
saqlab qoladi, mahsulot esa sindikat mulki sifatida sotiladi.

Trest – ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga birgalikda egalik
qiluvchi korxonalar guruhi bo`lib foyda qo`shilgan kapital hajmiga qarab
taqsimlanadi.

Konsorsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini
birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi .)

Konsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo`lgan, ko`p tarmoqli korxonalar
(sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalarning )
majmuini o`z ichga oluvch birlashma.
Davlatning antimonopol siyosati – monopoliyalar faoliyatini cheklash,
tartibga solish va raqobatchilik muhitini vujudga keltirishga qaratiladi. Bu
siyosat o`z ifodasini antimonopol qonunlarida topadi.
AQSHning antimonopol qonunchiligi

Sherman qonuni (1890 yil) – unda ishlab chiqarish va savdoni cheklash
maqsadida tuzilgan bitimlar noqonuniy deb hisoblanadi.

Kleyton qonuni (1914 yil) – iste`molchilarni narx orqali kamsitish,
majburiy shartnomalar tuzish, raqobatchi korxonalarning zaiflashuviga
olib keluvchi aksiyalarni sotib olish taqiqlanadi .

Seller – Kefover qonuni (1950 yil) – bu qonunda Kleyton qonuniga
o`zgartirish kiritilgan bo`lib, unda nafaqat raqobatchi korxonalarning
10
zaiflashuviga olib keluvchi aksiyalarni balki ishlab chiqarish vositalarni
sotib olish ham taqiqlanadi.
Antimonopol faoliyatni tartibga solishning asosiy yo`nalishlari:

Bozorning monopollashuvini cheklash;

Raqobatchi kompaniyalar qo`shilishini taqiqlash;

Monopol narxlar belgilanishini taqiqlash ;

Raqobatni madaniylashgan tarzda olib borishni qo`llab quvvatlash.
O`zbekistonda monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshiruvchi muassasa.

O`zbekiston Republikasi mopnopoliyadan chiqarish, raqobat va
tadbirkorlikni qo`llab- quvvatlash davlat qo`mitasi.
O`zbekiston respublikasining antimonopol qonunchiligi .

1992 yilgi qonun

1996 yilgi qonun

1996 yilgi qonun
Narxning mazmuni va uning vazifalari, turlari.
Narx – talab va taklifning muayyan nisbatida tovar (xizmati) ni ishlab
chiqarishga ketgan iqtisodiy resurs xarajatlari hamda uning nafliligining pul
ko`rinishida ifodalanishi.
Narxning vazifalari:
1.Qiymatni hisobga olish
11
Tovarlarni ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, olingan natijalar va
uning nafliligi narx yordamida hisobga olinadi.
2. Muvozanatlikni ta`minlash
Bunda narx talab va taklifga ta`sir ko`rsatish orqali ularni muvozanat
holatiga keltiradi.
3. Tartibga solish
Bozor narxlari va davlatning narx siyosati iqtisodiy faollikka ta`sir
ko`rsatish orqali iqtisodiyotni tartibga solishda muhim vosita vazifasini
bajaradi.
4. Raqobat vositasi
Ishlab chiqaruvchilar, resurs egalari va iste`molchilar narx vositasida
raqobatlashganda u raqobat vositasi vazifasini bajaradi.
5. Ijtimoiy himoyalash
Narx bu vazifani tovarlar datatsion (budjet mablag`lari hisobidan
arzonlashtirilgan) narxlarda sotilsa bajaradi.
Iqtisodiy mazmuniga ko`ra
Tartibga solish darajasiga ko`ra
Narx turlari

Ulgurji narxlar

Chakana narxlar

Xarid narxlari
12

Datatsion narxlar

Demping narxlar

Nufuzli narxlar

Ta`riflar

Qat`iy belgilangan narxlar

Erkin narxlar

Tartibga solinadigan narxlar
Amal qilish doirasiga ko`ra

Hududiy narxlar

Milliy narxlar

Jahon narxlar.
Monopol narxlar – monopol mavqeiga ega bo`lgan tovarlarga belgilanib ishlab
chiqarish bahosidan yuqori yoki past bo`lishi mumkin.
Irratsional narxlar – yer, suv, o`simlik va hayvonat dunyosi kabi tabiiy
resurslarga belgilanadigan narxlarni bildiradi.
Demping narxlar – bunday narxlarda ishlab chiqaruvchilar bozordagi mavqeini
muatahkamlash va raqiblarini siqib chiqarishda foydalaniladi.
Datatsion narxlar – davlat budjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlardir.
Ta`riflar –turli xil xizmatlar ( telefon,transport, kommunal va h.k.) bahosi
sifatida chiqadi.
Narx dipozoni – turli narxlar oralig`ining puldagi ifodasi.
Narx diskriminatsiyasi – narxlarni kamaytirish deb ham atalib, u narxlardagi
farq ishlab chiqarish xarajatlaridagi farqlardan kelib chiqmaganda ro`y beradi.
13
Raqobatning turli ko`rinishlari sharoitida narxning shakllanish
xususiyatlari.
Raqobatning turli shakllarga asoslangan tarmoqlarida narx tashkil
topishining umumiy shart – sharoitlari.

Narx asosida ishlab chiqarish sarf- xarajatlari yoki tovar (xizmat) qiymati
yotadi.

Narx tovarlar naflilik darajasini ifodalaydi.

Narx o`zida tovarlarga bo`lgan talab va taklif nisbatini
mujassamlashtiradi.

Raqobatlashish usullari ham narx tashkil topishida o`z o`rniga ega
bo`ladi.

Narx tashkil topishiga davlat iqtisodiy siyosati ta`sir ko`rsatadi.

Narx shakllanishida xufiyona iqtisodiyotning rivojlanishi darajasi ham
ma`lum o`ringa ega.
Raqobatning bu shaklida har bir ishlab chiqaruvchi o`z mahsulotini turli
usullar bilan tabaqalashtirish orqali bozordagi mavqeini mustahkamlash va
mahsulotiga narx belgilashga harakat qiladi.
Monopolistik raqobatli tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmi va narxning
aniqlanishi.
Sof raqobatli tarmoq (xizmat) da narxning tashkil topish xususiyatlari:

Narx yalpi talab va yalpi taklif ta`siri ostida shakllanadi.

Alohida ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) lar bozor narxlariga va sotish
hajmiga ta`sir ko`rsata olamaydi.

Yalpi talab va yalpi taklifda ro`y berib turadigan nisbatan katta
o`zgarishlar bozor narxlari va sotish hajmini o`zgartiradi.
14

Tarmoqqa kirish uchin to`siqlar mavjud bo`lmasligi sababli narxlar
nisbatan beqaror hisoblanadi.

Ishlab chiqarish miqyosini keltirib chiqaradigan to`siqlar (iqtisodiy,
moliyaviy, texnologik va boshqa).

Qonuniy to`siqlar (patent va litenziyalar kabi).

Tabiiy monopoliyalar tabiati taqozo qiladigan to`siqlar.

G`irrom raqobat usullaridan foydalanish.

Xom ashyoning muhim turlariga xususiy mulkchilik.
Sof monopoliya sharoitida tarmoqqa kirish uchun to`siqlarning asosiy
turlari.
Davlatning narx siyosati- bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida narxlarni
erkinlashtirish va milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga
yaqinlashtirishga qaratiladi.

Narxlarni birdaniga yoki <> tarzda qo`yib yuborish ;

Narlar o`sishini sun`iy ravishda ta`xtatib qo`yish;

Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishni ma`lum
darajada saqlab qolish;

Narxlarni asta – sekinlik bilan va bosqichma- bosqich erkinlashtirish.
15
Download