OITS - REFERATLAR.Uz

advertisement
Sog`lom turmush tarzi -salomatlik
garovi
Ushbu uslubiy qo`llanma insoniyatning aqliy va jismoniy kamoloti kushandasi
hisoblangan psixoaktiv moddalar haqida.
Qo`llanmada narkotik va spirtli ichimliklar, nos, tamaki va asr vabosi bo`lgan OITS
xastaligini kelib chiqishi va oldini olish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida
batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Berilgan ma'lumotlardan barcha ta'lim tarbiya muassasa
xodimlari o`z ish faoliyatlari davomida foydalanishlari mumkin.
Kelajagdagi buyuk mustaqil yurtimiz uchun barkamol, vatanparvar, yuksak madaniyatli,
ma'naviy qadriyatlarni tarbiyalashimiz lozim.
Ham jismonan, ham ma'naviy sog`lom avlodning turmush tarzini yaratish davr
taqazosidir. Prezidentimiz Islom Abdug`anievich ta'kidlaganlaridek, "Yoshlarga milliy
vatanparvarlik ruhida ta'lim-tarbiya berish bugungi kunning asosiy vazifalaridan
hisoblanadi". Bu esa, barcha tashkilotlarning xamkorlikdagi faoliyati, kuch-qudrati,
zakovati va yoshlarga sog`lom turmush tarzi tamoillarini singdirish orqaligina amalga
oshirish muqarrar.
O`zbekiston Respublikasi inson salomatligi haqida qancha g`amxo`rlik qilishiga
qaramasdan, yoshlar orasida zararli hisoblangan psixoaktiv moddalarni ( narkotik va
spirtli ichimliklar, nos, tamaki, nasha) iste'mol qilish holatlari uchrab turibdi.
Insonning aqliy va jismoniy kamoloti kushandalari
Insoniyat o`tkir spirtli ichimliklik ishlab chikarishni o`rganib olgandan buyon, uning
o`zi bu ofat domiga tushib qolmaslik uchun kurashib keladi.
Afsuski, davrlar o`tishi bilan bu "kayfi shirin zaxar"ning xilma-xil turlari yaratildi. Bular
ilgaridan ma'lum bo`lgan may, sharob, boda va endilikda keng urfga kirgan spirt, aroq,
konyak, vino, pivo va boshqa shunga o`xshash narsalardan iborat bo`lib, barchasi inson
umrining egovi hisoblanadi. Mazkur ichimliklar tarkibida etil spirit bo`lganligidan
iste'mol qilgan kishini ma'lum muddatga sarxush qiladi. Bu odatni tez-tez takrorlash esa
kishining alkogol domiga tushib qolishiga sabab bo`ladi.
Afsuski, hozirgi davrda, hatto o`smir-yoshlar ham ichkilikbozlikka,
giyoxvandlikka, kashandalikka ruju qo`yish qollari uchramoqda.
Bolalar o`rtasida ichkilikbozlik, giyoxvandlik kabi tuzalishi qiyin bo`lgan vaboning
tarqalishiga ota-onalarning o`z yumushlari bilan o`ta bandligi, bolalarni nazoratsiz
qoldirishlari, oilaviy nizolar, ortiqcha boylik orttirishga ruju qo`yish, bolaning keragidan
ortiq ta'minlanganligi va boshqa omillar sabab bo`lmoqda.
Ma'lumki, spirtli ichimliklarni ise'mol qilish, turli narkotik moddalarni chekish
mamlakat taraqqiyotiga, inson kamolotiga salbiy ta'sir etadi. Shuning uchun ichkilik va
nashavandlikdan saqlanishga da'vat etiladi.
Spirtli ichimliklar insonning ma'nan va aqlan rivojlanishiga katta zarar yetkazadi.
Undan ortiqcha iste'mol qilgan kishi na oilasi uchun, na jamiyat uchun foyda keltiradi,
balki ularga katta talafotlar keltiradi. Kaykovus, Yusuf Xos Xojib, Beruniy, Ibn Sino,
Umar Xayyom, Sa'diy, Alisher Navoiy, Bobur kabi donishmandlarimiz xam
kilikbozlikning zararli oqibatlarini ko`satib, odamlarni unga ruju qo`yslikka davat
etganlar.
Alisher Navoiy ichuvchi kishi "yomon itdek odamlarga o`z-o`zidan hamla qiladi.
Uni shunchaki yomon it emas, qopadigan it desa ham bo`ladi. Bunday odam or-nomus,
urf-odat va mulozamatlarni unutadi, rahm-shafqat degan tushunchalaridan uzoqlashib
ketadi, parishonxotir, nafosatsiz, didsiz bir maxluxluqqa aylanib qoladi", deganla
Kashandalik salomatlik uchun nihoyatda zararli odatlardan sanaladi. Sigaret chekish
natijasida uning tarkibidagi nikotin moddasi inson a'zolariga qo`zqatuvchi ta'sir ko`rsatib,
qon bosimini oshiradi, mayda tomirlarni yanada toraytiradi, nafasni tezlashtirib, ovqat
hazm qilish tizimining shirasini ko`paytiradi.
Chekish jarayonida nikotin va tamaki tutuni tarkibidagi boshqa moddalar inson
a'zolarini zaharlaydi. Chekuvchilarning qadeb yo`taladiganbo`lib qolishi ana shundandir.
Kashandalik oqiz bo`shliqi, tomoq, nafas yo`llarida o`smalar paydo bo`lishiga olib
kelishi mumkin. Chekuvchi odam kasal bo`lganda uning sog`ayishi ham og`ir kechadi.
Chekish miya quvvatining pasayishiga olib keladi.
Narkotik moddalarning qaysi turini ise'mol qilishdan qat'i nazar, hammasi ham
naslga yomon ta'sir etadi, giyohvand ayol yoki erkakning farzandlari tug`ma nogiron,
mayib-majruh, aqli zaif, jismonan rivojlanmaydigan bo`lib tug`iladilar.
Olim, Fozil Rizouddin ibn Faxruddin aytadi:
"Odam bolasi aqlli, g`ayratli bo`lib dunyoga keladi, lekin uning aqlini, g`ayrat va
shijoatini ichkilik bitiradi. Dunyoda har narsani aksini ko`rsatib turuvchi narsa
ichimlikdir. Bir kishiga ichkilik qadag`ini beruvchi odam u bechoraning vijdonini va bir
oilaning umidini so`ndirib, eng buyuk jinoyat qilgan bo`ladi"
Immunitet haqida umumiy
ma'lumotlar
Immunitet-lotin tilida-immunitashalos bo'lish degan ma'-noni bildirib,
kimyoviy yot jismlari bo'lgan
bakteriyalar, viruslar va ularning
toksinlari, bir hujayrali eng sodda hayvonlar, tekinho'r chuvalchanglar,
gijjalar, organizmning aynib o'zgargan
hujayralari, ya'ni rak hujayralar va
organizmning o'lib borayotgan
hujayralaridan himoyalanish demakdir. Immu-nitetning buzilishi autoimmun kasalliklar,
allergiya, yangi tug'ilganlarning qator kasalliklarini rivojlanishi, rak paydo bo'lishi,
ertaroq qarish, mikroorganizmlarga sezuvchanlikni oshishi, antibiotiklar ta'sir
etaolmaydigan surunkali yuqumli jarayonlarni rivojlanishiga olib keladi.
Immunitet turlari va formalari
Organizm himoya omillarining turli-tumanligi va immuni-tet mehanizmi, uning forma va
turlarini turli-tuman tasnifi mavjudligidan dalolat beradi. Unga ko'ra immunitetning quyidagi turlari tafovut qilinadi:
1. Tabiiy immunitet: o'z navbatida tug'ma, orttirilgan va chaqaloqlar passiv
immunitetiga bo'linadi.
2. Sun'iy immunitet: o'z navbatida vaksinasiyadan keyin paydo bo'ladigan faol
hamda organizmga davo zardobi yoki gamma-globulin yuborilgandan keyin paydo
bo'ladigan passif immunitetga bo'linadi.
Tabiiy tug'ma immunitet-kasallikka chalinmaslikning eng mustahkam formasi bo'lib,
ushbu turning biologik, hamda tug'ma hossalari bilan bog'liq. Masalan: odamlar
hayvonlar o'lati, tovuqlar vabosi, cho'chqalar terisining saramasi kasalligi bilan
og'rimaydi. Hayvonlar esa odamlardagi gonoreya, zaxm, bo'g'ma, vaboga chalinmaydi. U
yoki bu kasalliklarga chalinmaslikni bu xususiyati nasldan-naslga o'tadi.
Orttirilgan tug'ma immunitet odam yuqumli kasallikni boshidan kechirgandan so'ng
paydo bo'ladi. U individual bo'lib nasldan-nalsga o'tmaydi. U o'ziga xos bo'lib,
organizmni faqat o'tkazilgan kasallikdan himoya qiladi.
Chaqaloqlarning tug'ma passiv immuniteti ham tabiiy immu-nitet qatoriga kiradi. U
ona organizmidan homilaga antitana o'tishi bilan bog'liqdir. Uning davomiyligi uzoq
emas, ya'ni bir necha oydir.
Sun'iy immunitet. Uni organizmda sun'iy ravishda kasal-liklarni oldini olish,
shuningdek yuqumli kasalliklarini davo-lash uchun hosil qilinadi. Sun'iy immunitetning
faol va passiv turlari ajratiladi.
Passiv sun'iy immunitet odam organizmiga maxsus himoya moddasini, ya'ni immun
antitana yuborilganda paydo bo'ladi. Ular kasallanib bo'lgan kishilar immun zardobi
tarkibida bo'ladi. Immunitetni bu turi uzoq muddat saqlanmaydi (bir oyga qadar)
Faol sun'iy immunitet organizmga vaksina yuborilgandan so'ng paydo bo'ladi. Uning
muddati 3-5 yil, shuningdek o'ldirilgan mikroblardan tayyorlangan vaksina ishlatilganda
1 yilgacha bo'ladi.
Immunitetni har xil tur va formalarga bo'linishi shartli hisoblanadi. Tug'ma yoki
ortirilgan immunitetda ham organizm himoyasining bir hil a'zolar va to'qimalar tizimi
amalga oshi-radi. Ularning asosiy vazifasi organizm ichki muhitini, ya'ni gomeostazni bir
ma'romda saqlab turishga yo'nalgan.
Giyoxvandlik muammolari
Giyoxvandlik ijtimoiy illat, ma'naviy va jismoniy kasalikdan boshqa narsa emas.
Biroq, uning shavqatsiz fojea ekanligini teran anglamay, unga chalinib qolayotganlar oz
emas. Psioaktiv moddalar (PAM) -alkogol', giyoxvand va taksik moddalarga ruju
qo`yish, surunkali ravishda ularga o`rganib qolish qator mamlakatlar aholisi, ayniqsa
yoshlar salomatligiga putur yetkazayotgan eng daxshatli muammolardan bo`lib
qolmoqda. So`ngi yillarda tibbiy ko`rsatmalardan tashqari narkotik va taksik kayf
qildiruvchi turli moddalarni qabul qilish ko`rsatgichlari shiddat bilan o`sib bormoqda.
Eng xatarli tomoni shundaki, yoshlar orasida kuchli va og`ir sintetik giyoxvand moddalar
kokain va geroin kabilarga extiyoj kuchayib borayotgani kuzatilmoqda, orasid
Giyoxvandlik qator tizimli bo`lishlari bilan tavsiflanadi. Eng avvalo modda almashinuvi
jarayonida qo`pol o`zgarishlar ro`y beradi. Giyoxvand moddalar inson bosh miyayasiga
maxsus ta'sir etib unga o`rganib qilishga olib keladi. Shu bilan birga, ular bosh miyaning
muhim ichki a'zolarini chuqur zararlanishiga hamda imunitetning paysayib ketishiga olib
keladi. Shaxsning salbiy tomonga o`zgarishi, xarakterning zaiflashishi, xulq-atvor
buzilishi, jinoyatga qo`l urish, o`g`rilik sodir etish kabilari giyoxvandlik uchun xos
bo`lgan holatlardir.Undan tashqari, maktab yoki o`quv yurtidagi umumiy intizomning
buzilishi o`quvchi yoki talabalar
o`zlashtirishining pasayishi,
giyoxvandlikka xos muhit
g`oyasining tarqalishi kabilar ham
giyoxvandlik illatining yoshlar
muhitiga kirib kelganligini
anglatadi. Tibbiy tomondan,
giyoxvandlik oqibatida gipotitlar,
VIChlar, OITSlar jinsiy yo`l bilan
yuqadigan kasalliklarning
ko`payishi tendensiyasini kuzatish
mumkin. Giyoxvand modda qabul
qilayotgan bola qanchalik yosh
bo`lsa, uning shunchalik tez va og`ir
nogironlikka chalinishi, yoki erta
o`lib ketish ehtimoli shu qadar ko`p
bo`ladi. Shuning o`zi esa davlatning
saloxiyatini pasaytiradigan omil hisoblanadi. Giyoxvandlikning maxsus belgisi sog`ayish
imkoniyatining mavjud emasligidir. Ushbu kasallik surunkali bo`lib, kutilmagan har
qanday vaqtda u qaytalanishi mumkin. Giyoxvandlik "Oq ajal" domiga ko`plab
o`smirlarni kirib qolayotganligi qayg`uli xoldir. Barchaga ma'lum bo`lgan giyoxvand
moddalardan tashqari so`ngi o`n yil ichida psixotrop narkotiklar qabul qilayotgan
giyoxvandlar soni ko`payib bormoqda.
"Narkotik "(giyoxvand modda) nima degani?
Umumjaxon sog`liqni saqlash tashkilotining ta'rifiga ko`ra tibbiyotda qo`llanilishidan
qat'iy nazar, kayf xissiyotini tug`diradigan va unga ruju qo`yishga olib keladigan xar
qanday modda narkotik deb ataladi. "Narkomaniya" atamasi Narkomaniya (yunoncha
narxe-karaxtlik va mania-telbalik, jaxl, shod-xurramlik), bangilik, giyoxvandlik-narkotik
ta'sirga ega bo`lgan moddalarni surinkasiga iste'mol qilish, unga moyil bo`lib qolish,
narkotik modda bo`lmaganda esa bemorda xumor belgilarining paydo bo`lishi, oqibatda
og`ir ruxiy, jismoniy, ma'naviy o`zgarishlar, ijtimoiy tushkinlik bilan kuzatiladigan
kasallikdir.
Narkomaniya sotsial muammodir. Sobiq ittifoq davriga qadar Rossiyada, shuningdek,
O`rta Osiyoda narkotiklarni turmishda qabul qilish, xususan opium chekish tufayli
narkomaniya juda xam keng tarqalgan, katta shaxarlarda esa kokain va narkotiklarning
boshqa xillarini qabul qilish keng tus olgan edi.
Lekin sobiq ittifoq davrida, barcha ma'lumotlar xalq ommasidan yashirilishi tufayli
narkomaniyaga barxam berilgandek bo`lgan. Sobiq ittifoq parchalanib ketgach, barcha
ma'lumotlar to`qri ko`rsatilishi tufayli birdaniga narkoman va toksikomanlar soni
ko`payib ketgandek bo`ldi. Shuningdek XX asrning oxiriga kelib butun jaxon miqyosida
xam narkomanlarning soni kundan-kun ortib borayotgan edi va ortib bormoqda. Shuning
uchun xam narkomaniya kasalligini xuddi OITS kabi "XXI asr vabosi" deb atasak
mubolag`a bo`lmaydi. Kasallanish darajasi Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrika
mamlakatlarini qamrab olib, butun bir epidemiyaga aylanib qolmoqda.
Bu kasallik tufayli xar yili dunyo bo`yicha millionlab kishilarning yostig`i
qurimoqda. Narkomanlarning o`rtacha yashash umrlari statistika ma'lumotlariga ko`ra
35-40 yoshni tashkil etadi.
Respublikamizda 1995 yilda giyoxvandlarning umumiy soni 6578 kishini 1996 yilda esa
7612 kishini tashkil etdi, ya'ni bir yilda 1000 nafar bemorlar ko`paygan. 2003 yilning
birinchi yanvar xolatiga 12082 kishini tashkil etdi. Viloyatimizda 1993 yilda xammasi
bo`lib narkomanlar soni 328 kishini tashkil etgan bo`lsa, 1998 yilga kelib 972 kishini,
2003 yilning birinchi yanvar xolatiga esa 1127 kishini tashkil etdi. Giyoxvandlik asosan
o`smirlar orasida ko`payib bormoqda.
Bu ko`rsatkichlar Respublikamizda ham narkomanlarning soni yildan-yilga ortib
borayotganligidan dalolat berib turibdi. Shuning uchun ham Respublikamizda xurmatli
prezidentimiz I.A.Karimov boshchiligida narkomaniyaga, narkotik vositalarni oldi-sotti
qilishlarga qarshi nafaqat milliy miqyosda, qolaversa xalqaro miqyosda ham faol kurash
olib borilmoqda va olib boriladi ham. Respublikamiz rahbariyati tomonidan narkotik
vositalar ustidan nazorat qilish bo`yicha xalqaro shartnomalarning barcha moddalari
aniq-ravshan bajarib kelinmoqda.
Respublikamizda yaxshi tashkil etilgan chegara va bojxona xizmati narkotiklarni chet
eldan kontrabanda yo`li bilan Respublikamizga olib o`tishga deyarli imkon bermaydi.
Lekin xali ham bunday xollar uchrab turibdi. Bu esa Respublikada narkomaniyani
ko`payishiga turtki bo`lmoqda.
Respublikamizdagi qonunchilik aktlarida narkotik moddalarni saqlash, tayyorlash va
ishlatish qoidalarini buzish qat'iy jinoiy javobgarlikka tortilishi ko`zda tutilgan. Qonunda
narkotik moddalarni qabul qilishga undaganligi uchun ham jinoiy javogarlikka tortilishi
ko`zda tutilgan. Ayniqsa balog`atga yetmagan bolalarni shu ishga undash, unga jalb etish
og`ir jinoyat xisoblanadi.
Narkotik dori vositalarini O`zbekison Respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi
tomonidan tasdiqlangan, faqat vrachning aloxida №4-sonli formasi, ya'ni dorinoma
asosida davolash maqsadlarida berilgan va berilmoqda. Dorinoma blankalarining seriya
nomerlari maxsus xisobga olib boriladi. Davolash-profilaktika muassasalari narkotik
dorilarga berilgan dorinomalar soni bo`yicha muntazam ravishda xisobot berib turadilar.
Narkotik dori vositalari dorixonalarda va davolash-profilaktika muassasalarida ham
mavjud tasdiqlangan qo`llanmalarga asosan maxsus seyflarda saqlanadi. Xozirda
narkotik vositalarni ichki ishlar tomonidan butunlay davlat nazoratiga olingan bo`lib,
faqat davolash hamda ilmiy tekshirish maqsadlarida foydalanish uchun beriladi.
Giyoxvandlikni kelib chiqishi va sabablari.
Narkomaniya va toksikomaniya keltirib chiqaradigan moddalarga biologik muxtojlik
borligi tasdiqlanmagan. Bu narkomaniya kasalligining rivojlanishda ijtimoiy (nototo`qri
tarbiya, tevarak-atrofning ta'siri, oiladagi salbiy kelishmovchiliklar), Narkomaniya
narkotik moddalarni doimo qabul qilish natijasida vujudga keladi, chunki ushbu kasallik
bilan og`rigan kishining jismoniy va ruxiy xolati xumorini bosadigan tegishli narkotik
modda ise'mol qilishiga bog`liq.
Narkomaniya organizmda chuqur o`zgarishlarga sabab bo`ladi va uni tanazulga olib
keladi. Kasallik sekinasta rivojlanib borib surunkali davom etadi. Narkotik moddalar
xursandchilik, vaqtichoqlik, xotirjamlik xissini uyg`otib, kayf qildirishi sababli istemol
qilinib, bora-bora kasallikka aylanadi. Quyidagi ikki xolda narkotik moddalarga o`rganib
qolish mumkin.
Birinchi xolda kishi o`z xoxishidan tashqari, e'tiborsizligi natijasida narkotik
moddalar xumor qiladigan bo`lib qoladi. Bunday bangilik ko`pincha vrach byurgan
narkotik moddalarni noto`qri iste'mol qilish natijasida kelib chiqadi. Sal narsa ta'sir qilib,
tashvish kuchayib ketadi, ba'zi kasallar oqriq, uyqusizlik va dardning boshqa
tomonlaridan qutilish maqsadida oxirini o`ylamay, vrach ko`rsatmasini ham pisand
qilmay, o`zboshimchalik bilan narkotik modda dozasini oshirib qabul qilishadi. Bunday
bemorlar odatda o`z axvollarining yaxshilanishi dori tufayli bo`layotganini sezib, uni
ichishni davom etira boshlaydilar va ko`pincha axvollarining oqirligidan nolib, vrachni
oldaydilar. Shu zayilda ish tutishning oqibati yomon bo`lib, narkotik moddalarga
unchalik zarurat bo`lmasa ham, uni qabul qilinaveradi, dorining esa organizmga narkotik
ta'siri yanada orta boradi va natijada narkotik moddaga moyillik kuchayib, u xumor
qiladigan bo`lib qoladi. Narkotik modda dozasini o`zboshimchalik bilan o`zgartira
borish, uni tez-tez va uzoq muddat qabul qilish narkomaniyaga olib keladi.
Ikkinchi hol ongli ravishda kayf qilish maqsadida
narkotik moddalarga o`rganishdir. Narkomaniyaga odatda
o`zini tiya bilmagan, ruxan zaif, irodasi kuchsiz, birovlarga
taxlid qiladigan, xumorini tarqatishdan boshqa narsani
bilmaydigan, o`ta xudbin kishilargina beriladi. Bunday
kishilar o`z mayillariga qarshi yurolmaydilar. Shuning uchn
ularning kayf qilishga moyilliklari kuchli bo`ladi. Bangillik
avj olib ketadi. Bu kasallikka uchraganlarda kasalik juda ham
og`ir kechib, odatda kutilmagan yomon oqibatlarga olib
keladi.
Bangilikka mubtalo bo`lganlar narkotik moddalarni
qayta-qayta va ko`proq miqdorda ise'mol qilgisi kelaveradi.
Keyinchalik esa narkotik moddalarni qabul qilmasdan tura
olmaydigan, o`sha bo`lmasa xuddi "biror narsa
yetishmayotganday" bo`lib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish
va o`zini bir oz yengil xis qilish uchun yana narkotik moddaga
ruju qiladi. Shu tariqa narkotik moddalarga moyillik shu
darajada kuchayib ketadiki, narkotik moddalar kuchini
yo`qotgandek bo`lib qoladi, endi avvalgidek xumor tarqatish
uchun doridan ko`proq miqdorda ise'mol qilgisi keladi.
Oldiniga narkotik modda bir muncha sal'biy ta'sir ko`rsatgan bo`lsa, keyinchalik go`yoki,
uning holatini "normallashtirganga" o`xshaydi, bemor o`zini birmunch yaxshi his qiladi,
demak organizm endi haqiqiy bangilikka berilib qolgan bo`ladi. Agar narkomanlarda
avval ruxiy o`zgarishlar (tajanglik, kayfiyat buziqligi, xotira pasayishi) paydo bo`lgan
bo`lsa, keyinchalik jismoniy o`zgarishlar terlash, yurak tez urishi, og`iz qurishi, ozib
ketish, qo`l-oyoq titrashi, rangining siniqishi, ko`z qorachiqining kengayishi ro`y beradi.
Agar narkoman o`z vaqtida narkotik qabul qilmasa, organizmda kuchli ruxiy va jismoniy
o`zgarishlar paydo bo`ladi. Bangi odam navbatdagi kayfni surish uchun har qanday
paskashliklarga boradi sotqinlik, aldash, zo`rlik, o`g`riliklardan toymaydi. Organizmga
narkotik modda kirmasa xumorlik boshlanadi: organizm og`ir axvolda qolib chuqur ruxiy
va jismoniy o`zgarishlar yuz beradi, xatto xayot uchun xavfli voqealar yuz berishi
mumkin. Organizmning hamma sistemalarida chuqur o`zgarishlar sodir bo`ladi. Kasalik
rivojlangan sari organizmda darmon qurishi xam kuchaya boradi, endi narkotik
moddaning kuchi organizm uchun og`irlik qiladi. Narkotik moddalarning oldingi is'temol
qilib yurgan dozasi endi yomon ta'sir qila boshlaydi. Zaxarlanish og`ir kechadi. Narkotik
moddaning dozasi, ozgina oshishi bilan bemor o`lib qolishi mumkin.
Narkomaniyani davolash faqat narkologiya va psixiatriya shifoxonalarida
vrachlarning qattiq nazorati ostida olib borilishi kerak. OITS- Ortirilgan immunitet
tanqisligi sindromi butun dunyo bo`ylab bu kasallik shiddat bilan tarqalayotgan bir
davrda, unga qarshi kurash ham shunday kuchli shiddat bilan davom etishi lozim.
Ayniqsa o`sib kelayotgan yosh avlod ongiga bunday fojeali xastaliklar oqibatini, kelib
chiqishini turli suxbatlar, tadbirlar, davra suxbatlari orqali tushuntirib borish lozim.
OITS- Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi statistik ma'lumotlarga qaraganda,
dunyo bo`yicha 40 mlndan ortiq inson OIV bilan zaralangan, O`zbekiston Respublikasida
esa 10015 inson, Toshkent shahri bo`yicha tahminan 2218 inson ushbu virus bilan
zararlangan. (2006 statistikasi).
Dunyo bo`yicha bir kunda 6800 inson zararlanar ekan, 5700 inson shu xastalik
sabab yorug` olam bilan vidolashar ekan. OIV bilan zararlangan insonni tashqi
ko`rinishidan umuman aniqlab bo`lmaydi, buni faqat labaratoriya tekshiruvlari
yordamida aniqlash mumkin xolos. Buning yashirin davri 3 oydan 6 oygacha bo`ladi, 7
yildan 15 yilgacha esa OIV davri hisoblanadi.
OITSning davosi yo`q, lekin inson umrini ma'lum vaqt uzaytirish uchun ARV
(Antiretrovirusnayaterapiya) usulida yordam qilinadi. Bu usuldagi muolaja aslida juda
qimmat hisoblanadi, lekin Respublikamizda, agar ro`yhatda tursa bepul xizmat
ko`rsatiladi.
O`zbekiston Respublikasida OIV, OITS va giyoqvandlikka qarshi kurashish
tashkiloti PSI (Population Service Internation) hizmat ko`rsatib kelmoqda. Uning bir
qancha loyiqalari mavjud bo`lib, ulardan biri YOUTH POWER loyihasi bolalarni
vaqtlarini bekor o`tkazmasliklari va bekorchilikdan har xil nojo`ya yo`llarga kirib
ketmasliklari uchun ularga bepul kurslar, to`garaklar, va turli xil konkurslar
tashkillashtirib borishmoqda.
Bunday xayrli va savobli ishni boshlaganlarning maqsadi aniq. Yoshlarni, bolalarni
turli buzuq, nopok yo`llardan qaytarish, OIV virusi bilan zararlanib qolishni oldini olish
maqsadida mana shu ishga bel bog`lashgan. Suhbatlar davomida shunday ma'lumotlarga
ega bo`lish munkinki, virusdan saqlanishning 3 ta asosiy yo`llarini tushuntirishdir.
Yana bir muhim ma'lumotni aytib o`tmoqchiman, to`g`ri mana shunday OITS va
giyohvandlikka qarshi kurashga bag`ishlangan tadbirlar sharqona emas, balki g`arbona
usulda olib borilayotganidir, lekin ushbu tadbirlarni tashkillashtirishdan oldin, ana shu
muassasa rahbarlari bilan kelishilgan holda, ya'ni aytilishi joiz bo`lgan va bo`lmagan
gaplar to`g`risida maslahat ishlarini olib borish maqsadga muvofiq bo`lardi..
Biznining mintalitetimizga ba'zi narsalar to`g`ri kelmaydi, shuning uchun yoshlar orasida
bunday tadbirlar o`tkazilganda yani himoya vositalari to`g`risida ma'lumotlar
berilganda bu holatni kimdir to`g`ri qabul qilyapti, yana kimlargadir kulgili holatiga
yo`ymoqda. Aslida uyat bo`lganda ham asr vabosidan saqlanishda hammamiz sergak
tortishimiz lozim. Axir bu oddiy "o`z-o`zini ximoya qilish" instinkti-ku! Deylik, men
xam xududimda shunday kasalga chalinganlar kimlar ekanligini bilgim keladi - o`zimni
va farzandlarimni ulardan yuqishi mumkin bulgan bedavo va oxir-oqibatda bevaqt
o`limga olib keladigan kasallikdan imkon qadar ximoya qilishni xoxlayman. Ming
afsuski, kasallikka chalingan odamlar o`limga maxkum qilinganlardir. Kasallangan kishi
tabiiyki o`lishni xoxlamaydi. Nega endi men o`lamanu boshqalar yashayieradi degan
fikrni tuyadilar.
Ular butun olamdan nafratlanib, kasddan boshqalarni ham zararlamasligiga kim
kafillik qila oladi?Mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash,
tibbiy xizmatni zamon talablari darajasida takomillashtirish, jamiyatda sog’lom turmush
tarzini qaror toptirish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish chora-tadbirlari izchil amalga
oshirilmoqda. To’g’ri ovqatlanish, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish, sport
bilan muntazam shug’ullanish kabi qator talablarni o’zida mujassam etgan sog’lom
turmush tarzi faol hayot kafolati bo’lib xizmat qiladi. XXI asrning tibbiy-ijtimoiy
muammolaridan biri hisoblanayotgan qandli diabet kasalligining oldini olish va unga
qarshi kurashishda ham aynan sog’lom turmush tarzi muhim o’rin tutadi.
– Bu xastalikni keltirib chiqaruvchi omillar ko’p bo’lib, bunga ko’pincha noto’g’ri
ovqatlanish, ortiqcha semirish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, turli asabbuzilishlar
sabab bo’ladi, – deydi Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseri bosh vrachi Bobojon
Iskandarov. – Qandli diabetga qarshi kurashish oyligi doirasida tuman va
shaharlarimizdagi o’quv muassasalari, mahallalar, korxona va tashkilotlarda
o’tkazilayotgan davra suhbatlarida bu kasallikning sabablari va oqibatlari, har bir kishi
o’z sog’lig’i uchun birinchi galda o’zi mas’ul ekani tushuntirilmoqda. Zero, bu kasallikni
davolashdan ko’ra oldini olish yaxshi samara beradi.
Navoiy viloyati endokrinologiya dispanserida malakali tibbiy xizmat ko’rsatish uchun
barcha qulayliklar yaratilgan. Bu yerda 20 o’rinli statsionar, aniq tashxis qo’yish
imkonini beruvchi zamonaviy apparatlar bilan jihozlangan tahlil bo’limi, nevropatolog va
okulist xonalari mavjud. Bundan tashqari shahar va tumanlardagi tibbiyot birlashmalarida
endokrinologiya xonalari tashkil etilgan bo’lib, tajribali mutaxassislar davolashprofilaktika ishlarini olib bormoqda.
Diabetga qarshi kurashish oyligi munosabati bilan viloyat endokrinologiya dispanserida
bo’lib o’tgan tadbirda soha mutaxassislari, tibbiy muassasalar shifokorlari aholi o’rtasida
qandli diabet kasalligining oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari ko’lamini yanada
kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratdilar. Tadbir doirasida dispanser nazoratida
turgan 37 o’g’il-qiz chuqur tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.
Keling, xayotga real qaraylik. Chekka shaxarlarimizda, tumangizdagi deylik 4-6 bemor
uchun xech kim alohida shifoxona tashkil etmaydi ( ularning tishini davolash yoki
favqulotda vaziyatlar uchun - travma, avariya, ko`richak). Ular ham viruslarini ko`tarib
minglab odamlar davolanadigan umumiy shifoxonaga borishadi. Shunday ekan
avvalambor hammamiz o`zimizni o`zimiz asray bilishimiz, sanitariya xolatlariga rioya
qilishimiz, kerak bo`lganda o`z xavsizligimizni taminlash uchun tibbiy tashkilotlarda bir
marotaba qo`llanilishi kerak bo`lgan anjomlardan foydalanimimiz lozim
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq etiqodi va buyuk kelajakka
ishonchdir.-T.: O`zbekiston, 2000.-32b
2.
Karimov I.A. Umidim yoshlar.-T.: Akademiya nashriyoti,1999.-30b
3.
Hulaqmedov A. Insoniyat boshidagi umumiy ofat. G`G` Hayot va qonun.-№32003.-B.34-36
4.
Ta'lim muassasalarida giyoxvand moddalarni iste'mol qilishni oldini olish
bo`yicha asosiy yo`nalishlar. "O`ZAJBX" markazi.-T.: 2010
5.
Sh.Jabborov. Ogoh bo`l! G`G` Xalq so`zi. 2010
6.
www.referatlar.uz portali.
Toshkent Turizm Kasb-hunar kolleji
I-bosqich 6o- guruh
Mavzu: Sog`lom turmush tarzi -salomatlik
garovi
Tayyorladi: Yoqubova Mushtariy
Tekshirdi:
Toshkent-2011
Download