MIRZO ULUG‘BEK NOMLI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI O’ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI KURS ISHI Mavzu: MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” Bajardi: 1-kurs talabasi Abdiraximova D. Qabul qildi: t.f.n. dots. Abdunazarov A. Toshkent-2013 1 REJA Kirish I. Bob. MakGahanning hayoti va asarning yozilish tarixi 1.1. MakGahan jurnalist va tarixchi 1.2. Asarning tuzilishi va manbaviy ahamiyati II.Bob. Asar mazmunining tahlili 2.1. Tarixiy manba sifatida 2.2.Etnografik manba sifatida Xulosa Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati Ilovalar 2 KIRISH XIX asirda Rossiya tomonidanO’rta Osiyoni bosib olinishini men xato deb bilaman1. Bizga ma’limki kishilik jamiyatining har bir taraqqiyot jarayoni tarix fani tomonidan o’rganiladi va tadqiq etiladi. Zero, yurtboshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov o’zlarining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarlarida: “Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o’zi tug’ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullasiki, Vatanining tarixini bilishni istaydi 2” deb ta’kidlaydilar. Darhaqiqat insoniyat mana nech ming yillar davomida o’z o’tmishi, nasl-nasabi va kelib chiqishini bilishga va uni o’rganishga intiladi. Bu ishda insonga tarix yordam berad. Shuningdek, tarix kishilik jamiyati taraqqiyotining yaxlit mohiyatini tafakkur orqali idrok etiladigan suvratdir yoki tafakkur orqali ongimizga mangu chizilgan xotirot.3 Ushbu xotira eng avvalo yozma ma’lumotlar ya’ni manbalarga tayanadi. Manba – bu o’zida ma’lum ma’lumotga ega yodgorlik tushuniladi.4 O’z navbatida manbalar xususiyatiga ko’ra bir necha guruhga bo’linib, ularni ichida yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turidir.5 Yozma manbalar kishilik jamiyatining turli rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot beruvchi vosita sifatida biz bo’lajak tarixchilar uchun juda yuqori ahamiyat kasb etad. Ushbu kurs ishi diyorimiz O’zbekistonning XIX asr tarixiga oid bo’lgan manba – MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” asarini o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, ushbu asar o’z xususiyatiga ko’ra O’zbekiston tarixi, aynan XIX asrning so’ngi choragida o’lkani Chor Rossiyasi tomonidan istilo qilinishini yoritib beradi. Ushbu asarning muallifi AQSHlik jurnalist MakGahan Yanuariy Aloiziy (MacGahan Januarius Aloysius) Cолженицын А.И. На возврате дыхания. – М.: «Варгус». 2004. С. 467. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: “Шарқ”. 1998. Б. 3. 3 ЖўраевН.Қ. Тарих фалсафасининг назарий асослари. – Т.: “МАЪНАВИЯТ”. 2008. Б. 23. 4 Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. – T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti”. 2008. B.5. 5 O’sha joyda... – B. 5. 1 2 3 tomonidan bevosita Xivani chor qo’shinlari tomoninidan bosib olinish jarayonida olib borilgan kundaligi asosida yozilgan. MakGahanning hayoti va uning asari haqida batafsil ma’lumotlar bevosita quyida kurs ishining tarkibiy qismlarida keltirilganligi uchun bu masalalarga to’xtalmasdan kurs ishi mavzusining dolzarbligi, uning davriy chegarasi, maqsad, vazifasi va h.k.larga to’xtalishni lozim topdim. Mavzuning dolzarbligi. O’rganilayotgan mavzuning dolzarbligi shundaki, O’zbekiston tarixining eng ayanchli va mudhish davrlaridan biri bo’lgan Rossiya imperiyasi bosqini davrini yoritilishi hozirgi kundagi dolzab muammolardan biri hisoblanadi. Bu tarixiy jarayon O’zbekiston tarixida muhim va dolzarb mavzu bo’lganligi uchun uni har tomnlama va ob’yektiv o’rganish har bir tarixchi uchun foydali va fan taraqqiyoti uchun muhimdir. Zero, biror-bir tarixiy jarayon yoki voqea hodisani har tomonlama va ob’yektiv yoritish uchun ushbu jaroyonga bag’ishlangan bir necha manbalarga murojat etish kerak. Xivani Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilinishiga doir bir qator manbalar mavjud. Mahalliy tarixchilar tomonidan yozilgan Ogahiyning “Shohid ul-Iqbol”, Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshoxiy” asarlarida shuningdek keng ko’lamda rus tadqiqotchilar va bevosita yurish ishtirokchilarning xotira va estaliklarida yoritilga.6 Lekin 1998 yil iyul oyid O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining e’lon qilingan qaroriga ko’ra, respublikamiz tarixchi olimlarining oldida turgan dolzarb vazifalardan biri “mamlakatimiz va chet el olimlarining eng qadimgidan hozirgi kungacha o’zbek xalqi tarixi bo’yicha amalga oshirgan tadqiqotlarini tahlil qilish”7 ekanligi ko’rsatib o’tildi. Yuqoridan kelib chiqqan holda biz bo’lajak tarixchilar nafaqat mahaliy va rus manbalari balki horijlik tomonidan manbalarga ham e’tibor qaratishimiz lozim. Zero, tarixni tahlil qilib uni ommaga yetkazib berishda uni ob’yektivligini ta’minlash tarixchi olim oldida turgan birinchi darajali vazifadir. Bunga esa avvola Гордеков Н.И. Хивинский поход 1873 года. Действия Кавказских отрядов. – СПб. 1883. // Романов Н.К. Письма из Хивинского похода. – СПб. 1873. // Алиханов-Аварский М. Поход в Хиву. – СПб. 1873. // Саранчов Е. Хивинская экспедиция 1873 г. – СПб. 1873. Терентьев М.А. Россия и Англия. – СПб. 1876. Ломакин. Описание Хивинского похода. – СПб. 1874. va boshqalar. 7 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Тарих институти фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида”ги Қарори. // Ўзбекистон овози. 1998 йил, 28 июль. 6 4 manbalarni bir-biriga solishtirish, ularni qiyosiy tahlil etish yo’li bilan erishish mumkin. MakGahanninng ushbu asari O’zbekiston tarixini o’rganishdagi ahamiyati yuqori bo’lganligi va o’zida bir nechta manbaviy xususiyatlarni jamlaganligi uchun uni o’rganish bugungi kunda dolzarbdir. Mavzuning davriy chegarasi. Mavzuning davriy chegarasi asosan bevosita asarda yoritilgan 1873 yil bilan chegaralangan bo’lsada, asar ichidagi ma’lumotlar shunigdek XVI asrgacha bo’lgan voqealarni yoritilishi bilan e’tiborga loyiqdir. Bundan kelib chiqib uni yuqori chegarasining belgilash biroz qiyinroq. Demak, mavzuning davriy chegarasini umumiy tarzada XVI asrdan XVIII asrning 1873 yiligacha deb olish mumkin. Mavzuning o’rganilishi darajasi. Mavzuning o’rganilish darajasiga keladigan bo’lsak, shuni alohida ta’kidlash mumkinki ushbu asar dastlab 1874 yilda Londonda ingliz tilida nashr etilgan bo’lib,8 1875 yilda asar Moskvada rus tilida nashr etiladi. 9 Men kurs ishini yozish maqsadida o’tkazgan izlanishlarim natijasida shuni aniqladimki asar shu paytgacha to’liq o’zbek tilida nash etilmagan. Asarni bir qismini aniqrog’i uni ikkinchi va uchinchi qismlarining ba’zi bo’limlarini filologiya fanlari nomzodi Ortiqboy Abdullayev tomonidan tarjima qilinib nash etilgan.10 Ushbu asarning manbaviy ahamiyati va xususiyati yuzasidan biron bir tadqiqot yoki izlanish olib borilganligi haqida ma’lumot uchramadi. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi O’zbekiston tarixini yoritishda muhim ahamiyat kasb etgan MakGahanning ushbu asarini manbaviy jihatlarini o’rganish va uni tuzilishi va tarkibini tahlil qilishdan iboratdir. Shuningdek, kurs ishida MakGahanning hayoti va faoliyati bir muncha yoritiladi. Asarda keltirilgan ma’lumotlarni qiyosiy tahlil orqali ko’rib chiqish va uni tahlil qilish ham kurs ishini ustivor vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, asar mazmunining tahlili, uni manbaviy ahamiyatini yoritish, uni tarixiy, etnologik J.A. Mac Gahan. Compagning on the Oxus and the Fall of Khiwa. — London: Sampson Low, 1874. Мак-Гахан. Военные действия на Оксусе и падение Хивы. Соч.— М.: В Университетской типографии (Катков и К°), 1875. 10 Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси. // Жаҳон адабиёти. 1997 йил, № 2. Б. 175-180. // Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси. – Т.: ТМИ босмаҳонаси. 2000. 8 9 5 manbaligini yoritish ham kurs ishining vazifalaridan biridir. Ushbu maqsad va vazifalarni to’g’ri va ob’yektiv amalga oshirilishi masalani har tomonlama yoritishga imkon beradi. Manbaviy asosi. Kurs ishining manbaviy asosini asosan asarning 1875 yilgi rus tilidagi Moskva nashri (Мак-Гахан. Военные действия на Оксусе и падение Хивы. Соч.— М.: В Университетской типографии (Катков и К°), 1875.) va 2000 yili o’zbek tilida O.Abdullayev tarjimasidagi (Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси. – Т.: ТМИ босмаҳонаси. 2000.) nashri tashkil etadi. Shuningdek asarning qiyosiy tahlil etish jarayonlarida Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshoxiy” asaridan ham foydalanilgan. Ushbu manbalarga tayangan holda biz hozirda ularni har tomonlama taxlil qilish yo’li bilan mavzuni batafsil yoritish imkoniga egamiz. Mavzuning amaliy ahamiyati. Mavzuning amaliy ahamiyati shundaki, ushbu manbani o’rganish va uni tarixni yoitishda tadbiq etish Vatanimiz tarixini o’rganish va o’qitishda keng qo’llanilishi mumkinligidadir. Zero, ushbu asarda nafaqat 1873 yil voqeyalari balki undan ancha oldingi Xivaga qilingan yurishlar ham batafsil yoritilgan. Ushbu ma’lumotlar ilmiy izlanishlar yoki ta’lim jarayonida qo’llanilish va ilmiy muomilaga kiritilishi bizga Vatanimiz tarixini batafsil o’rganish imkonini beradi. Kurs ishining stukturasi. Kurs ishining strukturasi ya’ni tuzilishiga kelsak, kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardaa iboratdir. Shuningdek, har ikki bob o’z navbatida bir necha bo’limlarga bo’lingan bo’lib, birinchi va ikkinchi boblarda ularning soni ikkitadan iboratdir. 6 I. Bob. Mak Gahanning hayoti va asarning yozilish tarixi 1.1. Mak Gahan jurnalist va tarixchi “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” asarning mualifi MakGahan Yanuariy Aloiziy (MacGahan Januarius Aloysius)ning hayoti va ijodiy faoliyati haqida gapirar ekanmiz, avvalo shuni ta’kidlashimiz joizki ushbu shaxsning hayot yo’lini kuzatish jarayoni shunga amin bo’lamizki ushbu inson hech qachon qiyinchiliklardan qo’rqmas va dovyurakligi bilan ajralib turgan. Uning to’liq ismi MakGahan Yanuariy Aloiziy bo’lib, u 1844 yili AQSHda tug’ilgan bo’lib, uning asosiy kasbi muhbirlik bo’lgan. U hayotini xavf ostiga qo’yib asosan harbiy harakatlar olib borilayotgan joylardan xabarlar va maqolalarni turli gazetalarga jonatib turgan. Uning 1870-1871 yildagi faransuzpruss urushida qatnashgan11 va kommuna kurashi davridagi bevosita voqea joyida yozilgan hayotiy va qiziq maqolalari hammaning e’tiborini jalb etdi. U o’z maqolalarini AQSHning «New-York Herald» gazetasida nashr etardi. 12 MakGahan zamonasining yetuk jurnalistlaridan bo’lib, u Yevropada birinchi bo’lib jurnalistika sohasida keyinchalik keng qo’lanila boshlagan “intervyu olish” ya’ni suhbat orqali ma’lumot olisg metodini kiritdi. U matbuotga o’zining Gambetto va yana boshqa ko’plab siyosiy arboblar bilan suhbatini chop etardi. U 1872 yili Rossiyaga keldi va rus ayoli Varvara Nikolayevna Yelaginaga uylanadi. U Rossiyadaligida «New-York Herald» gazetasi nashryoti unga Xivaga yurish qilayotgan rus armiyasiga qo’shilib olish va harbiy muhbir sifatida urush tafsilotlarini yoritishni taklif qiladi. U hech ikkilanmay bunga ko’nadi va qo’rqmasdan butun boshli cho’lni kesib o’tib rus armiyasining asosiy qismiga Xiva qamali boshlanishi oldidan yetib oladi. Yurish davomida u general Skoblev bilan do’st bo’lib qoladi. Yurishdan qaytgach MakGahan yurish tafsilotlarini Compagning on the Oxus and the Fall of Khiwa ya’ni “O’kuzdagi harbiy Ломакин. Описание Хивинского похода. – СПб. 1874. C. 193. Ushbu ma’lumotlar Брокгауз и Ефрон ensiklopediyasidan olingan bo’lib, keyini o’rinlarda ushbu mandan olingan ma’lumotlarga quyidagi elektron manzil xavolasi beriadi. www.historiyxru/brokgauz&efron.ru 11 12 7 harakatlar va Xivaning qulashi” asarini Londonda nashr etadi. Ushbu asar 1874 yilda rus tilida nash etiladi. 13 Asar va uning nashri haqida batfsilroq keyingi bo’limda keltirladi. 1874 yilida yozida u Piriney yarim oroliga yo’l oladi. U yerda u karlistlar bilan bo’layotgan urush harakarlarini yoritish bilan shug’ullandi. MakGahan bu yer karlistlar sardori don Karlos bilan to’qqiz oy birga bo’lib, ispan tillini mukammal darajada o’rgandi. 1875 yili uinglizlarning “Pandora” kemasida qutub davlatlari sari yo’l oldi. U o’zining sarguzashtlari haqida «Under the Northern Lights» ya’ni “Qutub yog’dusi ostida” asarini yozdi. Asar 1876 yili Londonda nashr etildi. 1876 yili iyunida «Daily News» gazetasi nashryoti uni Bolgariyaga borib, rus-turk urushida turklarni tinch aholiga nisbatan qo’layotgan vahshiyliklarini yoritishni taklif etadi. U Skayler hamrohligida turklar tomonidan vayron etilgan butun Bolgariya bo’ylab yurib tirik qolganlardan ma’lumot olar, ularning ayanchli ahvolini borligicha o’z maqolalarida yoritar edi. Uning bu maqolalari 1876 yili Londonda «Turkish atrocities in Bulgaria» ya’ni “Bolgariyadagi turk vahshiyligi” nomi bilan alohida to’plam tarzida nashr etildi. Ushbu nashr 1877 yili “Турецких зверствах в Болгарии” nomi bilan Sankt-Peterburgda rus tilida nashr etildi. Bu nashr Bolgariyaning xalqaro maydonda tarafdorlarini ko’payishi va uni ozod bo’lishiga sababchi bo’ldi.14 1877-1878 yillardagi rus-turk urushida u rus armiyasiga hamronlik qildi. MakGahan birinchi jangning guvohi bo’ldi, Dunaydan kechuv jarayonida ishtirok etdi. Oyog’ining singanligiga qaramay u general Gurko va general Skoblev armiyasi bilan olg’a yurar edi. Urish davomida u to’rt marotaba bezgak kasalligiga chalingan bo’lsa ham harbiy harakatlar teatrini tark etmadi. Uning bu davrga oid maqolalarida rus armiyasining harbiy harakatlari batafsil yoritilgan bo’lib, uning bu maqolaalridagi ma’lumotlar Shipka jangidan Plevnaning olinishigacha bo’lgan voqeyalarni yoritgan edi. MakGahan 1878 yili Konstantinopol (Istanbul) yaqinida 13 14 www.historiyxru/brokgauz&efron.ru www.historiyxru/brokgauz&efron.ru 8 tinchlik to’g’risida muzokaralar ketayotgan bir vaqtda terlama kasaligidan vafot etadi.15 Zamondoshlari unga tarif berar ekan, uni hayotiy va qiziq hikoya qilish qobilyatiga ega ekanligi, harbiy va siyosiy maqsadlarni keng va aniq chunishi, qatiyatliligi bilan ajralib turishini ta’lidlashgan. Uning qo’rqmasligi unga urish harakatlarini yaqindan kuzatish imkonini berar edi. Bu esa o’z navbatida uning jang maydonidan yuborgan maqolalarini aniqligining garovi edi. Shuningdek, MakGahan haqida, Xiva yurishida unga hamrohlik qilgan chor qo’shini polkovnik Lomakin o’zining “Описание Хивинского похода” ya’ni “Xiva yurishi tavsifi” nomli asarida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “ 17 may artileriya jangi bo’lgan kuni bizning lagerimizga g’aroyib bir odam keldi. U shu tarzda bizning otryadda oxirigacha qolib zobitu askarlarning do’sti bo’lib qoldi. U amerikalik Aloiziy Yanuariy bo’lib, “Nyu York Jerald” gazetasining muhbiri edi. Fransiya Prussiya urushida ham qatnashgan Aloiziy garibaldichilarga ham asir tushgan edi. U Turkistonga Amerika elchisi kotibi Skayler bilan Perov portigacha keladi. Shu yerda Skayler uni tarjimon va qirg’iz yo’lboshlovchiga topshirib, o’zi ortiga qaytib ketadi. Shu tarzda Aloiziy Qizil orqali polkovnik Novomilinskiy otryadi joylashgan Xalata va Alti quduqg’iga kirib keladi. Ammo chet ellik fuqarolarni ruxsatsiz otryadga qo’shish mumkinmasligi to’g’risida qaror bo’lganligi bois, uni ortga qaytarib yuborishadi. U topografik haritasi yo’qligi uchun ortga qaytar ekan, Bozirgon to’qayidan chiqib, Aqqamishga kelib qoladi. Bu yerda u bir guruh otliqlarni uchratadi. Otliqlar bizning artileriya otryadimizdan adi va shu tarzda u bizga qo’shilib qoladi.” 16 Shunday qilib, MakGahanning rus armiyasi tarkibidagi jurnalisitlik faoliyati boshlanadi. Jurnalistlarga xos qiziquvchanlik MakGahanni Fransiya-Prussiya urishiga shuningdek Chor Rossiyasining Xiva xonligiga qilgan yurishiga yetakladi. U jang maydonolari ichra yurib, bo’layotgan qirg’inbarotlarni qog’ozga tushirardi. Uning 15 16 www.historiyxru/brokgauz&efron.ru Ломакин. Описание Хивинского похода. – СПб. 1874. C. 193-194. 9 bu kuzatuvlari natijasida yuqorida ta’kidlangan “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivani qulashi” nomli kitob yozdi.17 MakGahanning ijod o’z davri uchun publistik ahamiyatga ega bo’lib, u o’z davrini yetuk jurnalisti bo’lgan edi. Ammo yillar o’tishi bilan uning ijodi biz tarixchilar uchun qimmatli manbaga aylandi. Uning asarlarida XIX asrning so’ngi choragidagi Xiva, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Bolgariyaning tarixini yoritilgan bo’lib, ushbu manbalarni tarixiy-limiy tahlil qilish biz tarixchilarning vazifasidir. Zero, ushbu manbalarning tahlili bizga tarixni yoritishning yana bir qirrasini ochadi. Bu esa uni yanada ob’yektiv jihatdan yoritilishiga olib keladi. Ushbu bo’limga muhtasar qilib shuni aytish mumkinki, MakGahan o’zining jo’shqin ammo qisqa hayoti (u vafot etganda 34 yoshda edi holos) davomida o’zdan nafaqat yaxshi nom balki yirik tarixiy manbalar ham qoldirdi. Shuning uchun biz uning hayot yo’li va ijodini o’rganar ekanmiz hech ikkilanmasdan uni yetuk jurnalist va o’ziga xos tarixchi deb ta’kidlashimiz mumkin. Uning ilmiy merosini esa biz o’rganib, tahlil qilib, ilmiy muomilaga kiritishimiz, qolaversa omma e’tiboriga havola etishimiz lozim. Zero, har bir tarixiy manbani tahlil etilishi va unga ob’yektiv yondashib ilmiy muomalaga kiritish orqaligina biz o’zimizning haqqoniy tariximizni yarata olamiz. 17 Бекмуҳаммад У. Ғаройиб одам. // Ҳарбий ҳийлалар. – Т.: “Янги аср авлоди”. 2008. Б. 41-42. 10 1.2. Asarning tuzilishi va manbaviy ahamiyati Bevosita asarning tuzilishi va unig manbaviy ahamiyati va xususiyatlariga keladigan bo’lsak, avvalo asarning yozilish tarixiga to’xtalib o’tish lozim. MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” nomli asari mualifning 1873 yilgi yurish payitida olib borgan kundaliklari asosida dastlab 1874 yilda “Campaigning on the Oxus, and the fall of Khiva” nomi bilan ingliz tilida Londonda, Sampson Low nashiryotida nashr etiladi. 18 Shu o’rinda tabiy savol tug’iladi, nega AQSH fuqarosi bo’lgan MakGahan asari Rossiyaga aloqasi bo’lsa ham aynan Londonda nashr etiladi? Bu savolga javobni tarixchi-kartograf Z.A. Saidbobayev o’zinig monografiyasida boshqa bir amerika fuqarosining E.Skayler asari misolida javob bergan. Uni ta’kidlashicha: “E.Skayler AQSH fuqarosi bo’lsada, o’z kitobini Yevropada nashr ettiradi. Chunki Angliya va Rosssiyaning O’rta Osiyo masalasidagi raqobatchilik kurashi so’nmagan bir davrda Angliya hukumati O’rta Osiyo haqidagi har qanday ma’lumotga diqqat bilan yondashar va bu borada E.Skaylerning kitobi qimmatli manba ekanligini anglab, uni nashr etishga rozilik bildiradi.”19 Demak yuqoridagi fikirga tayanadigan bo’lsak MakGahanning asarini Londonda nashr etilishining bosh sababi bu hammon o’lkada davom etayotgan ingliz-rus raqobati bo’lgan. Bevosita asar tarixiga qaytadigan bo’lsak shuni alohida ta’kidlash mumkinki asarning Yevropada mashhur bo’lib ketishi natijasida asar tez orada aniqrog’i 1875 yilda rus tiliga tarjima qilindi va 1875 yili 25 oktyabrda chor hukumati senzurasi ruxsati bilan “Военные действия на Оксусе и падение Хивы” nomi ostida Мoskvada Университетской типографии (Катков и К°) nashiryotida nashr etildi.20 18 J.A. Mac Gahan. Compagning on the Oxus and the Fall of Khiwa. — London: Sampson Low, 1874. Cаидбобев З.А. Европада Ўрта Осийга оид тарихий-картографик маълумотлар (XVI-XIX). – Т.: “ФАН”. 2008. Б.62. 20 Военные действия на Оксусе и падение Хивы. Соч. Мак-Гахана. — М.: В Университетской типографии (Катков и К°), 1875. 19 11 Asar uch qisimdan iborat bo’lib, o’z navbatida ushbu qisimlar bir necha boblarga bo’lingan. Asarnig birinchi qismi “Qizilqumdagi hayot” deb nomlanadi. Ushbu qisim XXI bobdan iborat bo’lib, ular quyidagicha nomlanadi21 : I. От Волги до Сыр-Дарьи. II. Казалинск. III. Форт Перовский. IV. Среди разбойников. V. На пути. VI.Киргизский старшина. VII. Киргизский роман. VIII. Печальная ночь. IX. Древний город. X. Иркибай. XI. Безводная степь. XII. Букан-Тау. XIII. Домашний быт киргизов. XIV. Хала-Ата. XV. Ночное бегство. XVI. «Шах королю!». XVII. Радушный прием. XVIII. Прошел сквозь строй! XIX. Ночь у Оксуса. XX. «Un mauvais quart d'heure». XXI. Наконец-то! 22 Asarning bu qismida asosan MakGahanning rus armiyasiga yetib olgunicha ko’rgan kechirganlari yoritilgan. Volgadan Sirdaryogacha bo’lgan sayohat, Kazlinsk, FortPerovskda bo’lganlari qirg’izlarning ya’ni qozoqlarning23 hayoti, xo’jaligi va rus armiyasiga yetib kelishi tasvirlangan. Bu voqeyalar asosan hozirgi Qozog’iston hududida bo’lib o’tgan, faqatgina so’ngi boblarda Xiva xonligi to’g’risida ma’lumotlar bor. Asarning ikkinchi qismi bevosita Xivaning bosib olinishiga bag’ishlangan bo’lib “Xivaning qulashi” deb nomlanadi. Ushbu qism XVII bobdan iborat bo’lib, ular quyidagilar: I. Поход генерала Кауфмана от Ташкента. II. Переправа через Оксус. III. Среди Хивинцев. IV. Сады. V. Хазар-Асп. VI. Оренбургский и Киндерлинский отряды. VII. Движение соединенных колонн. VIII. Вступление в город. IX. Предшествовавшие экспедиции против Хивы. X. Во дворце. XI. Приключение в гареме. XII. Гарем при дневном свете. XIII. Генерал фон-Кауфман и хан. XIV. Свидание с ханом. XV. Город Хива в 1873 году. XVI. Базар. XVII. Обед у Узбека. XVII. Два портрета Русских. — Андрей Александрович. Иван Иванов.24 Asarning bu qismi o’lkamiz, xususan Xivani Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilishi tarixini yoritish uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qisimda nafaqat 1873 yil voqeyalari balki Bob nomlarini 1875 yildagi rus nashri bo’yicha rus tilida berishni lozim topdim. Мак-Гахан. Военные действия на Оксусе и падение Хивы. Соч.— М.: В Университетской типографии (Катков и К°), 1875. http://militera.lib.ru/memo/0/one/usa/mcgahan 23 XIX asrda ruslar qozoqlarni qirg’izlar, qirg’izlarni eas qora qirg’izlar deb atashgan. 24 O’sha manba… http://militera.lib.ru/memo/0/one/usa/mcgahan 21 22 12 undan ancha oldingi Xivaga qilingan yurishlar ham batafsil yoritilgan. Shuningdek ushbu qisimda XIX asr Xorazmning etnologik qiyofasi va madaniyati yorqin tasvirlangan. Xazorasp, Xiva shaharlarini olinishi va ularning tuzilishi haqida, bog’lar, bozor, o’zbek bilan bo’lgan tushlik yoritilgan. Harbiy harakatlar sof harbiy jihatdan ikkala qo’shinning harakatlarini tahlil etgan holda yoritilgan. Asarning uchinchi qismi “Turkman yurishi” (Туркменский поход) deb nomlangan bo’lib, asarni o’zbek tiliga o’girgan O.Abdullayev esa “Turkmanlar ustiga yurish” deb nomlagan. 25 Uchinchi qism XIV bobdan iborat bo’lib, ular quyidagilar: I. Туркмены. II. Огнем и мечом. III. Резня. IV. Картина войны. V. Стычка. VI. В промежутке. VII. Битва. VIII. После битвы. IX. Преследование. X. Бегство. XI. Военная контрибуция. XII. Трактат. XIII. Россия и Англия в Азии. XIV. Возвращение. 26 Ushbu qisimda asosan turkmanlar ustiga qilingan yurish va ushbu yurish paytida yuz bergan vahshiyliklar, turkmanlarni qirg’in qilinishi, janglar orasidagi bo’lgan voqealar, so’ngi janglar va sulh kelishuvi shuningdek tovon masalalari yoritilgan. Shuningdek ushbu qismning so’ngi boblarida o’lkadagi ingliz-rus raqobatiga ham to’xtalib o’tilgan. Asarning so’ngi bobi yurishdan ortga qaytishga bag’ishlangan. Shuningdek, asarga ikkita xarita ham kiritilgan bo’lib, ushbu xaritalarning nusxalari kurs ishining ilova qismida berilgan. Ulardan biri “Xiva va uni atroridagi cho’llar, Rossiya qo’shining operatsiyasi” deb nomlansa, ikkinchisi “Sharqiy Turkiston va uning qo’shnilari” deb nomlanadi. Birinchi xaritada asosan Xiva xonligi va uni atrofidagi cho’llar, shuningdek rus qo’shinlarining harakat yo’nalishlari tasvirlangan. Ikkinchi xaritada Sharqiy Turkiston va uni o’rab turgan o’lkalar Rossiya imperiyasi, Qo’qon xonligi, Afg’oniston, Kashmir va Xitoy tasvirlangan. Ushbu ikki xarita ham O’zbekiston tarixini kartografok jihatdan o’rganishda katta ahamiyat kasb etishi bilan e’tiborlidir. Zero, ushbu xaritalar ancha anir va mukammal tarzda zamonasining barcha imkonoyatlarini ishga solgan holda Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси. – Т.: ТМИ босмаҳонаси. 2000. Б. 54. Мак-Гахан. Военные действия на Оксусе и падение Хивы. Соч.— М.: В Университетской типографии (Катков и К°), 1875. http://militera.lib.ru/memo/0/one/usa/mcgahan 25 26 13 tuzilgan. Xususan, “Xiva va uni atroridagi cho’llar, Rossiya qo’shining operatsiyasi” xaritasida rus qo’shining harakati harbiy-topografik harita asosida belgilangan. Shuningdek, xaritada geografik nomlarning eskisi bilan yangisi uyg’unlikda qo’llanilganligi e’tiborga molikdir. Ushbu xarita 1:6760000 geografik miliya masshtabida berilgan bo’lib, ikkinchi xaritaga nisbatan aniqroq va batafsilroqdir. Shuningdek, yana asarning manbaviy ahamiyatiga qaytadigan bo’lsak, asar avvalo biz uchun taixiy jarayonlani yoitib beruvchi manba hisoblanadi. Zero, asarda batafsil ravishda Xivaning bo’ysindirilish jarayonidagi kurashlar yaqqol ochib berilgan. Bu esa rus, keyinchalik sovet tarixchilarini “O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinmagan, blaki o’z ixtiyoriga ko’ra qo’shib olingan” degan da’volarini puchga chiqaruvchi asosiy dalillardan biri bo’lishiga sababdir. Ularning bu da’volariga yorqin misol tariqasida oliy o’quv yurtlari uchun 1982 yil chiqarilgan SSSR tarixining 1-qismda O’rta Osiyoni bosib olinishi mavzusi “O’rta Osiyo xalqlarini Rossiyaga qo’shib olinishi” 27 deb nomlanganligini ko’rsatish kifoyadir. Ayni shu bobda 1873 yil voqeyalari ikkita gap28 bilan “yoritilganligi” ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Ushbu bobga qisqacha xulosa qilib shuni aytish mumkinki MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” asari juda ulkan manbaviy ahamiyatga ega asar hisoblanadi. U o’zida nafaqat tarixiy, balki etnologik va toponomok manbaviy xususiyatlarni jamlaganligi diqqatga sazovordir. O’zida etnologik va toponomik ma’lumotlarga ega ekanligi ushbu asarning ilmiy qiymati va ahamiyatini yanada oshishiga sabab bo’ladi. Zero, hech qanday g’oyaviy va siyosiy tasirlarga uchramay, aksincha ulardan holi yozilgan ushbu asar yanan Xivani bosib olinishiga bag’ishlangan rus manbalaridan masalaga ob’yektiv jihatdan, hech qanday millatchilik va shovinistik g’oyalarga berimay yozilganligi bilan ustundir. Bu esa yana bir bir asarning manbaviy ahamiyati yuqori ekanligini ko’rsatib beradi. 27 28 История СССР. Под. ред. Н.Е.Артемова. М.: Высшая школа. 1982. Ч.I. С. 320. Bu haqidaqarang. O’sha asar... B. 323. 14 II.Bob. Asar mazmunining tahlili 2.1. Tarixiy manba sifatida Endi bevosita asar mazmuning tahliliga o’tadigan bo’lsak, avvalo uni tarixiy manba sifatida tahlil qilamiz. Bu tahlilning ob’yektivligini ta’minlash uchun biz mahaliy tarixchilardan biri bo’lmish Muhammad Yusuf Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy” asariga, hamda rus manbalari asosida o’z tadqiqotini olib borgan tarix fanlari doktori, proffesor Xondamirzo G’ulomovning ilmiy monagrafiyalariga 29 murojat etdik. Shu o’rinda men Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy” asariga qisqacha tarif berib o’tishga qaror qildim. Ushbu asar Xorazmning qadimgi zamonlaridan boshlab 1873 yilgacha taixiy voqeyalarini o’z ichiga olish bilan bir qatorda, undan so’ngi davrlarda ya’ni 1873 yildan 1913-1914 yilgacha bo’lgan tarixiy voqealarni ham o’z ichiga oladi.30 1873 yilgacha bo’lgan voqeyalarni yoritishda Bayoniy Ogahiy va Munis asarlaridan foydalangan bo’lsa, 1873 yildan boshlab 1914 yilgacha Xorazmda bo’lgan tarixiy voqeyalar Bayoniy tomonidan yozilgan. Bu “Shajarayi Xorazmshohiy” asarining qiymati ham asosan ana shu davr taixini yoritishdadir. 31 Asar 1911 yilda boshlangan bo’lib, 1914 yili tugatilgan. 1958 yilgacha ushbu asarning dunyoda yagona hisoblanib kelingan bu asarni 1954 yili O’zR FA akademigi prof. Y.G’.G’ulomov O’zR FA Abu Rayxon Beruniny nomidagi Sharqshunoslik institutiga taqdim etgan edi. 1958 yili O’zR FA H.Sulaymon nomidagi qo’lyoamalar institutidan bir qancha qo’l yozmalar sotib oldi. Ular bilan birgalikda Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy” nomli asaridan yana bir nusxa mazkur institut tomonidan qo’lga kiritildi.32 Ushbu asarning aynan 1873 yil voqeyalarini batafsil yoritganligi bizga uni MakGahanni asarini solishtirma tarzda tahlil etish 29 Гуломов X.Г. Средняя Азия и Россия: истоки формирования межгосударственных отношений. – Т.: “Университет”. 2005. // O’sha muallif. Дипломатические отношения государств Средней Азии с Россией в XVIII – первой половине XIX века. – Т.: “Фан”, 2005. 30 Муниров Қ. Хоразмда тарихнаислик. – Т.: “Ғ.Ғулом”. 2002. Б. 56. 31 O’sha asar... B. 57. 32 Муниров Қ. Хоразмда тарихнаислик. – Т.: “Ғ.Ғулом”. 2002. Б. 59. 15 imkonini beradi. Bu ikki manbada o’xshashliklar bilan bir vaqtda bir birida uchramas manbalar ham ko’p. Endi bevosita tahlil jarayoniga o’tsak. Yuqorida ta’kidlangandek MakGahan asarida nafaqat 1873 yil voqeyalari balki bundan bir necha asr oldin sodir bo’lgan voqeyalar ham yoritilganli diqatga sazovordir. Xususan asarning ikkinchi qismining “Xivaga avval qilingan yurishlar haqida” (“Предшествовавшие экспедиции против Хивы”) deb nomlangan IX bobida Xivaga Rossiya hukumatining rasmiy yurishlari va Yoyiq va Ural kazaklarining bosqinchilik yurishlari haqidagi ma’lumoti diqatga sazovardir. MakGahanning bu haqida: “ularning dastlabkisi Yoyiq yoki Ural kazaklari tomonidan uyushtirilagan edi”33 deb, shuningdek ularning umuiy soni beshta ekanligini va ularning barchasi mag’lubiyat bilan tugaganligini, Kaufmanning yurishi oltinchi yurish ekanligini ta’kidlaydi.34 Ushbu ma’lumotlar Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy” asarida ham o’z aksini topgan bo’lib, Bayoniy bu haqida quyidagicha yozadi: “Ammo Rusiya davlati mundin burun besh marotaba Xorazm ustiga askar yuborib, alarning ba’zilari Xorazm yo’lida tashnalikdin qirilib, ba’zilari Xorazmga borib urishib, qirilib, hanuzgacha aslo zafar topa olg’onlari yo’q erdi.” 35 Shuningdek, bu gaplarning tasdig’ini X.G’ulomov o’zining monagrafiyasida keltiradi. 36 Shuningdek, bu haqida N.I.Gorodekov o’z asarida ruslarning Xiva nisbatan qarashlarini yozar ekan: “1869-yilga kelib Buxoro va Qo’qon xonliklari bizning qurolimiz kuchini o’zlarida sinab ko’rishdi, ular o’zlarining hududlarini salmoqli qismini yo’qotishdi va bo’ysunishdi. Qo’qon Xo’jant va Toshkentning olinishi bilan Buxorodan uzilib qoldi, u esa o’z navbatida Samarqandni yoqotdi. Faqatgina Xiva xonligi hali ham tegilmagan holda, 1717 va 1839 yillardagi yurishlarning Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси... Б. 44. O’sha asar... B. 44-51. 35 Баёний. Шажарии Хоразмшохий. // Мерос. Таҳрир ҳайьати: Б.Аҳмедов ва бошқ. – Т.: Камалак. 1991. Б. 207. 36 Bu haqida qarang. Гуломов X.Г. Дипломатические отношения государств Средней Азии с Россией в XVIII – первой половине XIX века. – Т.: “Фан”, 2005. C. 20-24. 33 34 16 omadsizligidan mag’rur tarzda turar edi” 37 deb ta’kidlaydi. Demak MakGahan keltirgan ma’lumotlar to’g’ri ekanligi manbalar va ilmiy izlanishlar tomonidan isbotlandi. Ammo MakGahan nafaqt bu yurishlarni sonini balki ularning qanday kechganligi va qanday yakunlanganligi haqida ham ma’lumot beradi. Misol uchun MakGahan 1873 yil yurishida 156 yil avval uyushtirilgan knyaz Aleksandr Bekovich-Cherkasskiyning yurishiga to’xtalar ekan. Ushbu yurishni har jihatdan ochib berishga harakat qilgan. Xususan MakGahan bu haqida quyidagilarni keltiradi: “Ruslarning shundan keyingi Xivaga hujumi 1717 yilda Buyuk Pyotr hukumronligi davrida Bekovich-Cherkasskiy tomonidan uyushtirildi... Xivada o’z hukumronligini o’rnatish uchun qo’shin jo’natishga qaror qildi. Bekovich zudlik bilan bu safar uchun 4000 kishilik armiya to’pladi.” 38 Uning bu ma’lumotlari Bekovich-Cherkaskiy ekspeditsiyasiga bag’ishlangan ko’plab manba va adabiyotlar bilan bir xildir. Xususan ulardan biri X.G’ulomovning monagrafiyasida ham yuqoridagi voqealar rus manbalariga ko’ra ta’kidlangan edi. 39 Shuningdek, MakGahan ushbu ekspeditsiyani halokat sabablari haqida to’xtalar ekan, Bekovichning shaxsiy hayotidagi fojea (ekspeditsiyaning dastlabki kunlari uning xotini va ikki qizi Kaspiyda to’fonga uchrab halok bo’lishganligi haqidagi xabar unga qattiq ta’sir qilgan edi) va yo’ldagi qiyinchiliklar natijasida Xivaga yetib kelganda uni esi joyida bo’lmaganligini taxmin qiladi. Mak-Gahan bu holatni quyidagicha bayon etadi: “Xonning rus qisimlarini kichik guruhlarga bo’lib joylashtirish haqidagi g’alati taklifi har qanday boshqa odamda shubha uyg’otishi mumkin edi, ammo Bekovichning bu payitga kelib esi joyida bo’lmagan bo’lsa kerak... u nafaqat bu taklifda hech qanday shubhani ko’rmadi, balki polkovnik Frankenburgga (Bekovich 1000 kishilik askarlari bilan oldinga ketganidan so’ng ekspeditsiyaning asosiy kuchlariga boshlig’i sifatida tayinlangan shaxs) ushbu taklifga amal qilib qo’shinlarni bo’lishga buyuradi, u uch martta bu buyruqni bajarishdan bosh tortadi va shunda Bekovich to’rtinchi martta unga buyruq Н. И. Гордеков. Хивинский поход 1873 года. Действия Кавказских отрядов. – СПб.: “Русская старина”. 1883. – http://www.vostlit.info. 38 Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси... Б. 45-46. 39 Bu haqida qarang. Гуломов X.Г. Средняя Азия и Россия: истоки формирования межгосударственных отношений. – Т.: “Университет”. 2005. C. 39-48. 37 17 yuborib, buyruq bajarilmasa uni harbiy sudga berishini ma’lum qiladi.” 40 Darhaqiqat Bekovichga bag’ishlangan ko’plab asarlarda uning xotini va ikki qizi halokatga uchraganligi va xabar Bekovichning ruhiyatiga qattiq ta’sir etgani. Shuning uchun u xonning taklifiga ishonib qo’shinni bo’lib tashlaganligi va oqibatda rus armiyasi butunlay tor-mor etilishiga sabab bo’lganligi haqida ma’limotlar bor. 41 Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqib MakGahn rus tarixini yaxshi o’rganganligini ta’kidlash mumkin. Shuningdek,bevosita 1873 yil voqeyalarini yoritilishiga kleadigan bo’lsak, MakGahanning bu borada keltirgan ma’lumotlari boshqa manbalar bilan deyarli 100 % to’g’ri kelishi uning tarixiy manbaviy ahamiyatini oshiradi. Bu so’zlarni isboti sifatida birgina misolni keltirishni o’rinli deb bildim. MakGahan asarining ikkiinchi qismining VII bobi “Birlashgan qo’shinlar harakati” deb nomlanadi. Ushbu bobda xususan shunday deyiladi: “Soniga o’q tegib yiqilgan turkman qo’lga olindi. U og’riq azoblariga mardona chiqab, churq etmadi. Ammo ko’p aldov suldovlardan keyingina ba’zi narsalarni aytib berdi. Uning gaplariga qaraganda, armiya atrofida aylanib yurganlar 400-500 kishi bo’lib, xon tomonidan Xo’jaylini mudofa qilishga yuborilgan 6000 otliq suvoriy tarkibidan ekan. Otryadni asosiy qismi shaharni qo’riqlab qolibdi. 42 ” Aynan shunday voqeya bayoni “Shajarayi Xorazmshohiy” asarida ham mavjud. “Rusiya askari bulardin bir zahmdorini tutib muloyimat bila debdurlar: “Agar sen bizlarga rost xabar bersang, seni yuborurmiz”. Zahmdor debdur: “Xorazm xoni Xojaelining muzofati uchun olti ming kishi yubordilar, besh yuz kishi davom Rusiya askarining atrofini aylanib, fursat oxtarib yuribdirlar. Qolg’onlari Xojaelida urushg’a omoda bo’lib turubdilar.”43 Bu voqealarning bayoni yana bir bor asarning tarixy manba sifatidagi ahamiyati juda yuqori ekanligidan dalolat beradi. Мак-Гахан. Военные действия на Оксусе и падение Хивы. Соч.— М.: В Университетской типографии (Катков и К°), 1875. http://militera.lib.ru/memo/0/one/usa/mcgahan 41 Bu haqida qarang. Омаров О.Ю. Отважный исследователь Каспийского моря. – Махачкала. Даг.Кин.Изд. 1965. С. 44-45. 42 Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси... Б. 31. 43 Баёний. Шажарии Хоразмшохий. // Мерос... Б. 212. 40 18 2.2.Etnografik manba sifatida Yuqorida ta’kidlangandek MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” asari nafaqat tarixiy balki etnografik manba sifatida ham ahamiyatlidir. Zero, unda nafaqt urush harakatlari balki Xorazm xalqining XIX asrning so’ngi choragidagi turmushi, xo’jaligi, moddiy va ma’naviy madaniyati va boshqa ko’plar etnografik ma’lumotlar keltirilgan. Xususan asarning ikkinchi qismidagi “Xivaliklar orasida” deb nomlangan 3 bobida Xorazm bozorini tasvirlash jarayonida juda ko’p etnologik ma’lumotlar keltirilgandir. Ular quyidagilardir. “Xivalilar bozorga un va sabzovot, tovuq, qo’y, tandirdan yangi uzilgan non, pahmoq o’rik, va guruch choy, qand-qurslarlarni uyib tashlashgandi. Oq tut mevasining esa hisobi yo’q edi.”44 Bu o’sha davrdagi Xorazm vohasining asosiy yeguliklari va xo’jaligi haqida ahamiyatli ma’lumotdir. Shuningdek, MakGahan asarida Xorazmliklarni tashqi qiyofasi va kiyinishini ya’ni antropologiyasi va moddiy madaniyatini yoritadi. Bu haqida u “Ularning ko’pchiligi o’rta bo’yli, oriq, chayir, qora soqol qo’ygan bo’lib, ko’zlarida qandaydir yovuz ifoda bor edi. Bir vaqtlar oq matodan tikilgan kamzullari hozir rangini ajratib bo’maydigan alfozga kelgan, chalvor va ko’ylaklari bo’zdan to’qilgan. Ustidan yengi uzun xalat qiyishgandi. Xivaliklarning mayda sariq va qo’ng’ir yo’-yo’l chiziqli xalatlari juda xunuk bo’lib, buxoroliklarning yaltiroq, chiroyli to’nlariga aslo tenglashtirib bo’lmas edi. Bozordagi odamlarning ko’pchiligi yalang oyoq, hammasining boshida qora qoy terisidan tikilgan, og’irligi 6-7 funt keladigan katta qalpoq bor.” 45 deydi. Uning bu kuzatuvlariga bergan fikrlari albatda nisbiydir. Chunki AQSHda tug’ilib o’sgan va Yevropa davlatlarida yashagan odam 44 45 Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси... Б. 14. O’sha asar... B. 14. 19 uchun albatta O’rta Osiyo xalqlarining madaniyati o’zgacha ko’rinada. Shuningdek u Xiva ayollaridan birini tasvirlar ekan bu haqida quyidagilarni keltiradi. “U keksa kampir bo’lib, ko’rimsizgina Xiva cho’ponini kiygan edi. Kiyimiga qarab, faqat boshidagi sallaga o’xshatib o’ralagan ro’moldan ayol ekanligini ajratsa bo’lardi. Xiva ayollarining hammasi ana shu taxlitda kiyinishardi.”46 Shuningdek u o’z asarining uchinchi qismida turkman xalqining etnografiyasiga bag’ishlangan ma’lumotlarni keltiradi. Xususan, uni ta’kidlashicha “Xiva xonligida yashovchi turkmanlar olti qabilaga mansub: 1) 2500 uyli Imrali; 2) 3500 uyli Kodorlar; 3) 2000 uyli Qaradashlilar; 4) 1500 uyli Qora-Egeldilar; 5) 1500 uyli Amali-Igokenlar 6) 11000 uyli Yovmutlar; Hammasi bo’lib, umumiy aholisi o’rata hisobda 110 000 jonni tashkil etadi.”47 Yana turkmanlar to’g’risida ma’lumot berarkan MakGahan “o’q va qilich kuchi bilan yovmutlar turkman qabilalari orasida eng ko’p va eng kuchli bo’lgani uchun ruslarga zarba berishni mo’ljallagan edi. Ular 11000 uyli bo’lib, boshqa qabilalarning hammmasi yig’ilgahda shuncha chiqardi.” 48 deydi. Shuningdek u turkmanlar haqida “bu xalq o’z yurtida osoyishta va farovon turmush kechirgan urushlar ham juda olisda – rus yoki forslarning chegaralarida bo’lardi. Atrofi bepayon qum sahrolari bilan o’ralagan bu kichik voha aholisi Tinch okeanning janubiy qismida yangi kashf etilgan Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси... Б. 27. O’sha asar... B. 55. 48 Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси... Б. 58. 46 47 20 orollarda istiqomat qiluvchilar kabi tashqi dunyodan mutlaqo uzilib qolgan edi. Ammo ularning oromi buzildi, urush alangasi tinch, beg’am xonadonlarni o’z dahshatli domiga tortdi. Bepayon tashqi dunyo bilan tanishihs bu baxtiqarolar uchun juda qimmatga tushdi...”49 deydi MakGahan. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki ushbu asar nafaqat tarixiy balik etnologik ma’lumotlarga ega asar bo’lib, uni ob’yektiv jihatdan tahlil etish bizga ya’ni tarixchi olimlarga O’rta Osiyo xalqlarining etnologiyasi haqida bir qancha ma’lumot berishi mumkin. 49 Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси... Б. 66-67. 21 Xulosa Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki mazkur O’zbekistonning XIX asr tarixiga oid bo’lgan manba – MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” asarining tahlili chog’ida asarning O’zbekiston tarixini o’rganishdagi ahamiyatining yuqori bo’lganligi va o’zida bir nechta manbaviy xususiyatlarni jamlaganligini imkon qadar ochib berishga harakat qilindi. Shuningdek, kurs ishida MakGahanning jo’shqin ammo qisqa hayoti (u vafot etganda 34 yoshda edi holos) davomida o’zdan nafaqat yaxshi nom balki yirik tarixiy manbalar ham qoldirganligi. Shuning uchun biz uning hayot yo’li va ijodini o’rganar ekanmiz hech ikkilanmasdan uni yetuk jurnalist va o’ziga xos tarixchi deb ta’kidlashimiz mumkinligi. Uning ilmiy merosini esa biz o’rganib, tahlil qilib, ilmiy muomilaga kiritishimiz, qolaversa omma e’tiboriga havola etishimiz lozimligi isbotlandi. Xulosa qilib yana shuni aytish mumkinki MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” asari juda ulkan manbaviy ahamiyatga ega asar hisoblanadi. U o’zida nafaqat tarixiy, balki etnologik va toponomok manbaviy xususiyatlarni jamlaganligi diqqatga sazovordir. O’zida etnologik va toponomik ma’lumotlarga ega ekanligi ushbu asarning ilmiy qiymati va ahamiyatini yanada oshishiga sabab bo’ladi. Zero, hech qanday g’oyaviy va siyosiy tasirlarga uchramay, aksincha ulardan holi yozilgan ushbu asar yanan Xivani bosib olinishiga bag’ishlangan rus manbalaridan masalaga ob’yektiv jihatdan, hech qanday millatchilik va shovinistik g’oyalarga berimay yozilganligi bilan ustundir. Bu esa yana bir bir asarning manbaviy ahamiyati yuqori ekanligini ko’rsatib beradi. Biz esa o’z navbatida ushbu va boshqa asarlarnio’rganish va taqhlil etish orqali o’zimizning boy tariximizni bilamiz, 22 anglaymiz va kelajak avlodlarga qoldiramiz. Chunki har bir inson, jamiyat, davlat va millat uchun o’z tarixini bilish suv va havodek zarurdir. Zero, yurtboishimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q”.50 50 I. Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat. 2008. – B.4. 23 Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati Ozbekiston Respublikasi hukumat qarorlari va Prezident asarlari: 1. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Тарих институти фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида”ги Қарори. // Ўзбекистон овози. 1998 йил, 28 июль. 2. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: “Шарқ”. 1998. 3. Karimov. I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat. 2008. Manbalar 4. Мак-Гахан. Военные действия на Оксусе и падение Хивы. Соч.— М.: В Университетской типографии (Катков и К°), 1875. 5. Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси. – Т.: ТМИ босмаҳонаси. 2000. 6. Баёний. Шажарии Хоразмшохий. // Мерос. Таҳрир ҳайьати: Б.Аҳмедов ва бошқ. – Т.: Камалак. 1991. 7. Ломакин. Описание Хивинского похода. – СПб. 1874. C. 193. 8. Н. И. Гордеков. Хивинский поход 1873 года. Действия Кавказских отрядов. – СПб.: “Русская старина”. 1883. – http://www.vostlit.info. Adabiyotlar 9. Бекмуҳаммад У. Ғаройиб одам. // Ҳарбий ҳийлалар. – Т.: “Янги аср авлоди”. 2008. 24 10. Гуломов X.Г. Средняя Азия и Россия: истоки формирования межгосударственных отношений. – Т.: “Университет”. 2005. 11. Гуломов X.Г. Дипломатические отношения государств Средней Азии с Россией в XVIII – первой половине XIX века. – Т.: “Фан”, 2005. 12. ЖўраевН.Қ. Тарих фалсафасининг назарий асослари. – Т.: “МАЪНАВИЯТ”. 2008. 13. История СССР. Под. ред. Н.Е.Артемова. М.: Высшая школа. 1982. Ч.I. 14. Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. – T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti”. 2008. 15. Муниров Қ. Хоразмда тарихнаислик. – Т.: “Ғ.Ғулом”. 2002. 16. Омаров О.Ю. Отважный исследователь Каспийского моря. – Махачкала. Даг.Кин.Изд. 1965. С. 44-45. 17. Cаидбобев З.А. Европада Ўрта Осийга оид тарихий-картографик маълумотлар (XVI-XIX). – Т.: “ФАН”. 2008. 18. Cолженицын А.И. На возврате дыхания. – М.: «Варгус». 2004. 19. www.historiyxru/brokgauz&efron.ru 25 Ilovalar MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harkatlar va Xivaning qulashi” asariga ilova qilgan xaritalaridan biri. 26 MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harkatlar va Xivaning qulashi” asariga ilova qilgan xaritalaridan biri. 27 MakGahanning 1875 yildagi surati. MakGahan. Rus-turk urishi davridagi gravyura 28 AQSHning NewLexington qabristoidagi MakGahan qabri Qabr ustiga “Bolgariya haloskori” deb yozilgan 29