Uploaded by rayhonanasrullayeva1

37489

advertisement
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС
ТАЬЛИМ ВАЗИРЛИГИ
АНДИЖОН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ
Хорижий тиллар факулътети
Олмон тили ва адабиёти кафедраси
Қўлёзма хуқуқида
МИРЗАХОНОВА ЗИЛОЛА
НЕМИС ВА ЎЗБЕК АДАБИЁТИДА ЎҚИТУВЧИ
ОБРАЗИНИНГ ТАЛҚИН ЭТИЛИШ ХУСУСИЯТИ
5111400- хорижий тил ва адабиёти таьлим йўналиши бўйича
бакалавр академик даражасини олиш учун
БИТИРУВ МАЛАКАВИЙ ИШИ
Илмий рахбар:
И. ЖАББОРОВ
Андижон – 2015
1
MUNDARIJA
Kirish ……………………………………………………………………………..3
Haynrix Mann ijodiy biografiyasi va unda “Proffessor Unrat”
qissasini o`rni,
asar yozilgan tarixiy sharoit................................................................................. 10
Parda Tursun adabiiy faoliyati va “O`qituvchi” romani yozilgan tarixiy
sharoit.................................................................................................................. 16
Ikkala asar bosh qaxramonlari qiyofasidagi mushtarak va alohida xususiyatlar
haqida................................................................................................................... 34
“Proffessor
Unrat”
qissasida
“gimnaziya”
o`qituvchisi
obrazining
talqini…................................................................................................................ 42
O`qituvchilik
kasbi,
uning
huquqiy
demokratik
jamiyatdagi
o`rni…………...................................................................................................... 45
O`qituvchining kasbiy sifatlari............................................................................ 52
Pedagogik fikr tarixida o`qituvchi mahorati masalalari....................................... 56
XULOSA.............................................................................................................. 62
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.......................................... 64
2
“Olmon va o`zbek adabiyotida o`qituvchi obrazining
talqin etilish xususiyati”
(XX asr badiiy prozasi asosida)
REJA:
Kirish
Mavzuning dolzarbligi
Mavzuning o`rganilganlik darajasi
BMI ning ilmiy yangiligi
BMI ning maqsad va vazifalari
BMI ning predmeti va ob`yekti
BMI ishni bajarishda qo`llanilgan tadqiqot metodlari
BMI ning metodologik asosi
BMI ning amaliy ahamiyati
BMI natijalarining amaliyotda sinalganligi
BMI strukturasi
I Bob. Mavzuga oid asarlar mualliflari va asarning qisqacha mazmuni haqida.
1. 1. Haynrix Mann ijodiy biografiyasi va unda “Proffessor Unrat” qissasini
o`rni, asar yozilgan tarixiy davr.
1. 2. Parda Tursun adabiiy faoliyati va “O`qituvchi” romani yozilgan tarixiy
sharoit.
1. 3.
Ikkala asar bosh qaxramonlari qiyofasidagi mushtarak va alohida
xususiyatlar haqida.
1. 4. “Proffessor Unrat” qissasida “gimnaziya” o`qituvchisi obrazining talqini
II. Bob. Mustaqil O`zbekiston o`qituvchisining yosh avlod tarbiyasida muhim
shaxs ekani haqida.
2. 1. O`qituvchilik kasbi, uning huquqiy, demokratik jamiyatdagi o`rni.
2. 2. O`qituvchining kasbiy sifatlari
2. 3.
Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o`qituvchi mahorati
masalalari
3
KIRISH
Mustaqillk sharofati bilan o`zbek diyorida ham yangillanish, rivojlanish
davri boshlanib, ijtimoiy hayotimiz umumjohon andozalaridga mos tarraqiyot
yo`nalish- lariga jadal suratlar bilan kirib bormoqda. Xalq xo`jaligini barcha
sohalarida,
shu
jumladan
ta’lim
sohasida
ulkan
islohatlar
amalga
oshirilmoqda.Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq mamlakatimizda yosh avlod
tarbiyasiga jiddiy e’tibor berila boshladi.
"Ta’lim to`g`risida" gi qonun " Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ", "Davlat
talim standartlari" ning hayotga tatbiq etilishi ushbu jarayondagi eng muhim
bosqichlardir. O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasida "Barkamol
avlod- O`zbekiston taraqqiyot poydevori" nutqida prezdentimiz I.A.Karimov
shunday takidlagan.
"Barchangiz yaxshi bilasizki, kelajak avlod haqida qayg`urish, sog`lom
barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xusiyatimizdir."
"Mamlakatimizning
istiqlol
yo`lidagi
birinchi
qadamidayoq,
buyuk
manaviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish milliy ta’limning tarbiya tizimini
takomillashtirish, uning milliy zamirini mustahkamlash zamon talablari bilan
uyg`unlashtirish asosida johon andozalari va ko`nikmalari darajasiga chiqarish
maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda."
"Hammamiz yana bir xaqiqatni anglab yetmoqdamiz. Faqatgina chinakam
marifatli odam inson qadrini millat qadryatlarini bir so`z bilan aytganda o`zligini
anglash erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil davlatimizning johon
hamjamiyatida o`ziga munosib obro`li o`rin egallashi uchun fidoiylik bilan
kurashish mumkin".
O`zbekiston
Respublikasining
xalqaro
munosabatlarini
keng
quloch
yoyayotgan bir paytda chet tillarini o`rgatish- o`rganish o`ta zaruriy ehtiyojga
aylandi. Ushbu masalani muhimligini alohida uqtirib mamlakatimiz prezdenti
I.A.K. shunday degan edi .
"Xozirgi paytda xorijiy tillarni
o`rganish va o`rgatishga yurtimizda katta
ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta bejiz emas. Bugun johon hamjamiyatida
4
o`ziga xos munosib o`rin egallashga itilayotgan mamlakatimiz uchun chet ellik
sheriklarimiz bilan hamjihatlikda hamkorlikda o`z buyuk kelajagini qurayotgan
xalqimiz uchun
xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashni
hojati yo`qdir".
Mamlakatimizda
barkamol
avlodning
bilim
olishi,
jahon
miqyosida
rivojlangan davlatlar darajasidagi yetuk kadrlar bo’lib yetishishiga juda ham katta
e’tibor qaratilmoqda, yosh avlodning jahon arenalaridan istalgan yo’nalish
bo’yicha o’zga mamlakat a’zolari bilan kuch va bilim sinasha oladigan, ularni
dog’da qoldira oladigan qilib tarbiyalash davlat siyosati tusini olgani juda ham
ko’plab “ Kichkina demang bizni” deb yurgan millionlab O’zbekiston yoshlariga
keng imkoniyatlar eshigini ochib bergani siz-u bizga oydek ayon. Ayniqsa
muxtaram Yurtboshimizning 2012-yil 10-dekabrdagi mamlakatimizda chet tillarni
o’rgatish va o’rganishga qaratilgan qarorlari yurtimizning barcha joylarida
shaharlarimizdan tortib chekka – chekka qishloq va ovullarimizda ham bog’cha
tarbiyalanuvchilari, maktab o’quvchilari va o’rta maxsus ta’lim dargohlari
talabalari ham emin erkin, o’z hoxishlariga ko’ra, istagan, va ayniqsa birdan ortiq
chet tillarni o’rganish imkoniyatini berdi desam mubolag’a bo’lmaydi.
Yoshlarning, biz iftixor bilan tilga oladigan kelajagimiz asoslarining o’z fikr va
muloxazalarini nafaqat o’z ona tillarida balki, yana ikki - uch xorijiy tillarda ham
ifodalay olishlari, ushbu til sohiblari ega bo’lgan imkoniyatlar va qulayliklardan
foydalanish, ularga o’z kuchimiz, bilimimiz, bizlarning aslida kim ekanligimizni
ko’rsata olishimiz uchun bag’oyatda ko’p kerak bo’ladi deb o’ylayman. Tarixan
bizga buyuk ajdodlarimizdan qolgan yuksak ma’naviy meros, kundan kunga
umumbashariy qiyofani o’zida aks etib borayotgan milliy qadriyatlarimiz, hech
bir xazinadan kami yo’q zaminimiz, umuman olganda esa Prezidentimiz qayd etib
o’tgan eng katta boyligimiz - mexnatkash xalqimizni dunyoga tanitadigan, butun
jahon e’tirofiga sazovor etadigan barkamol avlodni ham ma’naviyatli, ham
ma’rifatli shaxs bo’lib ulg’ayishlari, muqaddas vatan xizmatida bel bog’lab
turishlari uchun ularni jahon andozalariga mos ta’lim jaroyoni bilan ta’minlanishi
ekanligiga hech qanday shubham yo’q. Qayerga bormang, qayerda bo’lmang
5
o’zbek yoshlarining xorijdan kelgan iqtisodiy, ijtimoiy sheriklari bilan turli
tillarda suhbatlashayotganliklariga ko’zingiz tushadi, dunyo mamalakatlari
kutubxonalaridan xalqaro internet tizimi, ijtimoiy tarmoqlar orqali hech qanday
tarjimonlarsiz o’zlariga kerakli kitoblarni o’qiy olayotganlari, zamonaviy
texnikalardan,
avval o’rganilib qolinganidek ruscha yo’riqnomalarni izlab
o’tirmasdan, bemalol foydalana olayotganliklari kishini xayratga solmasdan iloji
yo’q.
Mavzuning dolzarbligi.
Biz milliy ma`naviyatni har tomonlama
yuksaltirish masalasini o`z oldimizga asosiy vazifa qilib qo`yarkanmiz, bugungi
kunda ma`naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta`sir ko`rsatadigan barcha
omil va me`zonlarni tahlil qilib, ularning bu borada qanday o`rin tutishini yaxshi
anglab olishimiz maqsadga muvofiq no`ladi.
Ma`naviyatni shakllantirishga bevosita ta`sir qiladigan muhim hayotiy
omillardan biri – bu ta`lim tarbiya tizimidir.
Ma`lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo`lmish ilm-u
ma`rifat, ta`lim tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va
garovi deb bilgan.
Albatta, ta`lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va
uning rivojini ham belgilaydigan, ya`ni, xalq ma`naviyatini shakllantiradigan va
boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini va shu asosda
ongni o`zgartirmasdan turib, ma`naviyatni rivojlantirib bo`lmaydi.
Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondoshuvlarga, puxta o`ylanmagan
ishlarga mutlaqo yo`l qo`yib bo`lmaydi. Maktab, ta`lim – tarbiya masalasi davlat
va jamiyat nazoratida bo`lishi asosiy qonunimizda belgilab qo`yilgan. Shu bilan
birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimiz ishtiroki va qo`llab-quvvatlashini
talab qiladigan umummilliy masaladir.1
Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Shuni unutmasligimiz kerakki,
kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda,
1
I.A.Karimov “Yuksak Ma’naviyat-yengilmas kuch”, 2008, 34-bet.
6
xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday
ta`lim va tarbiya olishiga bog`liq.
Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida
avvalo shaxsni ko`rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda,
farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan, ongli
yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta`lim-tarbiya sohasining
asosiy maqsadi va vazifasi bo`lishi lozim deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa
ta`lim va tarbiyani ishini uyg`un holda olib borishni talab etadi.
Ta`limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta`limdan ajratib bo`lmaydi – bu
sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.
Bu haqida fikr yuritganda, men Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo
hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” degan
chuqur ma`noli so`zlarini eslayman. Buyuk ma`rifatparvar bobomizning bu
so`zlari o`tgan asr boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo`lgan
bo`lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko`ra muhim
va dolzarb ahamiyat kasb etadi.2
Nega deganda, bizga sobiq tuzumdan meros bo`lib qolgan ma`orif
tizimining eng noma`qul tomoni shundan iborat ediki, unda o`quv jarayonida
o`quvchi va talabalarning mustaqil va erkin fikrlashiga yo`l qo`yilmas edi. Har
qanday o`quv yurtini bitiruvchilarning bilimiga qarab emas, aksincha ularning
sobiq sovet tizimiga va sohta g`oyalariga sadoqatini hisobga olib baholash va
hayotga yo`llash tamoyili asosiy o`rinni egallar edi. Ko`p hollarda sifat o`rniga
son ketidan quvish ustunlik qilardi. Aksariyat yoshlar haqiqiy bilim yoki malaka
orttirish maqsadida emas, ko`proq amalda diplomli bo`lib olish ilinjida texnikum
yoki institutlarga kirar edi. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki
yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim va tarbiya, ilm fan, kasb-hunar
o`rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi.
BMI ning ilmiy yangiligi. Hozirgi kunda keng, chuqur, bilimli va o`z
bilimlarini amalda qo`llay oladigan shaxslarga talab kuchayib bormoqda. Shuning
2
I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”, 2008, 41-bet.
7
uchun
ham
hozirgi
paytda
horijiy
tillarni
o`rgatish
va
o`rganishga
mamlakatimizda katta ahamiyat berilmoqda. Shu munosabat bilan ushbu
tanlangan mavzu dolzarb masaladir, chunki har qanday tilni o`rganish uchun
avvalo uning tarixidan va adabiyotidan xabardor bo`lishi zarur. Biz bo`lajak
pedagoglar ekanmiz,
tilini o`rganayotgan xalqimizning va albatta o`z
xalqimizning pedagoglari va ularning tadriji tarixini bilishimish lozim. Bu es
bizning amaliyotimizda yaxshigina samarasini beradi.
Shu nuqtai nazardan men bajarayotgan BMIni qiyosiy adabiyotshunoslikda
yangilik deb hisoblash mumkin.
BMI ning metodologik asosi. Mazkur bitiruv malakaviy ishning
metodologik asosini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning
Respublikamizda ta`lim va tarbiyani rivojlantirishga bag`ishlangan nazariy
asarlarida oldinga surilgan g`oyalar, xulosalar, O`zbekistonning “Ta`lim
to`g`risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqidagi me`yoriy hujjatlar
hamda fan ta`lim – tarbiya va madaniyat sohasidagi strategik yo`nalishlarga doir
qarorlar tashkil etadi.
“O`nlab o`zbek allomalarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo`shgan
xissasi ulkandir. Jumladan, Mirzo Ulug`bek qoldirgan meros xalqingizning jahon
ahliga bebaho in`omi, deyish mumkin. Uning ko`plab ilmiy risolalari, siyosat va
iqtisodiyot sohasidagi faoliyati, ilmiy va ma`rifiy merosi bugungi avlod uchun
ham katta saboq bo`lib xizmat qilmoqda. Allomaning jahon ilm-fani, ayniqsa,
astranomiya rivojiga qo`shgan xissasi beqiyosdir.
Mamlakatingizda ajdodlaringizning boy merosini o`rganish, targ`ib qilish,
madaniy yodgorliklarni ta`mirlash va asrab-avaylash, ta`lim, fan hamda
madaniyat sohalarini rivojlantirish borasida amalgam oshirilayotgan keng
ko`lamli islohotlar o`z samaralarini berayotgani tahsinga loyiq”.3
3
“Xalq so’zi” gazetasi, 2014, may, 1-4-bet. Amina Adxer, Evropa tibbiyot assotsiatsiyasi
ilmiy loyiha direktori (Germaniya):
8
Mavzuning
predmeti.
“Olmon
va
o`zbek
adabiyotida
o`qituvchi obrazining talqin etilish xususiyati” mavzusining predmeti
sifatida
ta`lim
o`qitilishida,
muassasalari
ularning
o`quvchilarining
bilimlarini boyitish
adabiyotidan keng foydalanish
masalalariga
va
olmon
tili
darslarda olmon
oydinlik
kiritishdir.
Buning uchun men ikkala milliy adabiyotning ikkta badiiy asarni
mavzu nuqtai nazaridan qiyoslab o`rgatishga qaratdim .
Mavzuning o`rganilishida qo`llanilgan metodlar. “Olmon va
o`zbek adabiyotida o`qituvchi obrazining talqin etilish xususiyati”
mavzusi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar davomida quyi dagi
metodlardan foydalanildi:
-
Mavzu
yuzasidan
bizgacha
bajarilgan
tadqiqotlarni
o`rganish;
-
Ta`lim - tarbiya jarayonini kuzatish;
-
Soxaviy adabiyotlarni qiyosiy o`rganish va taxlil qilish
metodi.
Mavzu o`rganilishining
nazariy
va
amaliy
ahamiyati.
“Olmon va o`bek adabiyotida o`qituvchi obrazining talqin etilish
xususiyati”
mavzusi yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari olmo n
adabiyoti, olmon adabiyoti tarixi, o`rta umumta`lim maktablarida
olmon
tili
o`qitish
metodikasini
yaratish,
olmon
tili
darslari
samaradorligini, qiziqarliligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot
davomida olmon adibi Haynrix Mann va o`zbek adibi Parda Tursun
ijodi o`rganiladi, ularning muayyan asarlari tahlil qilinadi, asar
qahramonlarining
Ulardan
ijobiy
va
salbiy
xususiyatlari
olmon va o`bek tili o`qitilishida
ko`rsatmalar
ishlab
chiqiladi. Bu
esa
mavzu
ifoda qilinadi.
foydali
uslubiy
o`rganilishining
nazariy va amaliy ahamiyatini oshiradi.
Tadqiqot
natijalarining
amalda
sinalganligi. “Olmon va
o`bek adabiyotida o`qituvchi obrazining talqin etilish xususiyati”
9
mavzu
yuzasidan
olib
borilgan
izlan ishlar
jarayonida Andijon
viloyati Marxamat tumanidagi 31 -umumta`lim maktabida
amalga
oshirilgan ta`lim-tarbiya ishlari va olmon tili darslarini
tashkil
qilish amaliyotida foydalanildi.
Usbu mavzu yuzasidan men shu maktabda amaliyot o `tash
davrimda nemis tili, ona tili va adabiyoti va tarix o `qituvchilari bilan
maslahatiashdim va ularning mavzu yuzasidan bergan savollarimga
javoblar oldim. Tajribali bu pedagoglarni bergan maslahatlari va
mulohazalaridan
men
BMI
tayyorlash
faoliyatimda
o`rni
bil an
foydalandim.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish
kirish, asosiy qism va xulosalardan iborat.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, mavzuning o`rganilish
darajasi, maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, ilm iy yangiligi,
ahamiyati va amaliyotda sinalganligiga to`xtalib o`tiladi.
Asosiy
tutgan
qismda
olmon va o`zbek adabiyotida o`qituvchining
o`rni, hamda uning o`ziga xos xususiyatlari Haynrix Mann va Parda
Tursun asarlari asosida tahlil qilinish masalalar bo`yicha fikrlar bildiriladi.
Xulosada esa asosiy qismda bajarilgan tadqiqotlarga tayanib, ikki milliy
adabiyotda o`qituvchi qiyofasini yaratilishi va o`qituvchilar faoliyatini qiyosiy
o`rganish natijalari bayon qilib beriladi.
10
Haynrix Mann ijodiy biografiyasi va unda “Proffessor Unrat”
1. 1.
qissasining o`rni, asar yozilgan tarixiy sharoit.
Har bir millat o`ziga xos yashash sharoiti, tili, ma`daniyati, psixologik
xususiyatlari, xullas milliy xarakterlariga, urf-odatiga ega. U yoki bu millatning
o`ziga xos hususiyatlari badiiy asarlarda aks etib, uning milliy koloritini tashkil
etadi. XIX- XX asrda nemis adabiyoti erishgan ulkan muvoffaqiyatlar jahon
ma`daniyatiga bebaho hissa bo`lib qo`shildi. Nemis adabiyoti
jahonda haqli
ravishda peshqadam o`rinlardan birini egallaydi. Bir asr mobaynida nemis
tili mamlakatlari adabiyoti vakillaridan o`n ikkitasi Nobel
munosib ko`rilgani ham fikrimizning dalilidir.
mukofatiga
Xalqning ozodlik uchun
kurashi, uning ideallari bilan chambarchas bog`langan adabiyot jahon
madaniyatiga ulkan hissa qo`shdi. Herder, Lessing, Viland, Gyote, Shiller,
Hayne, Hesse, Brext, Haynrix Mann, Tomas Mann bu ro`yhatni yana uzoq
davom etdirish mumkin. Bu kabi mo`tabar nomlar nemis millatining faxri
va
g`ururi
bo`libgina
qolmay,
jahon
madaniyati
hazinasini
boyitgan
mutafakkirlardir. Ular ijodiga bunday yondoshuv tushunarli va qonuniydir.
Ulardan biri Haynrix Mann XIX asrning so`nggi choragi va XX asrning
birinchi
yarmida ijod qilgan nemis taraqqiyparvar adabiyotining yirik vakili,
antifashist yozuvchidir. U murakkab ijodiy yo`lni bosib o`tdi. Yozuvchining ilk
asarlarida mavhum gumanizm hukmron bo`lsa, so`nggi ijodida xalq manfaatlari
o`zining chuqur aksini topdi.
Haynrix Mann Lyubek shahrida madaniyatli byurger — savdo ishi
bilan
shug`ullanuvchi oilada tug`ildi. U yoshligidan tijoratni o`rganadi. Fransiya va
Italiya bo`ylab sayohatdan so`ng unda adabiyotga qiziqish kuchayadi. Atrofini
o`rab olgan burjua hayotiga tanqidiy munosabatda bo`ladi. Birinchi mustaqil
asari «Sharbat qirg`oqlari»da («Orzu qilingan joyda», 1900) uning fosh etuvchi
satri ochiq ko`rinadi.
«Sharbat qirg`oqlari» romanining qaxramoni chekka viloyatdan kelgan
kambag`al talaba Andreas Stumzedir. Unga Berlinning g`arbiy kvartali—
11
birjachilar, bankirlar, savdogarlar, sotqin jurnalistlar yashaydigan boy mahalla,
tekin daromad manbai—sharbat qirg`og`i, sut bulog`i bo`lib ko`rinadi va o`sha
yerni orzu qiladi. Andreas qiynalib bo`lsa ham o`sha muhitga kirib oladi, so`ngra
uning yaramas ta`siri ostida tez buziladi.
Turkxaymerlar muhitiga tushib qolgan talaba Andreas Stumze bankirning
xotini Turkxaymer xonimning diqqatini o`ziga tortadi. Dastlab u o`z baxtiga
ishonmaydi, asta-sekin o`zini ushlab oladi, so`ngra u surbetlik bilan Turkxaymer
xonimga ham, xo`jayinning ma`shuqasi Agnessa Mastkega ham yaqinlashadi. Bu
esa mitti odamning boyligi va xukmronligi uchun o`z xo`jayinidan olgan
qasosining bir turi hisoblanadi. Nayranglari fosh bo`lgach, orzu qilingan joy
sharbat qirg`oqlaridan quvilgan Andreas Stumze o`z taqdiriga bo`ysunadi.
Xo`jayin «odamgarchilik» qilib, uni Agnessaga uylantirib qo`yadi va kichik
nafaqa belgilash bilan undan xalos bo`ladi.
Burjua muhitida salbiy qaxramonning ko`tarilishi prinstipsizlik va faqat
shaxsiy manfaatni ko`zlash asosida yuzaga kelishini, so`ngra turli ziddiyatlarga
uchrab, oxirida yuztuban ketishini yozuvchi Andreas Stumze obrazida yorqin
ko`rsatib berdi..
«Ma`budalar» (1902—1903) trilogiyasida ijtimoiy hayot, san`at va
muhabbat masalalari tasvirlanadi. Asar qaxramoni gertsoginya Violenta Assidir.
U shimoldan Italiyaga bostirib kelgan qadimgi jaxongir normannlar urug`iga
mansub bo`lib, yoshlikdan o`z avlodining bosqinchilik urushlari va jasoratlari
haqidagi xotiralar bilan yashaydi. Undagi favqulodda iroda, yuksak go`zallik,
manmanlikka intilish ham o`shaning oqibatidir. Assi ongli ravishda turmushi
shod-xurramligini, go`zallik nashidasini totib ko`rmoqqa intiladi, oddiy odamlar
hayotiga esa loqaydlik bilan qaraydi.
Haynrix Manning sotsial-psixologik va hajviy ruhdagi «Unrat muallim»
(1905) romanining bosh qahramoni erlar gimnaziyasining keksa o`qituvchisi Rat
bo`lib, o`quvchilar unga «Unrat» laqabini qo`yganlar. Chunki u bolalarni
monarxga sadoqatu «mangu xizmatga muhabbat» ruxida tarbiyalashga undaydi.
Unda hammaga dahshat solish kabi istak zo`r. Uning nutqlarida rasmiy (yuzaki)
12
tantanalilik bor. «Agar men,—deydi u,—o`quvchilarga klassik ideallarni faqat
bekorchi xayol sifatida tushuntirsam, u vaqtida o`zimga bo`lgan hurmatni
yo`qotgan bo`lur edim». Uning tilida chunki, hattoki, binobarin, ya`ni, masalan?
so`zlari ko`p va o`rinsiz ishlatiladi. Yozuvchi bu nochor odam obrazi orqali
miskin nemis hayotini masxara qiladi.
Unrat XIX asr oxiridagi Germaniya voqeligini o`zida mujassamlantirgan
tipik xudbin obrazidir. Birinchi jahon urushi yillarida Haynrix Mann urushga
qarshi antiimperialistik mavqeni egalladi. Germaniyada kuchayib borayotgan
revolutsion harakatga ijobiy munosabatda bo`ldi.
Haynrix Mann hajviyotining «Imperiya» trilogiyasining birinchi romani
«Sodiq fuqaro» (1914)dir. Unda zo`ravonlik va monarxiya tartiblarining
himoyachisi, «mas`uliyatni his etmaydigan shovinist» obrazi yaratiladi.
Romanning bosh qaxramoni Didrix Gessling. Ijtimoiy hayotdan uzoq, qo`rqoq,
filistr-meshchan bu odam ekspluatator bo`lib qolgach, jamiyat taraqqiyoti uchun
xavfli kishiga aylanadi.
Yozuvchi, Didrix Gessling xarakterini yuzaga keltirgan yaramas muhitni,
yomon ta`sirni ko`rsatadi. Kichik bir qog`oz fabrikasiga xo`jayinlik qilgan otasi
oilada qo`pol bir odam bo`lgan. Lapashang Didrix otasidan qo`rqadi va shu tufayli
hurmat qiladi. Didrix maktabga ham yig`lab borardi. Darslarini bilmagan vaqtda
ko`zlariga yosh oladi. Bunday holat naf keltirgach endi bu narsa odat tusiga
kiradi. Maktabni bitirgach, Berlinga o`qishga boradi. U yerda millatchi burjua
yoshlar tashkiloti «Yangi tevtoniya» safiga kiradi..
Didrix voyaga yetgach, uyida zulm o`tkazuvchi zolim erga aylanadi. U
xotinini o`ziga tobe tutadi, ona esa bolalarini o`ziga bo`ysundiradi. Didrix
bolalarini kichik xonaki itga ozor berishga o`rgatadi. Otasi vafotidan so`ng o`zini
erkin tutgan Didrix fabrikaning egasi bo`ladi va ishchilarni qattiq ekspluatatsiya
qilishi natijasida katta foyda ola boshlaydi. Didrix o`ziga bo`ysunuvchilarga
nisbatan o`ta qo`pol va shafqatsiz, aksincha o`zidan yuqori turuvchi amaldorlarga
esa, itoatkor shaxs. Bir kuni u Berlinda kayzerning o`tib ketayotganini ko`rib
qoladi. Turgan joyi balchiq bo`lishiga qaramay, o`sha yerda tiz cho`kib, imperator
13
Vilgelmga ta`zim qiladi. Bu esa unga sodiq fuqaro ekanini bildirar edi. Didrix
ishchilarga «ichki dushman» deb, ularning o`z ahvollarini yaxshilashga qaratilgan
har bir harakatiga «isyon» deb qaraydi, ularni «yanchib tashlash»ga undaydi. «Biz
qo`rqmaymiz, kayzer biz bilan», deb chiranadi. Unda agressorlik kuchli, ayni
chog`da mehnatchilardan qattiq qo`rqadi ham.
«Sodiq fuqaro» romanida Haynrix Mann nemis meshchanlarining miskin
hayotini, burjuaziyaning millatchilik, bosqinchilikdan iborat siyosatini masxara
qildi. Didrix Gessling nemis hukmron tabaqalarining munofiqlik va yovuzliklarini
aks ettirgan tipik obrazdir.
«Imperiya» trilogiyasi («Sodiq fuqaro»,
«Kambag`allar», «Boshliq»)dan
so`ng yozuvchi ijodining yangi davri boshlanadi. 1933 yilda fashistlar davlatni
bosib olgach, Haynrix Mann ijodida katta burilish ro`y beradi. U Germaniyani
tashlab ketishga majbur bo`ladi. Gitlerchilar adib asarlarini yoqadilar, o`zini esa
san`at akademiyasi a`zoligidan chiqaradilar. Dastlab u Pragada yashaydi, so`ngra
Fransiyaga ketadi. U yerda fashizmga qarshi faoliyatini davom ettirib maqolalar
yozadi. Agar u dastlabki ijodida («Unrat muallim», «Sodiq fuqaro») fashizmni
yuzaga keltirgan muhitni ko`rsatsa, endi u sariq vabo—fashizmni, uning qonxo`r
boshliqlari—Gitler, Gering, Gebbelsning kirdikorlarini keskin fosh etadi
(«Nafrat», 1933). Bundan so`ng yozgan «Shunday kun keladi», «Mardlik» kabi
publististik asarlarida esa xaqiqat uchun mardonavor kurashchilar — Ernest
Telman, Rudolf Klaus va Edgar Andre obrazlarini fashistlarga qarshi qo`ydi.
Haynrix Mann shu davrda Genrix IV xaqidagi epopeyasini yaratdi. Bu
«Genrix IV ning yoshligi» va «Genrix IV ning yetuklik davri» (1935—1939) deb
ataluvchi ikki tomdan iborat romandir.
Haynrix Mann qirol Genrix xaqidagi asarida Fransiyaning XVI asri tarixiga
murojaat etadi. O`sha vaqtda o`zaro diniy nizolar avj olgan edi. Ayni chog`da bu
davrda yakka xukmronlik mustahkamlanib, uning o`zboshimcha feodallarga
qarshi kurashi ham kuchaygan edi. Asar personajlarining ko`pi tarixiy shaxslar.
Fransiya taxtida feodalizmning so`nggi vakillaridan biri qirolicha Yekaterina
Medichi o`tiradi. U o`z xukmronligini saqlab qolish uchun har qanday jirkanch
14
vositalarni qo`llashdan ham qaytmaydi. Xanjar foyda bermagan joyda zaxarni
ishga solib, o`z raqiblarini bartaraf etadi. Bu vaqtda protestant-qirolichasi
Navvarrskayaning o`g`li, yosh shaxzoda Genrix (so`ngra Genrix IV) qishloqda,
buvasi qo`rasida, dehqon bolalari o`rtasida o`sadi va unga buvasi homiylik qiladi.
Qirolicha Yekaterina dushman partiyasini zaiflashtirish va davlatni o`z qo`lida
saqlab qolish maqsadida qizini protestantlarning boshlig`i Genrixga berib,
shunday yo`l bilan uni o`ziga buysundirmoqchi bo`ladi. Yekaterinaning o`z
o`g`illari Karl IX va Genrix III mamlakatni idora etishga noqobil kimsalar edi.
Genrixning saroy qo`shinida xizmat qilayotgan otasi to`satdan o`ladi, ko`p o`tmay
onasi katoliklar qo`lida zaxarlanadi. Uning o`zi uchun ham
katta xavf
tug`iladi. Genrix Yekaterinaning qizi Margarita Valuaga uylanish va to`yni
o`tkazish maqsadida o`zining protestant (gugenot) qo`shin-lari bilan saroyga
keladi. Lekin bu qadar ko`p protestantlarning kelishi Parij katoliklarini g`azabga
soladi. Yekaterina shahar aholisining bunday kayfiyatidan ustalik bilan foydalanadi. U tinch dam olayotgan protestantlarga qarshi 1572 yilning 24 avgusti
(avliyo Varfolomey kuniga o`tar kechasi)da yoppasiga ur-yiqit ushyutirib, ko`plab
kishilarning boshini tanasidan judo qildiradi. Genrix esa, Luvr saroyida tutqundek
qoladi. Varfolomey kechasidagi qonli voqealardan ko`zi ochil-gan yigit saroydan
qochadi.
Bundan so`ng Genrix IV o`z harbiy qo`shinlari safini mustahkamlab, o`z
ta`sir doirasini kengaytiradi. Deh-qonlarning ahvolini yaxshilashga va`dalar berib,
ular bilan yaxshi munosabatda bo`ladi, xushchaqchaq hazillar qiladi. Genrix
hamma janglarda bevosita o`zi qatnashadi, ko`p shahar, qishloq-larni qo`lga
kstritib, yanada obro` orttiradi. U endi Parijga hujum qilib. uni qo`lga kiritadi va
tarqoq Franstiyani birlash-tiradi, xalqdan olinadigan soliqlarni kamaytiradi.
Endi uning oldida Franstiyani ispan qiroli Filippga bo`lgan qaramlikdan
xalos etish vazifasi turar edi. Lekin Genrixning bu orzusi amalga oshmaydi—u
katta jangga tayyorgarlik ko`rayotgan bir vaqtda yollangan chet el josuslari
tomonidan o`ldiriladi.
15
Genrix IV asarning birinchi qismida gugenotlarning boshlig`i sifatida
kamsitishlarga qarshi shaxsiy o`ch olish yo`lidan borsa, keyinchalik sekin-asta
aqliy takomilga erishib, mamlakatning birligini yuzaga keltiruvchi yirik harbiy
qo`mondon va xalqparvar davlat boshlig`iga aylanadi.
Asarda Genrix IV Uyg`onish davrining ilg`or namoyondasiqiyofasida
gavdalantirilgan. Uiing do`stlari orasida faylasuf Monten, shoir Agrippad Obine
ham bor. Yozuvchi Genrix IV ni «qo`lida quroli bor otdagi gumanist», deb ataydi.
U ham mutafakkir, ham sarkardadir. Bu bilan Haynrix Mann moddiy va ma`naviy
kuchlar
birlashtirilgandagina
adolatli
tuzumni
o’rnatsh,
yovuz
g`oyalar
hukmronligiga yo`l bermaslik mumkin degan xulosa chiqaradi. Chunki yozuvchi
“Sodiq fuqro”romanida fashiatik g`oyalar tantanasini taminlagan xudbinlar
muhitini qoralagan bo`lsa Genrix IV haqidagi asarida fashistik g`oya yo`lini to`sib
qo`yish imkonini ko`rsatib beradi.
Yozuvchi «Sodiq fuqaro» romanida fashizmni keltirib chiqargan yaramas
muhitni tasvirlagan bo`lsa, Genrix IV haqidagi epopeyada uni qanday yo`l bilan
engish mumkinligini aniq ko`rsatib beradi. Yozuvchi Genrix IV ni «xalqparvar
arbob», deb ta`riflaydi. Tarixiy Genrix juda ham bunday ijobiy sifatlarga ega
emas. Biroq bu asar fashizm ta`qibiga uchragan adib tomonidan yozilganini
nazarga olganda, Genrix IV ning ideallashtirilishi sababi ravshanlashadi.
1940 yilda fashistlar Germaniyasi Fransiyani bosib olgach, Genrix Mann
Amerikaga ketishga majbur bo`ladi. Keksa adib muhojirlikda ham fashizmga
qarshi asarlar yaratadi. Jumladan, 1943 yilda chiqqan «Lidista» kinoromanida
fashistlarning Chexoslovakiyada qilgan vahshiyliklari, Lidiste va Leshchan
qishloqlariga o`t qo`yishi, butun erkaklarning otib o`ldirilishi voqealari
ko`rsatiladi.
Yozuvchi «Davr obzori» (1944) publististik asarida Germaniyaning
o`tmishi, fashizmning kelib chiqishi va unga qarshi nemis xalqi olib borgan
mardonavor kurashlar, shuningdek franstuz qarshilik ko`rsatish harakati haqida
so`z yuritadi. Ayniqsa, o`z Vatanini va Evropa xalqlarini fashizm asoratidan
qutqargan ulug` sovet xalqi haqida, Oktyabrning olamshumul ahamiyati xususida
16
katta hayajon bilan hikoya qiladi. Genrix Mann gitlerizmning tormor etilishi bilan
nemis xalqini tabriklaydi. Qasal bo`lishiga qaramay, bu keksa antifashist yozuvchi
yangi Germaniyani tuzishda qatnashmoqni istaydi. Lekin yaxshi niyatlari amalga
oshmaydi. Chunki AQSh reakstion doiralari uning o`z vataniga qaytishiga imkon
bermaydilar. Buiing ustiga ezgu ishlarini amalga oshirishiga to`sqinlik qiladilar.
Shu tufayli otashqalb yozuvchi Genrix Manning yaxshi niyatlari nihoyasiga
etmaydi. G. Mann 1950 yilning 12- martida to`satdan vafot etadi.
O`z paytida ya`ni 1928-1932 - yillar davomida Haynrix Mann Germaniya
ziyolilari orasida ayniqsa Prussiya san`ati akademiyayasi adabiyot shobasining
Prezidenti lavozimida sermahsul faoliyatda bo`lgan. Bu davrda adib ko`plab
yosh yozuvchilardan
adabiyot sohasiga jonkuyarlarni tarbiyalab yetishtiradi.
Haynrix Mannijodiy takomilida XIXasr fransuz romanchiligining ta`siri sezilib
turadi.Shu sababli Haynrix Mann asarlari shakllanib kelayotgan nemis burjua
madaniyati ahloqini ayovsiz tanqid ostiga oladi.Imperiya nomi bilan mashhur
bolgan roman-trilogiyasini ayniqsa shu trilogiya tarkibidagi “Sodiq fuqoro”
romani nafaqat kayzer Germaniyasidagi talim-tarbiya tizimini
balki ko`plab
ziyolilarga yuqqan buyuk millatning illatini ham qattiq tanqid ostiga olishga jur`at
etdi.
Asarning
bosh
qahramoni
urushqoq
tarbiyasini
samarasi
o`laroq
bosqinchinchilik ruhi bilan balog`atga yetgan. Har qaysi hukmdorga tiz cho`kib
ta`zim qiladi. Qo`shni millatlarni esa mensimaydi. Shunda uning yovuz fe`latvorlari tipik ifodasini topgandir.4
1.2. Parda Tursun adabiiy faoliyati va “O`qituvchi” romani yozilgan tarixiy
sharoit.
Sho`ro davri o`zbek adabiyotining ko`zga ko`ringan vakillaridan biri Parda
Tursundir. Bu uning taxallusi bo`lib, asl ism-sharifi Tursunov Pardadir. U 1909
yili 7-noyabrda Namangan viloyati Pop tumanidagi Chorkesar mahallasida
4
Q. Azizov, O. Qayumov “Chet el adabiyoti tarixi”,Toshkent 1987.
17
dehqon oilasida tug`ildi. Ota-onadan erta etim qolgan Parda Tursun sarsonsargardonlikda hayot kechiradi.
Ayovsiz yillar shamoli uni 1918 yilda Chorkesar qishlog`idan Toshkentga
etaklaydi.
Kishilar eshigida xizmatkor bo`lib kun kechiradi. Undagi ilmga tashnalik
1923-1927 yillarda tajriba ko`rsatkich maktabiga, 1927-1928 yillarda Karl Marks
nomli pedagogika bilim yurtiga olib keladi. So`ngra, toki 30-yillar boshiga qadar
Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi maktablarda o`qituvchilik qiladi. Uning
adabiyotga qiziqishi xuddi shu davrdan boshlangan bo`lib, «Qizil O`zbekiston»
(«O`zbekiston ovozi») ro`znomasi muharririyatiga etaklaydi. 1929-1934 yillarda
mazkur ro`znoma sahifalarida o`zining xabar, ocherk, hikoyalariyai chop ettiradi.
1930 yilga kelib, uning «Zo`rlik» nomli birinchi hikoyasi e`lon qilinadi.
U 1930-1931-yillarda «Batrak» gazetasida mas`ul kotib, 1931-1934 va
1939-1940-yillarda «Qizil O`zbekiston» gazetasida adabiy xodim sifatida faoliyat
ko`rsatadi. 1935-1936-yillarda O`rta Osiyo plan-iqtisod institutida birmuncha
muddat taqsil ko`rgach,
1937-1938-yillarda
O`zbekiston Markaziy Ijroiya
Qo`mitasi raisi kotibi, 1940-1945-yillarda O`zbekiston Telegraf agentligida
adabiy xodim va muharrir, 1948-1950-yillarda partiya tarixi institutida ilmiy
xodim bo`lib ishlaydi. Parda Tursunning adabiy faoliyati 1929-1930 -yillarda
kichik-kichik hikoyalar yozish bilan boshlangan.5
1934-1935 yillarga kelib, adibning «Ostonada», «Qo`ldosh va Marusya»,
«Bir xotinning tarixi» kabi bir necha hikoyalari yaratiladi.
Parda Tursun ijodiy faoliyatida uning «Domla” (1937) hikoyasi muhim rol
o`ynaydi.
Mazkur hikoyaning syujet chizig`i aytish mumkinki, adibning butun umri
davomida yaratgan o`rta va yirik asarlari sahifalariga ko`chdi, qissa va
romanlarining bosh mavzuiga aylandi.
Parda Tursun bu yillarda zamondoshlari hayotidan olingan bir qator
hikoyalar, o`nlab ocherklar yaratdi. Uning «Dadajon rais» (1932), «Yangi raislar»
5
O`zbekiston Milliy Ensklopediyasi
18
(1933), «Majlisda» (1934), «Quvnoq hayot» (1935), «Yaylovda (1935),
«Traktorchi» (1935) kabi ocherklari shular jumlasidandir. Adib hikoyalaridagidek
ocherklarida ham o`zbek ziyolisining bosib o`tgan yo`li, kurashi haqida hikoya
qiladi. 1941-1945 yillarda adib bir qo`lida qurol, bir qo`lida qalam bilan onaVatan himoyasida bo`ladi. Urushdan keyingi yillarda oliy o`quv yurtlarida talaba,
o`qituvchi, nashriyotlarda muharrir bo`lib faoliyat ko`rsatdi. Parda Tursunning
kichik-kichik hikoyalaridan keyinchalik, ya`ni 1947-yilda uning «Haq yo`l»
avtobiografik qissasi «o`sib chiqqan». Parda Tursun 1940-yilda yozilgan bu
qissasi ustida uzoq vaqt ishlab, uni 1947-yilda nashr etadi. Keyinchalik mazkur
qissaga sayqal berish, unda belgilangan qaxramonlar hayoti va jamoalashtirish
davri manzaralarini tasvirlashda davom etib, dastlab 1947- yili uning birinchi
yirik asari — «Haq yo`l» nomli qissasi chop etiladi. Undagi bosh qahramon
Elmurod Do`stmatovning hayot yo`li timsolida adib tarjimai holi emas, o`zbek
ziyolisining bosib o`tgan mashaqqatli yo`li gavdalantiriladi. U keyinroq
«O`qituvchining yo`li» nomi bilan o`zbek va rus tillarida chop etiladi. 1950
yillarga kelib, mazkur qissa qayta ishlanib, «O`qituvchi» nomi bilan mustaqil bir
asar — roman sifatida nashr etiladi. Undagi bosh qahramon Elmurod obrazi hattiharakati va xarakteri vositasida o`zbek ziyolisi —o`qituvchisining hayoti va
kurash yo`li umumlashmasiga ko`tarildi.
Parda Tursun jurnalist, o`qituvchi, noshir va publitsist, ocherknavis va
hikoyanavis, qissanavis va romannavis bo`lishi bilan birga mohir tarjimon ham
edi. Saltikov-Shchedrin, A.Tolstoy, Emil Zolya, Gi de Mopassan asarlarini o`zbek
tiliga ag`dargan. Uning asarlari ko`plab qardosh va xorijiy tillarga tarjima bo`lgan.
U 1957 yilda vafot etgan. Hozirgi kunda Toshkent va Namangandagi bir necha
maktab va ko`chalarga Parda Tursun nomi berilgan.6
Ulkan iste`dod egasi Parda Tursunning o`qituvchi romanida o`zbek
ziyolisining og`ir fojiyalarga to`la hayot yo`li zo`r mahorot bilan tasvirlanadi. Bu
6
Uzbek adabiyoti tarixi, 3-j., T., 1972.
19
asar voqealari soy bo`ylab baland tog` yonbag`irlariga tizilishgan qing`irqiyshiq uyli bir qishloqda boshlangan.
Qishloqdagi paxsa devorli qo`rg`onchalar mulkdor odamlarniki bo`lib
guvaladan
qurilgan. Qish kezlarida
shiftlaridan, hatto, devor
kovaklaridan
shamol hushtak chalib turadigan ayollarning a`za tutgandagi qiychuvi bola
tuqqandagi
fig`onlari
qashshoqlarning
eshitilib
boshpanalari
turadigan
pastak
uylar
kambag`al-
edi. Buga jon kirgizib turadigan esa ayol va
go`daklar bo`lib, ularning qo`lidan ish keladigan azamatlari yersiz, ot-ulovsiz
qisqasi, qashshoqlikdan ish qidirib uzoq shaharlarga – Qo`qon, Namangan, hatto
dovon oshib Toshkentga ketar, shu bilan qishda qaytar, yo bo`lmasa
birovlarning eshigida qo`l-oyoqlari bog`lanib qolib ketardilar.
Asar yozilgan bu davrda ko`z ko`rmagan quloq eshitmagan joylarda
bo`layotgan
urush
xalqning
boshiga
kulfat soldi. Tirikchilik
yanada
qiyinlashdi. Boylar ham qarz bermay qo`ydi. Hech chora qolmagach, yaroqli
buyumlarini birma-bir sotdilar, oziq-ovqatlarga ayirbosh qildilar. Sotishga va
ayirboshlashga yaraydigan narsalar ham tamom bo`ldi. Hatto ``Tatran`` nomli
yog`ochdan , qattiq va zaharday achchiq bir tog` o`simligidan non tayyorlab
yeyishga to`g`ri keldi. Soliqlar ham haddan ziyod oshib ketdi. Hech najot
topolmagan odamlar uy-joylarini sotib boshqa shaharlarga ko`chib ketishga
majbur bo`ldilar. Bular orasida bizning qahramon Elmurodning oilasi ham
bor edi.
Bu
Elmurodning
davr tasviri “O`qituvchi” romanining bosh qahramoni bo`lmish
hayot
yo`li
misolida
juda
ta`sirchan
qilib
ko`rsatilgan.
Elmurodning dadasi Do`smat ayasi Buviniso bo`lib, uning yana bitta ukasi
Avaz bor edi. Ular qishloqda yeyishga ham narsa topolmay uy-joyni pullab
shaharga keladi. Lekin shahar ham ular kutganlaridek emas edi.
Ular
o`zlariga
o`xshab
yelkasiga yuk
ko`targan
qashshoqlarni,
do`konlarning ayvonlarida ochlikdan tirishib yotgan darmonsiz odamlarni
ko`rganlarida tirikchilik bu yerda ham xaligiday ekanini darrov fahmladilar ,
ko`ngillari
yana g`amga to`ldi. Yo`l chetlariga o`tirgan mayib gadoylar,
20
tilanchilik qilib yurgan chol va kampirlar, ustlari yupun bolalar ularning ko`z
o`ngidan bir-bir o`tib turdi.
Ular shaharda ancha sarson bo`ladilar. Yeyish uchun non , tunash
uchun esa boshpana yo`q edi. Qish kunlari, havo sovuq ularning ust-boshi
yupqa. Oyoqlari jiqqa ho`lligidan yurganlarida
chiqadi. Ular
kirch-kirch degan tovush
shaharda bir iloj qilib kun ko`rardilar. Ukasi Avaz ko`p kasal
bo`ladi. Onasi ham ocharchilikdan farzandlarini kasalligini, yig`lashini og`ir
oladigan bo`lib qolgan. Avaz vafot etdi. Undan so`ng otasi ham olamdan
ko`z yumdi. Og`ir ahvolda qolgan ona-bola nima qilarini bilmay, yomon
kunlarni boshidan kechirdilar. Hattoki tilanchilik qilishga majbur bo`ladilar.
Sharoit
o`ta
qiyin
bo`lib
ketganligi,
onaning
sog`ligi
yomonlashib
borayotgani va o`glini boqishga ko`zi yetmay qolganligi uchun ona o`g`lini
bir Eshonning qo`liga topshiradi. Elmurodga “Jannat” deb ta`riflashgan bu
oila naq do`zax edi.
Eshon qozilik ham qilar edi. U qozilikda poraxo`rlikka mukkasidan
ketdi. Bir gal uning huzuriga ikkta qishloqi boy bir-birlarini ustidan shikoyat
qilib kelishdi. Ulardan biri ot yo`qotgan ekan, ikkinchisi
bozorda minib
yurganida tanib qolibdi. Birinchi boy “Mening yo`qotgan otimning o`zi,
qulog`idan tortib tuyog`igacha tanidim”, deb da`vo qilar, ikkinchi boy esa
“Otni topib ham, sotib ham olgan emasman. Asl qo`l bola!” deb g`azablanar
edi.7
Ubaydullaxo`ja alam shikoyatchi boylarning otdan ham ko`ra o`z
eldoshlari oldida obro` uchun kurashayotganlarini angladida , kimdan ko`proq
pora olish niyatida dam u, dam bu tomonga shox tashlab ikki oy ovvora qildi.
Natijada ancha cho`ntagini semirtirib oldi.
Ubaydulla eshon ana shu nazr-niyoz evaziga yashaydigan tekinxo`rlardan
edi. Albatta uning farzandlari ham shu tarbiyani olgan, ular nazarida gadoylar
gadoylik uchun, ochlar och yurish uchun , yetimlar yetimlik uchun yaratilgan
bo`lib, o`zlari esa to`q yashaganlari holda bunday odamlarga nafrat bilan
7
Parda Tursun “O’qituvchi” T-1972. 45-b.
21
qarash uchun yaratilgan
edilar. Shuning uchun ular Elmurodning holiga
achinmay, mazah qilishar edi.
Kishining jamiyatdagi vaziyati, salmog`i, huquqi, obro`si uning mulki bilan
o`lchanadigan, har kim «o`z ko`machiga o`zi kul tortadigan», «vijdon»,
«odamgarchilik» degan gaplar har kimning shaxsiy manfaati bilan o`lchanadigan
bir zamonda hali qo`lidan mustaqil bir ish kelmaydigan, o`z tirikchiligini o`zi qila
olmaydigan inson bolasi ota-onasidan bemahal ajralar ekan, unga bundan og`ir
kulfat yo`q. Ko`chada qolgan qarindosh-urug`, o`gay ota-ona qo`lida qolgan,
brovning xizmatida yugurdaklik qiluvchi bolalar ozmuncha emasdi. Ular
«oyoqosti» bo`lib yashardilar. Ularnnng dunyoda borligi ham sezilmasdi. Ularni
odam qatoriga ham qo`shmasdilar. Ular ruhiy va jismoniy o`sish davrida adolatsiz
dunyoning og`ir kulfatlarini tatib o`sardilar. Ular to`rt-besh yoshdanoq qarindoshurug`, o`gay ota-ona, asrab olgan oilalar qo`lida tinimsiz chakana mehkatga
giriftor qilinar — bola ko`tarar, hovli supurar, eru- xotin xo`jayinlar va ularning
bolalari buyurgan ishlarning hammasiga yugurib-yelardilar. Ularning so`kish va
haqoratlarini eshitar, kaltaklarini er, ularning o`qrayishlaridan qo`rqib o`yinkulgini unutar, ularni chexrasidan bolalarga xos quvnoqlik,
ko`zlarida
esa
kulgi
o`char,
doim qo`rquv va yotsirash, begonalik, dushmanlik va alam
uchqunlari yiltirar edi. Xo`jayinlar ularning mehnatini hisob qilmas, «yedirdik,
ichirdik, kiyintirdik, o`stirdik, o`limdan saqlab qoldik, odam qildik»8 deb da`vo
qilardilar. Ularni yomonlab mag`ollar to`qirdilar. Yigitlik bo`sa-g`asiga qadam
qo`ygan o`smirlarga yanada og`irrog` mehnat yuklanar, o`zlarida ish bo`lmasa
biron mulkdorga malay-likka topshirib, uning homiysi, egasi eifatida haq olib
erdilar. Qizlarni esa bo`y etmay turib sotardilar. Bosh-pakkasiz, najotsiz yetim
o`g`il va qizlar birovlarning zulmi va iskanjasiga, xo`rlashiga noiloj chidar,
yashamog` uchun bundan o`zga choralari yo`q edi.
Shunday sharoitda bu uyda Elmurodning qaramlik davri boshlandi. Kun
bo`yi tinmas edi. Kul olish, hovli supurish, ot va sigirlarga qarash, og`il
8
Parda Tursun “O’qituvchi” T-1972. 79-b.
22
tozalash, tappi yasash kabi mayda-chuyda ishlar bir-biriga ulanib ketaverar
edi. Otinoyi uni hamma vaqt tez-tez, chaqqon bo`l deb jadallab turardi.
Kun chiqsa ham, tikkaga kelsa ham, kun botsa ham Elmurodning ishi
tamom bo`lmasdi. Otinoyi uni tunda ham tinchitmas, g`uza chuvitar edi.
Bunisi ham mayli, mehnatga hech odam o`lmas, ammo ochlikkachi?
Elmurod shuncha qilgan mehnatlariga yarasha rag`batlantirilarmidi? Aslo. Unga
juda oz ovqat berilardi. U bir burda qotgan non bilan kifoyalanar edi.
Otinoyi Elmurodga o`zicha tez-tez odob o`rgatib turardi.
- Agar qorning ochib, ichaklaring uzilayotsa ham ovqat so`ramagin.
Beadablik bo`ladi. Ko`pchilik bilan bir laganda ovqat yeganda boshqalardan oldin
oshga qo`l cho`zmagin. Boshqalar ikki marta olganda sen bir marta olib qarab
turgin. Oshni katta olmagin, kichkina olgin. Ha beadablik bo`ladi, bolam! Keyin
osh yarim bo`ganda kattalardan oldin qo`lingni artgin. Ha, yosh bola kattalar bilan
baravar olishsa ham beadablik bo`ladi, de edi. Ammo farzandlari Sayfulla va
Masturalarning ochofatlarcha osh yeyishi, boshqalar bir olganda, ularning ikki
osham olishlarichi? Bu beadablik emasmi?
Bular ham shu davr odamlarining o`ziga xos “mehribonchilik”lari edida.
Eshonning uyiga tez-tez boyvachcha mehmonlar kelib turishardi. Ularning
qo`llari bo`sh kelmasdilar albatta. Birlari moy, birlari mo`l-qo`y, yana birlari
sholi-bug`doy ko`tarib kelishardi. Bu ularning eshonga qilgan nazrlari edi. Bu
nazrlar ostida , albatta, qandaydir maqsadlar yotardi. Boylar kambag`allarni
mensimas, ularni odam o`rnida ko`rmas, ular bilan bir
dasturhonda o`tirmas, ularni ko`rsalar jirkanishar edilar. Qo`y so`yib, qurbonlik
qilsalar ham, Eshonning tili bilan aytganda “tuzukroq odam” lar taklif qilinar
edilar. Kelgan mehmonlarga Elmurod yelib-yugurib xizmat qilardi.
Elmurod kunduzlari band bo`lganligi uchun yodidan ko`tarilgan onasininq
qiyofasi kechasi uvada orasiga kirganda esga tushar edi. “Qayerda tentirab yurgan
ekan bechora?” “Kasal edi. Yo biror joyda o`lib qoldimikan?” degan savollar
qiynardi uni. Uvada ichida piqqillab yig`lardi. Ko`z yoshlaridan yostiq xo`l bo`lib
ketardi.
23
Uning kun va tunlari shu zayilda o`tar va bu kun-tunlar unga: “ Dunyodagi
eng daxshatli baxtsizlik yetimlik” der edilar. Elmurodning bu honadonda
o`tayotgan har bir daqiqasi asrdek edi go`yo. U shu bir burda qotgan nonu, yarim
kosa sovigan ovqat uchun tishini tishiga qo`yib yashardi.
Zamon har tomonlama og`ir, adolatsizlik avj olgan. Odamlar bir-birlarini
aldar, ko`chada kisovurlar serob, poraxo`rlik kuchaygan. Kambag`al yetimlarni
qullardek ishlashlari, odamlarning erksizligi, ayollarning paranjilarga burkanib
yurishlari, uy-joylarning harobaligi o`tib borayotgan hayotni juda xunuk
ko`rsatardi. Xattoki masjidu-madrasadagi mulla-eshonlar ham tillarida Xudo,
Xudo desalar ham, ammo dillarida boshqa narsalar bo`lardi. Ularda imon-insof,
odamgarchilik siyraklashib ketgandi.
Bu davr ayollari xatto o`ziga oro berishga ham botinolmasdilar. Bu borada
meni ajablantirgan voqealardan biri shuki: Bu bir to`y vaqti, qorong`u kechada
bo`lganedi. Elmurod ko`chada bolalar bilan o`ynar edi. Otasi uni tirqishlaridan
chiroq yorug`i miltillab turgan bir eshik oldiga ko`tarib olibbordi-da:
- “Tirqishdan qara, onangning qilayotgan ishini ko`rib qo`y!” – deb
shivirladi.
Elmurod qaradi va ancha qizu-juvonlar o`rtasida onasining ham oynaga
qarab, o`ziga oro berayotganini ko`radi.
- “Ko`rdingmi?” – dedi otasi.
- “Ha” – dedi Elmurod, bosh qimirlatib.
- “Bo`lmasa indama”, -dedi otasi. Va uyga qaytayotib yo`lda Elmurodga
uqtirdi:
- “Onangni shu gunohi uchun ertaga urib, bir jazosini beraman. Sen
yig`lamagin, yaxshimi o`g`lim?”
Otasining yelkasida tebranib, uyqudan ko`zlari yumilib borayotgan Elmurd,
bu so`zdan ko`ngliga g`ashlik to`lishib, ko`zlarini ochdi, lekin otasiga nima javob
qilganini o`zi bilmadi, otasi esa ertalab yaramas niyyatini amalga oshiradi. U
Elmurodning mehribon onasini urib yig`latadi... Eshik oldiga yiqilgan onasini
tepadi. Onasi tipirchiladi... Bu voqea uning oilasida kechgan adolatsizlik edi.
24
Elmurod kechalari shu kabi voqealarni o`ylab yotardi. Kunlar shu zayilda
o`taverdi. Asta-sekin mishmishlar tarqala boshladi. Otishmalar, namoyishlar
bo`ldi. Oqposhsho ag`darilib, bolsheviklar hukumatni qo`lga oldilar. Bu esa
zamon boylarini havotirga qo`ydi. Bolsheviklar yangi maktab ochdilar. Yangi
maktabda yetimlar, kambag`allar
ta`lim ola boshladilar. Elmurod ham
xo`jayindan qochib shu maktabga bordi. Unga juda yaxshi muomlada bo`ladilar.
O`ziga o`xshagan bolalar bilan do`stlashadi. U uchun butunlay yangi hayot
boshlanadi. U maktabni juda yaxshi xulq bilan tamomladi. U yerdagi har bir
mualimdan o`ziga keragini olib bildi.
Bu davr bolsheviklar o`tkaza boshlagan madaniy inqilob davri edi, xalqni
biroz bo`lsada savodli qilish zarur edi. O`qituvchilar taqchil edi. Shu sababli
savodsizlikni butulay yo`qotib, xalqni savodli qilish uchun maktablarning biroz
savod olgan bitiruvchilari cheka qishloqlarga
muallim sifatida yuborildi.
Hukumat xalqni savodli bo`lishini, o`z xaqqini talab qila olishini hoxlardi. Buning
uchun aholiga ta`lim berish, savodini chiqarish kerak edi. Bu esa o`z navbatida
muallimlarga ehtiyojni kuchaytirardi.
Mana bizning ko`p yomon kunlarni boshdan kechirgan Elmurod ham shu
maqsadda Qamishkapa qishlog`iga muallim sifatida yuborildi. Ana endi Elmurod
uchun eng mas`uliyatli damlar boshlandi. Uni qishloqda yaxshi kutib oladilar.
Qishloqda u har xil odamlarni ko`radi. Ular bilan tanishadi. Xattoki aka-ukadak
bo`lib ketadilar. Bu muallimning qishloqqa tashrifi savodsiz odamlar uchun
kutilmagan mo`jiza bo`ldi.
Uning qishloqdagi faoliyati shunday boshlanadi: Elmurod tunni qishlo
kattalaridan bo`lgan Abdurasul bilan o`ykazadi.
Abdurasul odatdagidek juda
barvaqt uyg`ondi va mehmon turguncha, nimadir yumush bilan ko`chaga chiqib
ketdi. Uning ketidanoq hovlida bolalar paydo bo`lishdi. Ba`zi bir betoqat bolalar
Qutbiniso xolaning urishib hayda-ganiga qaramay, derazani qoqib, eshikni tortib
chug`urlasha boshladilar.
— O`qituvchi!..
— Afandim!..
25
— Yuring! Biz o`qishga keldik.
Elmurod uyg`onib ketdi va irg`ib turib apil-tapil kiyinar ekan, xirqiroq ovoz
bilan chug`urlashgan bolalarni tinchitdi:
— Hozir, bolalar... Hozir...
U eshikdan chiqishi bilan bir gala bola yo «ura!» yo «ola» deganini anglab
bo`lmas darajada shovqin solib uni o`rtaga oldi.
Shoshib qolgan Elmurod nima qilishini bilmay:
— Qani, yuringlar, maktablaring
qayoqda?— deb so`radi.
— Ura... o... o...— dedi bolalar.
Elmurod bolalar o`rtasida engilgina lapanglab borar edi. Bo`yinlariga jilt
osgan
bolalar
tor
ko`chalardan,
eshiklardan
yugurib
chiqib,
to`daga
qo`shilaverishdi. Bola-larning chug`urlashini eshitgan xotinlar, bo`y etgan qizlar,
kelinlar eshik oldiga chiqib zavq bilan tomosha qilishar, ishga borayotgan yigitlar
ko`cha muyulishlarida to`xtashib, «qani endi, biz ham shulardek bo`lsak edi»,
degandek qarab turishardilar.
Bolalar qurshovida qolgan Elmurod xijolatdan iljayar, atrofga qaray olmas
va hammaning ko`zi o`zida ekanini, bular orasida, albatta, kechagi qizning ham
qaysi bir eshikdan qarab turganini his qilar edi. Uni qurshab olgan bolalar esa
yugurishar.
Chug`urlashib so`rashar edi: — Otingiz nima, aka?
— Nega ilgariroq kelmadingiz?
— Ketib qolmaysizmi?
Bolalar Elmurodni katta darvozaning yonboshidagi eski bir uyga boshlab
kirdilar. Xonada o`ntacha eski, chang bosgan parta, bolalar ularning biridan-biriga
hatlab o`tib, uchtadan-to`rttadan siqilishib o`tirishdi. Kiraverishdagi devorga
kattakon qora taxta qoqilgan edi. Uyning hovliga qaragan kattagina derazasi bilan
bo`yalmagan romi eski uyning devorini teshib o`rnatilganini ko`rsatib turar edi.
Oynalari singan deraza ko`zlariga qog`oz yopishtirilgan edi.
26
— «Maktab!»— dedi o`z ichida u yoq-bu yoqqa alanglab Elmurod va uyning
zax, to`zonli havosini yangilash uchun partalar orasidan o`tib borib, derazani
ochgan
edi, ro`paradagi bostirma
og`il tomondan
qora
soqol,
cho`zig`
yuzli birovning kelayotganini fahmlab, yana eshik oldiga bordi.
Turdiboy xalfa o`z hovlisida ish boshlagan o`qituvchiga katta hurmat bilan
qaraganini ishora qilib, u bilan egilibroq ko`rishdi va ochiq chehra bilan gap
boshladi:
— Ko`p yaxshi bo`libdi-da.
Bu tirranchalarni
o`qitib mulla qilmasangiz,
ko`cha changitishdan boshqani bilmay qola beradi,— dedi va o`zining maktab va
bolalarga mehribonligi, ilgari maktab bo`lgan binodan chakki o`tib, devori qulab
tushgandan keyin qishloq soveti maktab bolalarini qaerga joylashni bilmay
yurganida, shu joyni o`z xohishi bilan «ikki qo`llab in`om qilgani» to`g`risida
ma`lumot berdi. U go`yo o`zining qachonlardir qarollari yashagan, keyinchalik
bo`shab, keraksiz bo`lib qolgan joyini maktab uchun berganidan mamnun va
mag`rur ko`rinar edi, Elmurod uning gapini jiddiy, lekin og`irsinib tingladi. Keyin
chug`urlashib, uyni boshiga ko`targan bolalarga qayrildi. Ko`zlari shahlo, o`zi
qop-qora, miqti bir bola qattiq qichqirdi:
— Jim!.,
Sinf go`yo tutdagi chug`urchuqlar uchib ketgandagiday jimib qoldi.
Elmurod, partalar ustiga yoyilgan, muqovalari yo ko`chib tushgan, yo xamir bilan
yopishtirib qo`yilgan daftar va «Alifbe» kitoblarini ko`zdan kechira boshladi.
Hammani bir sidra ko`zdan kechirgach, bolalar bilan fikr almashish uchun
so`radi:
— Bu erda ilgari ham o`qigan ekansizlar-da, a?
— Ha, o`qiganmiz, Zag`chako`z domla o`qitar edi,— deb chug`urlashdi
bolalar.
— Zag`chako`z domla?— dedi Elmurod.— Aha-aha,— dedi va yana so`radi:
—Xo`sh, nimalar o`qitar edi?
Bolalar yana chug`urchuqdek chug`urlashdi, biri «jadidcha» desa, boshqasi
«din darsi» o`qitganini gapirar edi. Abdurasul aytgancha, domla pokiza yosh
27
qalblarni zaharlamoqchi bo`lgani ma`lum edi. Bu narsa Elmurodda yanada nafrat
uyg`otdi. U chug`urlashgan bolalardan yana so`rab-surishtirib qo`shimcha
ravishda bildiki, ikki yilcha burun bu erga bir o`qituvchini yuborishgan ekan.
Uylardan chakki o`ta boshlagach, Tojiboy oqsoqol bilan g`ijillashibdi-da, arazlab
ketib qolibdi. Shundan keyin Eshon ishga tushgan ekan...
—
Zag`chako`z
juda
yomon,
badjahl. Kalimaga
tilimiz kelmay qolsa,
qulog`imizdan cho`zib, burchakka bir oyoq bi-lan tik qilib qo`yar edi. Uvatda
turgan laylakday bir oyog`imizni ko`tarib tura berardik,— dedi qora bola.
— Otingia nima? — Qoraboy!
— Otangizni otichi?
— Tog`ay!
— Qoraboy Tog`aev!
Xo`sh, — dedi Elmurod. — Endi, u domla bu erga
kelmaydi. Biz endi jadidcha ham, din darsi ham o`qimaymiz, o`z ona tilimizda
o`qiymiz. Ma`qulmi?
— Juda soz!— deyishdi bolalar.
Butun dars davomida hovli saxnidan tomoshabinlar sira uzilmadi. Qari va
yosh ayollar, qizlar kelishib turar va juda qiziqishib derazadan mo`ralashar edi.
Elmurod Bozorboyning ham, Davlatyorning ham derazadan mo`ralab ketganini
ko`rdi. Keyin bir necha ayollar orasida, kecha eshikdan mo`ralagan quralay ko`zli
qizni ham tanidi.
Elmurod qiziqib derazadan qaragan odamlarni ko`rgan sayin o`z ishiga havasi
osha bordi. Hatto ertalab nonushta qilmaganini ham unutdi.
Oylar o`tdi. Elmurod tobora kunlarning qanday o`tayotganini sezmay
boshladi. U kun sayin aka-uka, yor-og`ayniga aylanib borayotgan kishilar orasida
o`zining begonaligini unuta bordi. Kunduzi bolalar band qiladigan partalarni,
kechqurun ularning otalari, akalari — kattalar band qilardi. Kattalar ba`zan sinfga
sig`may ketardi. Joy etishmaganlar daftarlarini tizzalariga qo`yib, devor tagiga
o`tirishga majbur bo`lardilar. Ammo odamlardagi o`qishga bo`lgan havas,
Elmuroddagi ularni o`zidan minnatdor qi-lishga bo`lgan ishtiyoq esa joyning
torligini ham bilintirmas edi.
28
Elmurod odatdagicha ertalab bolalarni o`qitar, tushdan keyin uyga qaytib
dam olar, kechqurun yana kattalar bilan shug`ullanar edi. Qish tor va noqulay
maktabni yanada qiyinlashtirganiga qaramay, uning o`quvchilari aktivlikni
qo`ldan bermadilar. Quloqlarini qiyiqlari bilan tang`ib olgan odamlar mo`ylov va
kipriklarqi qirovdan oqarib, tanib bo`lmas bir qiyofada Turdivoy xalfaning sobiq
mehmonxonasiga kirib kelishar, devor taglariga siqilishar edilar... Albatta,
dehqonchilik ishi to`xtagan bunday kunlarda o`qish har qanday ermakdan yaxshi
edi. Kitob sahifasidagi katta qora harflar- ni ovoz bilan bir-biriga urishtirib bir
ma`no chiqarish, yo uni qalam bilan daftarga yozish ilgari xat-savodni xayol
qilmagan qishloq mehnatkashlari uchun har qanday quvonch, har qanday zavqdan
ortiq edi. Ular goho qo`lga tushgan gazetalardan o`tilgan harflarni tanib zavqlanar
va hatto ishonmay o`qituvchi Elmuroddan: «Hammasi bir harfmi?» deb
so`rardilar.
O`qishdan keyin yigitlar uni gapxonalariga taklif qilardilar. Uning
bahonalariga qaramay o`rtaga olishib qistashar, ikkiyog`idan qo`ltig`lab olardilar.
Elmurod ularning ko`ngillari uchun borar, sovuq kunlarda uyni tutun bilan
to`ldirgan to`nka atrofini qurshagan ulfatlar davrasida hurmatli o`rinni egallar, bir
lagandan osh yeyar, hatto ularning hurmat bilan cho`zgan qo`llaridan lunjini
to`ldirib osh oshashga ham majbur bo`lar edi.
Elmurod dastlabki paytlarda gapxona ulfatlariga gazeta yangiliklari va
«Mushtum» jurnalining hajviy maqolalarini o`qib berish bilan kifoyalanar edi.
Ke- yinchalik qishning uzun tunlarida o`zi sevib o`qigan kattaroq asarlarni ham
o`qib beradigan bo`ldi.
Bir gal u Lev Tolstoyning birinchi marta o`zbekchaga tarjima qilingan
«Kavkaz asiri»ni o`qib bermoqchi bo`ldi. Ulfatlar odatdagicha, o`rtaga yog`och
tog`ora to`nka-rib, ustiga chiroqni qo`ydilar. Elmurod asar bosilgan jurnalni
chiroq yorug`ida o`qiy boshladi. Ulfatlar ham chiroqqa yaqin kelib davra olishdi,
yonboshlashdi. Elmurod o`qishga kirishdi. Soatlar davomida hech kim churq
etmadi, mijja ham qoqmadi. Faqat Elmurodning bir tekis g`ing`irlagan ovozi
yoqimli nag`maday hammaning es-hushini qamrab oldi. Hammaning xayoli
29
allaqaylardagi Kavkaz tog`larining yonbag`riga joylashgan tatar ovulida keza
boshladi. Qo`lga tushgan rus yigiti Jilin bilan Kostilinning sarguzashti, tatar qizi
Dinaning sevgisi va johil otasiga qarshi mardligi, ularning ko`z oldilarida
jonli
voqeaday o`ta berdi.
O`qish bu kecha hikoyaning yarmisiga kelib to`xtatildi va
ertasi
kuni
davom etdirildi.
Elmurod o`qib bo`lib qizargan ko`zlarini jurnal sahifasidan olarkan,
tinglovchilar erkin nafas olib chug`urlashdi.
Elmurod Oyimxon ayaga ayollarni ham o`qitish kerakligini va buning uchun
rayondan ayol o`qituvchi talab qilishlarini aytdi.
—
Ha, o`zlarining ham tilagi
shu. Qani endi,
rayon o`qituvchi bersa?
Bermaydi-da, — dedi Oyimxon va bir oz o`ylanib turib: —Ikki
yil burun
rayonda ochilgan aktivlar kursida men ham o`qib unchamuncha harf
tanib qolgan edim. Hammasi esdan chiqib ketdi, — dedi. Bu Elmurod uchun
yangilik edi. Ajablanib so`radi: — E, siz o`qiganmisiz hali?
— Ha. Mening o`qiganim qursin. Oqsoqol
«meni o`qishga chaqirayotibdi.
O`qisam boshim og`riydi» deganiga men borgan edim.
Uch oy o`qidim.
Qarigandan keyin miyada
Hammasi
o`qish
turmas
ekan.
esdan
chiqib ketdi.
— Yo`q. Noto`g`ri. O`qish darrov esdan chiqmaydi. Qani, men hozir sizni
tekshiraman.
Elmurod tokchada yotgan gazetani oldi-da, «Madaniyat-maorif xabarlari»
degan sarlavhani Oyimxonga ro`para qildi. Oyimxon harfni harfga urishtirib
tutila-tutila o`qidi.
— Ana. Nega esdan chiqsin! E, tuppa-tuzuk savodingiz
chiqib qolgan
ekanu, — dedi Elmurod xursand bo`lib. — Faqat siz rayonda o`qibsizu,
qishloqqa kelgach kitob
ham, gazeta ham
biron narsa o`qib turmasa,
qaramay qo`yibsiz-da.
Har kun
bo`ladimi? Qani, davomini o`qingchi! Oyimxon
bir xabarni imillab, tirishib oxirigacha o`qib bo`lgach Elmurod:
30
— Bundan
keyin, har
kuni
bittadan
xabar
o`qitib turaman.
Gazetani
sharillatib o`qiydigan bo`lasiz,— dedi.
Qo`shni qiz Gulsum: - rayon o`qituvchi bermasa bermas, o`sha odamlarga
yalinib
yurguncha, o`zingiz o`qitib qo`ya qolsangiz-da, amma dedi.
Oyimxon Gulsumga ko`zini olaytiribroq?
— U nimasi!—dedi.
Gulsum o`jarlik bilan gapirdi:
— Nima, menga qanday o`rgatgan bo`lsangiz, boshqa-larga ham shunday
o`rgata berasiz-da, amma!
— Qo`y,
uch oygina
qizim, bu gapingni
qo`y, ammangni
kalaka qilma. «Rayonda
xotinlarga muallima bo`ldi» degan gapni eshitgandan
o`qib,
ko`ra, eshitmagan yaxshi. Senga so`rab
Ko`pchilikka o`qigan kishi
qo`ymaganing uchun
bo`lmasa bo`ladimi?
Bu gapingni
o`rgatdim.
boshka
joyda gapirib, meni yurt og`zida masxara qilib qo`yma, bolam! Qo`y!
Elmurod ikki ayol o`rtasida borayotgan bu qiziq gaplarning nima haqida
ekanini tushunolmay, dam Oyimxonga, dam Gulsumga tikildi.
— Nima to`g`risida
gaplashayotibsizlar. Men hech tu-shunolmay g`oldim-
ku?
Oyimxon bilan Gulum bir-birlariga qarashdi. Ularning allaqanday sirni
ifodalovchi kulimsiragan ko`zlari to`qnashib oldi.
— Ha, sizdan yashirib
yurgan bir sirimiz bor edi. Ochilib koldi. Bunga
ham Gulsumning o`zi aybli. Gapni o`zi boshladi.
— Qanaqa sir ekan? Oyimxon Gulsumga qaradi.
— Ayta beraymi endi?
Gulsum nomus qilgandek iljayib pastga qaradi. Oyimxon uning bu harakatini
rozilik ishorasi deb angladi. Uning cho`zinchoq yuziga quvonch kulgisi yoyildi.
— Gulsum ham savodini chiqarib oldi,— dedi Oyimxon.
Elmurod sandalga ko`kragini berib, ko`zlarini bast-raytgan
holda
cho`zdi.
— Savodini chiqarib oldi?! Qanday qilib?—dedi hayron bo`lib.
31
bo`ynini
Oyimxon sirni barala ochib gapira boshlagan edi, Gulsum uyalganidan
muloyim ovoz bilan kuldi. S. B. da o`qigan erkaklar orasida barmoq bosish
tugalib, o`z nomini yozish rasm bo`lib ketganini ko`rgan Gulsum
Oyimxonga
yopishib olib:
— «Jon amma, nomimni yozishni o`rgatib qo`ying!», deya yalinibdi.
Oyimxon unga, mayli, qiynalib o`tirma, senga bir boshdan hamma harflarni
o`rgatib qo`ya qolay. Keyin harfni harfga urishtirsang o`zingning ham, otangning
ham, bobongning ham nomi chiqa beradi, debdi. Shunday qilib, ular Oyimxon
o`qib tugatgan kitobni sandal ustiga qo`yib, ishni to`ppa-to`g`ri «A» bilan «B»
dan boshdabdilar. Gulsum osonlik bilan harflarni o`rganibdi. Oyimxon kunda bir
yoki ikki harfni tanitmoqchi bo`lsa, Gulsum ularni ikki soatda yozib, yodlab olib,
yana kitob sahifalaridagi boshqa harflarni barmog`i bilan turtib «bunisi nima?»
deb so`ray beribdi. Oyimxondan eshitiboq u yog`ini o`zi urishtirib keta beribdi.
Shunday qilib, Gulsum hamma harfni bir oyga
yetkazmay o`rganib olibdi.
Gazeta, kitob ko`rsa turtinib o`qiy boshlabdi.
Lekin ular bu voqeani qishloq ayollariga xos soddadillik bilan boshqalardan
sir tutishgan ekan. Agar mashg`ulot vaqtida birorta odam kirib qolguday bo`lsa,
apil-tapil kitob, daftarni berkitardilar. Lekin nega shunday qilganlarini o`zlari ham
tushunishmas edi.
— Hech kimga aytmang, deb yurgan sirini mana endi, o`zi aytib qo`ydi,— deb
gapini tamomladi Oyimxon.
— Ajab!—dedi
Elmurod allaqanday
quvonch bilan va ro`molining
uchi
bilan yuzini to`sib hamon iljayib turgan Gulsumga hazil qildi:
—- Hali shunaqa, biz bilmagan sirlar ham bor ekai-da... Hali, indamay savod ham
chiqarib oldim, deng. Ob-bo azamat-ey!.. Qalay, o`qish oson ekanmi?
— Juda oson ekan. Shu vaqtgacha bilmay yurgan ekanmiz-da,— dedi Gulsum
jiddiy ovoz bilan va
ro`molini orqaga surib yuz va peshanasini ochdi-da
aytdi:—Harfni harfga urishtirsa,
o`zimiz aytib
ekan.
Elmurodning ko`zlari unga tiklab qoldi.
32
yurgan hamma gap chiqaberar
— Ana, ko`rdingizmi,— dedi
bilib
olguncha.
bilgandan
u Gulsumga tikilganicha.— Hamma narsani
Bilmaguncha qiyin,
keyin
qarasangiz,
qandaydir
sir
bordek
ko`rinadi,
turmushda bor gapdek bo`lib qoladi. Chunki
hamma ilm turmushdan — tajribadan
kelib chiqadi, odamlar uni o`rganib
ishlatadilar. Turmushga foyda keltirmaydigan ilm — ilm
yana shu turmushda
emas.
— To`g`ri aytasiz,- otam!—dedi Oyimxon boshini irg`ab.
— Mana siz, hech kimga bildirmay, savodingizni chiqarib olibsiz.
aytsa
ishongisi
kelmaydi,— deb
davom etdi Elmurod.— Ilgari
narsani bilish o`zingizga ham juda katta hikmatday
emasmi?
Endi
bo`lsa «o`qish
oson
siz
ilmning
kalitini
shu
tuyular edi. Shunday
ekan, bilmay yurgan ekanmiz?» deb
o`tiribsiz. Lekin, shuni bilingki, siz o`rgangan
Endi
Birovga
xat-savod xuddi kalitday gap.
qo`lga olibsiz.
Endi
to`xtovsiz o`qing
demoqchiman...
Oyimxon boshini liqillatib Gulsumga nasihat qildi:
— Bu
gaplarni
yaxshilab qulog`ingga
quyib ol. Sizlar hali ochilmagan
g`uncha.
— Savodli bo`lib olganingiz uchun sizni tabriklash kerak. Lekin bu narsani
«sir» saqlash yaramaydi. Hammaga yoyib na`muna qilish kerak.
— Voy o`lay!—deya Gulsum uyalib yoniga qaradi.
— Yo`q,
yo`q.
Xuddi
shunday
qilish
kerak.
Sizning ishingizga
hammaning havasi kelsin!
— O`zim
ham qilgan
ishimni ichimda saqlay olmay yuribman, — dedi
Gulsum jiddiy,— shuning
uchun ham ammamga aytyapmanki, o`zimizga
o`xshagan o`qishga ixlosmand ayollarni yig`ib o`zlari o`qitib qo`ya qolsalar...
— Juda
soz,— dedi Elmurod
quvonib. — Sinfning bittasini
sizlarga
bo`shatib beraman. Qay vaqtda desalaringiz o`qita berasizlar.
— U yoqqa: «Erkaklardan uyalamiz» deb bormaydilar-da. — dedi Oyimxon.
— Yo`q, u yoq bo`lmaydi,— dedi Gulsum,
33
— Bo`lmasa
kaerda
to`planasizlar? Abdurasul aka bilan maslahatlashaylik
bo`lmasa...
— Shunday bo`lsa koshki edi, otam.
—- Uzoqdagi quyrug`dan yakindagi o`pka yaxshi. Qachon joy olamiz, deb qarab
o`tiramizmi? Sizdan bo`r olamiz, anavi katta patnusni doska qilamiz,— dedi
Elmu-rodning tepasidagi tokchada suyog`lig` turgan qizil patnusga ishora qilib.—
Ayollarni shu yerning o`zidayoq o`qita beramiz.
Elmurod uning gapini yaxshi anglay olmay kipriklarini pirpiratdi, dam
tokchaga, dam Gulsumga qaradi:
— Xo`sh, xo`sh, qaysi patnusni nima qilaman deysiz? Doska?
— Ko`rsatib
ber, tur,— dedi
turdi. Tez borib,
Oyimxon
iljayib. Gulsum
o`rnidan irg`ib
Elmurod o`tirgan yerdan yuqoriroqda — tokchada suyog`liq
turgan katta patnusni oldi-da,
Elmurodning
ro`parasidagi tokchaga qo`ydi.
Patnusning orqasi qop-qora edi.
— Mana doska,— dedi Gulsum Elmurodga burilib.
— Qani, qani, endi nima
qilasiz?—dedi Elmurod ajablanib.
— Endi siz bo`r bersangiz, yozib beramiz. Elmurod
qurtday
cho`ntagini
kavlab
yumaloq bo`rni chiqarib, Gulsumga uzatdi.
— Mana bo`r!
— Nima
sinfda
yozay? — dedi Gulsum bo`rni
o`qitgandagiday,
qo`liga olib. Elmurod xuddi
uyning ko`rpalar taxlog`liq turgan taxmonigacha
borib-kelib turib, so`zlarini aytib turdi. Gulsum, patnusni qitirlatib, o`xshovsiz
harflarni engi bilan o`chirib, ancha ovora bo`ldi, Elmurod taxmon bilan sandal
o`rtasida o`n martacha borib keldi. So`ngra, patnusning taqirlamay qolganidan
Gulsumning yozib bo`lganini sezib, qaradi va — Ofarin,— dedi Elmurod,—
ofarin!
O`qituvchi o`zimizdan
chiqib qolibdi-yu,
men rayonga
borib
bekorga janjallashib yuribman,— dedi va muloyim iljayib turgan Oyimxonga
qaradi.
Kishi savodli va g`ayratli bo`lsa qo`lidan har narsa keladi.
— Biz endi Qamishkapada shundan ortiq nima bo`lar-» dik! — dedi Gulsum.
34
— Salpal xat o`rgangandan
keyin kitob o`qiy berib olim bo`lib,
yozuvchi
bo`lib, nomlari dunyoga tanilgan odamlar yo`q deysizmi?,
Gulsum Elmurodga tikildi. U davom etdi:
— Shunday odamlardan bittasi parovozni o`ylab chiqargan, bittasi telefonni
topgan, bittasi bizning eng sevikli yozuvchimizdir.9
Shunday qilib qishloq ayollari ham savod chiqara boshladilar. Bu esa ilm
o`rganaman degan har qanday sharoitda ham o`rgana olishi va ta`lim beraman
degan muallim har qanday sharoitda ham ta`lim bera olishligini yaqqol isbotidir.
Buning uchun esa ozgina istak bo`lsa bas.
1.3. Ikkala asar bosh qaxramonlari qiyofasidagi mushtarak va alohida
xususiyatlar
Ma`lumki o`quvchilar olamida muallimlardan o`zlariga yoqqan va ayniqsa
yoqmaganlariga laqab qo`yish keng tarqalgan. O`tgan asrning boshlarida Kayzer
Germaniyasidagi barcha ta`lim muassasachiligida hukron Kayzer Vilgelm II ning
yakka hukmronligini abadiylashtirishdan iborat maqsadga bo`sundirilgan ta`lim
tizimini o`z tarbiyalanuvchilarni mangu sadoqatga muhabbat ruhida kamolga
yetkazish yotar edi. Kayzer Vilgelm o`z qo` ostidagilarning barchasiga daxshatli
siyosat yuritib, ko`tarinki tantanavorlik ta`lim tizimini umumiy ruhini belgilab
berar edi. Shu sababdan bunday tantanavor siyosatda dabdababozlik va maddohlik
keltirib chiqarishi tayin. O`sha zamon hukmdorlarining kattasidan to kichkinasiga
qadar o`zidan baland martabali amaldorga ko`r-ko`rona sadoqatta bo`lish o`zidan
quyiroq martabali kishilarga bepisandlik bilan muomala qilish xos bo`lgan. Xatto
biz tahlil qilayotgan “Proffessor Unrat” asarida eng quyi tabaqa vakili bo`lmish
Gimnaziya muallimi bundan istisno emas.
Aslida o`sha zamon Germaniyasida o`g`ilbola va qizbollar alohida
gimnaziyalarda tarbiyalanar va bunday bir yoqlamalilik gimnaziya o`quvchilari
9
Parda Tursun “O’qituvchi” T-1972. 401-403 b.
35
bilan muallimlar o`rtasidagi muomalaga o`ziga xos sifatlar kashf etadiki, ulardan
biri tarbiyachilardan o`quvchi bolalarga nisbatan muomalalarda qo`pollik,
mensimaslik va ularni nojo`ya so`lar bilan haqorotlash kabi illatlarga keng yo`l
ochib berar edi. Chunki agar Gimnaziyada o`g`ilbollar va qizbollar birgalikda
ta`lim olgamlarida edi, o`qituvchilarning muomalalarida va murojotlarida biroz
bo`lsada ibo mavjud bo`lish imkoniyati bo`lar edi.
Bu manfur shaxs o`z ma`ruzalarida yuksak tantanavorlik ohangida murojat
qiladi. Asarning o`zidan bir parcha keltiramiz:
Agar men o`z o`quvchilarimga azaldan qolgan klassik nemis ideallarini
bekorchi qolgan odamning fantaziyasi sifatida talqin qilib tushuntirsam,
o`quchilar menga nisbatan ko`rsatgan hurmatni barbot bergan bo`lar edim. 10
Uning nafaqat tashqi qiyofasi va dars o`tish jarayonida ishlatadigan
qurollari ham murg`ak gimnaziya o`quchilarida vahima va qo`rqinch tug`dirishga
yo`naltirilgan. Arzimas fe`l-atvordagi xatolari uchun Unratning qo`lidagi xarita
ko`rsatkichi daxshatli qurolga aylanadi, ya`ni maskur Erlar Gimnaziyasidagi
tarbiyalanuvchilar qattiq tan jazosiga sazovor qilinadi.
Proffessor nafaqat o`quvchilarga nisbatan, balki o`zi bilan baravar huquqli
kasbdoshlariga nisbatan ham bepisandlarcha muomala namoyish qiladi. Qolaversa
o`qituvchining nutqi o`quvchi va talabalar uchun ibratli bo`lmog`i to`g`risida
muxtaram ustozlarimiz o`zma`ruzalarida va o`z amaliyotlarida qayta-qayta
uqtiradilar. Shu sababli muallim Unratning nutqi ham uning qiyofasi kabi
beo`xshov va maza-matrasasiz. Ammo qalbaki sadoqat va yuzaki tantanavorlikni
takidlovchi o`rinli va o`rinsiz tarzda takror va takror ishlatiladigan so`zlarga
to`la.
Uning ma`ruzalarida chunki, xattoki, binobarin, ya`ni, masalan kabi
keraksiz takrorlar yuqoridagi fikrlarimizni ifodalaydi.
Hainrih Mannning
bu davrda yaratgan asarlari Germaniyaning o`sha
davrdagi hukmron tabaqalarining munofiqona va tajavuskor niyyatlarini fosh
etishga qaratilgan.
10
H.Mann “Proffessor Unrat”
36
Parda Tursunning “O`qituvchi” romani esa aksincha, bosqinchilik siyosatini
ro`yobga chiqaruvchilarni yetishtirishdan emas, balki yurtimizdagi madaniy
inqilob
davrida omi
yo`naltirilgandir.
xalqni
savodli
qilish
va ularga bilim berishga
Bu roman o`sha davr martabali, boy odamlari bilan
kambag`allar o`rtasidagi munosabat, jamiyatdagi ahloqsizlikni va adolatsiz
siyosatni fosh etishga qaratilgan. Ikkala asarni solishtiradigan bo`lsak, ularda
ham farqli, ham mushtarak tomonlariga duch kelaveramiz.
Yuqorida aytib o`tilgan farqli jihatlaeiga yana qo`shimcha qilib shuni aytish
kerakki, Burjua maktablarida oddiy maktablarda ham proffessorlar ta`lim
berganlar.
Bizda
esa
oddiy
maktablaarni
tugatganlar
ham
muallimlik
qilaverganlar. Bu fikrlarimizga bizning qahramon Elmurod yaxshigina misol bo`la
oladi. Chunki bu davrda insitutni tamomlagan proffessorlar u yoqda tursin, SBni
tamomlagan kishilar ham barmoq bilan sanalar edi. Xalqni esa savodsizlikdan
olib chiqish zarur edi. Buning uchun muallimlarlar sidqi dildan xizmat qilar
edilar. Germaniya o`qituvchilarida ham, bizning o`qituvchilarimizda ham bir xil
maqsad, ya`ni bolaga ta`lim-tarbiya, bilim berish asosiy ish bo`lgan.
Ammo ta`lim sohasida ham poraxo`rlikka mukkasidan ketgan insonlar
ozchilikni tashkil qilmas edi.
Muallimlar ta`lim oluvchilar orasidagi baland
martabali odamlarning bolalariga qattiq gapirmas, ularni boshqalar kabi jazolamas
edilar. Chunki ularning otalari domlalarni tezda-tezda yo`qlab turar va har gal
kelganlarida nimadir ko`tarib kelardilar. Domlalar shu nazrlar evaziga kun
ko`rardilar.
Bunga
misol
tariqasida
“O`qituvchi”
romanidan
bir
parchani
keltirmoqchiman:
Otinoyi tandirdan yangi uzilgan non va oshqovoq somsalardan sanab
barkashga terdida, dasturxonga o`radi. Bitta non bilan ikkita somsani alohida
o`rab, Elmurodga:
— Barkashdagisini
domlasiga
bersin.
Ro`molchadagisini o`zi yesin.
Sayfulla akangning o`z qo`liga ber. Eshitdingmi?— deb tayinladi.
— Eshitdim!— dedi Elmurod. Otinoyi yana tayinladi:
37
— Maktabxona
darchasidan
mo`ralab
sekin
yo`talib qo`y. Uzi chiqqib
qoladi. Ma, obora qol, bolam!
Elmurod Sayfulla o`qiydigan maktabni bilar — hovlidan o`tadigan suv
qurib, hovuz suvi g`urbaqa sallasi bilan ko`karib ketganida maktabxona oldidagi
machit hovuzidan chelaklab suv tashir va har gal borganida pastakkina darchasiga
sariq moyli QOROZ yopishtirilgan uydan qurbaqalarning sayrashiga o`xshash
guvillagan
tovush
chiqayotganini
eshitar
edi.
Bu
maktabxona
bo`lib,
mullavachalar haftiyak yodlashardilar. Bundan tashqari maktabxona bilan bir
qatorda, «tobutxona» deb atala-digan kichkina bir ayvon ham bo`lib, Elmurod shu
ayvondan odamlarning goho tobut ko`tarib chiqayotganlarini ko`rardi.
Maktabxona va tobutxona deb ataladigan bir-biriga o`xshash bu ikki xunuk
bino va bu erdan eshitilayotgan shovg`in Elmurodning vujudida ko`p yoqimsiz
ta`sir qoldirar edi. Bugina emas, Elmurod «maktabxona» deb ataladigan binoning
«azobxona», «qiynoqxona» ekanini tasdiqlaydigan gaplarni ham eshitardi.
Sayfulla kun sayin bir yangilik topib kelardi.
— Tohirni domla Mansurga ko`tartirib qo`yib, qamchi bilan quymichiga xo`p
savaladi...
— Shokirning qulog`ini ombir bilan buradi...
— Fozilni hovliga yalang`och o`tqazib qo`yib, ustidan sovuq suv quydi...
— Ahmadning kallasiga tayoq bilan soldi. Pirimqulni tepdi. Otaboyning
jag`iga tarsaki qo`yib yubordi...
Sayfulla bunday gaplarni namoyishkorona gapirar, go`yo Elmurodga:
«dunyoda shundaqa jazolar bor, bunga tobing qalay?» deb po`pisa qilayotganga
o`xshardi. Elmurod eshitgisi kelmay, parishon hol erga qarardi. U birovlarning
jazolanganiki zavq bilan gapiradigan Sayfullani o`lgudek yomon ko`rardi.
Bir qo`li bilan barkashli dasturxonni qo`ltiqlab, bir qo`lida tugunni ko`targak
Elmurod machkt hovuzi oldidan o`tib, har galgiday shovg`in-suroni eshitilib
turgan «maktabxona» oldiga keldi-da, asta borib, kunlar isigani uchun qog`ozi
yirtkb tashlangan darchadan mo`raladi
va
qoldi...
38
bo`layotgan
hodisaga
tikilib
Bolalar ikki qarich balandligidagi paxsa devor ichida go`yo oxurga
tushganday o`tirardilar. Joy etishmaganidan bir necha bola yuzma-yuz
o`tirishardi. Bolalar sallali, sallasiz, do`ppili edilar. Hammalari boshlarini haftiyak
ustiga egib, bir maqomda silkinib, xilma-xil ovoz chiqarardilar. Xonankng
to`ridagi po`stak ustida ogshog` soqoli ko`ksiga tushgan katta sallali, ola choponli
domla o`tirardi. Domlaning oldida bir necha uzun tayok yotibdi. Bir ko`zkga oq
tushgan domla dam-badam bolalarga o`g`rayib, qo`lini tayoqlarga yugurtirib
qo`yadi.
Maktabxonadagi ahvol Elmurodga qizig` bir tomosha bo`ldi. Sayfulla
darcha tagida o`tirgan bo`lsa kerak, ko`rinmaganidan Elmurod ham shoshilmay
qarab tura berdi. Bolalarning boshlari bir maqomda silkinar, bir nimalar deb
vaysashar, lekin kitobga qaramas, hatto ba`zilarining ko`zlari yumiq, ba`zilari esa
Ko`z qirlari bilan domlaga tikklishgan holda tirsaklari bilan bir-birlarini turtishar,
ko`z qisishar edilar. Ular zerikkanlikdan, bir xildagi so`zlarni takrorlashdan
bezganlaridan shunday qilishardilar. Qora qosh, puchuq bir bola bosh silkitib
vaysagan hg`olda, yonidagi qizil do`p-pili sariq bolani elkasi bilan nuqib imladi
va ular domlaning ko`zini shamg`alat qilib, taglaridagi bo`yradan cho`p sindkrib
oldilar. Domlani ko`z qirlari bilan kuzatgan zg`olda bo`yracho`pning bir yonidan
jindek kertik qilib, «qo`chqor» yasadilar. So`ng ikkovi «qo`chqor urishtira
boshladi». «Qo`chqorlar» endi suzisha boshlagan edi, avval puchuq bola, so`ngra
«shast-shak»
sariq bola boshida uzun tayoq o`ynab,
etgan tovush eshitilib
qoldi.
Shovqin to`xtadi. Quchkorbozlarning gavdasi oxurga, boshlari oyoqlari
o`rtasiga kirib ketdi. Bu orada Elmurod ham qo`rqib boshini darchadan pastga
qilib oldi.
— Bu yoqqa kel, haromi!—dedi domla, puchuq bolani tayoq bilan turtib.
Bola bo`yin egib domlaning oldiga kelgan edi, elkasidan bir tortib, bolani oldiga
yiqitdi-da, bo`ynidan qisib oldi. So`ng bolaning ochilib qolgan orqasiga savalay
boshladi.
39
— Yana qo`chqorbozlik qilasanmi!— derdi domla, savalarkan.
Bola tavba qilib, bo`kirib yig`lardi.
Elmurod toqat qilolmay, yuzini darchadan chetga o`girdi. Kimdir uni turtdi.
Bu «xalta ko`ylak» kiygan, qoragina bir bola edi. Aftidan nimadandir qo`rqib
turganga
o`xshardi.
— Nima qib turibsan? Kim kerak?—deb so`radi bola,
— Siz ham shu erda o`qiysizmi, aka?—dedi Elmurod.
— Nimaydi?
— Sayfulla akamni imlab qo`ysangiz.
-— Domlagayam ozodlik opkeldingmi?—dedi bola dam dasturxonga, dam
tugunga tikilib va dadil yurib, ochiq eshikka bordi. Bu vaqit ichkarida tartib
o`rnatilib, boyagiday shovqin-suronli vaysash boshlangan edi. Lekin bola ichkari
kirishi bilan domlaning:
— Nega kecha kelmading?—degan o`kirig`i eshitilib, vaysash yana to`xtab
qoldi.
Elmurod yana mo`raladi. Haligi bola eshikka yaqin joyda bo`ynini
egib turardi.
— Qani aytchi, nega kecha kelmading?— deb yana o`kirdi domla.
— Onam betob bo`lib qoluvdi, ro`zg`orga qarashdim,—-dedi asta. Uning
yelkalari titrar edi.
— Yolg`on aytasan, ko`chada o`ynab yugurasan, ablah!—
dedi domla.
— Yo`q, taqsir, yolg`on bo`lsa kalomulla ursin. Surishtirib ko`ring. Onam
betob,—deb yolvordi bola.
Elmurod bolaning elkalarigina emas, butun gavdasi titrayotganini ko`rib:
«Sho`ring qurg`ur kelmay qolganiga qo`rkib turgan ekan-da!» deb o`yladi.
— Paloq!—deb buyurdi domla. Bolalar jim bo`lib qolishgan edi.
Bu
gap bilan hammalariga jon kirib, oxurlardan irg`ishib chiqishar ekan: — Paloq,
40
paloq!—deyishib chug`urlashdilar. Sayfulla supaga chiqib, shiftdagi yog`och
qoziqdan ikki
yeridan qayish o`tkazilgan tayoqni oldi. — Endi nima qilishar ekan?— deb
o`yladi Elmurod o`zicha. Mullavachchalar bolani hovliga olib chiqib, tobutxona
eshigi
Sayfulla
o`tqazishdi. — Oyoqlariga paloq soling!—deb o`kirdi domla.
oldiga
bilan
yana
bir
mullavachcha
bolaning
oyoqlarini qayishdan
o`tqazib tayoqni ko`targan holda ikki boshidan burashdi. Yana biri bolaning
kuragidan bosib turdi.
—
Voydod, tavba qildim!—deb faryod soldi
tovonlariga
qamchi
bilan
tars-tars ura
bola. Domla
bolaning
boshladi. Bola yana qattiqroq
voydodladi. Elmurodning butun vujudi uvishib ketdi. Mudhish «tomoshani»
ko`rishga toqat qilolmay, yuzini teskari qildi. Uning yuragi gupillab urar, ko`zlari
kosasidan chig`ayozgan, haddi sig`sa hozir bolani ajratib olgudek vaziyatda edi.
Jazo marosimi tamom bo`lib, bolalar ichkariga kira boshlagach, Sayfulla
Elmurodning oldiga kelib dasturxonni oldi. — Mana bu
barkash dasturxon
domlangizga ekan! — deb tayinladi Elmurod va ketish oldida ayvonga
yana bir mo`ralagan edi, eshik oldiga yaqin bir joyda yig`la-ginicha kitobga
engashgan haligi sho`rlikni ko`rib qolib, yuragi yana jizilladi. Sayfullaning
qo`lidan
suyunib dasturxonni olayotgan badjahl domlaga, uning qamchi
va tayoqlariga ko`z yugurtirdida, ko`ngli g`ash bo`lib qaytdi. Tez odimlar ekan:
«Shunday qilib o`qigandan ko`ra, o`qimasa nima bo`lar ekan bu bolalar?»—degan
fikr keldi. Hovuz oldidan o`tayotgan edi, qorachagina bir bolani ergashtirib,
maktabxonaga tomon borayotgan birovni ko`rib qoldi. Hozir bo`lgan voqeani
ularga gapirgisi kel-ganday to`xtalib, beixtiyor tikildi. Bolaning niyoz qilingan
kokilining uchi do`ppisidan chiqib, qulog`i orqasidan kalamush dumidek osilib
turardi. Ikkovi ham oq bo`zdan bir xilda yaktak kiyganlarini ko`rib, Elmurod otabola ekanliklariga shubha qilmadi, Yalang oyoqlarini ko`rib: «kambag`allardan
ekan» deb qo`ydi va shuning uchun ularni o`ziga yaqin olib, azobxonaga
borayotganlariga achindi. — O`g`lini o`qishga olib keldi shekilli, qani, borib
ko`ray-chi?— deb qiziqdi Elmurod va yana darcha yoniga
41
bordi.. Haligi kishi o`g`li bilan domla ro`parasida bo`yra ustida
tiz
cho`kib
o`tirar edi
— Mana,
qulvachchangizni
olib
keldim,
taqsir!—de-di bolaning otasi va
domlaga qanchadir buklangan qog`oz pul uzatdi»
— Xo`sh, xo`sh!—dedi domla, pulni olarkan va «muncha oz!» deganday
ko`zlarini katta ochib, pulga tikilibqoldi.
— Oz bo`lsa ham ko`p o`rnida ko`rasiz, taqsir, qolganiga biz
qarzdor. Domla
pulni choponi ichidan boylangan belbog`iga qistirdi-da, sinovchi nazar bilan
xo`mrayib bolaga bir nafas tikilib turdi.
— O`g`lingiz beadab bolalardan emasmi?—deb so`ragan edi, haligi odam
javobni ilgaridan o`ylab qo`yganday donalab dedi:
—
Qo`limizdan
kelgancha
adab
berdik.
Endi
bundan buyon
qulvachchangizning ixtiyori qo`lingizda — qandog` ta`lim, qandog` adab lozim
bo`lsa, ayamang, taqsir. Eti sizniki, suyagi bizniki...
— Voy, shunaqa otalar ham bo`lar ekan!—deb ajab-landi Elmurod, qaytar
ekan.—«Eti sizniki, suyagi bizniki!»
deydiya.
Domla
bolasining
etini
yesayam maylimish...
Sayfulla maktabdan keldi. Oshxona oldida o`tin yorayotgan Elmurod onabolaning gapiga quloq soldi.
— Domlang kimni urdila?— deb so`radi otinoyi.
— O`g`ri ko`chadagi mahsido`zning o`g`li Salimni. Ayb o`zida. Bir kun
kelmay qoldi. Kelmagandan keyin domlaga «ozodlik» olib kelish kerak-da.
Bu bo`lsa shumshayib, ikki qo`lini burniga tiqib keldi. Domla uch miri pul yo
bitta qatlama
keltirib
qo`yganga
sira
indamaydilar. Sho`xlik qilsa ham
indamaydilar. Bo`lmasa sal bahona bilan uraveradila. — Ha, axir, domlayam
o`lsinmi?
Qo`lga
qaraydi,
berganga yarasha
muomila
qiladi-da.
Kambag`aldirda, sho`rlik... Bitta nonga zor odamlar ko`p. Kim? Miskarni o`g`li
dedingmi?11
11
Parda Tursun “O`qituvchi” T-1972. 70-71b.
42
Elmurod bilsa, maktabda kaltak ko`proq domlaga «ozodlik» keltirmaganlar
boshiga tushib turar ekan.
Muallimlar tomonidan olinadigan bu kabi poralardan va amaldorlarga
“paxta” qo`yishliklardan gimnaziya proffessorlari ham istisno emas edi.
Asarlar mazmunidan ko`rinib turibdiki ta`lim oluvchilarni jazolash har
ikkala millat muallimlariga ma`lum davrda xos bo`lgan usuldir. Bu usul esa
o`quvchilarni jazolanishdan qo`rqitib bo`lsa ham,
yaxshi o`qishga undagan
omillardan bo`lganligi ravshanlashadi. Madaniy inqilob davrida yurtimizda
bolsheviklar yurgazgan ta`lim-tarbiya siyosatini ijrochisi bo`lgan Elmurod kabi
ilg`or pedagoglar o`zlari guvohi bo`lgan eski maktab tarbiya usullaridan, ayniqsa
jazolash usulidan voz kechganligi namoyon bo`ladi. Aksincha u rag`batlantirish
usuliga tayanishi asarning ko`p voqealari misolida oydinlashadi.
Qiyosiy usul bilan tahlil qilinayotgan bu ikkala asar bosh qahramonlari
qiyofasida ular bajarayotgan ijtimoiy vazifa tufayli o`xshash xususiyatlari
bilan bir qatorda ularga berilgan ijtimoiy topshiriq xojayinlari bolmish
siyosiy tuzum tabiatidan kelib chiqadigan alohida xususiyatlar ham ya`ni
farqlar ham mavjud bolishi tushunarli xoldir. Mazkur BMI doirasida tahlil
qilinayotgan ikki
asarning markaziy obrazlariga
umumiy bo`lgan belgilar
umum e`tirof etilgan xolatlardan kelib chiqadi. Bunday mushtarak sifatlar va
oxshashliklar anchagina ko`lamda namoyon bo`ladi.
Birinchidan
qahramoni
ta`limiy
bolmish
``Schulpressor``
har
ya`ni
mavzudagi
bu
prozaik asarlarning yetakchi
ikkala o`qituvchi
ta`lim muassasasining
orginalchilar
ikki
asarda
professori, “O`qituvchi”
romanining yetakchi qahramoni muallim degan nom bilan tanildi.
1.4. “Proffessor Unrat” qissasida “gimnaziya” o`qituvchisi obrazining talqini
“Proffessr Unrat” asari Haynrix Mann ijodidagi tanqidiy realistik davrning
boshlang`ich pallasida yaratilganligi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi.
43
“Proffessor Unrat” asarining muallifi bo`lgan Haynrix Mann o`zi o`qib
yurgan gimnaziya va maktablarda boshidan kechirgan hayotiy voqealar asosida
hukmdorlarga malaylarcha mute bo`lib ketgan muallimlarning tipik qiyofasini
yrata bilgan. Uning ushbu asardagi qahramonlari orasidagi sog`lom fikrli
tarbiyachi yoki katta yoshdagi ijobiiy fikrlay oladigan va kelajak avloddan insoniy
kamolot yo`lini ko`rsata oladigan tarbiyachilar deyarli yo`q. Chunki urush
vasvasasi boshlanib kelayotgan va yosh avlodni dunyoga hukmron bo`lishga
intiluvchi hukmdorlarning buyrug`iga so`zsiz itoat qiladigan yugirdaklarni,
boshqacha aytganda sohta vatanparvarlarni tarbiyalash ishiga da`vat qilgan ta`lim
tizimida adolatparvar va tinchliksevar muallimlarga joy topilmas edi.
Muxtaram yurtboshimiz I.A.Karimov 2-jahon urushida fashistik Germaniya
ustidan qozonilgan g`alabani 70 yilligiga bag`ishlangan va Toshkentdagi Xotira
hiyobonidagi Ommaviy Axborot Vositalari muxbirlariga bergan intervyusida
qayta-qayta ta`kidlanganidek , mustaqil mamlakatimiz
oldida
ta`lim-tarbiya tizimi
kelajak egasi bo`lmish yosh avlodni mehnatsevar, to`g`riso`z, halol,
elparvar va bag`ri keng insonlarni tarbiyalashdek vazifa turadi. Ana shu ezgu
maqsad yo`lida mamlakatimiz ta`lim tizimining hamma bo`g`inlarini yuqoridagi
oliyjanob vazifani og`ishmay bajarish yo`lida barcha ishlar tashkil qilinganligini
guvohimiz.
Yuqoridagi bajarilgan tahlilga qo`shimch tarzda Haynrix Manning boshqa
asarida markaziy qahramonining tarbiyachilari bilan uning orasidagi munosabatni
bajargan tahliliy tajribamizga qiyoslab ko`rsak, chiqarmoqchi bo`lgan xulosmiz
uchun yetarli dalillar keltirgan bo`lamiz. Bunda gap Haynrix Mann hajviy
ijodining yuksak cho`qqisi hisoblanmish “Sodiq fuqaro” romani haqida ketadi.
„Haynrix Mann hajviyotining «Imperiya» trilogiyasining birinchi romani
«Sodiq fuqaro» (1914)dir. Unda zo`ravonlik va monarxiya tartiblarining
himoyachisi, «mas`uliyatni his etmaydigan shovinist» obrazi yaratiladi.
Romanning bosh qaxramoni Didrix Gessling. Ijtimoiy hayotdan uzoq, qo`rqoq,
filistr-meshchan bu odam ekspluatator bo`lib qolgach, jamiyat taraqqiyoti uchun
xavfli kishiga aylanadi.
44
Yozuvchi, Didrix Gessling xarakterini yuzaga keltirgan yaramas muhitni,
yomon ta`sirni ko`rsatadi. Kichik bir qog`oz fabrikasiga xo`jayinlik qilgan otasi
oilada qo`pol bir odam bo`lgan. Lapashang Didrix otasidan qo`rqadi va shu tufayli
hurmat qiladi. Didrix maktabga ham yig`lab borardi. Darslarini bilmagan vaqtda
ko`zlariga yosh oladi. Bunday holat naf keltirgach endi bu narsa odat tusiga
kiradi. Maktabni bitirgach, Berlinga o`qishga boradi. U yerda millatchi burjua
yoshlar tashkiloti «Yangi tevtoniya» safiga kiradi..
Didrix voyaga yetgach, uyida zulm o`tkazuvchi zolim erga aylanadi. U
xotinini o`ziga tobe tutadi, ona esa bolalarini o`ziga bo`ysundiradi. Didrix
bolalarini kichik xonaki itga ozor berishga o`rgatadi. Otasi vafotidan so`ng o`zini
erkin tutgan Didrix fabrikaning egasi bo`ladi va ishchilarni qattiq ekspluatatsiya
qilishi natijasida katta foyda ola boshlaydi.
Didrix o`ziga bo`ysunuvchilarga nisbatan o`ta qo`pol va shafqatsiz,
aksincha o`zidan yuqori turuvchi amaldorlarga esa, itoatkor shaxs. Bir kuni u
Berlinda kayzerning o`tib ketayotganini ko`rib qoladi. Turgan joyi balchiq
bo`lishiga qaramay, o`sha yerda tiz cho`kib, imperator Vilgelmga ta`zim qiladi.
Bu esa unga sodiq fuqaro ekanini bildirar edi. Didrix ishchilarga «ichki dushman»
deb, ularning o`z ahvollarini yaxshilashga qaratilgan har bir harakatiga «isyon»
deb qaraydi, ularni «yanchib tashlash»ga undaydi. «Biz qo`rqmaymiz, kayzer biz
bilan», deb chiranadi. Unda agressorlik kuchli, ayni chog`da mehnatchilardan
qattiq qo`rqadi ham.
«Sodiq fuqaro» romanida Haynrix Mann nemis meshchanlarining ayanchli
hayotini, burjuaziyaning millatchilik, bosqinchilikdan iborat siyosatini masxara
qildi. Didrix Gessling nemis hukmron tabaqalarining munofiqlik va yovuzliklarini
aks ettirgan tipik obrazdir.
Takror keltirilgan yuqoridagi dalillar asosida dastlabki xulosa qilish
mumkunki, XX asr dastlabki choragida Germaniya ta`lim-tarbiya tizimida
shunday bir yagona qoidaga amal qilingan edi. Bu tamoilga amal qilingan ta`limtarbiya siyosati tajavuskor millatchilik va bosqinchilik siyosatni ro`yobga
chiqaruvchilarni tarbiyalab yetishtirishga yo`naltirilgan edi.
45
2.1. O`qituvchilik kasbi, uning huquqiy - demokratik jamiyatdagi o`rni
Respublikamiz hukumati xalq ta`limi sohasida o`rtaga qo`yayotgan
vazifalarni bajarish ko`p jihatdan o`qituvchilikka bog`liq. Yangi iqtisodiy
siyosatga o`tish sharoitida ta`lim-tarbiyadan ko`zda tutilayotgan maqsadlarga
erishish, o`quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli,
e`tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o`stirish o`qituvchi zimmasiga
yuklatilgan.
O`zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash
sifatini oshirishga katta hissa qo`shayotgan ijodkor o`qituvchilar soni yil sayin
ortib bormoqda. Ayniqsa, islohotlar davrida bunday murabbiylar el-yurtga
tanilmoqda. Har yili eng yaxshi o`qituvchini aniqlash uchun o`tkazilayotgan
maktab ko`riklari, tuman, viloyat, Respublika tanlovlari ana shu yutuqlarga omil
bo`lmoqda.
Maktablarda
«metodist
o`qituvchi»,
«katta
o`qituvchi»,
«O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan o`qituvchi» unvonlariga sazovor bo`lgan
o`qituvchilar soni tobora ko`paymoqda.
Xalqimizning kelajagi, mustaqil o`zbekistonning istiqboli ko`p jihatdan
o`qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o`qitish
va tarbiyalash ishiga bo`lgan munosabatiga bog`liq.
So`nggi yillarda pedagogika institutlarida, universitetlarda, pedagogika
bilim yurtlarida o`qituvchilar tayyorlashni yaxshilashga qaratilgan ko`pgina ishlar
amalga oshirildi. Chunonchi, bo`lajak o`qituvchilarning kasbiy tayyorligini
kuchaytirish, ixtisosga doir fanlarni chuqur o`rgatish va pedagogik mahoratni
egallash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llashga o`rgatish masalalariga e`tibor
kuchaydi. Shunindek, bo`lajak o`qituvchilarga pedagogika, ruhshunoslik,
usuliyotga doir fanlarni o`rgatish ko`lami yanada kengaydi. Pedagogika oliy
o`quv yurtlarida bir qancha yangi ixtisosliklar bo`yicha o`quv rejalari joriy etildi.
Uzluksiz pedagogik ta`lim g`oyalari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat
bilan o`qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va
jamoatchilikning diqqat markazida bo`ladi. Bu tadbirlar universitet va pedagogika
46
institutlarining maxsus fakultetlarida, malaka oshirish institutlarida amalga
oshirilmoqda. O`qituvchilarni falsafiy jihatdan keng fikrlovchi, mulohazali
bo`lishlariga
e`tibor
berilayotir.
Sinfiy,
tarbiyaviy
qarashlarning
biryoqlamaligidan, ayrim shaxs va guruhlar manfaatidan umuminsoniy qadriyatlar
ustun turishi ta`kidlanmoqda.
O`zbekiston hukumati maktab o`qituvchilarining haftalik o`quv ishlari
hajmini kamaytirdi, maoshini oshirdi. O`quvchilarning daftarlarini tekshirgani
uchun, shuningdek, «Xalq o`qituvchisi», «Xizmat ko`rsatgan o`qituvchi»,
«Metodist-o`qituvchi»larga va ilmiy darajasi bor o`qituvchilarga qo`shimcha haq
to`lash joriy etildi. Pedagogika o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan talabalarning
stipediyalari oshirildi, ovqatlanishi uchun, shaxsiy uylarda yashagani uchun ularga
qo`shimcha pul to`lanadi.
O`qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o`qituvchi
bo`lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o`zigina yetarli emas. Chunki
pedagogik nazariyada bolalarni o`qitish va tarbiyalash umumiy qonun-qoidalar,
umumlashtirilgan uslubiy G`oyalar bayon etildi. O`quvchilarning yosh, individual
xususiyatlarini e`tiborga olish ta`kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik
jarayon esa juda xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar
uchrab turadi. Bu esa o`qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy
tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi.
Shuning uchun ham Mustaqil O`zbekiston Davlatining umumiy ta`lim
maktabida ishlaydigan o`qituvchi:
-pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon;
-milliy, madaniy va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni
mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, mahnaviy barkamol;
-O`zbekistonning Mustaqil Davlat sifatida taraqqiy etilishiga ishonadigan,
vatanparvarlik burchini to`g`ri anglagan, e`tiqodli fuqaro;
-ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahorati,
shuningdek, nazariy ilmlarni mukammal egallagan;
47
-o`qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko`radigan, har bir o`quvchisi
ulg`ayib yaxshi odam bo`lishiga chin ko`ngildan ishonadigan, ularning shaxs
sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko`maklashadigan;
-erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo`lmog`i
darkor.
O`qituvchi o`z pedagogik faoliyatida yosh avlodni hayotga, mehnatga
tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida mas`uldir. Shuning uchun u mahsus
tayyorgarlik vabilimlarga ega bo`lmog`i talab etiladi. Maktab o`qituvchilarining
faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan bo`lishi shart.
Har bir bola o`z xulq-atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiyalashda
ularning ana shu o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o`rganish nihoyatda
katta mahoratni talab qiladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko`rayotgan
bo`lg`usi mutahasis ana shunday xususiyatlardan habardor bilishi lozim.
O`qituvchilik
ixtisosining
bu
xususiyatlari
uning
professiogrammasida
ifodalanadi.
Professiogramma quyidagilarni o`z ichiga oladi: 1) o`qituvchi shaxsining
xususiyatlari; 2) o`qituvchining ruhiy-pedagogik tayyorgarligiga qo`yiladigan
talablar; 3) maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuni; 4) ixtisosga oid uslubiy
tayyorgarlikning mazmuni.
O`qituvchi shaxsining xususiyatlari: G`oyaviy sohada: ilmiy dunyoqarash
va e`tiqod; ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish; ijtimoiy va
grajdanlik burchini anglash; ijtimoiy-siyosiy faollik.
Pedagoglik kasbi sohasida; bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish,
pedagogik ishni sevish; ruhiy pedagogik ziyraklik, pedagogik takt, pedagogik
tasavvur; tashkilotchilik qobiliyati; haqqoniylik; dilkashlik; o`zini tuta bilish;
kasbiy layoqatlilik.
Keng ilmiy saviya, mahnaviy ehtiyoj va qiziqish, intellektual qiziqish,
yangilikni his qila bilish; pedagogik mahlumotlarni oshirishga intilish esa bilish
sohasiga kiradi.
48
PEDAGOGIK QOBILIYAT VA MAHORAT. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har
bir o`qituvchi pedagogik mahoratga ega bo`lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi
oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori
bo`ladi. Pedagogik ish qobiliyatli, istehdodli kishidagina pedagogik mahorat
bo`lishi mumkin.
Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo`ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka
va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o`qish natijasi
hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana istehdod, layoqat va zehn,
yahni inson nerv tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bo`lishi ham zarur. Ana
shu tabiiy zaminda qobiliyat deb ataluvchi ruhiy xususiyat taraqqiy etadi.
Pedagogik faoliyatning
samarali bo`lishi uchun o`qituvchida qobiliyatning
quyidagi turlari mavjud bo`lmog`i va tarbiyalab yetishtirilmog`i lozim.
1. Bilish qobiliyati – fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika,
biologiya, adabiyot va hokazolarga doir) qobiliyatdir. Bunday qobiliyatga ega
bo`lgan o`qituvchi fanni o`quv kursi hajmida emas, balki ancha keng va
chuqurroq biladi, o`z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi,
materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot
ishlarini ham bajaradi.
2. Tushuntira olish qobiliyati – o`quv materiallarini o`quvchilarga
tushunarli qilib bayon eta olish, o`quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga
qiziqish uyg`otish qobiliyatidir. o`qituvchi zarur hollarda o`quv materialini
o`zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani
tushunarli qilib o`quvchilarga yetkaza olishi darkor.
O`quvchilar
ruhiyatini
hisobga
olish
zarur.
Qobiliyatli
pedagog
o`quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi, ularning nimani
bilishlari, hali nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo`yganliklarini tasavvur
etadi. Bahzi o`qituvchilarga, ayniqsa tajribasi kam o`qituvchilarga o`quv materiali
oddiy, tushunarli va qandaydir alohida talab etmaydigandek tuyuladi. Bunday
o`qituvchilar o`quvchilarni emas, balki o`zlarini nazarda tutadilar. Qobiliyatli,
tajribali o`qituvchi o`zini o`quvchining o`rniga qo`ya oladi, u kattalarga aniq va
49
tushunarli bo`lgan narsalarning o`quvchilarga tushunarsiz qiyin va mavhum bir
narsa bo`lishi mumkinligiga asoslanib ish tutadi. SHuning uchun u bayon
etishning xarakter va shaklini alohida o`ylab chiqadi, hamda rejalashtiradi.
Qobiliyatli
o`qituvchi
dars
materialini
bayon
etish
jarayonida
o`quvchilarning qanday o`zlashtirayotganliklarini qator belgilar asosida payqab
oladi va zarur hollarda bayon qilish usulini o`zgartiradi. SHuningdek qobiliyatli
o`qituvchi o`quvchilarning saboq o`zlashtirib olishlari uchun zamin tayyorlab,
ularni dam olishdan ishga o`tishlari, bo`shashish, lanjlik, loqaydliklariga barham
berish uchun minimal darajada vaqt ajratish zarurligini hisobga oladi. o` tegishli
vaziyat yuzaga kelmagunga qadar ish boshlamaydi. Masalan, darsning haddan
tashqari zo`riqish bilan va kuchli boshlanishi o`quvchilarda muhofaza qiluvchi
tormozlanish deb atalmish holatga sabab bo`ladi, miya faoliyati tumanlashadi va
o`qituvchining so`zlari yetarli darajada idrok qilinmaydi.
3. Kuzatuvchanlik qobiliyati – o`quvchining, tarbiyalanuvchining ichki
dunyosiga kira olish qobiliyati, o`quvchi shaxsi va uning vaqtinchalik ruhiy
holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog`liq bo`lgan psixologik
kuzatuvchanlikdir. Bunday o`qituvchi o`quvchining ruhiyatidagi ko`z ilg`amas
o`zgarishlarni ham fahmlab oladi. o`quvchilar bunday o`qituvchi haqida:
«Qaramayotganga o`xshaydi-yu, hamma narsani ko`rib turadi!», «o`quvchining
xafa bo`lganligini yoki dars tayyorlamayotganligini ko`zidan biladi!», deydilar.
4. Nutq qobiliyati – nutq yordamida shuningdek, imo-ishora vositasida o`z
fikr va tuyg`ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o`qituvchilik kasbi
uchun juda muhimdir.
O`qituvchining nutqi darsda hamisha o`quvchilarga qaratilgan bo`ladi.
o`qituvchi yangi saboqni tushuntirayotgan, o`quvchining javobini tahlil qilayotgan
yoki tanqid qilayotgan bo`lsa ham uning nutqi hamisha o`zining ichki kuchi,
ishonchi, o`zi gapirayotgan narsaga qiziqqanligi bilan ajralib turadi. Fikrning
ifodasi o`quvchilar uchun sodda, tushunarli bo`ladi.
O`qituvchining bayoni o`quvchilar fikri va diqqatini maksimal darajada
faollashtirishga qaratilgan: o`qituvchi o`quvchilar oldida savollar qo`yib, ularni
50
asta-sekin to`g`ri javob berishga undaydi, o`quvchining diqqatini kuchaytiradi
hamda fikrini faollashtiradi. («Mana bu yerga alohida e`tibor bering!», «o`ylab
ko`ring!» kabi.) SHunindek, o`rinli qochiriq, hazil, yengilgina istehzo nutqni
jonlantirib yuboradi va uni o`quvchilar tez o`zlashtiradilar.
O`qituvchining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuzi jihatdan yorqin, ifodali,
his-hayajonli bo`lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi
lozim. Bir xildagi cho`ziq, zeriktiradigan nutq o`quvchilarni juda tez charchatadi,
ularni lanj, loqayd qilib qo`yadi. Ayrim o`quvchilar tez gapirishga, boshqasi sekin
gapirishga moyil bo`ladilar. Biroq o`quvchilarning o`zlashtirishlari uchun
o`rtacha, jonli nutq yaxshi natija berishini esdan chiqarmaslik lozim.
SHoshqaloqlik saboqni o`zlashtirishga xalaqit beradi va bolalarni tez charchatib
qo`yadi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutq o`quvchilarning asabini buzadi,
toliqtirib qo`yadi. o`qituvchining zaif ovozi yomon eshitiladi. Nihoyatda ko`p
takrorlanadigan bir-xildagi imo-ishoralar va harakatlar kishining g`ashini
keltiradi.
5.
Tashkilotchilik
uyushtirish,
qobiliyati
jipslashtirish,
muhim
–
birinchidan,
vazifalarni
o`quvchilar
hal
etishga
jamoasini
ruhlantirishni,
ikkinchidan, o`z ishini to`g`ri uyushtirishni nazarda tutadi.
O`z ishini tashkil etish deganda ishni to`g`ri rejalashtira olish va uni nazorat
qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali o`qituvchilarda vaqtni o`ziga xos his etishishni vaqtga qarab to`g`ri taqsimlay olish, belgilagan muddatda ulgurish
xususiyati hosil bo`ladi.
Dars davomida kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollari bahzan uchrab
turadi. Ammo tajribali o`qituvchi zarur hollarda darsning rejasini o`zgartira oladi.
6. Obro` orttira olish qobiliyati – o`quvchilarga bevosita emotsionalirodaviy tahsir ko`rsatish va shu asosda emas, balki o`qituvchining fanni yaxshi
bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va hokazolar asosida ham qozoniladi. Bu
qobiliyat o`quvchi shaxsiy sifatlarining butun bir yig`indisiga, chunonchi uning
irodaviy
sifatlariga
hokazolarga),
(dadilligi,
shuningdek,
chidamliligi,
o`quvchilarga
51
qathiyligi,
ta`lim
hamda
talabchanligi
tarbiya
va
berish
mashuliyatini his etishga, o`zining haq ekanligiga ishonishga, bu ishonchni
o`quvchilarga yetkaza olish kabilarga ham bog`liq.
O`quvchilar qo`pollik qilmaydigan, qo`rqitmaydigan, to`g`ri talab qo`ya
oladigan
o`qituvchini
juda
hurmat
qiladilar.O`qituvchining
bo`shangligi,
laqmaligi, sabotsizligi va irodasizligini yoqtirmaydilar.
7. To`g`ri muomala qila olish qobiliyati – bolalarga yaqinlasha olish, ular
bilan pedagogik nuqtai nazaridan juda samarali o`zaro munosabatlar o`rnata
bilish, pedagogik nazokatning mavjudligi bildiriladi.
8. Kelajakni ko`ra bilish qobiliyati – o`z harakatlarining oqibatini ko`ra
bilishda o`quvchining kelgusida qanday odam bo`lishini taavvur qila olishida,
tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan bera
olishda ifodalanadi. Bu qobiliyat pedagogik optimizga, tarbiyaning qudratiga
bog`liqdir.
9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – o`qituvchi uchun diqqatning barcha
xususiyatlari-hajmi, kuchi, ko`chuvchanligi, iroda qilina olishi, safarbarligi
kabilarning taraqqiy etilishi bilan izohlanadi.12
Diqqatni ayni bir vaqtda taqsimlash qobiliyati o`qituvchilik uchun alohida
ahamiyat kasb etadi. Qobiliyatli, tajribali o`qituvchi
saboqni bayon qilish
mazmuni va formasini o`z fikrini (yoki o`quvchining fikrini) diqqat bilan
kuzatadi, ayni vaqtda barcha o`quvchilarni ko`rib turadi, toliqish, e`tiborsizlik,
tushunmaslik alomatlarini hushyorlik bilan kuzatadi, intizomsizlik hollarini
e`tibordan qochirmaydi, nihoyat o`z hatti-harakatini ham kuzatib boradi.
Tajribasiz
o`qituvchi
ko`pincha
saboqni
bayon
qilishga
berilib
ketib,
o`quvchilarni e`tibordan chetda qoldiradi, nazorat qilmay qo`yadi: bordi-yu
o`quvchilarni diqqat bilan kuzatishga harakat qilsa, fikr kalavasini yo`qotadi.
O`qituvchi yuqorida ko`rsatilgan qobiliyatlardan tashqari, bir qancha ijobiy
sifatlarga-aniq maqsadni ko`zlash, qathiylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik kabi
sifatlarga ham ega bo`lishi kerak. Bunday xususiyatlar bo`lmasa, o`rta pedagogik
darajasidan yuqoriga ko`tarila olmaydi.
12
M.T.Davletshin «Zamonaviy maktab o`qituvchisining psixologiyasi». T., 1999 y.
52
2. 2. O`QITUVCHINING KASBIY SIFATLARI.
E`tiqod, odob, fuqarolik burchini anglash – o`qituvchining asosiy
sifatlaridan biridir. Maktab o`qituvchisi o`zi targ`ib qilayotgan idealning
fazilatlarini shaxsiy namunasida ko`rsatishi kerak.
Bolalarga mehr-muhabbat o`qituvchining eng muhim fazilatlaridir. Bu
bolalarning hamma qiliq-qilmishlarini kechirish, ularga xushomadgo`ylik qilish
emas, balki talabchanlik va qattiqqo`llik, adolatlilik bilan qo`shilgan mehrmuhabbat bo`lib ana shu sifatga ega bo`lgan shaxs o`zining ko`p vaqtini va
kuchini bolalar manfaati yo`lida ehtiyojlarni cheklashga tayyor turadi.
Ijtimoiy faollik va fuqarolik burchini anglash o`qituvchi shaxsiga xos sifat,
zero haqiqiy pedagog to`la mahnodagi jamoatchi bo`lib, bolalarga hayotda ijtmoiy
faol holatda turishning amaliy namunasini ko`rsatadi.
O`qituvchining muhim fazilati-kishilar bilan tez el bo`la olish, ko`pchilikka
aralasha bilish, ulfatijonlik, dilkashlik bo`lib, bu unda muomala mahdaniyatining
yuksakligini ifodalaydi. CHunki o`qituvchiga hamisha odamlar bilan aloqa
qilishga, ular bilan ishlashga to`g`ri keladi. o`qituvchi ishidagi muvaffaqiyatni
kundalik faoliyatida kattalar va bolalar, ayrim guruh va yakka shaxslar bilan
aloqaga kirisha olish qobiliyati tahminlaydi.
Aloqalarda, faoliyatda duch kelinadigan turli xil voqealarga pedagogik
qoidalar nuqtai nazaridan dogmatik munosabatda bo`lish emas, balki ularni o`z
holicha idrok etib, adolatli baholash, munosabatda odil bo`lish o`quvchining
oro`sini oshiradi.
O`qituvchining odobi, madaniyati yuksak bo`lsagina, odamlarga nisbatan
mehribon, sahovatli bo`la oladi, uni hamma hurmat qiladi. Buning uchun ochiq
ko`ngil, qathiy bo`lish, o`zini tuta bilishi, bardoshli bo`lishi kerak. Bolalarga
nisbatan talabchan bo`lishi bilan birga o`z shaxsiga tanqidiy nuqtai nazardan
qaray olishi kerak.
O`qituvchi odobi umuminsoniy axloqning kategoriyalari, qoidalari va
normalarini ta`lim-tarbiya jarayoniga xos xususiyatlari bilan uyg`unlashtirib,
53
pedagogning o`quvchilar, o`qituvchilar jamoasi, ota-onalar va jamoatchilik
vakillari bilan munosabatida ifodalangan kasbiy-axloqiy xususiyatidir.
O`qituvchi pedagogik etikaning normasini o`zlashtirib olishi, tajribada
qo`llashi, o`zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim.
Fikrlash va his etish, turmushda sinab ko`rish natijasida pedagogik etikaning
qoidalari o`qituvchining o`z e`tiqodiga, intilishiga, o`z axloqiy sifatiga aylanadi.
Bu axloqiy e`tiqod o`qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy
ishlarda, o`qituvchilar va boshqa kishilar bilan munosabatlarida, muomalasida,
kundalik turmushda o`zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy tahsir o`tkazishida
ko`zga tashlanadi. Pedagogik takt o`qituvchi axloqining amaliy ko`rinishlaridan
biridir. Muallim axloqining natijalari uning yoshlarga axloqiy tahsirining
samaradorligida namoyon bo`ladi.
Pedagogik
etikaning
asosiy
tushunchalari
umuminsoniy
axloqiy
kategoriyalariga mos keladi va ularni o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq tarzda bir
qadar aniqlaydi. Pedagogik etikada gumanizm, adolatlilik, halollik, yaxshilik
qilish kabilar o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq ravishda tahlil qilinadi.
Axloq nazariyasida yaxshilik eng muhim fazilat hisoblanadi. Yaxshilikaxloqiy ijobiy fazilat bo`lib, shaxsiy axloqda ijobiy-xulqiy fazilatlarning
mazmunini aks ettiradi. Yaxshilik kishining ongi va axloqiy amaliyotida jamiyat
va shaxs manfaatlarining birligini aks ettiradigan tushunchadir.
Pedagogik etikada yaxshilik tushunchasi o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq
holda aniqlashtiriladi. o`nda o`qituvchi va o`quvchilar jamoasi manfaatlarining
birligi, muallim va o`qituvchi maqsadining birligi, ta`lim va tarbiyaning samarasi
uchun kurashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati ikkala tomonning ham
yaxshi niyati, xayrixoh, mehribon bo`lishini taqazo qiladi. Yaxshilik qaror topishi
uchun yomonlikka murosasiz bo`lish lozim. Yaxshi istak bilan xushmuomalalik,
yaxshi qiliq, yaxshi hatti-harakatning birligi zarur.
Shaxs
o`qituvchining
axloqini
xarakterlaydigan
mashuliyati-mashuliyat
belgilaridan
tushunchasining
biri
mashuliyatdir.
butun
mazmunini
saqlagan holda muallimning faoliyati va ta`lim-tarbiya jarayonining aniq
54
fazilatlarini ham o`z ichiga oladi. o`qituvchi zimmasiga bola shaxsini har
tomonlama kamol toptirish mashuliyati yuklanadi. Muallim o`quvchiga chuqur
nazariy bilimlar berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. Shu bilan birga,
u boladagi majud layoqat va qobiliyatini payqab, individual munosabatda bo`lishi,
unda mavjud bo`lgan ijobiy axloqiy sifatlarni avaylab o`stirishi darkor.
Muallim sinfda jamiyatning vakili sifatida o`quvchilar jamoasi bilan yolg`iz
ish olib boradi. Bunday sharoitda o`qituvchining mas`uliyati uning xulqini
tartibga solib turadigan, boshqaradigan kuch, o`quvchilarga tahsir o`tkazishning
asosiy mezoni hisoblanadi.
Pedagogik odobga ega bo`lgan o`qituvchi o`quvchilar orasida va jamiyatda
obro` qozonadi. O`qituvchi qanchalik ko`proq obro` qozonsa, ta`lim va tarbiya
mohiyati shunchalik mavuffaqiyatliroq bo`ladi va aksincha, o`qituvchining
obro`yi qanchalik past bo`lsa, uning bolalarga ta`siri shuncha bo`sh va
o`quvchilarni voyaga yetkazish jarayoni ham shuncha zaif bo`ladi.
O`quvchi deyarli har kuni o`quvchilar bilan uchrashadi, savol-javob qiladi,
ularning yaxshi ishlarini mahqullaydi, bilimini baholaydi, nojo`ya hatti-harakatlari
uchun tanbeh beradi. Albatta o`qituvchining fikri, mulohazaalarida nisbiylik,
subhektivlik alomatlari mazjud. o` hammaga aynan birdek juda to`g`ri
munosabatda bo`la olmasligi mumkin. Lekin u hamma o`quvchilarga nisbatan
xolis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchan, adolatli kishi ekaligiga barchaning
ishonchi komil bo`lmog`i darkor. Sinfda o`qituvchi «yaxshi ko`radigan», «yomon
ko`radigan» o`quvchilar bor degan taassurot tug`ilmasligi kerak. Xullas, obro`
o`qituvchilik faoliyati uchun zarur xususiyatdir. Obro` kishining chuqur bilimi,
yuksak axloqiy sifatlari, hayot tajribasi, ilmiy tadqiqot va jamoat ishlarida faol
ishtirok etishi tufayli orttirilgan, ko`pchilik tomonidan ehtirof etilgan tahsiri,
nufuzidir.
Pedagogik faoliyat o`z mohiyatiga ko`ra ijodiy xarakterga ega. Mahlumki,
inson oldida baror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug`iladi.
o`qituvchilar faoliyati ana shunday xususiyatga ega. Pedagogik ijodkorlikning
asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xarateri bilan bog`liq.
55
Pedagogik faoliyat kishi shaxsini, uning dunyoqarashi, e`tiqodi, ongi, xulqatvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga bo`ysungan son-sanoqsiz pedagogik
masalalarni yechish jarayonidir. o`qituvchi faoliyatidagi ijodkorlik ana shu
masalalarni yechish usullarida, ularni hal qila olish yo`llarini qidirib topa
bilishlarida ifodalanadi.
Pedagogik ijodkorlik manbai-bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajribamuammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilg`or pedagogika tajriba deganda biz
o`qituvchining o`z pedagogik vazifasiga ijodiy yondoshishini, o`quvchilar ta`limtarbiyasida yangi, samarali yo`l va vositalarni qidirib topishini tushunamiz.
Ilg`or pedagogik tajriba o`qituvchi tomonidan qo`llaniladigan ish shakli va
usullari, uslubiy vositalaridir. o`lar vositasida o`quv-tarbiyaviy ishlarda eng
yuqori natijalarga erishiladi.
Ilg`or pedagogik tajribani o`rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa
va qonuniyatlarni ochish o`quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o`zgarishlar
kiritadi, o`quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, yangi ko`rishdagi o`quv
jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo`ladi.
Ijodiy ishlaydigan o`qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o`qitish va
tarbiyalash, ilg`or o`qituvchilar ish tajribalarini o`rganish bilangina cheklanib
qolmasdan, tadqiqotchilik ko`nikma va malakalariga ham ega bo`lish zarur.
Hozirgi zamonda fan va texnika taraqqiyoti o`qituvchining ijodkor
bo`lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan
yutuqlarini o`quvchilarga yetkaza olishi va nihoyat o`quvchilarni ham ijodiy
fikrlashga, tadqiqot ishlariga o`rgata olishini talab qiladi. SHuning uchun
o`qituvchi avvalo tadqiqotchilik malakalarini egallashi zarur. o`qituvchi ilmiytadqiqot ishlari olib borish davomida omillarni to`playdi, ular asosida xulosalar
chiqaradi. u fan xulosalaridan o`zining amaliy faoliyatid
a foydalanish jarayonida hozirgi zamon o`qituvchisi uchun zarur bo`lgan juda
muhim fazilatlarni egallaydi.
56
2.3. Pedagogik fikr tarixida o`qituvchi mahorati masalalari
Bugungi kunda olimlar, mudarrislar oldida turgan asosiy vazifalardan birixalqqa, ayniqsa yoshlarga milliy qadriyatlarimizni yaxshiroq tushuntirish, ularga
rioya qilish hurmatlari ruhida tarbiyalashdir.
Ota-bobolarimiz azal-azaldan bizni odobli, mehnatsevar, to`g`riso`z, halol,
insofli, diyonatli, yaqinlariga mehr-muhabbatli kishilar qilib tarbiyalashgan.
Xalq udumlarida, undan kelib chiqadigan odobnomada har qanday bolaning
yoshligidanoq el-yurt manfaati yo`lida kurashuvchi, kishilar baxt-saodatni
o`ylovchi, avlodlarning ushalmay qolgan orzu-armonlarini amalga oshiruvchi
kishilar bo`lib kamol topishi lozimligi alohida ta`kidlanadi.
Mustaqil respublikamizning oldida turgan asosiy vazifalaridan biri- yuqori
malakali kadrlar tayyorlashdan iborat. Respublikamizda
taraqqiyot va
o`zgarishlarga boy hozirgi paytda yoshlarning har tamonlama kamol topishi davr
talabi va ehtiyojidir. Maktablarimiz mahnaviy baquvvat, bilimli, o`z mustaqil
Vatanimizda faxrlanish tuyg`usiga boy kishilarni tarbiyalashi kerak. Bu esa
ta`lim-tarbiya oldidagi murakkab, keng ko`lamli muammolardan biridir. Xalq
ta`limi tizimida hal qiluvchi inson – o`qituvchidir. Agar o`qituvchi ijodkor va
izlanuvchan
bo`lsa,
o`quvchi
bilim
darajasi
ham
baland
bo`ladi.
O`qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan
ta`lim mazmunini egallagan bo`lishlari kerak. Pedagog xodimlar o`zlarini kasb
ko`nikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart»,
- deb ta`kidlanadi. «Ta`lim to`g`risidagi» qonunda.
O`qituvchi kasbining
nozikligi, mashuliyatiligi va murakkabligi hamda
sharafli ekanligi to`g`risida mulohazalar. Muallimning mahorati, ularga
qo`yiladigan talablar, fazilatlariga oid qasharlar, munosabatga kirishish mahorati,
muomala madaniyati SHarq mutafakkirlarining asarlarida ifodasini topgan. SHarq
mahnaviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa Uyg`onish davrida juda
rivojlangan bo`lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Farobiy. Al-Xorazmiy,
abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy,
57
Alisher Navoiy va boshqa ko`plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur
taraqqiyotida yosh murabbiylarning mahnaviy-axloqiy kamolotida muhim manbaa
bo`lib xizmat qiladi.
Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olim Farobiy (873-950) muallimning
ijtimoiy hayotida tutgan o`rni va uning xos xususiyatlari to`g`rsida ibratli
g`oyalarni ilgari surgan.
«O`qituvchi, - deydi Farobiy, aql-farosatga, chiroyli nutqga ega bo`lishi va
o`quvchilarga aytmoqchi bo`lgan fikrlarni to`la va aniq ifodalay olishni bilmog`i
zarur. SHu bilan birga o`z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo`lishi lozim. Ana
shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo`ladi va baxt cho`qqisiga
erishadi», deb ta`kidlaydi. Mutafakkir Farobiy o`qituvchi shaxsiga xos qator
fazilatlarga xolisona, odimona, oqilona sharh berish imkoniyatiga erishgan buyuk
zoddir. SHuning uchun
mazkur sharzlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratli
mulohazalar ham o`z dolzarbligini yo`qotmagan.
Mazkur muammo yuzasidan mulohaza yuritgan atoqli olim Abu Ali ibn
Sino (980-1037) ning fikricha. « . . . .O`qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo`y
va bola tarbiyalash uslublarini axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo`lmog`i
lozim. O`qituvchi o`kuvchining butun ichki va tashqi dunyosini o`rganib, uning
aql qatlamlariga kira olmog`i lozim».
Abu Ali ibn Sino mulohazasinga ko`ra tarbiyachi dastlab bolalarni yaxshi
ko`rish, hurmat qilishi, ular bilan xushmuomala bo`lishi shart. Agar bola ishni
yaxshi bajarsa, uni o`z vaqtida rag`batlantirish, gohida maqtab qo`yish, aksincha
bo`lganda esa, unga tanbeh berish kerak. Lekni dedi Ibn Sino, tanbeh izzat-nafsiga
tegadigan bo`lmasligi lozim, o`quvchiga murosassozlik qilish esa bolaning
o`zboshimcha bo`lib qolishga olib boradi», - deydiibn Sino.
Nasriddin Tusiy o`zining «O`qituvchilarni tarbiyalash to`g`risida» degan
asarida shunday deydi: «O`qituvchi munozaralarni olib borishi, rad etib
bo`lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, o`z fikrlarining to`g`riligiga
ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo`lishi
lozim . . » O`qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo`pol va
58
qattiq bo`lishi mumkin emas. Dars paytida o`qtuvchi o`zini tuta olmasligi ishini
buzishi mumkin.
Yetuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy o`z asarlarida bola dunyoqarashining
kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga
qarganda,
muallim
aqlli,
adolatli,
o`zida
barcha
yuksak
fazilatlarni
mujassamlashtirgan bo`lishi kerak. o`zini nomunosib tutgan odam hech vaqt
bolalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi.
«Ustoz, muallimsiz qolganda zamon,
nodonlikdan qora bo`lurdi jahon», - deb xitob qiladi u «Iskandar Xirodnamasi»
asarida. O`zbek adabiyotini dahosi A.Navoiy o`z asarlari va ilmiy qarashlarida
o`qituvchilik qobiliyati va uning obro`si, odobi yuzasidan mulohazalar yuritgan.
Alloma ijodiy yondashuvsiz hech bir faoliyatni tasavvur qala olmaydi. Ana shu
boisdan uning asarlarida odob, axloq, ziyraklik, irodaviy kuch, poklik, samimiylik
xislatlari asosiy o`rinni egallaydi.
O`qituvchining har jihatdan ibrat va namunaga ega bo`lishlari ta`lim va
tarbiya garovi ekanligiga
tarbiyalashning
mohiyati
ishora qilgan. O`qituvchining kasb mahoratini
to`g`risidagi
mulohazalar
«Qobusnoma»,
«Xotomnoma», «Qutadg`u bilig» kabi buyuk asarlarda ham bayon etib berilgan.
CHunki bu asarlarning barchasi odobnomaning xuddi o`zginasi bo`lganligi
sababli tarbiyachi-murabbiyning o`ziga xos xislatlarini shakllanishi bosqichlari
ifodalab berilgan.
XVIII-XIX asrda davom etgan Turkistondagi jadidlar harakatining
asoschilaridan biri, buyuk mahrifatparvar o`qituvchi, mohir tadqiqotchi Abdulla
Avloniy ta`lim tizimi, o`qitishni takomillashtirib, o`qituvchilar malakasini
oshirish, bo`lg`usi o`qituvchini tayyorlash muammolariga mutlaqo yangicha
yondashgan omildir. Uning fikricha ijodiy izlanish, o`qish va o`qitishning yangi
shakli, uslub hamda vositalarini qidirish o`qituvchining eng muhim sifatlaridan
biridir deb ta`kidlaydi.
Shunday qilib, O`rta Osiyo mutafakkirlari va o`zbek mahrifatparvarlari
o`qituvchi kuchli xotiraga, iroda va tafakkuriga aql-zakovatga, chiroyli nutqqa ega
59
bo`lishi, ko`zlagan maqsadni
amalga oshirish yo`lida jonbozlik, qathiyatlik
ko`rsatish, o`quvchilarning ruhiy dunyosiga to`g`ri yo`l topa olish, ularga tahsir
o`tkazish imkoniyati, vijdonlilik, samimiylik, odobli, nazokatli ishchan, mashul
shaxs sifatida faoliyat ko`rsatishi zarur ekanligini o`z asarlarida ta`kidlab
o`tadilar.
O`qituvchi va uning professional sifatlari orasidagi muammolar chet ellik
olimlar S.A.Komenskiy, Djon Lokk, I.G.Pestalotstsi, A.Disterverg kabilarning
asarlarida o`z ifodasini topdi.
Jumladan, ulug` chex olimi, pedagog
Ya.A.Komenskiy o`qituvchining eng muhim xususiyatlari qatoriga bolani sevishi,
yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, qobiliyati kabilarni kiritib, ularning
mohiyatini atroflicha tavsiflab beradi.
Ushbu
masalaga
sal
boshqacharoq
yondoshgan
IG.Pestalotstsi
o`qituvchining professional sifatlariga baho berishidan umuman chetlashib, uning
xalq ta`limi tarmog`ini takomillashtirishdagi roli, fan asoslarini egallashdagi
ahamiyati va vazifalariga to`xtalib o`tadi.
A.Disterverg o`qituvchining ta`limdagi roliga baho berib, u o`z faoliyatini
bilishi, uni sevishi, o`quvchilarini yoqtirishi deb uqtiradi, o`qituvchi bolalarning
individual xususiyatlarga qobiliyati, faoliyati uslubi to`g`risida muayyan darajada
bilimga ega bo`lish kerakligini ham ta`kidlab o`tadi.
Mutafakkir Djon Lokk o`qituvchi psixologiyasining eng muhim jihatlari
orasiga mo``tadillik, g`ayrat-shijoatlilik, ehtiyotkorlik
kabi hislatlarini kiritib,
ularning ta`limdagi roli yuzasidan mulohaza yuritadi.
G`arb
mutafakkirlari
g`oyalarining
vorislari
sifatida
A.I.Gertsen,
L.N.Tolstoy, I.G. CHerkishevskiy, K.D.Ushinskiy kabi rus mutafakkirlari mazkur
muammolarga o`z mulohzalarini bildirganlar.
A.I.Gertsen mulohazasiga ko`ra, o`qituvchining asosiy xislati – bu uning
bolalar bilan munosabatda bo`layotganligi sezishda bolalar ruhiy dunyosini
tushuncha olishda, axloqiy qobiliyatining mavjudligida, chunki u shunday
istehdodga erisha olmaydi, buni unutmaslik kerak.
60
O`qituvchi kasbiga oid ilmiy, tajribalarda sinalgan mulohazalar rus
pedagogi
K.D.Ushinskiy ta`lim-tarbiya jarayonida o`qituvchining roli
va
shaxsiga yuqori baho berib, hech bir ustav yoki programma, hamda sunhiy
organizm puxta ishlab chiqarilganiga qaramay, inson shaxsining o`rnini bosa
olmaydi deb hisoblaydi. Insonining xarakteri va his-tuyg`ulari, uning o`quvchilar
bilan muloqotga kirishish usuli, o`qituvchi qalbi bolalarga yaqinligi kabi axloqiy
xislatlarining shaxsiga xos muhim fazilatlar bo`lib hisoblanib, muallimning
tarbiyaviy kuchini belgilaydi va ijtimoiy qimmatiga ega bo`lgan, barkamol bola
shaxsini tarkib toptiradi. K.D.Ushinskiy ta`kidlashicha, pedagogik faoliyatning
muhim tarkibiy qismi pedagogik-psixologik odob hisoblanadi. Uning fikricha
psixologik odob hayotimizning barcha jabhalarida g`oyatda keng qo`llaniladi,
shuning uchun usiz odamlar orasida hech qanday muloqot va nutq qobiliyatining
o`zi ham bo`lmagan bo`lar edi, deydi.13
Shunday qilib, chet el mutafakkirlari o`z asarlarida o`qituvchining qator
muhim fazilatlari
mavjud bo`lishini bayon qilganlar. Bularning qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin: o`qituvchining har tomonlama barkamol
bo`lishish, o`zining yuksak xislatlari va his tuyg`ulari bilan boshqa kasbdagi
kishilardan
ajralib turishi, davrlarni o`zlashtirshda
orqada qolganlar bilan
individual ishlash. o`quvchilar diqqatini o`ziga torta olish sehri, mustaqil ishlash
va o`z mahoratini, malakasini oshirish. Pedagogik qobiliyat va odobga ega bo`lish
kabilar. SHuni alohida ta`kidlab o`tish joizki, sharq va g`arb mutafakkirlari
tomonidan tahlil qilingan ko`pgina o`qituvchi kasbi haqidagi mulohzalari to
hozirgi ajdodlar g`oyasini takomillashtirish evaziga ta`limni yuksak bosqichga
ko`tarish mumkindir.
Jonajon Vatanimiz o`z mustaqilligini qo`lga kiritganidan buyon siyosiy,
ijtimoiy iqtisodiy sohalarda tub buzilishlar bo`layapdi. Jumladan, ta`lim-tarbiya
sohasida ham, Davlatimizning «Ta`lim to`g`risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi» va boshqa mehyoriy hujjatlar talab va ko`rsatmalari asosida
umumta`lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarda barcha fanlar
13
Rajabov S. Pedagogika fanining allomalari. T., 1991 y.
61
bo`yicha davlat ta`lim standartlari ishlab chiqildi va amalda qo`llanilayapdi.
O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malaklari reyting tizimi orqali nazorat
qilinayapdi, har bir o`qituvchi ixtisosligi qanaqa bo`lishligidan qattiy nazar
o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalari talab qilingan standart asosida
shakllanishi uchun yangi pedagogik texnologiya elementlarini ta`lim jarayoni
uchun loyihalash, yaratish, tanlash va bu jarayonlarda qo`llash ustida
ishlamoqdalar, hamda tanlangan elementlarni amalda qo`llamoqdalar.
62
Xulosa
Men o`qigan asarlarim va ustida ish olib borgan ushbu Bitiruv Malakaviy
Ishim mavzusi yuzasidan xulosa qilar ekanman, so`zlarimni muxtaram
yurtboshimizning “Bolani hunarsiz qoldirish jinoyat” degan so`zlari bilan
boshlamoqchiman.
Men bu serma`no so`zlarni quydagicha kengaytirib tushundim, ya`ni
“Bolani hunarsiz va ilmsiz qoldirish jinoyatdir”
Yuqoridagi so`zlar birinchi navbatta bolaga ta`lim - tarbiya
beruvchi
o`qituvchilarni nazarda tutadi. Chunki yosh avlodni qanday bo`lishi ko`proq
ustozlar zimmasidagi ma`suliyatli vazifani nechog`lik o`rinlantirishga bog`liqdir.
Bugungi
kunda
O`zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimov
tomonidan jamiyat ijtimoiy taraqqiyotini ta`minlashda muhim sub`ektlar
sanaluvchi barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni tayyorlash masalasiga
jiddiy e`tibor bermoqda.
Xususan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturini” ro`yobga chiqarishning
ikkinchi bosqichi (2001-2005 yillar)da ushbu muammoni to`la yechishga alohida
e`tibor qaratilib “ta`lim muassasalarining moddiy texnika va axborot bazasini
davom ettirish o`quv jarayonini yuqori sifatli o`quv adabiyotlari va ilg`or
pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash”ni nazarda tutilganligi buning yaqqol
ifodasidir.
Lekin men shunday o`yladimki, XX asr boshidagi Germaniya va o`tgan
asr 30-yillarda yurtimizda faoliyat ko`rsatgan o`qituvchilar hozirgi zamon
o`qituvchilarga qaraganda martabaliroq bo`lgan deb tushundim. Bilmadim, balki
o`qituvchilar soni juda oz bo`lgani uchundir, balki aholini juda katta qismi
savodsiz bo`lganligidandir.
To`g`ri,
bugun o`qituvchilar soni
juda ko`plarini tashkil qiladi.
Ammo hamma diplomlilarni ham ustoz deyaverilmaydi. Ustoz degan ulug`
nomga sazovor bo`lish uchun esa albatta yaxshi bilimga ega bo`lishi, o`sha
bilimlarni boshqalarga ham to`liq bera olishi, har tomonlama o`zgalarga
63
o`rnak bo`la olishi zarur. Shundagina u jamiyatda o`z o`rniga ega bo`la
oladi, hurmat – e`tibor qozonadi.
Hozirgi yoshlar yaxshi
o`qituvchi tanlaydi.
Agar yoqmasa ular
o`qituvchini almashtirish imkoniyatiga ega. Chunki bular XXI asr yoshlari.
Ular juda aqilli, izlanuvchan, talabchan, ziyrak yoshlar.
Shu yoshlarga mos
o`qituvchi bo`lish esa bizdan. Men ham vatan uchun xizmat qiladigan, o`z
yoshlarimizni bundanda barkamol, komil inson
bo`lib yetishishiga sidqi-
dildan xissa qo`shadigan o`qituvchi bo`lishga va`da beraman.
64
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi qonun.-T: “Sharq”, 1997.
2.
O`zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.-T.: “Sharq”, 1997.
3.
O`zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi .-T.: “O`zbekiston”, 1992.
4.
Karimov I.A. “Bizdan ozod va obod vatan qolsin” 2-kitob, Toshkent, 1998
5.
Karimov I.A. “Yuksak manaviyat yengilmas kuch” Toshkent,2008
6.
Karimov I.A. “Barkamol avlod orzusi”Toshkent, 2000.
7.
Q. Azizov, O. Qayumov “Chet el adabiyoti tarixi”Toshkent 1987.
8.
Haynrix Mann “Sodiq fuqaro” romani Mirkarim Osim ruschadan tarjimasi,
Toshkent 1970.
9.
8. Parda Tursun “O`qituvchi” T-1972.
10. K.Hoshimov «Pedagogika tarixi». T., 2004.
11. M.T.Davletshin «Zamonaviy maktab o`qituvchisining psixologiyasi». T., 1999.
12. Rajabov S. “Mutaxassislikka kirish” T., 1991.
13. Rajabov S. “Pedagogika fanining allomalari” T., 1991 .
14. G`afforov T. “Boshlang`ich maktabda zamonaviy pedagogic tehnalogiyalar” T.,
2011
15. M. Kamoldinov “Inovatsion pedagogik tehnalogiyalar asoslari” T., 2007
16. Fayzulla Boynazarov Jahon adabiyoti musiqa nashriyoti, Toshkent 2006.
17. SA. Kesten „Geschichte der deutschen Literatur XVIII – XX Jh“ Moskva 1978
18. Xalq so`zi
19. Andijon yoshlari
20. Adabiyot nazaryasi (o’zb) .....
21. Jahon adabiyoti. Sh. Normatova, Toshkent “cho’lpon” Toshkent 2008
Internet saytlari:
1. www.ziyonet.uz
2. www.Google.ru
3. www.Ziyouz. zu
4. www.kh-davron.uz
65
Download