Uploaded by akhmadovakomola

Marketing nima taqdimot

advertisement
Marketing nima?
Marketingning mohiyati
AXMADOVA KAMOLA
Reja:
• Marketing nima? Uning mohiyati
• Marketingning vazifalari
• Marketingning maqsadi
1.Marketing nima? Uning mohiyati
Marketing – bu bozorni o‘rganish, u orqali iste’molchilarga ta’sir
etishdan iboratdir. Marketingni mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
albatta iste’molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo‘ljallashdan iborat.
Marketingni vazifasi nafaqat talabni qondirishdan iborat va aksincha unga shunday ta’sir
ko‘rsatish kerakki, u taklifga mos kelsin. Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga
berilgan ikki mingdan ortiq ta’rif bor. Mutaxassislar o‘rtasida marketingning takror ishlab
chiqarish jarayonida ishtiroki masalasida yagona fikr yo‘q. Hozir ko‘pgina chet ellik
marketologlar zamonaviy marketing tushunchasi ishbilarmonlikka kiradigan faoliyatni o‘z
ichiga olmog‘i kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari esa bunday izohlarni tanqid qilib,
ayriboshlashning hamma turlari ham marketing tusiga ega emasligini va marketing
prinsiplarini hamma vaziyatlarga ham tatbiq qilib bo‘lmasligini ta’kidlaydilar
Marketing korxona tomonidan qabul qilinadigan quyidagi
qarorlarga asosiy ta’sir o‘tkazadi:
• -korxona o‘z mijozlari sifatida kimlarni ko‘rishni hohlaydi;
• -u mijozlarni qanday ehtiyojlarini qondirishni hohlaydi;
• -o‘zini mijozlarini qanday mahsulotlarni va xizmatlarni taklif etmoqchi;
• -o‘zining mahsulotlari va xizmatlariga qanday narxlarni belgilamoqchi;
• -o‘zining mijozlariga qanday murojaatlarni yo‘llashni va ulardan qanday
murojaatlarni olishni hohlaydi;
• -shuningdek, ular bilan qanday hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishni
hohlaydi.
2.Marketingning vazifalari
Marketing - bozorda vujudga keladigan
iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish
uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish
hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli
echish uslublarini, bozorda vujudga
keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish,
iste’molchilarga tabaqali yondashish,
raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga
keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil
etish, kon’yunkturani o‘rganish va prognoz
qilish hamda ta’sirchan reklamani
rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘ygandir.
Marketingni bosh vazifasi
korxonaning mavjud va potensial
imkoniyatlarini baholash va amalga
oshirish hamda bozorda talab va
taklifni muvofiqlashtirish maqsadida
imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.
Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati
aniq natijaga erishish maqsadida
amalga oshiriladi. Marketingni asosiy
maqsadlari firmaning asosiy
maqsadlari bilan o‘zaro aloqadordir.
Korxonaning vazifasi quyidagi
rasmda:
Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo‘yicha asosiy vazifalarni
shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986 yilda 3 ta o‘zaro bog‘liq
marketingni kompleks vazifalarini ajratib ko‘rsatadi:
1. Talabni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor faoliyatiga
kiruvchi vazifalar.
2. Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar.
3. Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog‘liq masalalar.
Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha
bosqichlariga mos keluvchi marketing funksiyalari shakllanadi va
doimo tartibga solib boriladi.
Marketingning maqsadi
Piter Druker (menejment nazariyotchisi) shunday deb ta ’kidlaydi:
“Marketingning maqsadi - sotiladigan xatti-harakatlarni rivojlantiradi.
Uning maqsadi xaridomi shunchalik yaxshi bilish va tushunishdirki,
natijada mahsulot yoki xizmat o'zini o ‘zi sotadi". Marketing sohasidagi
adabiyotlarda asosan marketingning to‘rtta maqsadi keltiriladi. Bular
quyidagilar hisoblanadi: • mumkin boigan maksimal yuqori iste’molga
erishish; • iste'molchilaming talabining maksimal qondirilishiga erishish; •
iste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat
yaratish; • aholi tunmish darajasi sifatini oshirish.
Mumkin boigan maksimal yuqori iste’molga erishish. Ko^pchilik rahbarlar
marketingning maqsadi - ishlab chiqarishning maksimal o ‘sishi va korxonaning
boyishida asosiy omil yuqori iste’molga erishishni rag'batlantirishda deb
biladilar. Bu fikmi boshqacha ifodalasak, odamlar qancha ko‘p sotib olsa va
qancha ko‘p isteinol qilishsa, shuncha baxtli boiadilar, degan ma’noni
anglatadi. Lekin, ba’zi bir kishilar moddiy boyliklar masalasining ortishi katta
baxtga erishishdan dalolatdir dcgan fikrga shubha bilan qaraydilar. Demak,
marketingning maqsadi faqat mumkin bo'lgan maksimal iste'molga
erishishdangina iborat emas ekan.
E’tiboringiz uchun
rahmat!
Download