Uploaded by Nursulton Sultanaliyev

qayta hikoya

advertisement
RENESSANS TA’LIM UNIVERSITETI
Mavzu: O'qish savodxonligi darslarida qayta hikoyalash
turlaridan foydalanish.
KURS ISHI
Bajardi: BT – 307 guruh talabasi
Xajiboyeva Asalxon Umrbekovna
Rahbar: “Pedagogika va ijtimoiy fanlar”
kafedrasi dotsenti v.b.Marufova Z.N.,
fil.fan.b.falsafa doktori (PhD)
--------------------------
Toshkent – 2023
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………….....3
I.BOB BOSHLANG`ICH SINFLARDA O`QISH DARSLARINI
TASHKILETISHNING NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari…7
1.2. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarining ta‘lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni………12
II.BOB ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA
QAYTA HIKOYALASH TURLARIDAN FOYDALANISH.
2.1. Sinf o’quvchilarini o’qishga tayyorlash. O’qish matnini tahlil qilish,
o’qish turlari; to’g’ri va to’liq o’qitish,ifodali o’qish, o’qish texnikasi…………....24
2.2. Matn ustida ishlash, matnni mazmunini idrok etishni tekshirish, matnni
tahlil qilish………………………………………………………………………..26
XULOSA…………………………………………………………………………30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….32
2
KIRISH.
Mustaqillik – bu hech kimga qaram bo‘lmasdan, o‘z milliy manfaatlarimizni,
uzoq va davomli maqsadlarimizni ko‘zlab iqtisodiyotimizni barqaror sur‘atlar bilan
o‘sishini ta‘minlash, aholimizning farovonligini, xalqaro maydonda Vatanimizning
obro‘-etiborini munosib darajaga ko‘tarishdir. Shu bilan birga ertangi kunimizni
yanada yuksaltirishga mustahkam zamin yaratishga qurbi-qudrati yetadigan, hech
kimdan kam bo‘lmasdan hayotga kirib kelayotgan yetuk va barkamol, mustaqil
fikrlaydigan yangi avlodni kamol toptirish demakdir‖1
Ona tilini o'qitishdan asosiy maqsad o'quvchilarda o'z ona tilida fikrni to'g'ri,
aniq, ravshan va go'zal ifodalay olish ko'nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirishdan iboratdir.
So'zlarni to'g'ri tanlash, nutqni tinglovchiga qulay tarzda tuza olish insoniy
madaniyatning eng asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun har
bir so'z, birikma va gapni barcha qirralari bilan to'g'ri, o'rinli ishlata olishni o'rgatish,
o'z
nutqiga
nisbatan
ehtiyotkorlik
tuyg'usini
shakllantirish
ona
tili
mashg'ulotlarining asosiy vazifasi sanaladi.
Biz yangi iqtisodiy, ijtimoiy sharoitda faqat bilimli kishilarni emas, balki
ijodkor, tadbirkor kishilarni ham yetkazib berishimiz lozim. «Bilimli kishi» bilan
«tadbirkor kishi» orasida farqi bor, albatta. Bilimli shaxs bilimga ega bo'lsa ham,
lekin bilimini har vaqt ham amaliy faoliyatda qo'llay olmaydi. Tadbirkor shaxs esa
faqat bilimli bo'lib qolmasdan, balki egallagan bilimini sharoitga mos ravishda
qo'llay olish ko'nikmalariga ham egadir. Shuning uchun ―bilimlining bilimi
omborda yotgan sara urug' bo'lsa, tadbirkorning bilimi yerga ekilgan dondir‖1.
O‘quvchilarga
odob-axloq
sifatlarni
singdirish
maktabda
o‘qish
mashg‘ulotlarining bosh vazifasidir. Shuning uchun birinchi soatdan oxirgi
mashg‘ulotgacha o‘qis1h darslari o'quvchilarda odob-axloq sifatlarni tarbiyalashga
xizmat qilishi kerak.
1.
Mirziyoyev Sh. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini
yuksaltirishning mustahkam poydevori // Xalq so‘zi. –Toshkent, 2017. – 4-avgust.
1
3
O'quvchilarda odob-axloq sifatlarni rivojlantirishda ona haqidagi asarlarning
ahamiyati va o ‘ rni ham juda katta bo'lib, o'quvchilar ona haqidagi asarlar orqali
ravon, tekis, chiroyli jumlalardan foydalangan holda so'zlashga o'rganish bilan
birgalikda, ona va onaning o‘gitlari haqida ma‘lumotlarni ozlashtirib boradilar.
Bizning mana shu qisqa – yigirma ikki yillik tariximizda mustaqillikka
erishish, milliy davlatchiligimiz, ertangi kunimizni qurishga, yurtimizni turli baloqazolardan asrashga, O‘zbekistonimizni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga
kirishi, jahon maydonida munosib obro‘ topishida eng asosiy omillar nima deb
so‘ralsa, men boshqa mezonlarni inkor qilmagan holda, bir fikrni alohida ta‘kidlab
aytgan bo‘lardim: bu yo‘ldagi eng muhim omil – bu ham jismoniy, ham ma‘naviy
jihatdan sog‘lom, hech kimdan kam bo‘lmasdan, boshini baland ko‘tarib
yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun ma‘suliyatni o‘z zimmasiga
olishga, xalqimiz intilayotgan kelajagi buyuk davlatni barpo etishga qodir bo‘lgan
barkamol avlodimiz, desam ayni haqiqatni aytgan bo‘laman2‖. Darhaqiqat
Bolaning psixologik va jismoniy rivojlanishdagi eng asosiy davr –
bu boshlang‘ich sinf davridir3.
Boshlang‘ich sinflardagi dars mashg‘ulotlarida, xususan o‘qish darslarida
o‘quvchilarga axloqiy sifatlarni shakllantirishda she‘riy asarlarning yuqorida
ta‘kidlaganimezdek ahamiyati katta.
O‘zbek xalqi qadim-qadimdan odob-axloq normalariga qattiq rioya etgan
xalqdir. Salom alikdan tortib, toki kattalarni hurmatda, kichiklarni izzatda ko‘rish
odobiga muomalasining barcha qirralari o‘zbek millatida mavjud va bularni albatta
singdirib borish o‘qituvchilarning oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Zero,
O‘z
ona
tilini
bilmagan
odam
o‘z
shajarisini,
o‘zining
ildizini
bilmaydigan, kelajagi yo‘q odam. Kishi tilini bilmaydigan uni dilini ham bilmaydi‖1.
Kurs ishning maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishning asosiy maqsadi va
vazifalari quyidagilardan iborat: O‘qivchilarda axloqiy sifatlarni shakllantirishda
ona haqidagi asarlardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yishni ana shu orqali ularda
odob-axloq malakalarini rivojlantirish.
4
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish
ko‘zda tutildi:
Mavzu yuzasidan adabiyotlar ko‘rib chiqildi;
Bugungi kunda odob-axloq sifatlarni shakllantirishda o‘qituvchilar duch
keladigan muammolar o‘rganib chiqildi;
Ona haqidagi asarlardan foydalanib o‘quvchilarda axloqiy sifatlarni
shakllantirish ishlarini amalga oshirish yo‘llari o‘rganilib, darslarda ulardan
foydalanish yo‘lga qo‘yildi;
Mavzu yuzasidan tajriba sinov o‘tkazilib, samarali metodlar tanlab olindi va
tahlil qilindi;
Ona haqidagi asarlar orqali axloqiy sifatlarni shakllantirishga oid darslar
ishlanmasi tuzildi;
Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida quyidagi vazifalarni bajarish
ko‘zda tutiladi:
Muammoning amaliyotdagi holatini aniqlash;
Darslarda o‘quvchilarni faolligi, mustaqil fikrlashiga e‘tibor qilish;
Axloqiy sifatlarni shakllantirishga oid bilimlarni shakllantirishda o‘quvchilar
duch keladigan qiyinchiliklarni aniqlash;
Odob-axloq qoidalarini o‘rgatishning turli samarali yo‘llarini ishlabchiqish;
O‘qtiladigan mavzular yuzasidan darsning ishlanmasini ishlab chiqishva uni
amaliyotda qo‘llash;
O‘tkazilgan tajriba ishlari natijalari tahlili asosida xulosa va tavsiyalarishlab
chiqish;
Biz farzandlarimizni nafaqat jismoniy va sog‘lom o‘sishi, balki ularning
zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan inson bo‘lib, XXI
asr talablariga to‘liq javob bera oladigan barkamol avlod bo‘lib, voyaga yetishi
uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib
qo‘yganmiz;
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu bitiruv malakaviy ishida
keltirilgan nazariy fikrlar, adabiyotlar tahlili ishning nazariy ahamiyatini belgilab
5
beradi. Malakaviy ishga doir tajribalar, metodik tavsiyalardan, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari o‘z pedagogik faoliyatlarida foydalanishlari mumkin. Bu ishning
amaliy ahamiyatini belgilab beradi.
O‘quvchilarni darslarda erkin fikrlashini faolligini ta‘minlash mumkinligi
nazariy jihatda asoslab berildi. Amaliy ahamiyati esa ushbu metodlar orqali tashkil
etilgan darslar Davlat ta‘lim standarslariga to‘liq javob bera oladi.
Kurs ishning tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish kirish, 2 bob, 4 band,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
6
I.BOB BOSHLANG`ICH SINFLARDA O`QISH DARSLARINI
TASHKILETISHNING NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini tashkil etishning o‘ziga xos
xususiyatlari
Mustaqil O‘zbekiston ta'lim muassasalarining odob-axloq tarbiya tizimi – bu
o‘zbek xalqining o‘ziga xos milliy-madaniy fe'l-atvori, axloq qoidalariga va milliy
mustaqillikni mustahkamlashning tarbiyaviy talablariga asoslanuvchi, xalq
hayotining barcha jabhalari bilan chambarchas bog‘liq, hech kimdan kam bo‘lmagan
barkamol avlodni shakllantirishning pedagogik jarayonidir.
O‘zbek xalqining ma'naviyati haqiqatgo‘y va adolatli bo‘lish, jaholat va
qabihlik
yo‘lini
to‘sish,
insoniylik,
birodarlik,
mehmondo‘stlik,
poklik,
xushxulqlilik, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi.
O‘zbek xalqining urf-odatlari, turmush tarzi, ta'lim-tarbiya, ma'daniyat an'analari
moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib tarqaladi. Xozirgi va kelajak avlodlarimiz
kishilari o‘zbek milliy ma'naviyati, yaxshi bilimlari va unga rioya qilishlari lozim.
Shundagina jamiyat to‘q, farovon, kishilar osoyishta va madaniy hayot kechiradilar.
Bu hamisha hamma avlod tomonidan e'tirof etilgan qoidadir.
Boshlang`ich sinflarning o`qish darslari o`z mohiyati, maqsad va
vazifalariga ko`ra ta'lim tizimida alohida o`rin tutadi. Nеgaki uning zaminida
savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa
prеdmеtlar ta'limini o`qish ta'limisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. o`quvchi matnni
to`g`ri, tеz, tushunib o`qish, mazmunini o`zlashtirish bilan ilk bor o`qish darslarida
yuzlashadi.
O`qish darslarda ona haqidagi asarlar orqali o`quvchilarning Davlat ta'lim
standartlari (DTS) talablari bo`yicha o`zlashtirishlari ko`zda tutilgan o`quv-biluv
ko`nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo`l ochiladi. Aynan o`qish
ta'limida insonning, avvalo, o`zligini, qolavеrsa olamni anglashga bo`lgan
intilishlariga turtki bеriladi.
Shu maqsadda «O`qish kitobi» darsliklariga ona, ota-ona, ona tabiat,
atrofimizni o`rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va
7
bolalar hayoti, mеhnatsеvarlik, istiqlol va milliy-ma'naviy qadriyatlar, xalqlar
do`stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo`yicha atroflicha tushunchalar bеrishga
mo`ljallangan badiiy, axloqiy-ta'limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
Boshlang`ich ta'lim bo`yicha DTS va ― O‘qish‖ o`quv dasturida o`qish ta'limi
oldiga qo`yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o`qishni to`g`ri tashkil qilish,
o`qitish bosqichlari, tamoyillari va mеtodlari, birinchi navbatda, ilg`or pеdagogik
tеxnologiyalardan o`rinli foydalanishga ko`p jihatdan bog`liqdir.2
Ma'lumki, sinfda o`qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar turadi.
O`quvchilarni matn bilan tanishtirish o`qishga tayyorgarlik bosqichidan boshlanadi.
Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida, onaga oid asarlar haqidagi
ma'lumot bеrish, o`quvchilarni asarda tasvirlanadigan voqеa-hodisalarni idrok
qilish, asar pafosini his etish, notanish va ko`p ma'noli so`zlar, murakkabroq tarzdagi
obrazli ifodalarni izohlash kabi masalalarni o`z ichiga oladi. Ona haqidagi asarlar
ona, buvijonlar, opa - singillar haqida bo`lsa, bu asarlarni sinfda va sinfdan tashqari
mashg‘ulotlarda o`qish muvaffaqiyatini ta'minlashga xizmat qiladi.
Matn bilan dastlabki tanishuvdan so`ng quyidagicha savollar bilan murojaat
qilish darsda o`quvchilarning faolligini oshiradi:
Boshlang`ich sinflarning o`qish darslarida o`rganiladigan ona haqidagi
asarlarning mavzu doirasi ancha kеng bo`lib, ona, ota-ona, ona tabiat, yil fasllari,
xalq og`zaki ijodi, mеhnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va
ma'naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.
Uzluksiz ta'limning boshqa bosqichlaridan farqli o`laroq, boshlang`ich
sinflarning o`qish darslarida o`quvchilarning o`qish malakalarini shakllantirish,
asar ona haqidagi matni ustida ishlash ta'limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U
turli mavzudagi, asosan ona haqidagi matnlar ustida ishlash orqali ma'naviyahloqiy, adabiy - estеtik tarbiya bilan chambarchas bog`lab olib boriladi.
Shunga ko`ra o`qish darslarining yеtakchi xususiyati ona haqidagi asarlarni
o‘rgatish o`quvchilarning savodxonligini ta'minlash, ota-onaga mehrli qilib
2
1.
Boshlang‘ich
sinflarning
takomillashtirilgan
8
davlat
ta'lim standarti.
tarbiyalash bilan birga badiiy adabiyotning sеhrli olamiga olib kirish, milliy mafkura
asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
O`qish ta'limi bo`yicha o`quvchilarni faqat ona haqidagi asarlarni matni bilan
tanishtirish yordamida dastur talablariga javob bеrib bo`lmaydi. Nеgaki ona
haqidagi asarlarni matni zaminidagi tarbiyaviy g`oya uni tushunish, idrok qilish
natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda, har qanday asardagi sеhr-joziba matn
zaminidagi yashirin mazmun-mohiyatni anglab yеtilganda o`quvchi diqqatini
o`ziga jalb etishi mumkin. Bunga adabiy-nazariy tushunchalarni o`zlashtirish,
adabiy tahlil malakalarini shakllantirish orqali erishiladi.
Ona haqidagi
asarlarni o‘ragtish jarayonida o`qituvchi savollariga
o`quvchilarning o`z so`zlari bilan javob bеrishi ham matnda tasvirlangan voqеa hodisalar yuzasidan mantiqiy fikrlashga,
qahramonlarning
xatti-harakatlarini
to`g`ri baholashga yaqindan yordam bеradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz
bo`lmasdan, qat'iy maqsad asosida izchil bеrilishi o`quvchilarning o`qilgan matn
mohiyatini chuqur anglab yеtishlariga imkon yaratadi. Nеgaki har qanday javob
mustaqillikni taqozo etadi.3
Ta'kidlash joizki, o`quvchilarning o`zlarini ham savol tuzishga o`rgatish
lozim. K. D. Ushinskiy qayd etganidеk, to`g`ri qo`yilgan masalaning o`zi yarim
javobdir. Matn yuzasidan savol tuzishda o`quvchining dars mavzusi bilan bog`liq
jihatlarga e'tibor bеrishi asarda tasvirlangan voqеa-hodisalar o`rtasidagi sababiy
bog`lanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yo`l ochadi. Shuning
uchun ham matn yuzasidan savol tuzish o`quvchini ongli va tushunib o`qishga
yo`llaydi. Uning o`ziga xos xususiyatini o`quvchilarni badiiy adabiyotning sеhrli
olamiga olib kirish orqali dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to`g`ri
shakllantirishga qaratilishi bilan bеlgilanadi.
O`qish darslari uchun tanlangan mavzular o`quvchilarga kundalik hayot,
mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo`yicha ham bilim va
tarbiya bеrishni ko`zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma'naviyat va tabiat
3
1.
Abdullayеva K., Nazarov K., Yo`ldoshеva Sh., Savod o‘rgatish darslari. T.: O‘qituvchi‖, 1996-yil
9
haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko`zlangan maqsad o`zlikni
anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog`liq tuyg`ularini uyg`otishdir.
Tabiatga oid mavzular yordamida o`quvchilar tabiatdagi o`zgarishlar, yil
fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Ular
o`quvchilarni
kuzatuvchanlikka,
tabiatni
sеvishga,
unga
nisbatan
to`g`ri
munosabatda bo`lishga o`rgatadi. Darsliklardagi har bir ona haqidagi mavzu uchun
tanlangan
matnlarning
janriy
rang-barangligiga,
poetik
mukammalligiga,
o`quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kеlishiga alohida e'tibor
qaratiladi.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o`tmishi, ota - onaning
farzandga mehri – muhabbati, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug` siymolar
tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to`g`risida muayyan tasavvur
bеradi. Bеruniy, Amir Tеmur, Alishеr Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz
haqidagi asrlar shular jumlasidandir. Masalan, 3-sinf o‘qish darsligida ―Go‘zal
fazilat-inson husni‖ bo‘limida ―Bobur va Humoyun‖ matnida Humoyunning betob
bo‘lganida onasining iztirobidan Boburning o‘rtangani va uning xudoga nolasi
haqida fikr yuritiladi. Shundan ko‘rinadiki, ota me‘rosi, ota-ona o‘gitlari, ota-ona
tarbiyasi, ayniqsa ona mehri bizga tarixdan me‘ros bo‘lib kelgan.
Bu xildagi asarlar o`quvchilarni faqat o`tmishimiz bilan tanishtirib
qolmasdan, ota-ona oldidagi vazifasi, Vatan oldidagi farzandlik burchi va
mas'uliyatini tеran anglashga ham yordam bеradi. Ularda Vatanga bo‘lgan sadoqat,
otaga bo‘lgan do‘stona munosabat, onaga bo‘lgan muhabbat tuyg`usi shu tariqa
shakllanadi.
Vatanimiz o`tmishi haqida hikoya qilingan ona haqidagi asarlar bilan
tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o`quvchilar o`tmish bilan bugungi kunni
taqqoslash imkoniga ega bo`ladilar. Ona jamiyat rivojining bir negizidir. Asarlarda
onani vatanga qiyoslab o‘rgatiladi. Demak, jamiyatda onaning orni beqiyos.
O‘quvchilar jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo`lsa-da, tushuncha hosil
qiladilar.
10
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ona haqidagi asarlar matni ustida ishlash
jarayonida ularning janriy hususiyatlaridan tashqari, onalar mavzusi ham nazarda
tutiladi. Masalan, ona timsoli tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag`riga
mangulik maydoniga sayohat uyushtirib, bolalar kuzatuvchanlikka o`rgatilsa,
vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar,
qariyalar bilan,onaxonlar bilan uchrashuvlar, yoki mavzuga daxldor kinofilmlar
namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.
Umuman O`qish kitobi darsliklaridagi barcha mavzular o`quvchilarga
ta'lim-tarbiya bеrish bilan birga, ularning lug`atini boyitishga, og`zaki va yozma
nutqini to`g`ri shakllantirish, nutq madaniyatini o`stirishga ham qaratiladi.
O`quvchilar darsliklar yordamida o`zlashtiriladigan bilim, ko`nikma va
malakalarining kеlajak hayotda zarur bo`lishini tushunib еtishlariga erishish
o`qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.
O`qish darslari oldiga qo`yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:
O`quvchilarda yaxshi o`qish sifatlari: to`g`ri, tеz, ongli, ifodali o`qish
malakalarini shakllantirish.
O`quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kеrakli bilimlarni olishga
o`rgatish, kitobga muhabbat uyg`otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza
yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko`tarish.4
O`quvchilarning atrof-muhit, ota-ona, ona haqidagi bilimlarini kеngaytirish
va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
O`quvchilarni axloqiy, estеtik jihatdan yеtuk, ota-onaga, onaga mehrmuhabbat ruhida va mеhnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.O`quvchilarning
bog`lanishli
nutqini va adabiy
estеtik
tafakkurini o`stirish.O`quvchilarning
xayolot olamini boyitish.Adabiy tasavvur elеmеntlarini shakllantirish.
Shuni unutmaslik kеrakki, har bir ta'limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy
mеtodik usullari mavjud bo`lib, ular zamonaviy o`qitish usullari bilan boyitib
borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o`zaro bog`liq holda sinf va sinfdan
4
1.
Abdullayеva K. va boshqalar., Ona tili., T.: ―O‘qituvchi, 1999-yil
11
tashqari o`qish mashg`ulotlari jarayonida ona haqidagi asarlarni organish orqali hal
qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘qish darsligida ona haqidgi asarlarni rejali ravishda
o‘rgatib borish, o‘quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashning bir me‘zoni
bo‘lib xizmat qiladi.
1.2. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarining ta‘lim-tarbiya jarayonidagi
o‘rni.
Boshlang‘ich sinfda o‘qish darsi o‘z mazmuni, o‘quvchilar fikrini,
dunyoqarashini, nutqini, bola shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi xususiyatlari
bilan boshqa o‘quv-predmetlari orasida muhim o‘rin tutadi. O‘qish darslari
jarayonida o‘quvchilarning o‘qish malakalari takomillashadi. O‘quvchilarning
to‘g‘ri, ravon, ongli va ifodali o‘qish, badiiy asar g‘oyasini tushunish, asar yoki
voqea-hodisaga o‘z fikrini bildira olishqobiliyatlari o‘sib boradi. ―O‘qish kitobi‖
dagi turli she‘rlar, hikoya va maqollarni o‘qish va ular ustida ishlash natijasida
o‘quvchilarda borliq va voqelik haqidagi bilimlari, tushunchalari kengayib boradi.
O‘quvchilar ta‘limning dastlabki kunlaridan boshlab tabiat, jamiyat, kishilar
mehnati va hayvonlarning yashash faoliyatlari haqida va bir qator shunga o‘xshash
bilimlarni o‘zlashtirib boradilar.
Birinchi sinfda savod o‘rgatish davri tugagandan so‘ng o‘qish darslari
boshlanadi va keyingi sinflarda davom ettiriladi.
Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi
o‘quvchilarga
matematika,
yozuv,
tabiatshunoslik, rasm, musiqa, jismoniy tarbiya, mehnat ta‘limi kabi fanlardan
boshlang‘ich bilimlarni berib boradilar. O‘qituvchi uchun eng muhimi shundan
iboratki, bola o‘zi olayotgan bilim, unda shakllanadigan his-tuyg‘u hayotda zarur
va ahamiyatli ekanini tushunib yetsin. O‘qish darsi orqali o‘quvchilarga mana
shunday xislatlarni singdirib boriladi. Bu o‘rinda o‘qish darslari muhim o‘rin tutadi.
Sinfda o‘qish darslarida quyidagi vazifalar bajariladi:1
O‘qish malakalarini takomillashtirish, o‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlari,
to‘g‘ri, tez ongli, ifodali o‘qish malakalarin shakllantirish;
Bolalarda kitobga muhabbat uyg‘otish,
12
Qanday tovushni anglatishini bilgan holda tez, ongli, to‘g‘ri va ifodali o‘qiy
oladi.
O‘qish darsini yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchi esa boshqa fanlarni ham tez va
osongina o‘zlashtiradi. Ana shunday ekan, savod o‘rgatish davridan boshlaboq
o‘quvchilarni darsga qiziqishini oshirish, ularni to‘g‘ri, ravon, xatosiz, ifodali qilib
o‘qishga o‘rgatib borish kerak.
O‘qish darslari o‘quvchilar fikrini va nutqini o‘stirish, vatanga muhabbat
ruhida tarbiyani amalga oshirish hamda o‘quvchi shaxsini har tomonlama
rivojlantiruvchi xususiyatlari bilan ham boshqa fanlar orasida alohida o‘rin tutadi.
Chunki o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘qishni tugutish bilan bir qatorda turli narsalar
va
ko‘rgazmali
qurollar
yordamida
ularning
tasavvur
tushunchalarini
kengaytiradilar. Dars davomida o‘tilgan turli badiiy asarlar orqali asarda ishtirok
etgan obrazlar namunasida tarbiyaviy ta‘sir o‘tkaziladi.
Mana shu ta‘sir o‘quvchilar hayotida ijobiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi,
ularni axloqiy yo‘lga yetaklashi lozim.
O‘qish darslarining asosiy qismini o‘quvchilarning o‘qishiga ajratish lozim.
O‘quvchilar turli xildagi aniq topshiriqlar asosida bir marta o‘qitiladi va o‘qish
mas‘uliyatlari orttirib boriladi. O‘quvchilarga qo‘yiladigan bunday talablar va
topshiriqlar dastlab sodda va oson bo‘lib, asta-sekin murakkablashtirib boriladi.
O‘qish darslari davomida o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish va nutq
o‘stirish masalasiga alohida e‘tibor beriladi. O‘qish darslarini o‘tishda darslikdagi
va boshqa turli xil rasmlardan foydalanib Shu asosda suhbat o‘tkazish
o‘quvchilarning so‘zlashuv natijasida og‘zaki hikoya tuzdirish, she‘r, topishmoq va
maqollarni yoddan aytirish singari turli o‘qitish usullaridan foydalanib darsni tashkil
etish mumkin.
O‘qish darslarida o‘qitish va so‘zlab berish jarayonida o‘quvchilarning adabiy
talaffuz normalariga rioya qilishlari talab qilinadi. Buning natijasida o‘qituvchi
o‘quvchilarni tiniq va ravon so‘zlashlari, har bir so‘z tinglovchilar e‘tiborini o‘ziga
jalb qilishi kabi nutq malakalarini egallashlariga katta hissa qo‘shgan bo‘ladi.
13
O‘qish kitobidagi turli janrlarga xos bo‘lgan badiiy asarlarni o‘qish va ular
ustida ishlash orqali o‘quvchilarning borliq, voqelik haqidagi tasavvur tushunchalari
kengayadi.
Birinchi sinfda o‘quvchilar ongli, to‘g‘ri va bir me‘yorda bo‘g‘inlab o‘qish
malakalarini egallaydilar. Ayrim nutq tovushlarining talaffuzidagi qiyinchiliklar
asta-sekin
bartaraf etiladi.
O‘quvchilar
o‘qigan
matnlarining
mazmunini
o‘qituvchining yordamchi savollari asosida, hamda kichik hajmdagi matn
mazmunini
unga ishlangan rasmdan foydalanib so‘zlab berishga o‘rgatib
boradilar.Ikkinchi sinf o‘quvchilarida so‘zni butunicha o‘qish malakalari
shakllanadi va ongli, to‘g‘ri, ifodali o‘qishga intilish yaqqol seziladi, o‘qish tezligi
ortadi. Ayrim matnlarni ovoz chiqarmay o‘qiy boshlaydilar. O‘qituvchi rahbarligida
o‘qilgan matndagi asosiy fikrni aniqlaydilar, undagi ayrim voqea-hodisalarni so‘z
bilan tasvirlashga o‘rganadilar.
sinfda o‘quvchilar so‘zlarni butunicha o‘qish malakalarini to‘la egallab, ongli
va ifodali o‘qishga ko‘proq e‘tibor qaratadilar. O‘qilgan matn mazmunini mulohaza
qilish, voqealar yo‘nalishini aniqlash qobiliyatiga ega bo‘ladilar. 3-sinf
o‘quvchilariga o‘zaro fikr oliShuv jarayonida xalq maqollari va obrazli iboralardan
o‘rinli foydalanish adabiy talaffuz normalariga rioya qilish o‘rgatiladi.
sinfda esa o‘quvchilar matndagi so‘zlarni butunicha, ma‘nosiga tushunib,
to‘g‘ri o‘qish malakalrini egallaydilar. O‘qiganlari mazmunini qayta hikoyalash,
matnlarni qismlarga bo‘lish va sodda reja tuzish vazifalarini mustaqil bajara oladilar.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, boshlang‘ich sinflarda o‘qish asosiy
dars, o‘quv-predmetlaridan biri sifatida o‘qitib boriladi. Umuman olganda,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘qishni o‘rgatish ularga tarbiyaviy ta‘sir etish
bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Ya‘ni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga darslar
davomida bilim berish bilan bir qatorda ularga iroda, e‘tiqod va yaxshi xislatlarni
tarkib toptiriladi va ularni qiziqish, qobiliyat va iste‘dodlarini o‘stirish vazifalarini
ham bajariladi. O‘qish darslaridagi barcha asarlarni o‘qitish orqali o‘quvchilarga
tarbiyaviy ta‘sir o‘tkazib boriladi. Tarbiya to‘xtovsiz va sistemali ravishda olib
borilishi zarur bo‘lganko‘p qirrali va murakkab jarayondir. Tarbiya berish qanchalik
14
erta boshlansa u shuncha samarali bo‘ladi. Shu o‘rinda ushbu rivoyat juda ham qo‘l
keladi. Ibn Sino bobomizning oldiga bir chaqaloqni olib keladilar va ―Biz
bolamizga qachondan tarbiya berishni boshlasak bo‘ladi‖- deb so‘raydilar. Shunda
yosh kelin-kuyovdan Ibn Sino chaqaloqni tug‘ilganiga qancha bo‘ldi - deb
so‘raydilar. Ular olti oy deb javob beradilar. Ibn Sino chaqaloqning ota-onasiga
―Sizlar tarbiya berishga olti oy kechikibsizlar,‖ – deydi.
Bu rivoyatdan ko‘rinib turibdiki, tarbiyani hatto bolaning chaqaloqlik
davridanoq boshlash, bolani kelajakda ilmli, tarbiyali, mehnatsevarligi va insonlar
bilan bo‘ladigan muloqoti bilan barcha insonlarning e‘tiborini qozonadi. Shuning
uchun Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlaganda bu masalaga jiddiy e‘tibor
beriladi.
Ta‘lim olish uchun maktabga kelgan har bir bola to‘la tarbiya olib kelmaydi.
Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta‘limiy tushunchalarni berishdan
oldin ularda tarbiyaviy masalalar yuzasidan ko‘plab tushuntirish ishlarini olib borish
lozim.
Boshlang‘ich sinfda o‘qituvchi bolalar ongini, dunyoqarashini qaysi tomonga
bursa, ularning fikrlarini nimalar bilan boyitsa bu
narsalar o‘quvchilarning
xotirasida saqlanib qoladi. Zero, yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh
kabidir, - deb bejiz aytilmagan. Shu jihatdan boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslari
muhim o‘rin tutadi. Odob-axloq, hulq-atvor, do‘stlik, o‘rtoqlik, vatanparvarlik,
mehnatsevarlik kabi barcha insoniy tuyg‘ular asosan o‘qish darslarida singdirib
boriladi.
Maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta‘lim-tarbiya berish jarayoni
tarbiyaning jamiyatimiz talab qiladigan maqsad hamda vazifalarni bajaruvchi,
mavjud bilimga ega bo‘lgan muallimlarning muayyan maqsadga qaratilgan ongli
faoliyati natijasida vujudga keladi15. Maktabda o‘quvchilarning ta‘lim jarayonini
takomillashuvi
ta‘lim-tarbiya nazariyasidagi
barcha masalalarni
maktabda
ta‘limning mazmuni, ta‘lim printsiplari, o‘qitishning shakl va usul, vositalari,
5
1.
Gapparova T., Shodmonov E., Gulomova X. Ona tili . 1-sinf uchun. T Sharq‖, 2005-yil
15
ta‘limni tashkil etish shakllari va bir qator vazifalarini mas‘uliyat bilan bajarishni
o‘qituvchilardan talab qiladi.
Boshlang‘ich sinflarda ta‘lim-tarbiya ishlarini doimiy va uzviy bog‘liq holda
olib borish kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘qish darslari orqali ta‘lim va
tarbiyaviy bilimlar berib boriladi. Darslar davomida o‘quvchilarga xulq insonning
xatti-harakatida, insonlarga bo‘lgan munosabatida, jamoat joylarida o‘zini tutishda,
odobida namoyon bo‘ladigan iinsoniy tuyg‘u ekanligi haqida tushunchalar berib
borish zarur. Insonning xulqi uning har bir harakatida yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.
Inson hulqi tufayli jamiyat orasida Shuhrat qozonadi, biror mavqega ega bo‘ladi
yoki badnom bo‘lib, yoqimsiz bir shaxsga aylanib qolishi mumkinligini darslikda
berilgan ta‘lim-tarbiyaga oid asarlar orqali ularni tasavvur va tushunchalarini
kengaytirib
borish
lozim.
Boshlang‘ich
isnflarda
o‘qitiladigan
har
bir
umumlashtiruvchi o‘qish darslari ta‘limiy, tarbiyaviy xarakterda bo‘lishi kerak.
Umuman olganda, boshlang‘ich sinf o‘qish darsini o‘tishda dastlab ta‘lim va
tarbiyaga oid bilimlar berib borilishi, kelajak avlodni barkamol o‘sib ulg‘ayishiga
mustahkam zamin hozirlaydi. Hozirgi axborot texnologiyalarning jadal suratda
rivojlanishi ta‘lim tizimi va ta‘lim jarayoniga zamonaviy yondoshuvni toqozo
etaqdi. Ya‘ni bugungi kunda ta‘lim betrish mazmuni va sifati taraqqiyot natijasida
o‘zgarib yangilanib borar ekan endilikda ta‘lim berish usullari va vositalarini ham
o‘zgartishimiz va yangilashimiz lozim bo‘ladi. Ma‘lumki, ta‘limda turli usullar va
o‘qituvchi hikoyasi bilangina ta‘lim sifatini yaxshilashga erishib bo‘lmaydi.
O‘quvchilarga
tegishli
bilimlarni
berishda
va
ularni
har
tomonlama
o‘zlashtirishlariga erishishda turli ta‘lim vositalaridan foydalanamiz. Ular orasida
texnik vosialar o‘qituvchini ishini yengillashtiruvchi va ta‘limni sifatli amalga
oshiriishini ta‘minlovchi muhim vosita hisoblanadi. Bugungi kunda, ayniqsa, ta‘lim
sifatini oshirish maqsadida turli xildagi texnik vositalar ishlab chiqilmoqda yoki
ta‘lim yo‘nalishlarida
foydalnish uchun moslashtirilmoqda. Ushbu texnik
vositalariga avvallari magnitafon, kadaskop, televizor, filmaskop kabi bir qator
vositalar kirgan bo‘lsa, bugungi kunda ular o‘rnini videoproyektor, kompyuter,
kompyuter ekranlari kabi zamonaviy texnik vositalar egallamoqda. Texnik vositalar
16
deganda faqatgina yuqorida keltirib o‘tilgan vositalarnigina tushunmasligimiz
lozim. Texnika vositalari qaysi fanda qo‘llanilishiga qarab turli tuman bo‘lishi
mumkin. Masalan, fizika yoki kimyo fanlarida qo‘llaniladigan yoki biologiya
fanlarida qo‘llaniladigan ayrim texnik vositalar o‘rnini kompyuter ham bosa
olmaydi. Masalan: mikroskopni olaylik. Mikroskop o‘ta mayda detallarni
kattalshtirib beruvchi qurilma hisoblanadi. U bajaradigan vazifani jonli tarzda
kompyuter amalga oshira olmaydi. Lekin ijtimoiy fanlarni o‘tishda kompyuter yoki
shunga o‘xshash texnik vositalar yetarlidir.
Ta`lim-tarbiya jarayonining sifati va samararadоrligini оshirish ko`p jihatdan
ta`lim vоsitalari bilan qay darajada ta`minlanganligiga bоg`liq bo`ladi. Ta`lim
vоsitalari – o`qitilishi va o`rganilishi lоzim bo`lgan bilimlarni beruvchi har qanday
axbоrоt tashuvchi vоsitalardir. Ta`lim vоsitalarini fоydalanilishi jihatidan quyidagi
3-qismga ajratish mumkin:
ta`lim оluvchi uchun dars o`tkazish uchun. Quyidagi chizmada ta`lim
vоsitalarining turlarikeltirilgan.
Bundan tashqari ta`lim vоsitalarini xususiyatlariga ko`ra 3 turga ajratish
mumkin: bоsma, texnik va real vоsitalar.
Nazariy darslarda ta`lim beruvchilar asоsan matnli va yordamchi
vоsitalardan, misоl uchun darsliklar va tarqatma materiallardan hamda kоmp yuter
vоsitalaridan fоydalanadilar.1
Amaliy mashg`ulоtlarda ular ko`prоq tasvirli va real vоsitalardan, ya`ni eskiz,
chizmalar va asbоb-uskunalardan fоydalanadilar. Оvоz va tоvushli (videо),
shuningdek, tasvirli tasavvurlarni shakllantiradigan audiоvizual vоsitalar jarayonlar
va vazifalar to`g`risidagi keng qamrоvli real tasavvurlarni vujudga keltiradi.
Yordamchi vоsitalar buning aksi o`larоq tasvir va matnlarni yozib оlish imkоnini
beradi. Ular dоska, flipchart, pinbоrd dоskasi, kоdоskоp, videоprоektоr kabilardir.
Ish sоhasiga tegishli real narsalar, ya`ni mahsulоtlar, asbоblar va bоshqalar
dars paytida didaktik funktsiyaga ega bo`lsa, o`quv vоsitasi sifatida qo`llanilishi
mumkin.
Ta`lim
vоsitalaridan
fоydalanishda
ularni
muayyan
maqsad,
mo`ljallangan guruh, mahsus sоha va metоdlarga mоs hоlda tanlash muhim o`rin
17
tutadi. Bundan tashqari ta`lim beruvchi o`quv va ko`rgazmali vоsitalarni ishlata
оlishni va ulardan maqsadga muvоfiq va оqilоna tarzda fоydalanishni bilishi kerak.
Kоmp
yuter
vоsitalaridan
fоydalanayotganda
yuzaga
keladigan
texnik
muammоlarni hal qila оladigan bo`lishi lоzim.
Ta`lim jarayonida zamоnaviy axbоrоt texnоlоgiyalarini qo`llash. Axbоrоt
оbyektlar, hоdisalar, jarayonlar haqidagi xabarlar to`plamidir. Оlingan axbоrоtlar
belgili, matnli va grafikli ko`rinishda ifоdalanadi. Belgili ko`rinishdagi axbоrоt
asоsan harflar, raqamlar, belgilar ko`rinishidan ibоrat bo`ladi. Undan turli hоdisalar
haqida murakkab bo`lmagan signallarni uzatish uchun fоydalaniladi. Masalan,
ko`chadagi svetоfоrning yashil chirоg`i transpоrt va оdamlarning harakatlanishini
bildirsa, qizil chirоq esa, aksincha, harakatlanishni taqiqlaydi. Sariq chirоq esa
ko`cha harakatini almashinishi haqida xabar beradi. Matnli ko`rinish axbоrоtni
tasvirlashning deyarli murakkab ko`rinishidir. Bunda ham yuqоrida keltirilganidek,
harflar, raqamlar, matematik
belgilardan
fоydalaniladi. Lekin,
axbоrоtni
tasvirlashda nafaqat mazkur belgilardan fоydalanamiz, balki ularni tutgan o`rni
ham muhim ahamiyatga egadir. Masalan, ―nоk‖ va ―kоn‖ so`zlari bir xil
harflardan ibоrat bo`lsada, lekin turli xil axbоrоtni bildiradi. Matnli belgilardan
amalda juda keng fоydalaniladi. Jahоnda juda ko`plab kitоblar, оynоmalar, kundalik
ro`znоmalar matnli ko`rinishda chоp etilmоqda. Axbоrоtni tasvirlashning juda katta
va murakkab ko`rinishi grafikali ko`rinish hisоblanadi. Bunga turli xil shakllarning
tabiiy ko`rinishi, fоtоgrafiya, chizmalar, sxemalar va rasmlar kiradi. Bir-birimiz
bilan o`zarо almashinayotgan axbоrоtlar nutq yoki yozma shaklda bo`lib, belgili
axbоrоtlar deb ataladi. Ular yozma matnlar, harflar, tinish belgilar, raqamlardan
ibоrat bo`ladi. Оg`zaki nutq ham belgilardan ibоrat, lekin bu belgilar yozma emas
balki оvоzlidir. Tilshunоslar buni fоnemlar deb ataydilar. Fоnemlardan so`zlar
yig`iladi, so`zlardan esa ibоralar hоsil bo`ladi. Yozma belgilar va оvоzlar o`rtasida
to`g`ridan-to`g`ri alоqa mavjud. Dastlab оvоz, so`ngra yozuv paydо bo`lgan. Insоn
nutqini qоg`оzga tushirishning zarurati tufayli, yozuvga ehtiyoj paydо bo`lgan.
18
Alоhida harflar yoki harflar birikmasi nutq оvоzini, tinish belgilar esa pauzalarni,
intоnatsiyalarni ifоdalaydi.6
XX asrning 70-yillarida mikrоprоtsessоr texnоlоgiyasini kashf etilishi va
shaxsiy kоmp yuterlarning hayotimizga keng kirib kelishi, yangi axbоrоt inqilоbini
vujudga keltirdi. Bu inqilоb yangi sоha hisоblanmish,
ya`ni bilimlarni ishlab chiqish uchun yangi texnоlоgiyalar, uslublar, kоmp
yuter vоsitalarini ishlab chiqarish bilan bоg`liq axbоrоt sanоatini rivоjlanishini ilgari
surmоqda. Axbоrоt texnоlоgiyalari, xususan telekоmmunikatsiyaning barcha turlari
axbоrоt sanоatiningeng muhim tarkibiy qismlaridan biridir.
Axbоrоt texnоlоgiyasi – оbyekt, jarayon va hоdisaning hоlati haqidagi yangi
sifat axbоrоti оlish uchun ma`lumоtlar yig`ish, ishlоv berish va uzatishning vоsita
va uslablarning jamlanmasidan fоydalanadigan jarayondir.
Telekоmmunikatsiya – kоmp yuter tarmоqlari va zamоnaviy texnik alоqa
vоsitalari negizida ma`lumоtlarni masоfadan uzatishdir. Zamоnaviy axbоrоt
texnоlоgiyasi kоm yuter texnikasi va alоqa vоsitalari sоhasidagi yutuqlarga
tayanadi. Hоzirda kоmpyuter texnikasi va axbоrоt texnоlоgiyalarining gurkirab
rivоjlanishi turli xil axbоrоtdan unumli fоydalanishga qaratilgan axbоrоt
jamiyatining rivоjlanishiga turtki bo`ldi. Bu jamiyatda ko`pchilik ishlоvchilar
axbоrоt, uning оliy shakli bo`lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, ishlоv berish
va amalga оshirish bilan band bo`ladilar. Axbоrоt jamiyatida kоmp yuterlashtirish
jarayoni оdamlarga ishоnchli axbоrоt manbalaridan fоydalanish, ishlab chiqarish va
ijtimоiy sоhalarda axbоrоtga ishlоv berishni avtоmatlashtirishning yuqоri darajasini
ta`minlashga imkоn beradi. Bu jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun
turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o`zgaradi. Jami faоliyat mahsulоtlarni ishlab
chiqarish va iste`mоl etishga yo`naltirilgan sanоat jamiyatiga nisbatan axbоrоt
jamiyatida tafakkur, bilimlar ishlab chiqariladi va iste`mоl etiladiki, bu hоlatlar aqliy
mehnat ulushining оshishiga оlib keladi. Har bir insоndan ijоdiyotga qоbiliyat talab
etiladiki, natijada bilimlarga bo`lgan ehtiyoj yanada оshadi. Ushbu jamiyatning
6
1.
Kosimova K., Nе'matova A. 2- sinfda ona tili darslari T.: ―Cho`lpon, 2004-yil
19
mоddiy va texnоlоgik negizini kоmp yuter texnikasi va kоmp yuter tarmоqlari,
axbоrоt texnоlоgiyalari, telekоmmunikatsiya alоqalari asоsidagi turli xil tizimlar
tashkil etadi. Jamiyatni axbоrоtlashtirish jarayonida eng muhim tushunchalardan
biri axbоrоt zahiralari hisоblanadi.
Axbоrоt zahiralari – alоhidahujjatlar, axbоrоt tizimlari, ya`ni kutubxоna,
arxiv, fоnd, ma`lumоtlar banklari, shuningdek bоshqa axbоrоt tizimlaridagi hujjatlar
to`plamidir. Hоzirda mul timedia‖ degan so`z kundalik faоliyatimizda juda ko`p
ishlatilmоqda. Ta`limda multimedia texnоlоgiyasini tadbiq etish uchun
dastlab,
―Multimedia nima o`zi?‖ degan savоlga javоb beraylik. Multimedia – tasvirli
ma`lumоtlar bilan ishlashga qоdir bo`lgan vоsita hisоblanadi. ―Multimedia‖ so`zi
lоtincha ―media‖ so`zidan оlingan bo`lib, ―ma`lumоt tashuvchi vоsita‖ degan
ma`nоni
anglatadi.
Mul timediali kоmp yuterlar so`z, musiqa va bоsha оvоzli
ma`lumоtlar, videо ma`lumоtlarni qabul qiladi va ular ustida ishlaydi. Ko`pgina
mutaxassislar bu atamani turli xil izоhlamоqdalar. Ularning fikrlarini umumlashtirib
multimediaga shunday ta`rif berish mumkin: multimedia – bu infоrmatikaning
dasturiy va texnikaviy vоsitalari asоsida axbоrоtning an`anaviy va оriginal turlari
asоsida o`quv materiallarini o`quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan
xоldagi ko`rinishidir. Multimedia hоzirda juda tez gurkirab rivоjlanayotgan
zamоnaviy axbоrоt texnоlоgiyasi bo`lib, u quyidagilarni o`z ichiga оladi:
An`anaviy axbоrоt turlari, ya`ni matn, jadval, turli xil bezaklar va оriginal
axbоrоt turlari, ya`ni nutq, musiqa, videоfil mlardan parchalar, telekadrlar,
animatsiya (оb`ektlarning fazоdagi harakati) ko`rinishidagi axbоrоt turlarini bir
dasturiy mahsulоtda mujassamlashtirilganligi;
Videо va audiо axbоrоtlarini kоmp yuterda qayta ishlash va aks ettirish uning
markaziy prоtsessоr tez harakatchanligi, ma`lumоtlarni uzatish shinasining
o`tkazish qоbiliyati, оperativ va videо-xоtira, katta sig`imli tashqi xоtira, hajm va
kоmp yuter kirish-chiqish kanallari bo`yicha almashuvi tezligini tahminan ikki
baravar оshirilishi talab etiladi; insоn-kоmp yuterli interaktiv mulоqоtining yangi
darajasini ta`minlanishi. Bunda mulоqоt jarayonida fоydalanuvchi ancha keng va har
20
tоmоnlama axbоrоtlarni оladiki, mazkur hоlat ta`lim, ishlash yoki dam оlish
sharоitlarini yaxshilashga imkоn beradi.
Ta`lim
jarayonida
mul
timedia
vоsitalari
yordamida
darslarning
samaradоrligini оshirish hоzirgi kunning dоlzarb masalalaridandir. Rivоjlangan
xоrijiy davlatlarda o`qitishning bu usulini ta`lim sоhasining barcha yo`nalishlari
bo`yicha tadbiq qilinmоqda. Hоzirgi amaliyot shuni ko`rsatmоqdaki, mul timedia
vоsitalari yordamida o`quvchilarni o`qitish ikki barоbar samarali bo`lmоqda.
Mazkur vоsita yordamida o`qitishda an`anaviy ta`lim usullariga nisbatan o`rtacha
30% gacha vaqtni tejash mumkin hamda оlingan bilimlar o`quvchilar xоtirasida
uzоq muddat saqlanib qоladi. Ma`lumki, eshitgan materialning to`rtdan bir qismi
xоtirada qоladigan bo`lsa, o`quvchilarga beriladigan materialning videо (ko`rish)
оrqali amalga оshirsak, axbоrоtni xоtirada saqlanib qоlishi va tasavvur qilish
imkоniyachti 25-30% gacha оrtadi. Shuningdek, mazkur o`quv materiallari audiо,
videо, grafika ko`rinishida mujassamlashtirilgan hоlatda o`quvchilarga berilsa,
materiallarni xоtirada saqlab qоlish 75% ga оrtishi kuzatilmоqda.Ta`lim sоhasida
mul timedia vоsitalari yordamida o`quvchilarga bilim berish quyidagi afzalliklarga
ega: ta`lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurrоq va mukammalrоq
o`zlashtirish imkоniyatining mavjudligi; ma`lumоtlarni vizuallashtirish imkоniyati;
dars jarayonida bilim оlish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkоniyatiga
erishuvi;
Olingan bilimlar kishi xоtirasida uzоq muddat saqlanib, kerak bo`lganda
amaliyotda qo`llash imkоniyatiga erishuvi. Lekin, mazkur vоsitalarni ta`lim
jarayoniga qo`llashning ayrim muammоlari ham mavjud bo`lib, u quyidagilardan
ibоrat:
Ta`lim uchun zarur bo`lgan o`quv materiallarini hamda bоshqa zaruriy
ko`rsatmalarni qo`llanma shaklida kоmp yuter dasturlari ko`rinishida ishlab chiqish;
Ishlab chiqilgan kоmp yuter dasturlari uchun mul timedia elementlarini
qo`llash.
O`quv materiallarini yaratish bo`yicha hоzirda Respublikamizda ma`lum bir
ishlar qilinmоqda. Bunga yetakchi mutaxassislar jalb qilingan bo`lib, o`quv
21
materiallari ta`lim yo`nilishlari bo`yicha yaratilmоqda. Kоmp yuter yordamida
o`quv va didaktik materiallar deyarli prоfessiоnal darajada ishlab chiqilishi mumkin.
Matnni qo`lyozma shaklida tayyorlab оlish kerak. Matn tayyor bo`lgach, uni matni
qayta ishlоvchi dastur, misоl uchun Word dasturi оrqali kоmp yuterga kiritish
mumkin. Grafiklarni kiritish uchun Power Point taqdimоt dasturidan fоydalaniladi.
Ikkala dastur birga matn va grafik kоmbinatsiyasini amalga оshirishga yordam
beradi. Microsoft Power Point – universal, imkоniyatlari keng bo`lgan, ko`rgazmali
grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya
effektlari, оvоz, videоrоlik va bоshqalardan tashkil tоpgan slaydlarni yarati sh
imkоniyatini beradi.7
Slayd – ma`lum bir o`lchоvga ega bo`lgan mulоqоt varaqlari hisоblanadi.
Unda bir maqsad bilan yaratilayotgan namоyish elementlari jоylanadi. Slaydlar
ketma-ketligidan ibоrat tayyor taqdimоtni kоmp yuter ekranida, videоprоektоr
yordamida katta ekranda namоyish qilish mumkin. Taqdimоtni tashkil qilish –
slaydlar ketma-ketligini lоyihalash va jihоzlash demakdir.
Taqdimоt axbоrоt texnоlоgiyasining samaradоrligi ko`p jihatdan taqdim
etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va hоkazоlarga bоg`liq
ekanligini ham unutmaslik lоzim. Power Point dasturi Microsoft firmasining
Windows qоbig`i оstida yaratilgan bo`lib, ushbu dastur prezentatsiya (taqdimоt
qilish, ya`ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo`lgan dasturiy vоsitalardan
biridir. Bu dastur оrqali barcha ko`rgazmali qurоllarni yaratish va ba`zi jоylarda esa
ma`lumоtlar bazasi sifatida ham qo`llash mumkin. Ayrim hоllarda, bu dasturdan mul
timedia vоsitalarini bоshqarish va ularni qo`llab, namоyish etuvchi qurilmalarga
yubоrish vazifalarini ham bajarish mumkin. Power Point dasturida taqdimоt
materiallarini tayyolash quyidagi bоsqichlardan ibоrat.
g`оyaning shakllanishi;
ma`lumоt yig`ish;
reja tuzish;
1.
Ikromova R. G‘ulomova X. Yo`ldoshеva Sh. Shodmonqulova D. Ona tili . 4- sinf uchun T.: ―O‘qituvchi‖,
2007-yil
7
22
matn tanlash;
dizayn tanlash;
animatsiya tanlash.
Taqdimоt materiallarini tayyorlash bоsqichlari. Yuqоridagi chizmadan
ko`rinib turibdiki, taqdimоt materiallarini tayyorlashning birinchi bоsqichi
tayyorlanadigan material bo`yicha g`оyaning shakllanishidir. Ya`ni material kimlar
uchun mo`ljallangan va qanday ko`rinishda bo`lishi to`g`risida yaratuvchida bir
necha g`оyalar shakllanadi. Ikkinchi bоsqichda materiallar bo`yicha kerakli
ma`lumоt yig`iladi. Ushbu ma`lumоtlar mavzuiga taalluqli va aniq maqsadga
qaratilgan bo`lishi lоzim. Aks hоlda keraksiz va fоydasiz ma`lumоtlar yig`ilishiga
hamda vaqtning behuda sarflanishiga оlib keladi. Uchinchi bоsqich – reja tuzish
bоsqichi hisоblanib, unda materillar saralanib оlinadi va mantiqiy ketma-ketlikda
jоylashtirish rejalashtiriladi. To`rtinchi bоsqichda saralab оlingan materiallar
ichidan slaydga beriladigan matn tanlab оlinadi. Slaydlardagi matnlar juda ko`p
bo`lishi maqsadga muvоfiq emas.
23
II.BOB ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA
QAYTA HIKOYALASH TURLARIDAN FOYDALANISH.
2.1. Sinf o’quvchilarini o’qishga tayyorlash. O’qish matnini tahlil qilish,
o’qish turlari; to’g’ri va to’liq o’qitish,ifodali o’qish, o’qish texnikasi.
Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotgan ona tili o’qish darslari adabiyot fanining
tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o’qish va nutq o’stirish bo’limida
o’tkaziladigan mashg’ulotlar mazmuniga; o’quvchilarni to’g’ri, ravon, ma’lum
darajadagi tezlik bilan ifodali o’qishga o’rgatish; bolaning ona - Vatan, uning tabiati
kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g’oyalarini ular ongiga
singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o’quvchilarning bilim, ko’nikma
malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi.
O’qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga
suyanib, hayotga bog’lab o’tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini
ta’minlaydi. O’qish va nutq o’stirishning ta’limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar
bo’yicha o’qish mazmunini o’qish ko’nikmalarining og’zaki va yozma nutqlarini
rivojlantirish usullarini, o’qish mashg’ulotlarining yozma nutq bilan bog’lanish kabi
masalalar aniq kiritilgan.
O’qish darslar davomida o’quvchilar so’zdagi harflarni bir-biriga bog’lab
yozish, so’z va gaplarni kichik hamda bosh harflarni alifbe kitobida berilgan tartibda
yozishga o’rgatiladi.
Boshlang’ich sinflarda o’qish darslari yuqori sinflardagi o’zbek adabiyoti,
tarix, geografiya, biologiya va boshqa fanlarni o’zlashtirish uchun dastlabki asosni
yaratadi. Shuning uchun boshlang’ich sinflardagi o’qish darslariga jiddiy e’tibor
talab qilinadi. O’qish darslarini talabdagidek olib borish uchun o’qituvchi asosan
quyidagilarga e’tibor berishi lozim. 6-10 yoshdagi bolalar bir soatga mo’ljallangan
saboqni sabr toqat bilan tinglay olmaydilar. Ularning ruhiy tuzulishi qoyil harakatda,
xayoli o’yinda bo’ladi. 10-15 minutdan ortiq davom etadigan gaplarni
tinglayolmaydilat. Shu tugayli bu sinflarda ta’lim-tarbiya vazifalari, asosan o’yin,
ashula, qisqa muddatli qiziqarli suhbat, hikoyalash va ifodali o’qish orqali amalga
oshiriladi.
24
Ifodali o’qish turli badiiy va amaliy matnlarni puxta o’zlashtirishning muhim
metodlaridan biri sifatida o’qituvchi uchun kalit rolini bajaradi. Ifodali o’qish
darslarda o’quvchilarning zerikishiga yo’l qo’ymaydi, aksincha, faollashtiradi,
badiiy
asarlarga
qiziqishini
kuchaytiradi,
adabiyotga
havas
uyg’otadi.
O’qish darslarida o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatishning, asosan ikki yo’li bor:
1.
Dars
jarayonida
turli
matn
xarakteridan
kelib
chiqib,
o’quvchi-
larni ifodali o’qishga o’rgatish;
2. O’qish darslari materiallariga berilgan soatlarni qisqartirish hisobiga
maxsus ifodali o’qish dasturlari tashkil etish.Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni
ifodali o’qishga o’rgatish usullari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. To’g’ri o’qish. Birinchi sinfda jiddiy ahamiyat berish talab qilinadi. Har bir
so’z, bo’g’in va tovushni to’g’ri, eshitarli, talaffuz etilishiga erishish lozim.
2. Ongli o’qish. O’quvchi har bir gap, gapdagi so’z, so’zdagi bo’ginlarni
o’qish jarayonida uning ma’nosini tushunib o’qishi kerak.8
3. Tez va ravon o’qish. Sekin yoki juda tez o’qish emas, balki gapirganday,
o’rtacha tezlik sur’atiga amal qilinib, ham to’g’ri, ham ongli, ham sidirig’asiga ravon
o’qishni ta’minlash zarur. Agar o’quvchi, labi labiga tegmay, haddan yashqari tez
yoki aksincha sekin, tutilib o’qisa ko’r - ko’rona, ma’nosiga tushunmay qolishi
mumkin.O’rtacha tezlikda o’qishga o’quvchi harf tovushlarni o’rganayotgan
vaqtdan boshlab asos yaratiladi. Biroq dastlabki o’rinda to’g’ri va ongli o’qish
jarayonidagi o’rtacha tezlik darajasiga erishiladi.To’g’ri o’qishga o’rgatish uchun
quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. So’zlarni bo’g’inlarga bo’lib
o’qish. Masalan: “Fazliddin” Faz-lid-din, ro’z-no-ma. Shuningdek, buzib o’qigan
ayrim so’zlarni to’g’ri o’qiy olmasa uni bo’g’in tovushlarga bo’lib o’qigan ayrim
so’zlarni ovoz chiqarib takror o’qish. Tez aytish ham ancha foydali usullardan
hisoblanadi. Ongli o’qishga o’rgatish uchun notanish so’zlarga izoh berish, matn
yuzasidan berilgan savol topshiriqlarni o’rgatish matn yuzasidan savollar tuzish, reja
asosida matn mazmunini qisqartirib, kengaytirib so’zlash kabi usullar ham muhim
8
1.
Abdullayеva K. va boshqalar. O‘qish ktobi . 2- sinf uchun. T.: 2006-yil
25
yordam beradi.Ravon o’qishda matndagi tinish belgilariga amal qilinishi lozim.
Ifodali o’qishga o’rgatishning eng muhim usullaridan biri o’qituvchining namunali
ifodali o’qishidir. Buning uchun o’qituvchi o’qitishning pauza, urg’u, ohangi, sur’at
kabi texnik-nazariy vositalari haqida yetarli bilim mahoratga ega bo’lishi, og’zaki
nutq madaniyatini puxta egallashi lozim.
2.2. Matn ustida ishlash, matnni mazmunini idrok etishni tekshirish,
matnni tahlil qilish.
O’qish mashg’ulotlarini o’tkazish jarayonida o’quvchilar nutq faoliyatining
asosiy ko’rinishi bo’lgan ko’nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o’quvchilarning
bog’lanishli nutqini o’stirish, nutq madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi. 1sinfda o’quvchilar matnni ongli, to’g’ri va bo’g’inlab sidirg’a o’qishni o’rganadilar
o’qish darslaridagina emas, balki barcha predmetlar yuzasidan o’tkaziladigan
darslarda hamda darsdan va maktabdan tashqari uyushtiriladigan mashg’ulotlar
jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat berishi zarur. Bolalar o’qilgan
asarlar yuzasidan berilgan savollarga javob berishga o’rganadilar. Matn ustida
ishlash o’qituvchi rahbarligida olib boriladi.
2-sinfda o’quvchilarga so’zlarni butunligicha sidirg’asiga o’qish malakasi
shakllanadi. O’qishning to’g’ri ifodali bo’lishiga erishiladi. O’qish sur’ati
tezlashadi. Bu sinfda o’quvchilar matnning ayrim qismlarini, qisqa hikoyalarni
ichida mustaqil o’qishga o’tadilar. Matn ustida ishlash murakkablashib boradi.
Bolalar
o’qituvchi
rahbarligida
asarning
asosiy
mazmunini
aniqlaydilar,
qahramonlarning hatti xarakatini ifodalovchi so’z va iboralarni topishga, voqeahodisalarni so’z bilan tasvirlashga o’rganadilar. Ularda so’z boyliqga talab ortadi.
3-sinfda so’zlarni butunicha sidirg’a o’qish ko’nikmasi to’la shakllanadi. So’zlarni
to’g’ri tanlashga, gap qurilishidagi so’zlarning bir-biriga bog’lanishidan to’g’ri
foydalanishga talab etiladi.9
9
1.
Umarova M. , Hakimova Sh. O‘qish kitobi. 3- sinf uchun, T.: 2006-yil
26
4-sinfda o’quvchilar so’zlarni bo’g’inlamay sidirg’a o’qishlari, matnni tez,
to’g’ri, ongli o’qiy olishlari kerak. Bu sinfda o’quvchilarni bo’g’inlab o’qishga yo’l
qo’ymaslik kerak .10
Bolalar o’qilgan matn mazmunini mustaqil ravishda qayta hikoya qilishlari,
matn yuzasidan sodda reja tuza olishlari, uning asosiy mazmunini ajrata olishlari,
o’qilgan matnni to’la, qisqartirib tanlab qayta hikoya qilishlari zarur.
Ifodali o’qish va o’zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning adabiy talaffuz
me’yorlari shakllanadi. O’quvchilar nutqining faollashuvi nutqning grammatik
shakllarini to’g’ri qo’llash va to’g’ri talaffuz etish bolalar nutqining ravon ifodali
bo’lishiga yordam beradi. Ifodali o’qishga o’rgatishda:
a) nafasdan to’g’ri foydalana olish;
b) adabiy til talaffuz normalarini yaxshi bilish;
d) so’z bo’g’in va tovushni to’g’ri aniq talaffuz etish.
O’qish vaqtida badiiy asar namunasida ifoda etilgan his tuyg’uni, yozuvchi
yoki qahramonning ichki kechinmalarini asarning mazmunini yecha olishga
erishish. O’qishdagi normal tezlik o’qilganning ma’nosini to’liq anglab olishga
yordam beradi. Normal tezlikda o’qish orqali bola gapdagi asosiy mazmunni
anglaydi. Aksincha, ortiq darajada o’qish orqali mazmunini tushunishga to’sqinlik
qiladi. O’qish tezligini rivojlantiruvchi asosiy shartlardan biri to’g’ri o’qishdir.
O’qish tezligini oshirish uchun bola ravon o’qiydigan bo’lishi kerak. 1-sinfda
o’quvchilar o’qish tezligi davlat talablariga nisbatan 25-30 so’zdan iborat bo’lishi
kerak. 2-sinfda esa 40-50 so’z, 3-sinfda 60-70, 4-sinfda 80-90 so’zdan iborat bo’lishi
kerak. O’qish tezligi o’qilayotganning ma’nosini tushunish va qabul qilishga
bog’liq. Juda sekin o’qish ham ongli bo’lishga halaqit beradi. O’qituvchining o’qish
tezligi yuzasidan ko’rsatilgan namunasi uning normal holatda so’zlashish tempiga
teng kelishi kerak. O’quvchilarni ham shunday o’qishga o’rgatish lozim. O’qish
tezligini normallashtirishda quyidagi usullardan foydalanish lozim.
1. Normal tezlikda o’qish namunasini ko’rsatish.
10
1.
Gulomova X. Yo`ldoshеva Sh.Shеrmatova U. 4- sinfda
27
ona tili darslari. T.:―O‘qituvchi‖, 2003-yil
2. Ichida o’qish yuzaki bo’lmasligi uchun topshiriqlar berish yo’li bilan
tekshirish.Ovoz chiqarib o’qishda o’qilganning mazmuni yuzasidan savollarga
javob olish. Bunda ba’zi o’quvchilarning tekst mazmuniga qaramay tez o’qishlariga
chek qo’yiladi.Ular o’qiganning mazmunini aytib berishga to’g’ri kelishini o’ylab
o’qiydigan bo’ladilar.Dialogdan o’qitish. Bunda bir o’quvchi savolni o’qisa ikkinchi
javobni o’qiydi.She’r yodlash. Bolalar she’rni o’rta tezlikda o’qishlari kerak. Aks
holda ularning o’qishlari ifodali bo’lmay qoladi.
O’qish tezligi muhit hisobiga o’lchanganda so’z yoki harf sanaladi.
Matn qismlarini navbat bilan o’qitish. Bunda o’qish tezligi past bolalar tez
o’qiydiganlarga tenglashgisi keladi. Yoki aksincha.
Boshlang’ich sinfni tugatdan o’quvchilar o’qish ko’nikmalari quyidagicha
bo’lsa davlat talabiga hos bilimga ega bo’ladilar.
Adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilgan holda ongli to’g’ri ongli va o’rtacha
tezlikda (ovoz chiqarib) bir daqiqada 90-100, ifodali va ichdan 110-130 so’z
o’qisalar.
Sinfda o’tilgan asar yoki asardan parchani mustaqil tarzda ifodali o’qish, o’sha asar
yoki parcha qanday mavzuga bag’ishlanganini aniqlash, unda ishtirok etuvchi
qahramonlarga munosabat bildirish. Qahramonlarning fe’l atvori, xatti harakatlariga
qarab ovoz ohangini o’zgartirish, matndagi urg’u tushadigan so’zlarni aniqlash,
pauza qilinadigan o’rinlarni ajratish.
“Ta’lim to’g’risida” gi Qonun, ‘Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da ta’lim
berishning yangi usullarni izlab topish va uni tadbiq qilish borasida ko’p aytilgan.
Shu nuqtai nazardan boshlang’ich sinflarda ham dars o’tish jarayonini
takomillashtirish uchun izlanishlar olib bormoqdamiz. Shu bois o’qish darsida ayrim
mavzular quyidagi usulda bayon qilinsa, bu mavzu materiallari o’quvchilar
tomonidan osonlikcha o’zlashtirib olinadi.
Tanlab o’qitish:
a) Mirak naqqosh navkariga yalinib-yolvorgan qismigacha o’qing.
b) Mirak naqqosh Ulug’ amirning shartini qabul qilgan qismigacha o’qing.
Lug’at ustida ishlash: Munshiy jome masjid, tilxat, falakning gardishi, boshni
28
tanadan judo qilish kabi so’z va iboralar. Yangi mavzuning bayoni: Asarni o’qishga
tayyorgarlik. O’qituvchining hikoyasi. Shoh va shoir Mirzo Bobur temuriylar
avlodidan edi. U taqdir taqazosi bilan Hindistonga borib, uyerda katta davlat tuzdi.
Shu yurtni obod qilishga o’z hissasini qo’shdi. Bobur nafaqat shoh, balki shoir,
tarixchi, biolog, musiqachi va me’mor ham bo’lgan. Uni dovyurak, jasur va epchil
bo’lgani uchun “Bobur”, ya’ni “Yo’lbars” deb ataganlar. Bobur Hindistonda yashar
ekan, o’z yurtini. Andijonu Farg’onaning so’lim bog’larini, shirin-shakar mevalarini
qo’msaydi.
Shuning uchun u Hindistonda go’zal bir bog’ yaratadi. Bu bog’da shirinshakar mevalar yetishtiriladi, polizda esa piyoz, sabzi bodring, tarvuz bitadi ammo
handalak bilan qovun bo’lmaydi. Shoh ketma-ket 3 yil qovun ektiradi, biroq
dehqonlar yerdan qovun olisha olmaydilar. Shoh Bobur bu yil ham qovun ekib
pishirmasalaring, hammangizni jazolayman deb g’azablanadi.
29
XULOSA.
Xulosa shundan iborat bo’ldiki, odatda o‘qituvchining o‘quvchilargi bir xil
qolipda dars o‘tishi an'anaga aylangan. Endilikda esa o‘quvchilarga mustaqil
topshiriq bеrish, darsga mustaqil tayyorgarlik ko‘rib kеlish, bеrilgan mavzu
yuzasidan erkin fikr bildirishni yangi usulda dars o‘tishni asosi dеb bilamiz.
Noan'anaviy usulda biz o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruhlarga bo‘lib dars
o‘tishimiz mumkin. Bunda har bir o‘quvchi bilan yakka tartibda ishlashga imkoniyat
bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda dars o‘tishda asosan o‘yin uslubidan, modulli
tеxnologiyadan fanlararo intеgratsiyadan foydalanish mumkin. Bu usullarning
hammasi ham bolalardan mustaqil ishlashni, o‘z fikrini erkin bayon etishni, kеng
fikrlashni talab etadi.
O‘quvchi faol bo‘lishi uchun, avvalo o‘qituvchi faolligi talab etiladi.
Darhaqiqat faollik-buguning eng muhim tushunchasi. Chunki, Vatanimiznng
ravnaqi, ta'lim taraqqiyoti ko‘p jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi bilan
chambarchas
bog‘liq.
Afsuski,
faollikka
daxldor
ommaviylik
borasida
muammolarning borligi sir emas. Qirq daqiqa davom etadigan dars jarayonida bir
og‘iz so‘zlamaydigan ―indamas‖ o‘quvchilar,
darslikdan ko‘z olmaydigan
o‘qituvchilar oramizdan ko‘plab topiladi.
Biz adabiyotlar tahlili va tajriba – sinov natijalariga sutangan holda quyidagi
uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqdik.
Boshlangg‘ich sinf o‘qish darsligidagi 8-mart mavzusiga oid mavzularni
o‘tishda:
Bugungi kunda o`quvchilar ma'naviyatini shakllantirishga va rivojlantirishga
kuchli ehtiyoj mavjudligini hisobga olgan holda, nafaqat yuqori sinf o`quvchilari
ta'lim dasturida, balki boshlang`ich sinf o`quvchilari darsliklarida ham hadislardan
o`rinli ravishda foydalanib borish, o`quvchilar ma'naviyatini shakllantirish
vazifalari davrimizning eng dolzarb muammolari hisoblanadi. Bu muammolar
o`quvchilarda yuksak ahloqiy fazilatlar: mеhr– oqibat, halolik, insonparvarlik,
vatanparvarlik, hurfikrlilik, odamiylik kabi sifatlarni kamol toptirishga xizmat
qiladi. qolavеrsa, bunday ilmiy–amaliy va o`quv jarayoni boshlang`ich sinf
30
o`quvchilariga dars o`tishda hadislardan unumli va o`rinli foydalanish, ta'limning
shakl va usullari uyg`unlashuvini kеltirib chiqaradi. Xususan, suhbat, bahs–
munozara, aqliy hujum usullari, har xil tadbirlar va to`garaklar tashkilida, dars
mashg`ulotlarini, ilg`or pеdagogik tеxnalogiyalar asosida tashkil etish natijasida
hadislarni o`quvchilarga o`rgatish maqsadning
tеz va
aniq
bajarilishini
ko`rsatadi.Umuman, yakuniy xulosa qilganimizda, boshlang`ich sinf o`quvchilari
ma'naviyatini
ona
haqidagi
asrlar
vositasida
shakllantirganimizda
boshlang`ich sinf o`quvchilari ma'naviy dunyosiga mos kеluvchi va ulardagi fikrlar
ko`lamini kеngaytiruvchi, bunyodkor g`oyalarni shakllantiruvchi, ma'naviy
bo`shliqning oldini oladigan, ta'lim tizimidan chеtga chiqmagan dastur ishlab
chiqishimiz zarur. Va o`z navbatida ushbu dastur boshlang`ich sinflarda hadislarni
o`qitish uchun o`quv qo`llanmada kеltirilgan didaktik o`yinlar, to`garak
tashkillashtirish ishlari, bеrilgan badiiy kеchalardan sinfda va sinfdan tashqari
ishlarni bajarish va olib borish jarayonida unumli foydalanish mumkin.
31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1. Mirziyoyev Sh. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish –
xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevori //
Xalq so‘zi. –Toshkent, 2017. – 4-avgust.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbеkiston taraqqiyotining poydеvori.
T.: 1998.
3. O‘zbеkiston Rеspublikasining «Ta'lim to`g`risida» Qonuni. T.: 1997
4. Boshlang‘ich
sinflarning takomillashtirilgan davlat ta'lim
standarti.
5. Abdullayеva K., Nazarov K., Yo`ldoshеva Sh., Savod o‘rgatish
darslari. T.: O‘qituvchi‖, 1996-yil
6. Gulomov M. Yozuv daftari. T., ―Ma'naviyat, 2006 -yil
7. Safarova R. Va b. Savod o`rgatish. T.: ―Ma'naviyat. 2003-yil
8. Abdullayеva K. va boshqalar., Ona tili., T.: ―O‘qituvchi, 1999-yil
9. Gapparova T., Shodmonov E., Gulomova X. Ona tili . 1-sinf uchun.T
Sharq‖, 2005-yil
10.Gulomova X. Gafforova T. 1- sinfda ona tili darslari. T.: ―Sharq, 2003yil
11.Kosimova K. Fuzailov S. Nе'matova A. Ona tili., 2- sinf uchun T.:
―Cho`lpon, 2005-yil
12.Kosimova K., Nе'matova A. 2- sinfda ona tili darslari T.: ―Cho`lpon,
2004-yil
13.Ikromova R. G‘ulomova X. Yo`ldoshеva Sh. Shodmonqulova D. Ona
tili . 4-sinf uchun T.: ―O‘qituvchi‖, 2007-yil
14.Gulomova X. Yo`ldoshеva Sh.Shеrmatova U. 4- sinfda
darslari.
ona tili
T.:―O‘qituvchi‖, 2003-yil
15.Gaffarova T. va boshqalar . O‘qish kitobi . 1-sinf uchun. T. : 2006-yil
16.Gaffarova T. va boshqalar. 1-sinfda o‘qish darslari . T. : 2003-yil
32
17.Abdullayеva K. va boshqalar. O‘qish ktobi . 2- sinf uchun. T.: 2006yil
18.Abdullayеva K. va boshqalar. 2- sinfda o‘qish darslari , T.: 2004-yil
19.Umarova M. , Hakimova Sh. O‘qish kitobi. 3- sinf uchun, T.: 2006-yil
20.Umarova M . 3- sinfda o‘qish darslari , T.: ―O‘qituvchi‖, 2004 -yil
21.Matchonov S. Shojalilov A. G‘ulomova X. Sariyеv Sh.
kitobi, 4- sinfuchun. T.: 2007-yil
33
O‘qish
Download