Uploaded by nabiyevproduction

KOREA BANK TIZIMI 2023

advertisement
Mavzu: Janubiy Korea bank tizimi.
REJA:
1.Kirish.
2.Janubiy Korea bank tizimining rivojlanish jarayoni.
3. Janubiy Korea markaziy bankining asosiy maqsadi va vazifalari.
4. Janubiy Korea tijorat banklarining operatsiyalari va ularning
Funksiyalari,vakolatlari.
5. Janubiy Korea bank tizimining joriy holati va uning tahlili.
6. Foydalanilgan adabiyotlar.
1.KIRISH
Dastlabki banklar qachon va qanday paydo bo`lganligini aniqlash ancha qiyinchilik
tug`diradi. Gap shundaki, hozirgi davrda banklar faoliyati xususiyatidan kelib
chiqib turlicha bo`lgan operatsiyalarni bajaruvchi universal moliyaviy
tashkilotlarni o`zida namoyon qiladi. Masalan, birinchi darajali toifaga kiruvchi
chet el banklari o`z mijozlariga 300 dan ortiq turli xil xizmatlarni ko`rsatadilar. Bu
operatsiyalarning va xizmatlarning barchasi bir vaqt va bir joyda paydo
bo`lmaganligi sababli ham bank ishining "boshlang`ich" nuqtasini aniqlash aniq
tadqiqodlar olib borishni va ular asosida ma`lum bir fikrlarni mujassamlashtirishni
talab qiladi. Banklarning paydo bo`lishi tarixi bo`yicha ba`zi bir fikrlar to`g`risida
siz tushunchaga egasiz.
Uzoq yillar davomida jamiyatning rivojlanishi va unga mos tovar - pul
munosabatlarining o`sib, takomillashib borishi banklarning operatsiyalari va
ko`rsatadigan xizmatlari ko`lamining kengayib borishiga, jamiyat a`zolarining
pulga bo`lgan talabining oshib borishiga olib kelgan. Davlat, jismoniy va yuridik
shaxslarning manfaatini muvofiqlikda olib borish, davlat va jamiyat a`zolarining
pul mablag`lariga bo`lgan talablarini qondirgan holda davlatning iqtisodiy jihatdan
o`sishi va barqarorligini ta`minlash maqsadida banklar o`rtasida ular bajaradigan
funksiya va operatsiyalar ko`lami taqsimlana borgan, ya`ni davlat nomidan, davlat
manfaatlarini himoya qilgan holda faoliyat ko`rsatuvchi banklar va alohida jamiyat
a`zolari bilan ishlovchi banklar yoki yuqoridagi ikki yo`nalishni ham o`zida
mujassamlashtirgan banklar shakllana borgan.
Hozirgi zamonda jahonda umum qabul qilingan tizim bo`lib, ikki pog`onali bank
tizimi xizmat qiladi va u davlat Markaziy banki va tijorat banklari tarmog`ini o`z
ichiga oladi.
2. Janubiy Korea bank tizimining rivojlanish jarayoni.
Korea zamonaviy bank tizmi XIX asr oxirida Yapon kapitali bosimi ostida
shakllanishni boshlagan.1878 yilda Yaponning birinchi markaziy banki Pusanda
o’z faoliyatini boshlaydi.Bank Yapon banknotali emmisiyasini va boshqa turli
bank operatsiyalarni bilan shug’ullangan,lekin shunga qaramay mamlakatda Korea
metall pullar ham ishlatilar edi.Keyinchalik Yapon banklari Koreada bir qator o’z
filiallarini ochishgan.1909 yilda Koreaning birinchi Markaziy banki tashkil qilinib,
unga Yaponiyaning markaziy bankidan milliy banknotalar emissiya huquqi
berilgan.1945 yilda mamlakat ozod qilungunga qadar,Korea bank tizimi,yuqorida
ko’rsatilgan banklardan tashqari,ikki tijorat bankdan,Choson jamg’arma banki
moliyaviy assosatsiyalar federasiyasidan tashkil topgan.
Chason jamg’arma banki asosan yapon hukumti obligatsiyalarni uzoq muddatli
moliyalalashtrishga mablag’larni kiritgan,moliyaviy assosatsiyalar
qarzlar(zayom)berishga ixtisoslashgan edi.Shunday qilib,xali yapon okkupasiyasi
davrida Korea ikki bosqichli bank tizimiga asos solingan edi,ammo Korea banklari
Yaponiya iqtisodiy manfaatlariga xizmat qilar edi.
Kores urushi yakunlangandan keyin (1950-1953), banklar oldida turgan asosiy
vazifa iqtisodiy tiklanish uchun muxum bo’lgan sanaot va qishloq xo’jaligi
loyxalarni moliyalashtirish edi.Bank kapitali to’liq hukumat tomonidan
moliyalashtirilgan edi.1956 yilda moliyaviy assosiyalar fediratsiyasi Korea
xo’jaligi banki nomiga o’zgardi.
KOREA MARKAZIY BANKI
Koreya banki ( koreys. dahanghai ) — Koreya Respublikasining Markaziy banki.
Koreya bankining asosiy vazifasi narx barqarorligini saqlashdir. 2010-2012 yillar
uchun asosiy vazifa inflyatsiya darajasini 3,0 ± 1% darajasida saqlab kelmoqda.
U 1950-yil 12-iyunda Seulda Koreya banki to‘g‘risidagi qonunga muvofiq tashkil
etilgan. Dastlabki bosqichda bankning ustav kapitali 1,5 milliard von etib
belgilandi, barcha mablag‘lar hukumat tomonidan taqdim etildi. 1962-yilda
qonunga kiritilgan o'zgartirish Bankni umuman kapitalga ega bo'lmagan maxsus
yuridik shaxsga aylantirdi. 1998-yil 1-apreldan boshlab moliyaviy nazorat tizimi
banklar, qimmatli qog'ozlar va sug'urta biznesi ustidan kompleks nazoratga
o'tganligi sababli Koreya banki Markaziy bankning tipik funktsiyalarini bajara
boshladi.
Koreya Markaziy bankiga 1950yil 12 iyun kuni asos solingan. Uning bosh
maqsadi, hozirgi kunga qadar, milliy valyutani chiqarish, monetar va kredit
siësatlarini yuritish, chet el valyutalari kurslarini nazorat qilish, mamlakat moliya
tizimi to‘g‘risida statistik maʼlumotlarni yig‘ish va tadqiqot qilish, xususiy banklar
faoliyatini tartibga solishdir. Koreya banki davlatga kredit berishni amalga oshirib,
davlatning mamlakat banklarini tartibga solish siyosatini amalga oshiruvchi
hisoblanadi. Janubiy Koreyaning barcha banklari kredit layoqatligi Markaziy bank
tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Ixtisoslashgan banklar XXasrning 60-yillarida shakllana boshlagan. Asosan ular
iqtisodiyotning yetakchi tarmoklarini qo‘llab-quvvatlash
maqsadida tashkil etilgan(besh yillik iqtisodiy rejalar asosida). Hozirda
ixtisoslashgan banklar asosan qishloq xo‘jaligi (National Agricultural
Cooperative Federation), baliqchilik (National Federation of Fishes
Cooperatives), tashqi savdo (Export-Import Bank of Korea) va sanoat (Industrial
Bank of Korea) tarmoqlarida faoliyat olib boradi.
1960yilda iqtisodiyotni rivojlanishini tezlashtirish zarurati
tufayli, bank tizimini qayta shakllantirish boshlandi. 1961yilda
tijorat banklarining aksionerlik kapitalining katta qismi davlat tassarufiga
o‘tkazildi, Koreya Banki to‘g‘risidagi qonunga esa pul siyosatini samarali
oshirilishi uchun o‘zgartirishlar kiritildi.
Keyinchalik, bank tizimi iqtisodiyotning yangi ehtiyojlari asosida qayta ko‘rib
chiqildi. Hududlarning barqaror rivojlanishi uchun
provinsiyalar banklari ochildi. Tashqi savdoning o‘sishi va iqtisodiyotning
baynaminallashuvi bilan bir qatorda mamlakatda horijiy banklar filiallari ochila
boshladi.
1960yillarda davlatning tijorat banklariga nisbatan bosimi orta
boshladi. Xususan, shu davrda, daromadlarini davalatdan bekitishga harakat qilgan
banklar aksiyalari musodara qilingan. Bu o‘n yillikning oxiriga kelib, hukumat
mavjud bank tizimi, iqtisodiyot rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan, investitsiya
mablag‘lariga o‘suvchi talabni qondirish imkonini yaratib berolmasligini tushunib
yetdi. Shu tufayli investitsiyalar manbai doirasini turli hildagi nobank kreditmoliyaviy muassasalarini tuzish, hamda qimmatli qog‘ozlar bozor rivojlanishini
rag‘batlantirish orqali kengaytirishga harakat qilingan.
60-yillarning oxiriga kelib, uzoq muddatli moliyalashtirish maqsadida Koreya
rivojlanishining moliyaviy korporatsiyasi-xususiy kredit-moliyaviy muassasa
tashkil etildi, keyinchalik uzoq muddatli kredilash Koreya banki nomi bilan
o‘zgartirildi. Shuningdek, eksportga hamda xorijiy investitsiyalarga moliyaviy
yordam ko‘rsatish maqsadida Koreya Eksport-import banki ochilgan edi.
1972yilda prezidentnig "qora bozor" Dagi mablag‘larni shakllangan fond bozoriga
jalb qilish to‘g‘risidagi favkuloda farmoni chiqqandan keyin, savdo korxonalari
tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bilan qisqa muddatli operatsiyalarni
amalga oshirish uchun investitsiya-moliyaviy kompaniyalar tuzilgan. 1974 yilda
xorijiy kapitalni jalb qilish va tadbirkorlarni o‘rta va uzoq muddatli kreditlar bilan
ta’minlash maqsadida savdo bank korporatsiyalari ta’sis etilgan.
Janubiy Korea valiyutasi:
Qimatli kogozlarga kapital kiritishni rivojlantirishiga qaratilgan bir qator choratadbirlar tufayli 1972yilda fond bozori keskin rivojlana boshladi.
3. Janubiy Korea markaziy bankining asosiy maqsadi va vazifalari.
Koreyaning Markaziy banki sifatida Koreya Bankining asosiy vazifasi narxlar va
moliyaviy bozorning barqarorligini ta’minlab, milliy iqtisodiyotning barqaror
rivojanishini ta’minlashdir.
Korea bank tizimining xususiyatlari:
Koreyada moliyaviy institutlar banklar, nobank moliyaviy institut- lari,
tadbirkorlik faoliyati subyektlari moliyaviy investitsiyalari, sug‘urta kompaniyalari
va moliyaviy xolding kompaniyalaridan tashkil topgan. Koreya bank tizimi
dunyoning ko‘plab mamlakatlari singari ikki darajali bo‘lib, birinchi pog‘onada
Markaziy Bank ya’ni Koreya banki va ikkinchi pog‘onada tijorat banklari va
ixtisoslashgan banklar turadi. Koreyada tijorat banklari "Banklar faoliyati
to‘g‘risidagi qonun" asosida tartibga solinib, umummilliy banklar, mahalliy
banklar va xorijiy banklar filiallarini birlashtiradi. Ixtisoslashgan banklar "Banklar
faoliyati to‘g‘risidagi qonun" asosida emas, balki, maxsus konunchilik asosida
faoliyat yuritadilar.
Bank tizimini tashkil etishdan maqsadi:
1. Banklar qarz qoplashi.
2.Qulay investitsiya muhitini yaratish.
4. Janubiy Korea tijorat banklarining operatsiyalari va ularning
Funksiyalari,vakolatlari.
Koreya bankining vazifalari:
Koreya banki pul-kredit siyosati qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan nominal,
dizayn va oʻlchamdagi banknotlar va tangalarni chiqarish boʻyicha mutlaq
huquqlarga ega. Banknotlar va tangalar, istisnosiz, barcha operatsiyalar uchun
mamlakat ichida qonuniy to'lov vositasi maqomiga ega. Hozirda 1000 von, 5000
von, 10 000 va 50 000 von nominalidagi banknotalar (4 turdagi), shuningdek, 1, 5,
10, 50, 100 va 500 von nominalidagi tangalar (6 xil) muomalaga chiqarilmoqda.
1.Pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
2.Kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
3.Milliy valyuta zaxirasini boshqarish;
3."Banklar uchun bank" funktsiyasi;
4.Davlat banki funksiyasi;
5.Mamlakatning valyuta zaxiralarini boshqarish.
Markaziy Bankning asosiy funksiyalari:
1.Pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
2.Banknota va tanga pullarni muomalaga chiqarish;
3.G‘aznachilik Banki funksiyalarini amalga oshirish;
4.xorijiy valyutani boshqarish;
5.Statistik ma’lumotlarni yig‘ish va iqtisodiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
6.Moliyaviy institutlarlar faoliyati tahlilini amalga oshirish;
7.To‘lov tizimini boshqarish;
Kredit va bank muassasalarining faoliyati:
Janubiy Koreyadagi moliya institutlarini uchta asosiy toifaga bo'lish mumkin:
Markaziy bank, tijorat banklari va sug'urta kompaniyalari, venchur kapital fondlari
va boshqalar kabi bank bo'lmagan sub'ektlar. Janubiy Koreyada zamonaviy moliya
tizimining asoslari 1950-yillarning boshlarida, bank tizimini tartibga solishga
qaratilgan bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan paytda qo‘yilgan. 2002-yilda
6 ta milliy bank, 9 ta hududiy bank, 5 ta ixtisoslashtirilgan bank, 41 ta xorijiy bank
filiallari faoliyat koʻrsatdi. 2004-yil iyun oyida tijorat banklari filiallarining
umumiy soni 4448 tani tashkil etdi.
Janubiy Koreya Markaziy banki 1950-yil 12-iyunda tashkil etilgan. Uning asosiy
vazifasi milliy valyutani muomalaga chiqarish, pul-kredit siyosatini belgilash,
valyuta kursini nazorat qilish, mamlakat moliya tizimi bo‘yicha statistik
ma’lumotlarni o‘rganish va to‘plash, xususiy banklar faoliyatini tartibga solishdan
iborat. Koreya banki hukumatga kreditlar beradi va davlatning mamlakat
banklariga nisbatan faoliyatining dirijyori hisoblanadi. Janubiy Koreyaning barcha
banklari Koreya Markaziy banki orqali o'zlarining kredit qobiliyatini saqlab
qolishadi.
Banklar aktivlari (2004 yil iyun holatiga) quyidagicha taqsimlandi:
1.Milliy banklar: 661 881,6 trln von (80,3%).
2.Ixtisoslashgan banklar: 61 886,2 trln von (7,5%).
3.Xorijiy bank filiallari: 100 196,1 trln von (12,2%)
Janubiy Koreyaning oltin-valyuta zahiralari:
Janubiy Koreyaning valyuta zaxiralari joriy yilning aprel oyi oxiriga kelib, mart
oyiga nisbatan 890 million dollarga ko‘p, 316,84 milliard dollarni tashkil etib,
yangi rekord darajaga yetdi. Buning asosiy sababi Qozog‘istonning yevro va
boshqa xorijiy valyutalardagi qimmatli qog‘ozlari qiymatining oshishi, ularning
kursi o‘sishda davom etgani, deb xabar berdi Koreya Markaziy banki bugun.
Joriy yilning mart oyida mamlakatga xorijiy kapitalning kirib kelishi va Janubiy
Koreya eksportining oshishi hisobiga avvalgi rekord darajadagi 315,95 milliard
dollarga erishilgan edi.
“Tovar-moddiy zaxiralarning ko‘payishi yevro va boshqa valyutalar kursining
oshishi, shuningdek, xorijiy valyutadagi qimmatli qog‘ozlardan olingan foyda
natijasi bo‘ldi”, — deyiladi Janubiy Koreya markaziy banki bayonotida.
Janubiy Koreyaning oltin zahiralariga valyuta qimmatli qog'ozlari va depozitlari,
Xalqaro valyuta jamg'armasining zaxira pozitsiyalari, maxsus qarz olish huquqi va
oltin quymalari kiradi.
Valyuta zaxiralari bo‘yicha Janubiy Koreya hozir dunyoda Xitoy, Yaponiya,
Rossiya, Tayvan, Braziliya va Shveytsariyadan keyin yettinchi o‘rinda turadi.
Koreya banki, shuningdek, davlat to'lovlari bilan shug'ullanish va davlat mulkini
boshqarish uchun javobgardir.
Bankning Seuldagi bosh ofisida 14 ta boʻlim, shuningdek, yirik shaharlarda 16 ta
filial va 3 ta vakolatxona mavjud. Shuningdek, yirik xalqaro moliya markazlarida 6
ta xorijiy vakolatxonalar mavjud. Xodimlarning umumiy soni
2183 kishi (2004). Janubiy Koreya Prezidenti tomonidan Moliya va Iqtisodiyot
vazirining tavsiyasiga ko‘ra uch yil muddatga tayinlangan auditor Koreya banki
faoliyatini ko‘rib chiqadi va natijalarini Pul-kredit siyosati qo‘mitasi va hukumatga
hisobot beradi.
5. Janubiy Korea bank tizimining joriy holati va uning tahlili.
Bosh ofis:
Jung tumani, Seul
O'rnatilgan:
12 iyun 1950 yil; 70 yil oldin
Mulkchilik:
100% davlat mulki
Hokim:
Li Ju Yol
Markaziy banki: Koreya Respublikasi
Valyuta:
Janubiy Koreya g'olib bo'ldi KRW (ISO 4217 )
Zaxira:
358 510 million AQSh dollari
Veb-sayt:
www.bok.or.kr
Koreya banki:
Hangul:
A'zosi은행
Xanja:
韓國銀行
Qayta ko'rib chiqilgan Romanizatsiya:
Makkun-Reischauer;
Xanguk Yunxen
Xan'guk Anxaeng
The Koreya banki (BOK; Koreys : Assigned 은행; Xanja : 韓國 銀行) bo'ladi
markaziy bank ning Koreya Respublikasi va emitent Janubiy Koreya g'olib bo'ldi.
1950 yil 12 iyunda tashkil etilgan Seul, Janubiy Koreya.
Bankning asosiy maqsadi narxlarning barqarorligi. Buning uchun bank
inflyatsiyani maqsad qiladi. 2016-18 yillardagi maqsad iste'mol narxi inflyatsiya
2,0%.
Tegishli Oxirgi Birlik Ma'lumotnomasi
Foiz stavkasi 3,50 3,50 foiz
2023 yil fevral
Banklararo stavka 3,55 3,55 foiz
2023 yil mart
Pul massasi M1 1205546.40 1209154.20 Krv milliard
yanvar 2023
Pul ta'minoti M0 164690300.00 162855800.00 Krv Million yanvar 2023
Pul taklifi M2 3792103.10 3715710.70 Krv milliard
yanvar 2023
Pul taklifi M3 5155651.30 5065859.00 Krv milliard
yanvar 2023
Valyuta zaxiralari 425290.00 429970.00 USD mln
fevral 2023
Xususiy sektorga kreditlar 11833985.00 11782103.00 KRV yuz Million
fevral 2023
Kredit stavkasi 4,50 4,50 foiz
2023 yil mart
Markaziy Bank balansi 558399.60 582826.10 Krv milliard yanvar 2023
Xorijiy aktsiyadorlik investitsiyalari 808848.50 717253.00 USD Million Dec 2022
Janubiy Korea iste’mol kreditlari hajmi:
PRAGNOZLAR:
Tegishli Oxirgi Birlik Ma'lumotnomasi
Foiz stavkasi 3,50 3,50 foiz
2023 yil fevral
Banklararo stavka 3,55 3,55 foiz
2023 yil mart
Pul massasi M1 1205546.40 1209154.20 Krv milliard
yanvar 2023
Pul ta'minoti M0 164690300.00 162855800.00 Krv Million
Pul taklifi M2 3792103.10 3715710.70 Krv milliard
Pul taklifi M3 5155651.30 5065859.00 Krv milliard
yanvar 2023
yanvar 2023
yanvar 2023
Valyuta zaxiralari 425290.00 429970.00 USD mln
fevral 2023
Xususiy sektorga kreditlar 11833985.00 11782103.00 KRV yuz Million
fevral 2023
Kredit stavkasi 4,50 4,50 foiz
2023 yil mart
Markaziy Bank balansi 558399.60 582826.10 Krv milliard
yanvar 2023
Xorijiy aktsiyadorlik investitsiyalari 808848.50 717253.00 USD Million Dec 2022
6.Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Toshkent, 2001y.
2. Banklar va bank faoliyati to`g`risidagi qonun , Toshkent,2019y.
3. Markaziy bank to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2019y.
4. Bank siri to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2003y.
5. Kredit uyushmalari to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2006y.
6. http://www.uba.uz-O‘zbekiston Banklar Asotsiatsiyasi rasmiy sayti.
7. http://www.lex.uz-O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami.
8. http://www.cbu.uz-O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vebsayti.
9. http://www.worldbank.org- Jahon banki vebsayti
Download