Uploaded by Nursultan Abdullayev

Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayva malasini

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY VILOYAT PEDAGOG KADRLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA MALASINI OSHIRISH INSTITUTI
“TIL VA ADABIYOT TA’LIMI” KAFEDRASI
USLUBIY TAVSIYA
(ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari uchun)
Navoiy -2011
M.Suvonova – “Til va adabiyot
Tuzuvchi:
ta’limi” kafedra o‘qituvchisi
R.Nuriddinova – Navoiy davlat
Taqrizchilar:
pedagogika instituti f.f.n dotsent.
R.Usmonova– NVPKQTMOI katta
o‘qituvchi
H.Ochilov – nashr bo‘limi muharriri
Muharrir:
Mazkur uslubiy tavsiya umumta’lim maktablarining ona tili va adabiyot fani
o‘qituvchilari uchun qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi. Ushbu Diktantlar to‘plamidan
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari standart nazorat ishi (SNI) va choraklik yozma
nazorat ishlarida unumli foydalanishi mumkin.
Ushbu uslubiy tavsiya Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti ilmiy Kengashining 2011-yil “___”________ ___-sonli
yig‘ilishida tasdiqlandi va mazkur yig‘ilish qarori bilan foydalanishga ruxsat etildi.
2
SO‘Z BOSHI
Diktant-o‘quvchilarning bilimidagi bo‘shliqlarni aniqlash va kerak
bo‘lganda shu bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun olinadi. Saylanma, lug‘at, nazorat
kabi diktant turlari mavjud bo‘lib, quyida biz taqdim etayotgan uslubiy tavsiya
nazorat diktanti turiga xos.
Mazkur Diktantlar to‘plami – uslubiy tavsiya umumta’lim maktablari va
kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarning ona tili va adabiyot fani
o‘qituvchilari uchun qo‘llanma sifatida ishlatilishi mumkin.
Tavsiya
etilayotgan ushbu Diktantlar to‘plami Davlat ta’lim standartlari talablariga
muvofiq ravishda darsliklar rejasiga binoan tuzilgan bo‘lib, undan ona tili va
adabiyot fani o‘qituvchilari bosqichli, joriy, oraliq, yakuniy nazorat hamda
nazorat ishi (NI) va choraklik yozma nazorat ishlarida unumli foydalanishi
mumkin.
Diktantning samaradorligi mavzu va uning mazmuni, maqsadning
aniqligi hamda metodning izchilligiga ko‘ra belgilanadi. Davlat ta’lim
standartlari asosida belgilanganidek, nazorat diktanti 5-sinflar uchun 100-110
so‘z, 6-sinflar uchun 110-120 so‘z, 7-sinflar uchun 120-150 so‘z, 8-sinflar
uchun 150-170 so‘z, 9-sinflar uchun 170-200 so‘z ekanligi; lug‘at diktanti esa
5-sinflar uchun 20-25 so‘z, 6-sinflar uchun 25-30 so‘z, 7-sinflar uchun 30-35
so‘z, 8-sinflar uchun 35-40 so‘z, 9-sinflar uchun 40-45 so‘z ekanligini alohida
ta’kidlab o‘tish joiz.
Diktant hozirgi o‘zbek adabiy tili me’yorlari talablariga javob berishi,
uning mazmuni muayyan sinf o‘quvchilari uchun tushunarli bo‘lishi va
bog‘lanishli matn asosida tuzilishi zarur.
3
ALLANING SEHRI
O‘tgan zamonda bir oilaning qizchasi yo‘qolib qoladi. Qizcha katta
bo‘lib, bo‘yi yetgan chog‘ida ota-onasi uni topishga muvaffaq bo‘ladi.
Biroq qizcha ota-onasiga yotsirab qaraydi, uydan chiqib ketishni va
avvalgi
joyiga
qaytishni istaydi. Shunda bechora ota-onasi hech
bo‘lmasa, bir kecha tunab ketishini undan iltimos qilibdi. Qiz rozi bo‘libdi.
Yarim kechada onasi uyqudan turib beshikda yotgan ukasini uxlatish
maqsadida alla aytadi. Shu payt qizning uyqusi qochib, allaga quloq tutadi
va ona mehrini tuyib, o‘zini ona bag‘riga otadi. “Siz mening chin onam
ekansiz”, -deydi u onaizorini
quchoqlab. Chunki, uni ham yoshligida
onasi alla aytib uxlatar edi. Alla sehri orqali ular murod-maqsadlariga
yetadi.
(101 so‘z)
TIL BILSANG – EL BILASAN
Tojimuhammad aka Boltaboyevda chet tillariga bo‘lgan qiziqish juda
erta uyg‘ongan edi. O‘sha kezlari ustozlari Tursunmuhammad aka
Normatovning bir og‘iz gaplari u kishining hayot yo‘llarini belgilab berdi.
“Qunting, tirishqoqliging yaxshi. Chet tilini o‘rganishga harakat qil.
Til bilsang – el taniysan”,- degan edilar. Bu gapni qulog‘iga quyib olgan
iqtidorli shogird ixlos bilan til o‘rganishga kirishdi. Chet tillar institutining
fransuz tili fakultetini a’lo baholarda bitirdi. Ustozlariga bo‘lgan havas u
kishini maktabga yetakladi.
Toshmuhammad
aka
Yangiyo‘l
tumanidagi
14-maktabda
o‘quvchilarga fransuz tilidan ta’lim berar ekan, har safar shu maktabda
o‘tgan o‘quvchilik yillarini esga oladilar. Qadrdon maktablaridagi katta
o‘zgarishlardan quvonib, bugungi yoshlarga havas qiladilar. (105 so‘z)
4
DO‘STLIKNI SAQLASH QIYIN
Ali bilan Vali inoq do‘st edilar. Ularga sinfdoshlari ham havas
qilishardi. O‘qish kunlarining birida Ali rasm qalamlarini uyda unutib
qoldiradi. Rasm darsi boshlanganida do‘sti Validan rangli qalamlaridan
foydalanib turishni so‘radi. Lekin Vali do‘stining iltimosiga ro‘yxushlik
bermay debdi: “Yo‘q, bermayman.
Men rangi ketmasin deya, bilib
qalamlarni uyida qoldirganni yomon ko‘raman”. Qalin do‘stining gapidan
Alining kayfiyati tushib ketibdi. Shu-shu ikki sinfdoshning orasiga
sovuqchilik tushibdi. Shu tariqa davom etayotgan kunlarning birida Ali
sinfdoshlarini tug‘ilgan kuniga chaqiribdi. Hamma jamuljam bo‘lgan
pallada Vali ham kirib kelib, sobiq qadrdoniga rangli qalamlar va
“Ertaklar to‘plami”ni sovg‘a tariqasida tutibdi. Bundan Alining yuzlari
yorishibdi, qalbidagi ranjish tumandek tarqab ketibdi. Oradagi do‘stlik
rishtalari yana qaytadan mustahkam bog‘lanibdi.
(115 so‘z)
DO‘STGA VAFO
Do‘stlikning eng muhim sharti –vafo. Do‘stiga vafodor odam
Vataniga ham, xalqiga ham vafo qiladi. Aksincha, do‘stiga xiyonat qilgan
inson xalqqa, millatga, Vatanga ham xiyonat qilmasligiga kafolat yo‘q.
Haqiqiy
do‘st
o‘rtog‘ining
muvaffaqiyatidan,
g‘alabasidan
xuddi
o‘zinikidek quvonadi, muvaffaqiyatsizligidan xafa bo‘ladi, tashvish
chekadi. U do‘stining xato-kamchiliklarini, noto‘g‘ri qo‘ygan qadamini
yuziga aytadi. Bundan ko‘zlagan maqsadi aniq: do‘stini g‘aflat uyqusidan
uyg‘otish, to‘g‘ri yo‘lga solish, uni sharmandalikdan saqlab qolishdir. Bir
so‘z bilan aytganda, do‘stidan ayrilib qolmaslik!
5
“Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib” degan naqlga binoan do‘st
achchiq haqiqatni gapiradi, lekin uning mevasi shirindir. Dushman esa,
sherigining xatosini ko‘rsa ham o‘zini ko‘rmaganga, sezsa ham
sezmaganga oladi. Uning maqsadi bu odamning sharmanda bo‘lishi, el-u
yurt ihida obro‘si to‘kilishini ko‘rish, shundan quvonishdir.
Haqiqiy do‘st topish, do‘stni yana qalinroq do‘st qiladigan ham,
dushmanga aylantiradigan ham insonning o‘zidir.
(126 so‘z).
KAMTARGA – KAMOL, MANMANGA – ZAVOL
Bizning odobimizga ko‘rk qo‘shadigan fazilatlardan biri kamtarlik
hisoblanadi. Bu fazilat atrofdagilarning dilini ravshan qiladi, kamtarin
insonga hurmat va ehtirom ham o‘zgacha bo‘ladi. Afsuski, oramizda bu
fazilatga befarq qaraydigan, o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish payida
yuradigan bolalar ham uchrab turadi. Xolbuki, bunaqa bolalarning
aksariyati o‘zida yo‘q bo‘lgan xislatlarni zo‘rma-zo‘rakilik bilan namoyish
qilishga urinadilar.
Deylik, haqiqiy bilimdon bola o‘zini ko‘z-ko‘z qilib
chiranmaydi, boshqalarning ustidan kulmaydi. Aksincha, u do‘stlarining
ham o‘ziga yetib olishini, butun sinf uning bilimidan bahramand bo‘lishini
istaydi. Bunday bolalar kimnidir qoyil qoldirish, maqtoviga erishish uchun
o‘qimaydilar. Ular uchun bilimli bo‘lish, kitob o‘qib, o‘zini ma’nan
boyitish ichki bir ehtiyoj sanaladi.
Demak, kamtarin odam atrofdagilardan o‘ziga nisbatan munosabatda
ortiqcha izzat-ikrom, alohida ehtirom talab qilmaydi, izzattalab bo‘lmaydi,
muvafaqqiyatlaridan kibr-u havoga berilib, maqtanchoqlik qilmaydi.
Xalqimiz hamisha kamtarlikni ulug‘lab, bu xislatni asrab kelgan.
(127 so‘z).
6
ELNING DUOSI
Qadim o‘tgan zamonda ochko‘z va xasis bir podsho o‘tgan ekan. Uning
yakka-yu yagona qizi bo‘lib, u nihoyatda go‘zal, xushmuomala va
oqko‘ngil ekan. Bir kuni malika qattiq betob bo‘lib qolibdi. Podshoh
malika huzuriga saroydagi barcha tabiblarni olib kelibdi.
Afsuski, malikaning dardiga davo topilmabdi.
Bir kuni qasr yonidan o‘tib ketayotgan bir qariya malikaning
kanizaklari yig‘isini eshitib qolibdi va u soqchilardan ruxsat so‘rab
saroyga kiribdi. Malika o‘lim to‘shagida yotardi. Shunda u hammasiga
tushunibdi.
Podshohning qilgan aybini qiziga aytibdi. Podshohning yoniga borib,
qariya unga shunday debdi: “Podshohim, bir qoshiq qonimdan keching,
malikaning bir oylik umri qolgan. Sizning qilgan gunohlaringiz uchun
Ollohning jazosi shu. Agar malikaning davo topishini istasangiz, bir oy
mobaynida xalqning duosini oling, shunda malika tuzalishi mumkin.
Podshohim, elga mol-dunyongizdan tarqating va ortiqcha boj-to‘lov
olmang. Shunda siz elning duosiga muyassar bo‘lasiz”, - debdi. Podshoh
o‘ylay-o‘ylay qariyaning aytganini qilibdi.
Ko‘p o‘tmay malika tuzala boshlabdi. Podshoh o‘sha qariyani topib
kelishni buyuribdi. Lekin hech kim u qariyani ko‘rmagan va u haqda hech
narsa eshitmagan ekan. Uni hech kim topa olmabdi.
(130 so‘z)
ODAM SAVDOSI
Odam savdosi bugungi kunda umumjahon muammosiga aylanib
bormoqda. BMTning ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda har yili taxminan 2
million 700 ming nafar shaxs odam savdosi qurboniga aylanmoqda. 600
7
mingdan 800 ming nafargacha ayol va bolalar aldov yo‘li bilan sotilgan.
2008-yil 17- aprelda “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonuni, bundan tashqari, Respublikamiz
Prezidentining 2008-yilning 8-iyulida “Odam savdosiga qarshi kurashish
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablaridan
kelib chiqib, Respublikamiz bo‘ylab ko‘plab uchrashuv va seminarlar
o‘tkazilmoqda.
Joylarda o‘tkazilayotgan seminarlarda ba’zi yo‘lidan adashgan
yoshlarning ish izlab, chet ellarga noqonuniy yo‘llar bilan ketayotgani,
natijada ularning aldanishi tufayli salbiy oqibatlar yuzaga kelayotganligi
to‘g‘risida qizg‘in muloqotlar olib borilayapti. Tadbirlarda ishtirok etgan
adliya boshqarmasi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organ
xodimlari hayotiy misollar asosida yig‘ilganlarni bu muammo girdobiga
tushib, aldanib qolmaslikka chaqirmoqda va yoshlarni sergaklikka
chorlamoqda.
(131 so‘z)
MEHNAT, KASB-HUNAR MADANIYATI
Agar atrofdagi olamga diqqat bilan nazar solsangiz, o‘zingiz, kelgusi
hayotingiz uchun ibrat bo‘ladigan ko‘p narsalarga guvoh bo‘lasiz.
Oyog‘ingiz ostiga qarang:yuzlab, minglab chumolilar tinim bilmay mehnat
qilayotganini, uyasiga zarur narsalarni tashiyotganini ko‘rasiz. Biri
qiynalsa ikkinchisi, uchinchisi yordamga kelyapti, birortasi chetga chiqib,
“qo‘l qovushtirib” turgani yo‘q. Ular uchun yer ostidagi mana shu
kichkinagina joy vatan hisobiga o‘tadi. Shu yerda tinch, osoyishta,
xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa turg‘izgan, mittigina yuraklariga
shijoat, qildek oyoq-qo‘llariga g‘ayrat baxsh etgan.
Oilaning moddiy va ma’naviy ahvoli mehnat tufayli yuksaladi. Oila
a’zolarining mavqeyi, mahalla-ko‘ydagi obro‘si, ularga nisbatan o‘zgalar
8
munosabati ham qilingan mehnatning natijalari asosida quriladi. Bir kun
kelib inson olamdan o‘tgach, uning mehnati, foydali ishlari yaxshi so‘zlar
bilan esga olinadi. Ota-onaning oilada farzandlariga o‘rgatgan mehnat
saboqlari, kasb-kori avlodlari uchun bebaho boylik bo‘lib qoladi.
Inson shunchaki qora mehnat kishisiga aylanib qolmasligi uchun
yoshligidan kasb-hunar o‘rganishga qunt qilmog‘i lozim.
(136 so‘z).
BIRINI KESSANG, O‘NNI EK
Alisher Navoiy Astrobod viloyatida hokimlik qilgan kezlarida shahar
tashqarisidagi baland bir tepalikda osmon bilan o‘pishgan keksa bir terak
bor ekan.
A.Navoiy kechqurunlari o‘ziga yaqin mulozimlari bilan shu terak
tagiga kelarkan. Ulug‘ shoir terakning mayin shabadada shivirlab
kuylashini tinglashni xush ko‘rarkan. Terak go‘yo mungli
qo‘shiqni
kuyga solgan sozandadek, bir maromda tebranib shivirlar ekan. Bahor
kunlarining birida, Alisher Navoiy har galgidek, o‘z mulozimlari bilan
birga g‘azalxon terakni
qumsab, shahar tashqarisiga chiqibdi. Borib
ko‘rsaki, g‘azalxon terakni kimdir “o‘ldirib” ketibdi. Alisher Navoiy
xo‘rsinib “qotil” ni tezda topib kelishni buyuribdi.
Mulozimlar tezda aft- angori sovuq, barzangiday bir kishini ot oldiga
solib, haydab kelibdilar. Alisher Navoiy qattiq g‘azablanibdi: “Ey qotil,
qilding, yo bu bilan mendan o‘ch
nega shunday azim terakni nobud
olmoqchi bo‘ldingmi?”- debdi. Keyin mulozimlariga: “Bu yaramasni qirq
darra uringlar”, - deb buyuribdi-da, har darra urganda “birga o‘n” degan
hikmatni takrorlab turishni ham tayinlabdi.
(137 so‘z)
9
URF-ODATLAR VA MAROSIMLAR
O‘zbek xalqining paydo bo‘lish tarixi necha ming yilliklarga borib
taqalsa, uning an’analari, urf-odatlari, marosimlari ham shunchalik teran
tarixiy ildizga ega. Ular millatning ma’naviy-ruhiy ehtiyojlari zamirida
paydo bo‘lib, shakllanib, sayqallanib o‘z mazmunida shu xalqning orzuo‘ylari, istaklari, axloq normalarini mujassam etadi. Bugungi avlod ularni
ko‘z qorachig‘idek avaylab-asrab, yanada taraqqiy ettirmog‘i, kelgusi
nasllarga ma’naviy qadriyat sifatida yetkazmog‘i ham qarz, ham farzdir.
Darhaqiqat, an’analar, urf-odatlar, marosim va bayramlar xalqimiz,
millat ma’naviyatining ajralmas qismi. Xalqimiz o‘zining xursandchiligi
va shukronasini turli rasm-rusumlar, udumlar orqali namoyon qiladi.
O‘zbeklar qadimdan to‘ylarga boy xalq. Beshik to‘yi, sunnat to‘yi,
nikoh to‘yi, askar to‘yi, uy to‘yi, muchal to‘yi, ellik va undan ortiq
yoshlarni nishonlash to‘ylari mavjud.
Har bir tantana to‘ygacha, to‘y davomida va marosimdan so‘ng
o‘tkaziladigan rasm-rusumlarga ham boydir.
Har bir urf-odat va marosim o‘zining maqsadi va mohiyatiga ko‘ra
muayyan shakl va mazmunga ega.
Bularning bari millat ma’naviyati va obro‘sini belgilab beradi.
(141 so‘z)
O‘ZBEKISTON – YAGONA VATAN
Vatan deganda biz faqat yurtimiz tuprog‘ini emas, balki uning
zaminida bo‘y ko‘rsatgan giyohdan tortib daryo-yu soylari va tog‘-u
toshlarigacha, kamtar, mehnatkash, fidoyi, mard odamlaridan to eng mitti
jonivorlarigacha o‘zimiz tug‘ilib, unib-o‘sgan makon bilan bog‘liq
narsalarning barchasini tushunamiz. Vatan tuprog‘idagi oddiy xas ham,
10
chag‘ir tosh ham bizga muqaddas bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun
ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etgan, qayga borsa ham
Vatan yodi bilan nafas olgan, uni yot narsalardan, shum niyatlardan
himoya qilgan.
Har bir insonning vatani uning uchun dunyodagi eng go‘zal va
muqaddas makon hisoblanadi. Shuning uhcun shoirlarimiz ona yurtimizO‘zbekistonimizni olamda tengi yo‘q yagona diyor sifatida kuylaydi.
Vatan ozod va mustaqil bo‘lsa, uning bag‘ri jannat bog‘laridek
fayzli, odamlari baxtli bo‘ladi. Shuning uchun Vatanning ozodligi va
mustaqilligi uning har bir farzandi uchun jon kabi aziz va muqaddasdir.
Inson uchun ona yagona bo‘lgani kabi, Vatan ham yagonadir. Shu bois
vatanparvarlik oliy fazilat sanaladi, Vatanga xoinlik esa hech qachon
kechirilmaydi.
(147 so‘z).
MEHMON KUTISH MADANIYATI
Odamlar orasidagi o‘zaro mehr-muruvvatning ibratli jihatlaridan biri
mehmonnavozlikdir.
O‘zbek
xalqi
asrlar
davomida
o‘zining
mehmondo‘stlik udumlarini asrab kelmoqda. Zero, kimningdir uyiga
mehmon kelishi–yaxshilik belgisi, mehr-oqibat, o‘zaro iliqlik, insoniylik
ramzi. Mehmon bilan birga uyga rizq-ro‘z, hamdardlik, osoyishtalik kirib
keladi, ko‘ngilsiyohliklar, gina-kudurat unutiladi, qarindoshlar o‘rtasida
totuvlik mustahkamlanadi.
Mehmon kutish kishilarda saxiylik, xushmuomalalik sifatlarini
tarbiyalaydi, xasislik, xudbinlik, manmanlik illatlarini bartaraf etadi.
Mehmon kirgan uyga yangi kayfiyat, yangicha ruh, do‘stlik kirib keladi.
Xalqimiz “Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kelar teshikdan” der ekan,
odamlarni bag‘rikeng bo‘lishga, bu dunyoga hamma o‘zining rizqi bilan
11
kelganiga ishora qiladi. Mehmonning shu fazilati uchun ham kelgan
kishining ostiga yangi ko‘rpachalar yoziladi, ohorli idish-tovoqlarda taom
tortiladi. Qo‘ni-qo‘shni ham chaqirilib, dilbar suhbatlar quriladi.
Albatta, har bir xalqning mehmon kutish udumlari turlichadir. Lekin
bizning xalqimiz qaysi millat bo‘lishidan qat’iy nazar, eshikdan kelgan
odamning hurmatini joyiga qo‘yib kutib oladi, lazzatli taomlar bilan
siylaydi.
Mehmondo‘st o‘zbek xalqi azaldan uyiga kelgan kishini ochiq yuz
bilan kutib olishga odatlangan.
(150 so‘z).
VATANPARVARLIK
Har bir inson o‘z tug‘ilgan yurtiga bo‘lgan muhabbati va sadoqatini
turli shakllarda ifoda etadi. Kimdir sidqidildan mehnat qilib, vatanning
moddiy boyliklarini oshiradi, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga
hissa qo‘shadi. Yana birov, betakror iste’dodi va kuch-g‘ayratini ona diyor
ravnaqi, uning obro‘-e’tiborini yuksaltirish yo‘lida safarbar etadi. Yana
kimdir, Vatan sarhadlarida tun-u kun sergak turib, uning har qarich yerini
ko‘z qorachig‘idek asraydi. Bularning barchasi insonga xos bo‘lmish
vatanparvarlik deb ataladigan noyob va muqaddas tuyg‘uning amalda
namoyon bo‘lishidir. Qachonki odam o‘z ona yurtining dard-u tashvishi,
shodlig-u quvonchi bilan hamisha hamnafas yashasa, hatto Vatan uchun
jonini ham fido qila olsa, vatanparvarlik shunchaki tuyg‘uga emas, yuksak
insoniy fazilatga aylanadi.
Vatanni haqiqiy vatanparvar farzandlar dunyoga tanitadi. Vatan
tuprog‘i haqiqiy vatanparvar insonlar tufayli aziz va muqaddas bo‘ladi.
Vatanparvarlik Vatan tuyg‘usini anglashdan boshlanadi.
12
Vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalashda ko‘p o‘qish, qishloq va
mahalla hayotida faol ishtirok etish, ma’raka-yig‘inlarda qatnashish,
odamlar bilan muloqot qilish, ularni o‘rganish ham katta ahamiyat kasb
etadi. Chunki, inson shular orqali o‘z yurtini yanada yaxshiroq bilib oladi,
unga bo‘lgan muhabbati ham ortadi.
(164 so‘z).
MAHALLA-TARBIYA MASKANI
Biz uchun oilamiz ko‘z ochib ko‘rgan dargoh bo‘lsa, mahallamiz
muqaddas Vatanimiz ichidagi mo‘jaz vatandir. Zotan, mahalla oilalardan
tashkil topadi. Farzandlar oila bag‘rida kamol topgani kabi oila ham
mahalla ko‘z oldida barpo bo‘ladi, uning ichida ravnaq topadi. Mahalla
oilaning eng yaqin maslahatchisi, ishonchli tayanchidir.
Xursandchilik kunlari ham, boshga ish tushgan onlarda ham birbiriga hamdard va hamnafas bo‘lish mahalladoshlarning qadimdan
kelayotgan o‘lmas xususiyati. Zero, o‘zbek mahallasi shunday bir
dargohki, unda insonlar bir-biri bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda,
do‘st-birodar bo‘lib ketadi. Odamlar o‘zaro quvonch va g‘amlarga sherik,
farzand tarbiyasida mas’ul, yutuqlar ham kamchliklar ham mahalla ahliga
baravar bo‘lib tushadi. Zero, xalqimiz “Otang-mahalla, onang-mahalla”
degan naqlni bilib aytgan.
Darhaqiqat, mahalla o‘zbeklarning tarixan shakllangan, yagona
maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatuvchi, xalqning turmush tarzi,
ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi
ijtimoiy institutdir. Mahalla milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, axloqiyma’naviy qadriyatlarimizni avloddan avlodga sog‘-omon yetkazuvchi
muqaddas maskan bo‘lib kelyapti.
13
Insonlarning millati, dini, irqi, tili, ijtimoiy kelib chiqishdan qat’iy
nazar, ularni ezgulik yo‘lida jipslashtiruvchi katta oila hisoblangan o‘zbek
mahallasi barchaning bir-biriga o‘zaro hurmati, muhabbati, mustahkam
do‘stligi asosida yashaydi, faoliyat ko‘rsatadi.
(173 so‘z).
MILLIY QADRIYATLARIMIZ
Milliy qadriyatlar millat va xalqning o‘zi bilan birga asrlar, ming
yilliklar mobaynida shakllanib, takomillashib boradi. Shuning uchun
ularda xalqning orzu- intilishlari, ruhiyati va tafakkuri, hayot falsafasi,
turmush tarzi to‘liq mujassam bo‘ladi.
Masalan, Navro‘z bayramini olaylik. Navro‘z bayrami xalqimiz
o‘troq hayotni boshlagan qadim davrlardan buyon yashab kelmoqda.
Chunki, bu bayram, avvalo yerga, suvga, quyoshga, tabiatga, butun
mavjudotga mehr uyg‘otadi, olam bilan uyg‘unlikda yashashga da’vat
etadi, dunyoning go‘zalligidan bahramand bo‘lishga chaqiradi. Biz
bugungi kunda ham bu bayramda sumalak qaynatish, uloq chopish, kurash
tushish, yer haydash, urug‘ sochish, xonadonimiz, mahallamizni tozalash,
tabiat bag‘riga sayr qilish kabi marosimlarini ado etar ekanmiz, qalbimizda
olis ajdodlarimizdan meros bo‘lgan qadimiy tuyg‘ular uyg‘onadi: ona
tabiatga yanada yaqinroq bo‘lishga, uni sevib ardoqlashga, eng muhimi,
ota-onalarimiz, yaqinlarimizga, shu tariqa barcha insonlarga mehr-oqibatli
bo‘lishga harakat qilamiz.
Xalq taqdirida shunday qadriyatlar bo‘ladiki, ular millatning o‘zi
bilan birga shakllanadi va uning asosiy belgilaridan biriga aylanadi. Til–
har bir millatning ana shunday bebaho qadriyatidir. O‘zbek tili ham
millatimiz bilan ming yillar davomida birgalikda shakllanib borgan.
14
Xalqimizning boshiga tarixda qanday og‘ir sinovlar tushgan bo‘lsa, tilimiz
ham bundan mustasno emas.
(174 so‘z).
TIL QUDRATI
Qadim-qadimlarda oqil va odil bir odamning suluv qizi bo‘lgan ekan.
Shu qizga ikki farishtaning ishqi tushibdi. Qiz ulardan qaysi biriga
turmushga chiqishni bilmay qolibdi.
Oxiri qiz ularga shunday debdi: “Men yurt farzandi bo‘ladigan
o‘g‘ilga ona bo‘lishni istayman. Uni qanday tarbiyalashga qodirliklaringni
bilishim kerak. Ana shunga qarab sizlarga qarorimni aytaman”.
Shunda birinchi farishta: “Bu ish faqat mening qo‘limdan keladi.
Men unga ilm o‘rgatadigan riyoziyotdan, falakiyotdan, saboq beraman.
Siyosat bilan shug‘ullanadi. Ajnabiy tillarni egallaydi. Olamga dong
taratadi”, - debdi.
Navbat ikkinchi farishtaga kelibdi. U bo‘lsa: “Avloddan meros
qoladigan asosiy boylik–til. Ona tili bor ekan, Vatan bor. Men o‘g‘limni
tilga xiyonat qilmaslikka o‘rgataman. Qo‘shiq, ertak, dostonlar aytib
beraman. Mana shu ona tilimiz uchun jonini ham ayamaslikka
o‘rgataman”.
Bu gaplardan birinchi olim-farishta qahqaha urib kulibdi. Raqibini
aqlsizlikda ayblabdi. O‘rtadagi tortishuv janjalga aylanibdi.
- Janjallashmanglar, yurtda ulug‘ donishmand bor. O‘shaning
huzuriga boramiz. Hammasi o‘sha yerda hal qilinadi. Uning hukmi men
uchun qonun bo‘ladi,- debdi qiz.
Shundan so‘ng hammalari donishmand huzuriga borishibdi. U nizo
qo‘zg‘agan barcha gap-so‘zlarni tinglabdi. Oxiri ikkinchi farishtaga qarab:
15
“Qiz sevadimi, yo‘qmi, bilmayman. Lekin otalik sharafiga sen
loyiqsan…”, -debdi.
(174 so‘z).
HUNARLI KISHI XOR BO‘LMAS
Bir podshohning yolg‘iz arzanda o‘g‘li bor ekan. Vaziri podshohga
o‘g‘li yaxshi inson bo‘lishi uchun unga hunar o‘rgatish lozimligini aytibdi.
Podshoh mamlakatdagi eng yaxshi hunarmandlarni saroyga taklif
etibdi. Ular yosh shahzodaga gilam to‘qishni, kulolchilikni, novvoylikni,
oshpazlikni va boshqa ko‘p hunarlarni o‘rgatishibdi. U hunarli bo‘lib
voyaga yetibdi. Shahzoda ov qilishga ham qiziqar ekan.
Bir kuni u ov qilib yurib, kiyik ketidan quvibdi va o‘rmonda adashib
qolibdi. O‘rmon yaqinida qaroqchilar yashar ekan. Ular shahzodani tutib
olib, o‘z maskanlariga qamab qo‘yishibdi.
Podshoh, o‘g‘li ovdan qaytmagach, rosa tashvishlanibdi va vaziridan
so‘rabdi. Vazir esa: “Olampanoh, biroz vaqt o‘tsin, so‘ng bozorga
odamlarni yuboring, o‘g‘lingiz haqida biror xabar bo‘lib qolar”, - debdi.
Podshoh
navkarlari
bozorni
aylanib
yurishsa,
katta
gilam
sotilayotgan ekan. Ular podshohga bu haqda darrov xabar berishibdi.
Gilam juda qimmatbaho va go‘zal ekan. Podshoh ularga gilamni sotib olib
kelishni aytibdi. Gilamga diqqat bilan qarashsa, uni shahzoda to‘qigan
ekan. Unda shahzodani qanday topish mumkinligi yozilgan ekan.
Navkarlar shahzodani tezda topib keltirishibdi. Podshoh vaziriga rahmat
aytibdi. Chunki o‘g‘li xavf-xatardan hunari bor bo‘lgani uchun qutulgan
edi.
Shunga aytadilar-da: “Yigit kishiga yetmish hunar oz”, – deb.
(176 so‘z)
16
AJDODLARIMIZDAN IBRAT OLAMIZ
Ulug‘ shoir A.Navoiyning Pahlavon Muhammad degan shogirdi,
ham do‘sti bor ekan Shoir uni juda yaxshi ko‘rar, shogirdi bo‘lsa ham,
qadrdon, sirdosh do‘st deb bilar ekan. Kunlardan bir kuni Pahlavon
Muhammad kichik bir gunoh qilib qo‘yib, shu tufayli Sulton Husaynning
qattiq g‘azabiga uchrabdi.
Voqea bunday bo‘libdi: Sulton Husayn g‘azab otiga minib turgan bir
paytda
Pahlavon
Muhammadning
gunoh
ish
qilib
qo‘yganini
yetkazishibdi. Husayn Boyqaro: “Pahlavonning soqol-mo‘ylovini qirib
tashlanglar, so‘ng kaltadum libos kiydirib, ko‘chama-ko‘cha sazoyi
qilinglar”,-deb buyruq beribdi. Pahlavonning bunday jazoga giriftor
bo‘lganini Navoiyga aytishibdi. Navoiy agar bu jazo amalga oshirilsa,
Pahlavon Muhammadning izzat-nafsi kamsitilib, u bunga chiday
olmasligini anglab, uni bu sharmandalikdan qutqarish harakatiga tushibdi.
Tezlikda Husayn Boyqaro huzuriga yetib borib: “Sultonim
ma’lumingizkim, men va Pahlavon Muhammad yoshligimizdan bir xil
kiyinamiz, birga soqol-mo‘ylov qo‘yib, do‘st-birodar bo‘lib yuramiz. U
boshqa kiyinib, men boshqa kiyib yursam, o‘rtadagi ahd buzilib, gapimiz
tuzsiz, o‘zimiz subutsiz bo‘lib
mo‘ylovlarimni
qolamiz. Buyursangiz mening soqol-
qirsinlar, menga ham xuddi Pahlavon Muhammadga
berilgandek kalta libos kiygizib, do‘stim bilan birga sazoyi qilsinlar”, debdi.
Navoiyning shogirdi hamda do‘stiga bo‘lgan sadoqatini, mehroqibatini ko‘rgan Husayn Boyqaro g‘azabidan tushib qolganini o‘zi ham
bilmay qolibdi-da:
-Pahlavonning gunohidan o‘tdim, jazo qoldirilsin, -deb farmon beribdi.
(197 so‘z)
17
BIZ – O‘ZBEKISTON FUQAROSIMIZ
Qadimda fuqaro so‘zi o‘rnida tabaa, raiyat kabi so‘zlar ham
ishlatilgan. Ota- bobolarimiz o‘zlari haqida gap ketganda, kamtarlik bilan
“faqir-u haqir”, “faqiringizni afv etgaysiz”, “faqirlikda, bilmay qolibmiz”
kabi iboralarni ishlatganlar. Bu iboralarda o‘zini boshqalar oldida burchdor
deb bilish ma’nosi ham bor. Shuning uchun fuqaro so‘zi bugungi kunda
ko‘proq kishining inson sifatidagi huquqi va burchini, davlat va jamiyat
oldidagi mas’uliyatini his etishi ma’nosida ham ishlatiladi.
Biz O‘zbekiston davlatiga mansubmiz, ya’ni yurt fuqarosimiz va
buni e’tirof etar ekanmiz, har safar qalbimiz quvonchga to‘ladi. Chunki,
O‘zbekiston dunyoda qiyosi yo‘q go‘zal va betakror mamlakatdir. Bunday
Vatanda tug‘ilish, uning zilol suvlaridan ichib, tabarruk ne’matlaridan
bahramand bo‘lib voyaga yetish, jahonga dong taratgan buyuk insonlarga
munosib vorislik hammaga ham nasib qilavermaydigan ulkan baxt, tengsiz
saodatdir. O‘zbekiston fuqaroliginnig huquqiy asoslari malakatimiz
Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilab
berilgan.
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish bizga faqat g‘urur va
iftixor baxsh
etibgina qolmay, zimmamizga yuksak mas’uliyat ham yuklaydi. Chunki,
mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti, kelajak taqdiri, uning dunyodagi
o‘rni
va
nufuzini
mustahkamlab
borish
bizning–O‘zbekiston
fuqarolarining muqaddas burchidir. Fuqarolik hissi vatanparvarlik
fazilatining shakllanishida g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zining
fuqarolik burchini chuqur his qilgan odam mamlakat qonunlarini hurmat
etib, ularga qat’iy amal qiladi, qonunlarning har bandida xalqning irodasini
ko‘radi. Biz, O‘zbekiston fuqarosi sifatida, mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan katta o‘zgarishlarda o‘zimizning ham hissamiz borligini
(213 so‘z).
doimo his qilib turishimiz lozim.
18
YAXSHIDAN BOG‘ QOLADI
Ko‘klam kunlarining birida Sulton Husayn saroyda yolg‘iz
o‘tiraverib zerikib ketibdi-da, ancha vaqtdan beri Mir Alisherdan darak
bo‘lmadi, borib holidan xabar olib kelay, deb do‘sti yashaydigan
mahallaga yo‘l olibdi.
Borib qarasa, Mir Alisher yeng shimarib, bog‘ida ishlayotgam emish.
Buni ko‘rgan Sulton Husayn otidan tushib, do‘sti bilan so‘rashgach:
- Hormang, do‘stim! Nega shoirlar majlisida ko‘rinmay qoldingiz
desam, bog‘bonlikni pesha qilibsiz-da! – debdi.
Mir Alisher ham belbog‘i bilan peshonasidagi terini artar ekan:
- Ko‘klam kelsa, ko‘chat ek, degan ekan mashoyixlar. Shu bog‘dagi
qurigan olmalarni qo‘parib tashlab, o‘rniga 3-4 tup yong‘oq ekyapman,deb javob beribdi.
- Ey do‘stim-ey, qarigan chog‘ingizda bog‘ qilishning sizga nima
keragi bor, axir. Siz bilan men yoshimizni yashab, oshimizni oshab
bo‘lgan bo‘lsak, bu yong‘oqlaringiz qachon hosilga kiradi-yu, siz qachon
mevasidan
yeysiz?!
Umringizning
oxirida
mana shu bog‘dagi
mevalarning boriga qanoat qilib, soya-salqinda tinchgina g‘azal bitib
o‘tiravermaysizmi!?
- Do‘stim, yaxshidan bog‘ qoladi, -degan naqlni eshitganmisiz? Men
bu ko‘chatlarni o‘zim uchun emas, mana shu mahallamiz ko‘chalarini
changitib yurgan bolalar, balkim ularning bolalari uchun ekyapman. Bir
kun kelib, balkim ularning har biri azim daraxt bo‘lib hosil bera boshlasa,
odamlar uning mevasidan tatib ko‘rishganda: “Bu bog‘ Alisherdan
qolgan!”
deyishsa,
shuning
o‘zi
lazzatliroqdur, - deb javob beribdi.
19
menga
har
qanday
ne’matdan
Bu gaplarni eshitgan Sulton Husayn Mir Alisherning saxovatiga
qoyil qolib, unga bir hamyon to‘la tilla chiqarib beribdi. Mir Alisher tillaga
qarab turib:
- Ana, ko‘rdingizmi, do‘stim, ekayotgan ko‘chatlarim hozirdanoq
hosil bera boshladi, - deya kulib qo‘yibdi.
Sulton Husayn Mir Alisherning hozirjavobligiga yana bir bor qoyil
qolgan ekan.
(238 so‘z).
DO‘STLAR SADOQATI
Bir qishloqda ikki oshna yashar ekanlar. Birining oti
Husan,
ikkinchisining oti Muhammad ekan. Kunlardan bir kuni Husan kasal
bo‘lib, o‘rnidan tura olmaydigan bo‘lib
qolibdi. Yosh yigitning umri
tugayotganiga hatto o‘limining ham ichi achishibdi va bunday debdi:
“Men ota-onangdan senga umr so‘rayman, yashashing kerak”.
O‘lim yigitning otasini yoniga boribdi va unga murojaat etibdi: “ Ey
ota, sevimli bolangni chindan ham yaxshi ko‘rsang, umringni ozginasini
unga qarz bergin”. Ota nima deyishni bilmay, biroz vaqt lol qolibdi.
O‘lim esa: “O‘g‘lingni yaxshi ko‘rmaysanmi?”- deb so‘rabdi undan. Ota
o‘g‘lini juda yaxshi ko‘rishini, kerak bo‘lsa jonini undan ayamasligini
aytadi. O‘lim umrining yarmini emas, ozginasini bo‘lsa ham bersa, uni
o‘zi bilan olib ketmasligini aytadi.
O‘lim Husandan yana yaqin kishilardan kimlar borligini so‘raydi.
“Muhammad degan do‘stim bor”,-deb javob beribdi Husan. O‘lim
Muhammadning yoniga borib, bor gapni aytib beribdi. Do‘stiga achingan
Muhammad sira ikkilanmasdan: “Umrimning ozginasini emas, do‘stim
uchun barini olaqol”, - debdi.
20
Bu taklif o‘limning ham ko‘nglini yumshatmabdi. Qanday bo‘lmasin
Husanni saqlab qolishga qaror qilibdi. Shu tufayli o‘lim hayotning oldiga
boribdi.
-Hayot, sen bilan biz ashaddiy yovuzmiz, lekin bir yigitning umri
tufayli sening oldingga keldim, o‘sha yigitga Muhammad degan do‘sti
butun umrini berishga va’da qildi. Marhamat qilgin, ularga ko‘proq umr
bergin. Men ham shunga roziman, - debdi O‘lim.
Bu taklifga hayot ham rozi bo‘libdi. Muhammadning do‘stiga
sadoqati tufayli Husanga qo‘shimcha hayot baxsh etibdi. Shunday qilib,
ikki do‘stning bir-biriga bo‘lgan sadoqati va inoqligi
o‘limni ham
chekintiribdi.
(239 so‘z)
MUSTAQILLIK BAYROG‘I
Ma’lumki, turkiy xalqlar yashab o‘tgan hududlarga Islom dini kirib
kelgach, bu yerda yashovchi xalqlarning bayroqlari ham ma’lum
o‘zgarishlarga yuz tutgan. Yangi chiqqan oy va yulduzlar islom dinining
ramzidir. Yashil rang ham islom dinining ranglaridan biri hisoblanadi.
Shu ramzlarning u yoki bunisi islom dinini qabul
qilgan o‘lkalar
yoki mamlakatlar bayrog‘ida hozirgi kunda ham mavjud. Agar dunyo
mamlakatlari bayroqlari ko‘zdan kechirilsa, garchi bayroqlar
qaysi
qo‘yilmagan bo‘lsa ham,
qaysi
davlatga tegishli ekanligini
yozib
davlatda islom diniga e’tiqod
qo‘ygan xalqlar yashayotganini o‘sha
ramzlardan bilish mumkin.
Xayriyatki, Qizil imperiya yemirilib, 1991-yil sentabrda boshqa
jumhuriyatlar qatorida O‘zbekiston ham o‘zining milliy mustaqilligini
e’lon qildi. Har yili
1-sentabr bayram qilinadigan bo‘ldi. Shuning
uchun ham O‘zbekistonning yangi bayrog‘i tanlandi. Nega aynan o‘sha
21
namuna tanlanganini va undagi ranglar hamda tasvirlar qanday ramzlar
ekanligini hamma ham bilavermasa kerak.
Bayroqdagi moviy ko‘k rang osmon va tiniq suv ya’ni, ko‘kdagi
hayot manbalari ramzidir. Oq rang tinchlik va poklikni bildiradi.
Yashil rang yashab turgan hayot va hosildorlikni ifodalaydi. Qizil
chiziqlar har bir tirik jonzod tanasida mavjlanib turgan tiriklik manbai –
qon ramzi hamda yer-u osmonni bir-biriga bog‘lab turuvchi tiriklik
rishtasidir.
Yangi oy ko‘p yillik an’analarimizga mos bo‘lishi bilan birga yangi
paydo bo‘lgan mustaqillik nishonasi hamdir.
Yulduzlar hamma xalqlarda tiniq osmon belgisi ya’ni saodat
ramzidir. Ularning 12 ta ekanligi osmondagi 12 ta yulduzlar burji bilan
bog‘liq.
Shunday qilib, bir yarim asrlik istibdoddan keyin xalqimiz yana o‘z
bayrog‘iga ega bo‘ldi. Bu bayroqda dunyoda mustaqillikka erishgan eng
yosh davlatlardan biri bo‘lmish jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston xalqining
orzu-intilishlari, e’tiqodi, tarixiy ildizlari o‘zining teran ifodasini topgan.
(250 so‘z)
NIMA EKSANG, SHUNI O‘RASAN
Bir yigit ko‘zlari xiralashgan, ovqat yeganda qo‘llari qaltiraydigan
qari otasining izzat-hurmatini bajo keltirmasdi.
Bir kuni chol bechora qo‘li titrab, osh suzib berilgan kosani tushirib
sindirdi. Buni ko‘rgan kelini nordon so‘zlar aytib, uning ko‘nglini vayron
qildi. Shundan keyin otasini hovlining bir chekkasidagi zax uyga
ko‘chirdi. Kelin esa, eri keltirib bergan yog‘och kosada qaynotasiga ovqat
bera boshladi. O‘g‘li va kelinining bu yaramas muomalalaridan ko‘ngli
22
ozor topgan ota vafot etgan kampirini eslab, ba’zan o‘ksib-o‘ksib yig‘lardi.
Besh-olti yoshli nevarasi bilangina tasalli topar edi. Bola bobosining
yoniga kelib o‘tirardi, ma’suma so‘zlari, yoqimli qiliqlari bilan bobosini
kuldirib, uning qayg‘u-alamlarini yengillashtirardi.
Bola bir kuni qo‘liga pichoq olib, bir yog‘ochni yo‘nib o‘tirardi. Shu
payt dadasi kelib qoldi. O‘g‘lining yog‘och yo‘nib o‘tirganini ko‘rib:
- O‘g‘lim, nima qilyapsan? -deb so‘radi. O‘g‘li yugurib kelib
dadasini quchoqladi va erkalanib:
- Dadajon, siz buvamga yog‘och kosa keltirib bergan edingiz-ku,
oyim o‘sha kosada buvamga ovqat beradilar, men ham yog‘och kosa
yasayapman, katta bo‘lganimda oyim bilan sizga shu kosada ovqat
beraman, – dedi.
O‘g‘lining bu so‘zi yigitga qattiq ta’sir qildi. U ko‘z yoshi qilib
otasining huzuriga kirdi, tiz cho‘kib uzr so‘radi, quchoqlab o‘pib, uning
ko‘nglini ko‘tardi. Darrov uni o‘zi turgan uy yonidagi issiq xonaga
ko‘chirdi. Har doim otasining holidan xabar olib turdi, u bilan birga
ovqatlandi. Kelin ham qaynotasining izzat-hurmatini o‘rniga qo‘ya
boshladi. O‘g‘li bilan kelinining bu ishlaridan xursand bo‘lgan ota:
- Bolalarim, mana endi ko‘nglim qayg‘u-alamlardan ozod bo‘ldi,
sizlardan roziman, shu kichkina qo‘zichog‘im sizlarni g‘aflat uyqusidan
uyg‘otdi, - deb nevarasini tizzasiga o‘tqazdi va yuz-ko‘zlaridan o‘pib, duo
qildi.
(250 so‘z).
23
AQLLI VA TADBIRSIZ ODAM
Aqlli odamlar hamisha hushyor bo‘ladilar, hodisalar jilovini o‘z
qo‘llarida saqlab, xavfli girdobga tushmasdan sohilga yetib oladilar.
Tadbirsiz odamlarga kelsak, ular ikkilanadigan, jasoratsiz, tez-tez
fikrlaridan qaytadigan bo‘ladilar, biror hodisa ro‘y berganida ular o‘zlarini
yo‘qotib qo‘yadilar. O‘z baxtlarini saqlab qolish qobiliyatidan mahrum
bo‘lganliklaridan oh-voh qilib, o‘zlarini har yoqqa uradilar. Uch baliq
hikoyasidagi kun ularning boshiga keladi.
Naql qilibdurlarki, yo‘ldan uzoq, o‘tkinchilardan xoli bir yerda ko‘l
bor edi, unda uchta baliq yashar edi. Bulardan ikkisi tadbirkor va
ehtiyotkor, biri esa xom va tajribasiz edi. Kunlardan birida tasodifan ikki
ovchi ko‘l yonidan o‘tib qoldi, ko‘zlari uchta baliqqa tushdi. Ular ertaga
kelib, uchchala baliqni tutishga va’dalashib jo‘nab ketdilar. Baliqlar
ularning so‘zini eshitgan edilar. Ularning biri tadbirli bo‘lib, zolim
zamonaning zulmi va g‘addor falakning vafosizligini ko‘rgan, suv kelar
tarafdan chiqib, boshqa ko‘lga borib oldi. Ko‘p o‘tmay baliqchilar kelib,
suvning kirar va chiqar tomonini mahkam berkitdilar.
Birinchi baliqqa nisbatan tajribasizroq, lekin aql va farosatdan
mahrum bo‘lmagan ikkinchi baliq vaziyatni ko‘rib shunday dedi:
- Fursatni qo‘ldan berdim. Endi tadbir va hiylani ishga solish payti
keldi. Tipirchilab u yoq-bu yoqqa qochgan bilan foyda yo‘q. Umidsizlikka
tushmay, najot yo‘lini axtarmoq kerak.
Shunday deb baliq suv yuziga qalqib chiqdi va o‘zini o‘lganga solib
yotdi. Bir baliqchi uni olib, o‘lgan gumon qildi va suv chiqib ketadigan
ariq bo‘yiga tashladi. Baliq sudrala-sudrala oqar suvga tushib oldi, hiyla
ishlatib, o‘z jonini qutqardi.
24
Xom va tadbirsiz baliq esa o‘zini yo‘qotib, u yoqdan bu yoqqa
qochib yurar, goho suv ostiga sho‘ng‘ir, goho yuzaga chiqar edi. U oxir oqibat baliqchilar to‘riga ilindi.
(253 so‘z).
BUYUK AJDODLARIMIZNING SO‘NMAS DAHOSIGA
HURMAT-EHTIROM
O‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va
samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan biri –Alisher Navoiy bobomiz.
Biz uning mo‘tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi
zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so‘z
yuritamiz.
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati
tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy
adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, shon-u
sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz
bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u
Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan
qaramasa. Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi,
mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning
shoiridir.
Inson qalbining quvonch-u qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini
Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan kam
topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini
anglash tuyg‘usi ham bizning ong-u shuurimiz, yuragimizga, avvalo,
Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni,
ayniqsa,
yoshlarimizni
qanchalik
25
ko‘p
bahramand
etsak,
milliy
ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni
kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz.
Ma’lumki, biron-bir xalq ma’naviyatiga xos qadriyatlarning boshqa
xalqlar tomonidan tan olinishi, tabiiyki, ana shu xalq tarixiga nisbatan
chuqur hurmat ifodasidir. Bunday e’tirof xalqning g‘urur va iftixori, milliy
o‘zligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Shu ma’noda, keyingi paytda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas
dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga bo‘lgan
qiziqish xorijiy ellarda ham ortib borayotgani barchamizni quvontiradi.
Buning tasdig‘ini dunyoning turli mamlakatlarida ularning hayoti va
faoliyati haqida e’lon qilinayotgan ilmiy va badiiy asarlar, ulug‘
ajdodlarimiz xotirasiga barpo etilayotgan yodgorliklar misolida ham
ko‘rish mumkin. Shular qatorida Belgiyada Ibn Sinoga, Litvada Mirzo
Ulug‘bekka, Moskva, Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiy
bobomizga, Misr poytaxti Qohira shahrida esa Ahmad Farg‘oniy
xotirasiga o‘rnatilgan muhtasham haykallarni eslash joiz.
(259so‘z)
“ALPOMISH” – QAHRAMONLIK QO‘SHIG‘I
Ma’lumki, bu dunyoda har qaysi millatning o‘z afsonaviy
qahramonlari, o‘zi sevib ardoqlaydigan pahlavonlari bo‘ladi. Xalqimiz
azaldan o‘z vujudi, o‘z tomirida mavjud ilohiy qudratga munosib
bo‘lmoqqa intilib, o‘z o‘g‘lonlarini mardlik va halollik, jasurlik ruhida, elyurt uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavonlar etib tarbiyalab kelgan.
Shu ma’noda, xalq og‘zaki ijodining noyob durdonasi bo‘lmish
“Alpomish”
dostoni
millatimizning
o‘zligini
namoyon
etadigan,
avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan qahramonlik qo‘shig‘idir. Agarki,
xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo‘lsa,
26
“Alpomish” ana shu dostonning shoh bayti, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Bu
mumtoz asarda tarix to‘fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib,
o‘zligini
doimo
saqlagan
bag‘rikenglik,
el-yurtimizning
matonat,
oliyjanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini topgan.
Shu bois “Alpomish” dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan
saboq beradi. Odil va haqgo‘y bo‘lishga, o‘z yurtimizni, oilamiz
qo‘rg‘onini
qo‘riqlashga,
do‘st-u
yorimizni,
or-nomusimizni,
ota-
bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya
qilishga o‘rgatadi.
Bir
paytlar,
aniqrog‘i,
o‘tgan
asrning
50-yillarida,
milliy
merosimizning ko‘pgina namunalari kabi, “Alpomish” dostoni ham
millatchilik ruhidagi asar sifatida qoralanib, qatag‘onga uchragan edi.
Usha og‘ir yillarda fidoyi ziyolilarimiz jasorat ko‘rsatib, uni saqlab
qolishga muvaffaq bo‘lganliklarini bugun minnatdorlik bilan eslaymiz.
Bu o‘lmas asarni xalqimiz asrlar davomida yaratgan, o‘z iymone’tiqodidek asrab-avaylagan, qancha avlod-ajdodlarimiz “Alpomish”
dostoni asosida tarbiya topgan, o‘zligini anglagan, ma’naviy boylikka ega
bo‘lgan. Demak, xalqimiz bor ekan, Alpomish siymosi ham barhayot.
Chunki
“Alpomish”
dostoni
ijodiy
tafakkurimiz,
ma’naviy
boyligimizning yorqin namunasi bo‘lib, tarixiy ildizlarimizning qanchalik
chuqur ekanini, xalqimiz qanday tabiiy-ijtimoiy muhitda shakllanib,
rivojlanganini, ajdodlarimizning olis davrlarda ham jamoa bo‘lib, birbiriga yelkadosh bo‘lib, o‘z boshiga tushgan qiyinchiliklarni birgalikda
yengib yashaganini yorqin bo‘yoqlarda tasvirlab beradi.
Bir so‘z bilan aytganda, xalqimizning yengilmas bahodiri –
Alpomish timsolida biz Vatanimizni yomon ko‘zlardan, balo-qazolardan
asrashga qodir, kerak bo‘lsa, bu yo‘lda jonini ham fido qilishga tayyor
27
bo‘lgan azamat o‘g‘lonlarimiz — bugungi Alpomishlarning ma’naviy
qiyofasini ko‘ramiz.
(260 so‘z)
BIZ – BUYUK MA’NAVIYAT EGASIMIZ
Inson moddiy va ma’naviy ehtiyojlar bilan tirik. Uning vujudi
moddiy olam qonuniyatlari bilan yashasa, qalbi va ongi, shuuri ma’naviy
olam qonuniyatlari bilan nafas oladi. Masalan, ovqat yeyish, badan
tarbiyasi bilan shug‘ullanish –moddiy olam qonuniyatlariga bo‘ysunish
alomatidir. O‘ylash, fikrlash ,ishonish, zavqlanish, go‘zallikni sevish–
bularning barchasi ma’naviy olam qonuniyatlaridan dalolatdir. Mukammal
inson bo‘lish uchun ham moddiy, ham ma’naviy olam qonuniyatlari
asosida yashash lozim bo‘ladi. Buning uchun odam o‘zidagi moddiy va
ma’naviy ehtiyoj hamda mayllarni boshqara olishi zarur.
Demak, inson hayotining mohiyatini tashkil etadigan moddiy va
ma’naviy ehtiyojlarni bir-biridan ustun qo‘yib bo‘lmaydi. Qayerdaki
moddiy intilishlar kuchayib ketsa, odamlar ma’naviy qiyofasini yo‘qota
boshlaydi, ular o‘rtasida o‘zaro hurmat, go‘zallikni qadrlash, haqiqatga
ishonch kabi fazilatlar yo‘qoladi. Aksincha, faqat ma’naviy intilishlar bilan
ham yashab bo‘lmaydi. Chunki, bunday hayot odamlarnnig moddiy
taraqqiyotdan orqada qolib ketishiga, maktab, kutubxona, teatr, muzey
kabi ilm –ma’rifat maskanlari qurishga mablag‘ topolmay oxir-oqibatda
ruhiy jihatdan qashshoq bo‘lib qolishga olib keladi.
Agar dunyo tarixiga nazar solsak, aynan mana shunday yo‘l–moddiy
va ma’naviy boyliklardan taraqqiyot yo‘lida imkon qadar keng foydalanish
yaxshi natijalar berganini ko‘ramiz. Bularning barchasi sho‘ro davrida
shakllangan “moddiy boylik odamni buzadi” degan qarashning nechog‘li
noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatadi. Agar moddiy boylik halol mehnat bilan
28
topilgan bo‘lsa va yuksak ma’naviyat asosida ishlatilsa, ezgu maqsadlarga
xizmat qilishi shubhasiz. Jahon tarixida o‘zining shaxsiy boyligini
ma’naviyatga, o‘z xalqining ma’rifiy taraqqiyotiga sarflagan insonlar ko‘p
bo‘lgan.
Bizning buyuk ajdodlarimiz ham bu borada ko‘p ibratli ishlarni
amalga oshirgan. Xususan, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘z mablag‘i
hisobidan yo‘llar, ko‘priklar, hammomlar, karvonsaroylar, kutubxona va
madrasalar qurdirgan, iste’dodli shoir, musavvir va adabiyotshunoslarni
o‘z homiyligiga olib, ularga maosh to‘lab turgan. Bunday saxovatli
ajdodlarimizning ezgu an’analarini bugungi yurtdoshlarimiz munosib
davom ettirmoqda.
(264 so‘z).
SHARQNING MA’RIFAT BESHIGI
Qadimiy qo‘lyozmalarda, xususan, Abu Rayhon Beruniy va
Mahmud Qoshg‘ariy, Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur asarlarida
shahar Choch, Shosh, Binkat, Shoshkent va ilk bor Toshkent nomi bilan
qalamga olingan. Toshkentning mayin havosi, maftunkor tabiati,
fusunkor bog‘lari mehr-muhabbat ila madh etilgani, butun shahar
bo‘ylab o‘tadigan Bo‘zsuv, Salor, Anhor, Qorasuv, Oqqo‘rg‘on, Bo‘rijar,
Oqtepa, Qoraqamish kabi jo‘shqin anhor va soylari,
musaffo
buloqlarining zilol va shifobaxsh suvlari haqida tarixiy manbalarda
go‘zal ta’rif-u tavsiflar bitilgani bejiz emas.Yurtboshimiz ta’biri bilan
aytganda, bu xosiyatli zamindan nomlari butun islom olamida mashhur
Imom Qaffol Shoshiy, Shayx Xovandi Tohur, Shayx Zayniddin bobo,
Ibrohim ota, Qo‘yliq ota singari aziz-avliyolar, ne-ne ulug‘ zotlar
yetishib chiqqanida katta hikmat bor. Bu hududda, shuningdek, Xoja
29
Ahror Valiy, Shayx Umar Bog‘istoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu
Sulaymon Banokatiy, Hofiz Ko‘hakiy kabi allomalar yashab, ijod etgan.
Buyuk bobomiz Amir Temurning o‘z saltanatidagi ushbu shaharga
mehri o‘zgacha bo‘lgan. Temuriylar tomonidan bu yerda barpo etilgan
va hozirgacha savlat to‘kib turgan muhtasham binolar zeb-tarovati ana
shu yuksak e’tibordan darakdir.
Toshkent o‘zining olis va boy tarixi davomida boshidan qanchaqancha sinov va mashaqqatlarni o‘tkazgan, ne-ne buyuk voqealarning
guvohi bo‘lgan. Doimo ulkan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy mavqeini
saqlab turgan va shu bois turli davrlarda turlicha ulug‘langan.
Poytaxtimizning "Tinchlik shahri", "Do‘stlik shahri", "Jasorat shahri",
"Non shahri", "Bog‘-rog‘lar shahri", "Sharq darvozasi" sifatidagi
shuhrati Mashriq-u Mag‘ribga yoyilgan. 2007-yili bu ta’riflar qatoriga
"Toshkent - islom madaniyati poytaxti" degan yuksak nom qo‘shilgani
jahon
hamjamiyatining
Vatanimiz
va
uning
poytaxtiga
chuqur
ehtiromining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. O‘tgan davrda yurtimizda
mazkur muhim voqeaga bag‘ishlangan bir qator xalqaro ilmiy va
madaniy tadbirlar tashkil etildi.
Sharqning ma’rifat beshiklaridan biri sifatida dovrug‘ qozongan
Toshkent shahrining 2200 yilligi mamlakatimizda nishonlanadigan katta
to‘y ekani barobarida, dunyo miqyosida muhim ahamiyatga ega ulkan
voqea hamdir. Shu kunlarda bu qutlug‘ sanaga tayyorgarlik shukuhi
yurtimizning barcha hududlarini qamrab olmoqda. Zero, Yurtboshimiz
ta’kidlaganidek, Vatanimizning muqaddas ostonasi, davlatimizning bosh
shahri bo‘lmish azim Toshkent bilan butun O‘zbekiston xalqi, barchamiz
(270 so‘z)
haqli ravishda faxrlanamiz.
30
TIL – TAFAKKUR BOYLIGI
Til –millatning belgilaridan biri. Dunyoda xalqlar ko‘p, lekin har bir
xalq, avvalo, o‘z tili, milliy urf-odat va an’analari, o‘ziga xos turmush
tarzi bilan ajralib turadi. Binobarin, xalqning, millatning o‘zligini
namoyon qilishda tilning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
O‘zbek xalqi asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasiga, umumbashariy
qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Bunda Ona tilimizning
xizmati katta. Chunki bu til
“Devonu lugatit–turk”
bo‘lmasa,
Mahmud Qoshg‘ariyning
kitobi, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlari”,
Alisher Navoiyning “Xamsa”si , Bobur Mirzoning “Boburnoma”si,
Cho‘lpon va Abdulla Oripovning o‘tli she’riyati yaratilmagan bo‘lar edi.
Shuning uchun ona tilimiz millatimiz ruhining timsoliga aylanib ketgan.
Ona tili–ko‘hna tariximiz, hayotbaxsh qadriyatlarimiz, din-u
diyonatimiz, xalqimizga xos dunyoqarash his-tuyg‘ular evolyutsiyasini,
tadrijiy taraqqiyotini ko‘rsatuvchi,
ajdodlar
merosini
avlodlarga
yetkazuvchi ko‘zgudir.
Til xalqning,
millatning
hisoblanadi. Shuning uchun
eng
xalqning
buyuk
qadriyatlaridan
ozodlikka, o‘zligini
biri
namoyon
etishga intilishda tilning qadrini tiklash, nufuzini orttirish muhim o‘rin
tutadi. Alisher Navoiyning temuriylar davrida o‘zbek tilining obro‘yi
uchun
kurashgani
bejiz
emas. XX asr
boshida
ma’rifatparvar
bobolarimiz xalqni ilmga chorlash uchun tilni, alifboni isloh etishga
harakat qilishgani ham ulkan ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘tgan
asrning so‘ngida esa xalqimiz Prezident Islom Karimov boshchiligida
mustaqillik uchun kurash olib borar ekan, avvalo, tilimizga davlat tili
maqomini berish yo‘lida sa’y-harakatlar qildi va 1989-yilda, hali sobiq
mustabid tuzumi hukumronligi tugamagan bir paytda bu ishni amalga
oshirdi.
31
Mustaqillikka erishganimizdan keyin o‘zbek tili rivojiga katta
e’tibor berilgani natijasida Konstitutsiyamizda, “Davlat tili haqida”gi
Qonunda
o‘zbek tilining
davlat
tili
sifatidagi maqomi, uni
rivojlantirishning huquqiy asoslari belgilab qo‘yildi.
Bu o‘zbek tili taraqqiyotida yangi davr boshlanganidan dalolat
edi. Bugungi kunda davlatimizning eng muhim hujjatlari shu tilda
yozilmoqda. Ona tilimiz davlatlararo muloqotlarda, dunyoning nufuzli
minbarlarida, xalqaro anjumanlarda ham keng qo‘llanmoqda. U istiqlol
yillarida milliy g‘urur manbaiga, mustaqilligimiz timsoliga aylanib
qoldi.
(280 so‘z)
MUALLIMI SONIY
Shom shahri madrasalaridan birida arabshunos olimlarning yig‘ini
davom etardi. Raislik qiluvchi yosh bir yigitchaga so‘z berdi. U arab tili
shevasining tovush xususiyatlari haqida ma’ruza qildi. Ma’ruza jiddiy
bahsga sabab bo‘ldi. Oxirida barcha tilshunos olimlar bu yigitchani arab
tili donishmandi deb tan oldilar. Bu– qomusiy bilim sohibi, mashhur
faylasuf, shoir, adabiyotshunos va musiqashunos olim Abu Nasr Forobiy
edi.
Abu Nasr Forobiy sakkiz yuz yetmishinchi yili Sirdaryo bo‘yida,
Forob shahriga yaqin qishloqda tug‘ilgan. Forobiy Buxoro va Samarqand
madrasalarida bilim oldi. Yosh yigit Forobiy ham ilm o‘rganar, ham
muallimlik qilardi. Chunonchi, mashhur olim Abu Sirojiddindan
astronomiya va matematikani o‘rganadi, o‘zi esa unga mantiq bo‘yicha
dars beradi.
32
Muarrixlarning guvohlik berishicha, Forobiy butun umrini ilm
o‘rganishga bag‘ishlab, arab mamlakatlaridagi madrasalarda dars berish
bilan kamtarona, faqirona hayot kechirgan. Birgina Shom shahrida uning
mingdan ziyod shogirdlari bo‘lgan. G‘animlarning fitnasi bilan hayoti xavf
ostida qolganda, uni qutqarganlar ham shogirdlaridir. Forobiy 950-951yillar orasida vafot etgan.
Abu Nasr Forobiy qomusiy bilim sohibidir. U 130 ta asar yozganligi,
ularning o‘n yettitasi turli olimlarning falsafiy asarlariga yozilgan sharh,
oltmishtasi alohida kitob, beshtasi bir qancha maqolalarni o‘z ichiga olgan
majmualar hisoblanadi. Bular orasida “Siyosat va madaniyat”, “Ruhning
mohiyati haqida risola”, “Fozil shahar kishilarining axloqiy qarashlari”,
“Falsafaning muqaddimasi”, “Ilmlar majmuasi” asarlari mashhurdir.
Forobiy she’riyat va musiqa nazariyasiga doir kitoblar ham yozgan. Uning
she’riyatga doir risolasi o‘zbek va rus tillarida nashr etilgan.
Ilm-fanda dunyoda birinchi muallim qadimgi yunon faylasufi Arastu
hisoblanadi. Forobiy antik yunon faylasuflaridan Evklid, Aflotun va
Arastu asarlarini tarjima qilib, sharhlab, Sharqda keng tarqalishiga katta
hissa qo‘shgani va juda ko‘p falsafiy masalalarni o‘sha olimlar darajasida
talqin etgani uchun “muallimi soniy” - “ikkinchi muallim” deb nom olgan.
Buyuk bobomiz Forobiyning mehnatkashligi, bilim o‘rganish
borasida
muntazam
izlanishi,
kamtarligi,
oddiy
mehnatkashlarga
xayrixohligi bizga ibratdir.
(293 so‘z).
33
34
35
36