Uploaded by Rakhmatullokh Mukhammadjonov

Amaliyot Hisoboti

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
O`QUV AMALIYOTI
HISOBOTI
Guruh : 221-17
Bajardi : R. Muhammadjonov
Tekshirdi : _________________
“ __ “ ______ 2021- yil
TOSHKENT – 2021
3
MUNDARIJA
KIRISH......................................................................................................................5
1.1 TEXNIKA XAVFSIZLIGI.............................................................................8
1.2 KORXONA BILAN TANISHUV. …………………………………………10
ASOSIY QISM....................................................................................................11
2.1 OPERATSION TIZIM TUSHUNCHASI....................................................11
2.2 KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARNING AHAMIYATI..............17
2.3 QO’SHIMCHA KOMPYUTER DASTURLARI.......................................27
XULOSA.................................................................................................................30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….…….31
4
KIRISH
Ma’lumki hozirgi kunda axborot texnologiyalari sohasi ildamlik bilan
rivojlanib borayotgan bir paytda, bu jarayon dunyo mamlakatlari va uning
mutasaddilari shu bilan birgalikda axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislarining
zimmasiga o’lkan vazifalarni yuklamoqda. Bu esa o’z o’rnida har bir mamlakatda
o’qitish sohasi, aniq qilib aytganda kompyuter texnologiyalari sohasidagi ta’limni
yanada isloh qilish, ularni zamon talablariga moslashgan andozalar asosida qurishni
talab etmoqda. XXI-asrning axborot asri deb atalishining zamirida o’lkan ma’nomazmun yotganligini hozirgi kunning har bir o’quvchisi-yu, talabasi, nainki har-bir
aqli raso insoni anglab yetdi va yetmoqda. Axborotga talab va ehtiyoj azal-azaldan
katta miqyosda bo’lib kelgan. Biroq, hozirgi kunga kelib unga bo’lgan talab va
zarurat har qachongidan kuchayganligiga hech bir shaxs shubxa qilmasligi tayin.
Ze’roki axborot XXI-asrga kelib eng qimmat moddiy ashyoga aylanib qoldi desam
ayni haqiqat bo’lar.
Fan-texnika, tibbiyot, moliya va iqtisod, soliq hattoki davlat boshqaruvi
organlarida axborot texnologiyalarining qullanilishi bu ishlarda yuqori unumdorlik va
samaradorlikni olib kelmoqda va olamshumul natijalarga erishilamoqda. Masalan,
hozirgi kun tibbyoti juda murakkab tadqiqotlarni, o’ta nozik jarrohlik operatsiyalarini
olib borishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishi hammani quvontirishi
turgan gap. Chunki, bu yusinda qilinadigan ishning samarasi va aniqligi shu bilan
birgalikda sifati yuqori bo’lishi shubhasizdir. Bu ishlarda inson tomonidan yaratilgan
dasturlar kompyuterlar bilan birgalikda insonning o’ziga xizmat qilayotgani yanada
quvonarli holdir. Yoki bo’lmasa quyosh sistemasi sayyoralarini tadqiq qilayotgan
sun’iy yuldoshlarning ish olib borishida va ularning aniqlik darajasini oshirishida
kompyuter buyuk yordamchi va ko’makchi vazifasini o’tamoqda. Maxsus
dasturlangan robitlar sayyorralar uzra tadqiqotlar olib borishda juda qo’l kelmoqda.
Olis manzillar bo’ylab axborot yuborish va qabul qilishda Internet tarmog’ining
faoliyati bugungi kunda har-bir ilmiy xodim, korxona raxbari, davlat organi raxbari
kerak bo’lsa talabalar hayotida muhim rol o’ynamoqda. Ulkan miqyosdagi bilimlarni
5
o’zida mujassam etgan bu tarmoq o’z navbatida ba’zi bir kamchiliklarga ham ega.
Aniqroq qilib aytganda bu ishni uning yaratuvchisi qilayotgani bir tomondan
dilimizni xunob qilishi hech birimizga sir emas. Bugungi kunga kelib internet
sahifalari orasida bizning e‘tiqodimizga va madaniyatimizga o’muman yot bo’lgan
web ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar ko’pydi va uning soni oshsa oshmoqdaki lekin
kamaymayapti. Bu hol esa yoshlar ta’lim-tarbyasiga, ularning kamol topishida ozmiko’pmi o’zining ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Bu jarayon esa har bir shaxsdan
axborot texnologiyalaridan madaniyat darajasida foydalanishni taqozo etadi. Bizning
mamlakatda ham axborot etxnologiyalari sohasi ildamlik bilan rivojlanib bormoqda.
Aynan mana shu maqsadlar uzviyligini ta’minlash maqsadida prezidentimiz tomonida
qabul qilingan qaror va farmonlar bu ishlarning yanada ildamlashishiga turtki
bo’lmoqda.
Kompyutеrlar va axborot tizimlari borgan sari “do’stona” bo’lib bormoqda, va
hatto ular informatika va hisoblash tеxnikasi sohasida mutahassis bo’lmagan odamlar
uchun ham tushunarli bo’lib bormoqda. Bu narsa, eng avvalo foydalanuvchilar va
ularning dasturlari, hisoblash tеxnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta'minot –
opеratsion tizim orqali muloqat qilganliklari uchungina yuzaga kеldi.
Operatsion tizim bu kompyuter va foydalanuvchi o`rtasidagi bir tarjimon deb
aytsak bo`ladi. Ya`ni tilni tushunmasdan turib ham muloqot qilish imkonini beradi.
Bugungi kunda yaratilayotgan Operatsion tizimlar hamma talablarga javob beradi.
Faqatgina uni chuqur o`rgansakkina unda kechayotgan har bir jarayon naqadar
murakkab ekanligini tushunib yetamiz. Buni o`rganish uchun esa bizda hamma
imkoniyatlar yetarli desak mubolag`a bo`lmaydi.
OT asoslarini va ularning ishlash printsiplarini bilish, kompyutеrdan samarali
foydalanishga olib kеladi. OT larni chuqur o’rganish, avvalambor bu bilimlarni,
dasturiy ta'minot yaratishda ishlatishga imkon bеradi.
Hozirgi informatsion texnologiyalar rivojlangan davrda yashar ekanmiz
operatsion tizimlar , kompyuter dasturiy ta`minoti haqida bilish va o`rganish biz
uchun muammo bo`lmaydi .
6
Hozirda yurtimizda kichik biznes va tadbirkorlik ishlari va kichik tashkilotlar
rivojlanishiga katta e`tabor qaratilmoqda. Men amaliyot o`tagan tashkilotda ham buni
yaqqol ko`rishimiz mumkin.
Yurtimizda informatison texnologiyani rivojlantirish maqsadida boshlang`ich
sinf o`quvchilariga ham informatika darsliklari qo`yilmoqda. Bu orqali yoshlarni
texnologik jarayonlar haqida tushuncha va tasavvurga ega bo`lishini ta`minlaydi.
Biz yoshlarga juda ko`plab imkoniyatlar yaratilgan va biz bu imkoniyatlardan
samarali foydalanib, yurtimiz uchun yurtizmizdagi texnologik jarayonlar yanada
yuksalishi uchun o`z hissamizni qo`shishimiz lozim.
7
XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
Kompyuter bilan ishlaganda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
1) Ishdan oldin:
o ish joyini to’g’ri tashkil qilish;
o kuchlanish kabellarini, ulovchi o’tkazgichlarni, rozetka, shtepsel vilkalarini
sozligini tekshirish;
o mashinani shunday o’rnatish kerakki, tebranish ( vibratsiya ) va chayqalish
turlari bartaraf etish imkoni bo’lsin;
o mashinaning hamma bloklarini sozligini va kompyuterni butun ishga tayyorlik
darajasini tekshirish.
2) Ish mobaynida:
o kompyuterda begona shaxslarni ishlashiga yo’l qo’ymaslik;
o begona buyumlarni mashinaning ishlayotgan bloklariga tushib qolmasligini
nazorat
qilib turish;
3) Ishdan so’ng:
o
ish joyini tartibga keltirish;
Ish mobaynida quyidagilar taqiqlanadi:
-
kiyimning yuqori cho’ntaklarida begona metall buyumlar, ayniqsa o’zining
tarkibida magnitlangan temirga ega bo’lgan buyumlarni saqlash;
-
malakasi ikkinchi toifadan past bo’lgan shaxslarni xonada bir o’zi ishlashi;
-
mashinaning tok oqib o’tadigan qisimlariga teginish;
-
manbaga ulangan kompyuterdan platalarni olish va qo’yish;
shuningdek, ajralishi yoki bog’lanishli ulanishlarni ajratish yoki
ulash;
-
tarmoqqa ulangan kompyuterning ustki qopqog’ini yechish;
-
axborotni tasvirlovchi modul ( monitor ) qopqog’ini ochish, chunki electron
nur trubkaga yuqori kuchlanish beriladi;
-
ventilatsion tirqishlarni berkitish;
8
-
malakaviy mas’uliyatga ega bo’lmagan foydalanuvchilarga kompyuterda
paydo bo’lgan nosozliklarni sozlashga ruxsat berish;
-
boshqa nominalga ega bo’lgan saqlagichlarni ishlatish;
-
nosoz mashinalar bilan ishlash;
-
ish vaqtida uzoq tanaffuslarga mashinani yoqiq holda tashlab ketish…
Ish joyida monitor shunday joylashishi kerakki, yorug’lik iloji boricha
yuqoridan burchak ostida tushishi kerak. Monitor derazaga nisbatan yoni bilan
turishi, ish stoli esa yorituvchi qurilmalar ostida turishi kerak. Ko’zni zo’riqtiradigan,
to’g’ri ( ko’rish maydoniga tushayotgan yorug’lik manbayi ) va qaytgan ( ekrandan
qaytgan yorug’lik ) yorug’likdan iloji boricha himoyalanish kerak. Buning uchun ish
joyini o’zgartirish kerak. Monitordagi tasvirning yoritilganligi, ravshanligi va
kontrasti bajarilayotgan ishga va xonaning yoritilganligiga bog’liq holda sozlanishi
kerak. Monitor, hujjatlar va klaviatura shunday joylashishi kerakki, ularni yorug’lik
manbasiga nisbatan joylashganligiga bog’liq bo’lgan yuzalardagi ravshanlik 1:10
nisbatan oshib ketmasligi kerak ( 1:3 nisbat tavfsiya etiladi ).
O’tirganda oyoqlarning bukilgan burchgi 90 daraja va undan yuqorini tashkil
qilishi zarur. Axborot kiritish vaqtida qo’lning tirsakdan to kaftgacha bo’lgan qismi
pol bilan parallel bo’lishi, yelkalar esa erkin holda bo’lishi kerak.
Bu maslahatlarning hammasi kompyuter bilan ishlashda tana a’zolarini
toliqtirmasdan, zo’riqtirmasdan ishlashini ta’minlaydi.
Xulosa: bundan ko’rinib turibdiki, kompyuter bilan ishlaganda har bir ishga
ma’suliyat bilan yondoshib, texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilish mashinaning
ham, insonning ham havfsizligini ta’minlaydi. Bu esa ikki tarafga ham omadli ish
yuritishga imkon yaratadi.
9
KORXONA BILAN TANISHUV
Men amaliyot o’tagan korxona “GLASS TECH SERVICE” MCHJ shaklidagi
xususiy korxona xisoblanib, asosiy faoliyati oyna va oyna mahsulotlariga qayta ishlov
berish sohasidagi keng turdagi xizmatlarni ko’rsatishdan iborat. Yanada batafsilroq
aytadigan bo’lsam, bu zavodda xom oynalarni kesish, shakl berish, teshik teshish, gul
yoki naqsh solish, charxlash va undan tashqari oynani toblash va yana shu kabi turli
xizmatlarni ko’rsatadi. Hozirda barcha zamonaviy ko’plab binolarning fasadi oynavand
bo’lib, ushbu fasadni yaratish uchun albatta toblangan oynalar zarur bo’ladi. Toblangan
oynalarni xom oynadan asosiy farqli jixati shundan iboratki, toblangan oyna 10-15
barobar mustahkam bo’ladi va yana anchagina xavfsiz bo’ladi. Chunki agar toblangan
oyna sinadigan bo’lsa, chil-chil bo’lib mayda bo’lakchalarga bo’linib sinadi, bu esa
mabodo noxush vaziyat yuzaga kelganda ham, insonlar hayotiga xavf solmaydi.
Zavodda umumiy hisobda 100 ga yaqin ishchilar faoliyat olib boradi. Barcha
stanoklar kompyuterlar yordamida boshqariladi. Bu esa zavodga samaradorlik jihatidan
anchagina foyda keltiradi.
10
II. ASOSIY QISM
2.1 Operatsion tizim tushunchasi. Operatsion tizimlar kеngaytirilgan mashina
sifatida.
Ko’pgina kompyutеrlardan mashina tillari darajasida foydalanish ancha
murakkabdir, ayniqsa bu kiritish-chiqarish masalalariga tеgishlidir. Masalan,
yumshoq diskdan ma'lumotlar blokini o’hishni tashkil etish uchun dasturchiga 16
turli komandalardan foydalanishiga to’hri kеladi, ularning har biri 13 ta paramеtrni
aniqlashni talab qiladi, ya'ni masalan: diskdan blok tartib raqami, yo’ldagi sеktor
tartib raqami va h.k.lar. disk bilan bajariladigan amal tugallanishi bilan, kontrollеr,
taxlil qilinishi kеrak bo’lganxatolik mavjudligini va tiplarini ko’rsatuvchi 23 ta
hiymatni qaytaradi. Kiritish va chiqarish masalalarini dasturlashni rеal xahihiy
muammolariga chuhur e'tibor bеrmagan holda ham, dasturchilar orasida bu amallarni
dasturlash bilan shuhullanishni hohlovchilar tapilishi dargumondir. Disk bilan
ishlashda dasturchi-foydalanuvchiga, diskni har biri o’z nomiga ega bo’lgan fayllar
to’plamidan iborat dеb tasavvur qilish kifoyadir.
Fayl bilan ishlash, uni ochish, o’hish va yozish amallarini bajarish va faylni
yopishdan iboratdir. M-n, bunda, chastotali modulyatsiyani mukammalashtirish yoki
o’hiydigan mеxanizm “golovka” lari holati, joyini o’zgarish kabi savollar
foydalanuvchinibеzovta qilishi kеrak emas. Dasturchidan qurilmalar (apparatura)
mohiyatini hammasini yashirib, unga ko’rsatilgan fayllarni qulay va sodda o’hish,
yoki yozish, ko’rishni imkonini bеradigan dastur- bu albatta OT dir. Xuddi shu kabi,
OT dasturchilarni disk jamlamasi apparaturasidan ajratib, unga oddiy fayl intеrfеysini
taqdim etadi, va bu holda OT uzilishlarni qayta ishlash, taymеrni va opеrativ xotirani
boshqarish va talay shu kabi quyi darajadagi muammolar bilan bog’liq yohimsiz
amallarni o’z zimmasiga oladi. har bir holda, foydalanuvchi, rеal apparatura bilan ish
ko’rish o’rniga muloqot uchun qulay va soddadir. Bu nuqtai nazardan, OT
foydalanuvchiga ma'lum kеngaytirilgan yoki virtual mashinani taqdim etadiki, uni
11
dasturlash ham oson va u bilan ishlash soddadir, albatta bu rеal mashina takshil
etadigan apparatura bilan bеvosita ishlash qulay va yеngildir.
Operatsion tizimlar rеsurslarni boshqaruvchi sifatida.
Operatsion tizimlar, avvalambor foydalanuvchiga qulay intеrfеys yaratuvchidir
dеgan g’oya albatta, masalani yuqoridan pastga qarab nazar solishga mos kеladi.
Boshqa nuqtai nazar, ya'ni pastdan yuqoriga qarab nazar tashlash, bu
Operatsion
tizimlar ga murakkab tizimning hamma qismlarini boshqaruvchi
mеxanizm nazar solishdir.
Zamonaviy hisoblash tizimlari, protsеssorlar, xotira, taymеrlar, disklar,
jamharmalar, Tarmoq kommunikatsiyaqurilmalari, printеrlar va boshqa qurilmalardan
iboratdir. Ikkinchi yondashishga mos ravishda Operatsion tizimlarning funktsiyasi,
protsеssorlar, ya'ni rеsurslarni rahobatdosh jarayonlar orasida taqsimlashdan iboratdir.
Operatsion tizimlar hisoblash mashina rеsurslarini jamisini shunday boshqarish
kеrakki, uni ishlashi maksimal samaradorlikni ta'minlashi zarurdir. Samaradorlik
ko’rsatkichi, m-n, tizim o’tkazuvchanlik hobiliyati yoki rеaktivligi bshlishi mumkin.
Rеsurslarni boshqarish, masala rеsursi tipiga bog’liq bo’lmagan ikkita umumiy
masalani еchishni o’z ichiga oladi:
-
rеsursni rеjalashtirish - ya'ni bеrilgan rеsursni kimga, hachon va
taqsimlashdan iboratdir;
- rеsurs holatini kuzatish – rеsursni band yoki bo’shligi, bo’linadigan rеsurslar
hahida esa rеsursning qancha qismi esa taqsimlanmaganligi hahidagi opеrativ
ma'lumotni olib turishdan iboratdir.
12
Rеsurslarni boshqarishni umumiy masalasini еchishda, turli Operatsion tizimlar
lar turli algoritmlardan iboratdir, bu esa o’z navbatida Operatsion tizimlarlarni
umumiy hiyofasi, unumdorlik xaraktеristikalari, qo’llanilish sohalari va hatto
foydalanuvchi intеrfеysini yuqori darajada Operatsion tizimlar vaqtni bo’lish tizimi,
pakеtli ishlov bеrish tizimi yoki rеal vaqt tizimiga mutanosibligini bеlgilaydi.
Tizimli dasturi ta'minot (DT) eng quyi dasturiy ta'minotdir. Bunday dasturiy
ta'minotga quyidagilar kiradi: Opеratsion tizim-OT, fayllarni boshqaruv tizimlari,
Operatsion tizimlar bilan foydalanuvchi muloqoti uchun intеrfеys hobihlari,
dasturlash tizimlari, utilitalar.
Opеratsion tizim - bu tizimli boshqaruvchi dasturlarning zaruriy ma'lumot
massivlari bilan tartibga solingan kеtma-kеtligidir. U foydalanuvchi dasturlarining
bajarilishi va rеjеlеshtirish, hisoblash tizimlarining barcha rеsurslarini (dasturlar,
ma'lumotlar, apparatura va boshqa taqsimlanadigan va boshqariladigan ob'еktlarini),
foydalanuvchiga ulardan samarali foydalanish imkonini bеradigan va ma'lum
ma'noda
hisoblash
mashinasi
tеrminlarida
tuzilgan
masalalarni
еchishga
mo’ljallangan.
Operatsion tizimlar maxsus dastur va mikrodasturlardan iborat bo’lib, ular
apparaturadan foydalanish imkonini ta'minlaydi. Amaliy dasturiy ta'minot albatta OT
boshqaruvi ostida ishlaydi.
13
Linux va Windows OT lari
Linux operatsion tizimi haqida.
Linux nomi esa 1991 yilda Linus Tovalds tomonidan o`z operatsion tizimini
birinchi relizini dasturchilar uyushmasiga taklif etishdan kelib chiqqan. FSF xarakati
xech kimning yuridik qiziqishlariga xalaqit qilmaydigan o`ziga tegishli bo`lgan
operatsion tizimiga ega bo`ldi.
GNU/Linux OT ni rasmiy relizi (operatsion tizimining yadrosi) 1994 yil
yaratildi. Keyinchalik bu OT uchun dasturlarning ko`payishi Linux distributivlarni
keltirilib chiqaradi.
Rasmiy Linux distributivlarining soni yuztaga yaqin.Ba`zi bir distributivlar 1-3
ta Floppy disklarda bo`lsa, boshqalari 7 ta kompakt disklarda bo`lishi mumkin. Linux
OT ustida butun jahon dasturchilar ish olib borganligi sababli, Linux ko`p tilni o`z
ichiga olgan.
Linuxda fayllar tizimi.
Linux operastion tizimda oxirgi chiqqan fayl tizimlari.
Ext3 (Third Extended Filesystem)– ext2 fayl tizimining yangilangan ko’rinishi,
lekin bu tizimda yangi texnologiya (jurnallar bilan ishlash) qo’llanilgan. Diskda sodir
bo’lgan o’zgarishlarning barchasi “jurnallarga” yozib boriladi va ma’lumotlarga zarar
yetkanda shu jurnallar orqali fayllarni tiklash mumkin bo’ladi. Jurnallar bilan
ishlashning quyidagi rejimlari mavjud:
Ext4 – Linuksning yangi ishlab chiqilgan fayl tizimlaridan biri hisoblanadi. Bu
fayl tizimi Linuks yadrosining 2.6.28 versiyasida paydo bo’lgan. Ext3 fayl tizimi
bilan solishtiradigan bo’lsak, Ext4 fayl tizimi ishlashi va ishonchliligi 2 barobar
oshganligini ko’rishimiz mumkin. Bu tizimda disk razdelining maksimal qiymati
1024Pbayt (1Ebayt), fayl xajmining maksimal qiymati 2 Tbayt qilib belgilangan.
Linux va Windowsning farqi.
Windowsning afzalliklari:
1
Dasturlar va zaruriy drayverlarni qidirish muammosi deyarli yo’q.
2
Windowsda dasturlar bilan ishlash oson.
14
3
Windowsni o’rnatish deyarli avtomatik tarzda bajariladi.
4
Windows OT versiyalari yurtimiz ichida keng tarqalgan ularni topish
muammosi mutlaqo yo’q.
Windowsning kamchiliklari:
-
Windows operatsion tizimi Microsoft korporatsiasi tomonidan pulga
litsenziyasi bilan sotiladi bu esa uning katta noqulay tarafi xisoblanadi. Bizgacha
yetib kelayotgan Windows versiyalari Internet tarmog’i yoki boshqa yo’llar bilan
litsenziyasiz qo’lga kiritlgan. Windowsning minimal narxi: 200$ dan boshlanib
5000$ gacha boradi.
-
Windows bir oynali ( LINUX operatsion tizimi ko’p oynali. Unda ish stoli juda
ko’p.). Windowsda esa ish stoli faqat bittagina. Ammo bu juda katta muammo emas
chunki uni dasturlar orqali ko’p oynali qilish mumkin. M: 360 Destkop dasturi.
-
Windowsning yangi versiyalari misol uchun: Windows XP- DDR 128,
Processor 0.7 GHz 3.Gb HDD talab qiladi. Bu degani Windows versiyasilariga qarab
talab borligini bildiradi bu ham uning noqulay tarafidir.
-
Windows vaqt o’tib eskirishi mumkin uni vaqti vaqti bilan yangilab turish
lozim. Agar u yangilanmasa qurilmalarni ishdan chiqrish extimolidan holi emas.
-
Windowsda “OPEN SOURCE”-“OCHIQ KOD” mavjud emas. Linuxda esa
“OPEN SOURCE” mavjud. Bu degani istalgan vaqtda C/C++ orqali Linuxdagi
dasturlarni hattoki Linuxni o’zini ham o’zgartrish mukin degani. Agar Windows
ma’muriyatida (administrator) ham ushbu narsa mavjud bo’lganda Windowsda yana
bir qulaylik mavjud bo’lardi.
-
Windowsning yana bir noqulayligi uning himoyaga muxtojligidir. Windows
dasturida “OPEN SOURCE” mavjud bo’lganida uni quliflash turli xil xakkerlardan
viruslardan ximoya qilish imkoniyatini berardi. Windowsda xech qanday to’siqsiz
kompyuterni boshqarish imkoniyati bor.
-
Windowsga
Anti-SPAM,
Anti-XACCER,
Anti-SHPION,
o’rnatilgandagina u ximoyalangan xisoblanadi.
Linuxning afzalliklari:
15
Anti-VIRUS
1
Linux litsenziyaga ega ammo bepul.
2
Linux operatsion tizimini Internet orqali bepul yuklash mumkin.
3
Linux yuqorida ko’rsatilgan ko’p oynali ya’ni ko’p ish stoliga ega.
4
Linux dasturlarini drayverlarini Internet orqali yangilash yuklab olish bepul.
5
Linux qancha vaqt ishlashidan qat’iy nazar u eskirmaydi. Bu degani Linuxni
qayta qayta o’rnatish majburiyati yo’q.
6
Linux yuqorida ko’rsatilgan “OPEN SOURCE” tizimiga kiradi u chiqish
ko’diga ega. Bu degani istalgan vaqtda C/C++ orqali Linuxdagi dasturlarni hattoki
Linuxni o’zini ham o’zgartrish mukin degani. Linuxga o’zgartrish kiritish uchun
uning chiqish kodi ochiladi va kerakli o’zgartrishlar kiritiladi.
7
Linux ximoyaga ega. Unga yuqorida ko’rsatilgan Anti-SPAM, Anti-XACCER,
Anti-SHPION, Anti-VIRUS dasturlari kerak emas. Chqish kodi orqali bularni
bartaraf etish mimkin.
8
Linuxda esa talab ya’ni Windows versiyalariga o’xshab yangi versiyalarga
yangi qurilmalar talab etmasligi katta qulayligidir.
9
Linux tizimdagi xatoliklarni o’zi tuzatadi buning uchun uni qaytadan yozish
shart emasligini bildiradi.
Endi Linuxdagi kamchiliklarga to’xtalamiz:
1
Linux qo’lda o’rnatiladi. Bu uni o’rnatish ancha vaqtga cho’zilishini bildiradi.
Linuxning xar bir fayli qo’lda bittama bitta o’rnatiladi. Bu esa foydalanuvchi uchun
noqulaylik tu’gdiradi.
2
Linuxda ishlash ozgina noqulay nimaga deganda unda Windwosga o’xshab
dasturlar ko’p emas. Har bir dastur qanchadir muddatdan so’ng ishdan chiqadi uni
Internet orqali olish mumkin.
3
Linuxda dasturlar qatorida drayverlar ham eskiradi. U ham dasturlarga o’xshab
bartaraf etiladi.
4
Yana bir noqulaylik dasturlarning juda kamligi.
16
2.2 KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARNING AHAMIYATI
Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. Kompyuterlar orasida ma’lumot almashish
va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun komyuterlarni bir-biri bilan
bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lashda ikki xil
usuldan foydalaniladi:
1. Kabel yordamida bog‘lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o‘ralgan
juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida
bog‘lanadi.
2. Simsiz bog‘lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar
yordamida, ya’ni radio to‘lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari
yordamida bog‘lanadi.
Bir-biri bilan bog‘langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog‘ini
tashkil etadi. Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumot
almashishni ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan majmuasi.
Kompyuterlararo ma’lumotlarni almashishni ta’minlab beruvchi bunday tarmoqlar
kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik
joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin,
masalan: Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi
kompyuterlarni o‘zaro bog‘lagan tarmoq. Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar,
va viloyatlar darajasida kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki
telekommunikasiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lagan tarmoqlar. Global tarmoqlar o‘ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini
telekommunikasiya (kabelli, simsiz, sun’iy yo‘ldosh) aloqalari tarmog‘i orqali
bog‘lagan yirik tarmoq. Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish
imkoniyati vujudga keldi. Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan
kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta
kompyuter yordamida yechish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir
kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning
17
resurslaridan (ma’lumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish, hamda butun dunyo
kompyuterlarini o‘zida birlashtirgan Internet tarmog‘iga bog‘lanish mumkin. Tarmoq
taqdim etadigan hizmatlar. Kompyuter tarmoqlari axborotlarni elektr signallari
ko‘rinishida uzatish va qabul qilishga ixtisoslashgan muhit. Tarmoqlar biror
maqsadga erishish uchun quriladi, ya’ni bog‘langan kompyuterlar orqali biror
masalalarni yechish uchun ixtisoslashtiriladi. Tarmoq xizmatlariga quyidagilarni
misol tariqasida keltirish mumkin:
- Fayl server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar asosiy kompyuterning
(server) ma’lumotlaridan foydalanish yoki o‘z ma’lumotlarini asosiy kompyuter
xotirasiga joylashtirish mumkin;
- Print server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar o‘z ma’lumotlarini
xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali qog‘ozga chop qilishi mumkin; 
- Proksi server xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar xizmat joriy
qilingan kompyuter boshqaruvi orqali bir vaqtda Internet yoki boshqa xizmatlardan
foydalanishi mumkin;
- Kompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha
kompyuterlarning va ularda qayd qilingan foydalanuvchilarning tarmoqda o‘zini
tutishi hamda faoliyat yuritishi belgilanadi va nazorat qilinadi.
Tarmoq har doim bir nechta komp’yuterlarni birlashtiradi va ulardan har biri o‘z
axborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega. Axborot uzatish va qabul
qilish komp’yuterlar o‘rtasida navbat bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun har
qanday tarmoqda axborot almashinuvi boshqarib turiladi. Bu esa o‘z navbatida
kompyuterlar o‘rtasidagi axborot to‘qnashishi va buzilishini oldini oladi yoki bartaraf
qiladi.
Kompyuterlar
tarmoqlari
tashkil
etilgandan
so‘ng
undagi
barcha
kompyuterlarning manzillari belgilanadi. Chunki axborotlarni tarmoq orqali bir
kompyuterdan boshqasiga uzatish kompyuter manzillari orqali amalga oshiriladi.
Jo‘natilayotgan axborotga oddiy hayotimizdagi xat jo‘natish jarayoni kabi uzatuvchi
va qabul qiluvchi manzillari ko‘rsatiladi va tarmoqqa uzatiladi. Har bir kompyuter
kelgan axborotdagi qabul qiluvchi manzilini o‘zining manzili bilan solishtiradi, agar
18
manzillar mos kelsa, u holda axborotni qabul qilib oladi va uzatuvchiga qabul qilib
olganligi to‘g‘risida tasdiq yo‘llaydi. Xuddi shu tariqa kompyuterlararo axborot
almashiniladi.
Manzil tushunchasi. Kompyuter tarmoqlarida manzil tushunchasi sifatida quyidagi
fikrlarni keltirish mumkin:
1. Manzil kompyuter xotirasining qismlarini, kompyuter kiritish-chiqarish qurilmalari
portini, hisoblash tarmog‘i kompyuterlarini hamda boshqa ma’lumot manbalarini
yoki ularni uzatish uchun belgilangan joyni aniqlaydi.
2. Manzil hisoblash tarmoqlarida uzatilayotgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi yoki
jo‘natuvchilarni aniqlovchi ma’lumotlar ketma-ketligi. Axborot muhitida tezlik
tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig‘imi. Ma’lum vaqt oralig‘ida aloqa
muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning uzatilish tezligini belgilaydi. Xar
qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik tushunchasi va uning o‘lchov
birliklari mavjud bo‘lganidek, axborotning ham uzatish tezligi hamda o‘lchov
birliklari mavjuddir, bular:
- Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni;
- Kbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan
bitlar soni;
- Mbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan
bitlar soni;
- Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan
bitlar soni.
Axborot kanallarining sihimi ular orqali ma’lum vaqt oralig‘ida uzatiladigan axborot
hajmi bilan belgilanadi. Bu o‘z navbatida axborot kanallarining o‘tkazish qobilyatini
anglatadi. Axborotlarni qidirish tizimlari. Internet tarmog‘idagi qidiruv tushunchasi
shuni anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi o‘ziga kerakli bo‘lgan biror ma’lumot
yoki materialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Internet tarmog‘i foydalanuvchilari qidiruvni Internet muhitida joylashgan vebsaytlar,
ularning manzili va ichki ma’lumotlari bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa
19
foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan axborotni samarali qidirish va tez topish
imkoniyatini beradi. Internet tarmog‘i shunday bir muhitki, u o‘zida turli
ko‘rinishdagi va turli tillardagi ko‘plab axborotlarni jamlagan. Bunda ushbu
axborotlar ichidan kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni qidirib topish muammosi paydo
bo‘ladi. Internet tarmog‘ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun o‘zbek,
rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha so‘zdan tashkil topgan
so‘rovlardan foydalanadi. Ya’ni ma’lumotlarni uning sarlavhasi yoki uning tarkibida
ishtirok etgan so‘zlar va jumlalar bo‘yicha qidirib topish mumkin. Bunda
foydalanuvchi tomonidan Internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli
ma’lumotga doir so‘z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi.
Shundan so‘ng qidiruv tizimi foydalanuvchiga o‘zi tomonidan kiritilgan so‘z yoki
jumlaga mos keluvchi ma’lumotlarni qidirib topadi va kompyuter ekranida ularning
ro‘yxatini hosil qiladi. Va nihoyat ro‘yxatdagi ma’lumotlarni ketma-ket ko‘rib
chiqilib kerakli bo‘lganlari kompyuterga saqlab olinadi. Ko‘rib o‘tilganidek, har bir
foydalanuvchi Internet tarmog‘i orqali o‘ziga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni uning
mavzusi hamda tarkibidagi so‘z yoki jumla bo‘yicha qidirib topishi mumkin, lekin
Internet tarmog‘ida ma’lumotlar shunchalik ko‘p-ki, ta’kidlab o‘tilgan usul samara
bermasligi mumkin. Bunday hollarda Internet qidiruv tizimlari qidiruvning bir
qancha qo‘shimcha usullari bo‘yicha qidiruvni taqdim etadi, bular:
- ma’lumotlarni uning tili bo‘yicha qidiruv;
- ma’lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo‘yicha qidiruv;
- ma’lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo‘yicha qidiruv;
- ma’lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo‘yicha qidiruv;
- ma’lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi bo‘yicha qidiruv;
- ma’lumotlarni xavfsiz qidiruv. Rasmlar ma’lumotlarning grafik yoki tasvir
ko‘rinishi hisoblanadi. Internet tarmog‘ida grafik ma’lumotlarning ko‘plab turlari
uchraydi, ya’ni: chizma (vektor), foto (rastr), harakatlanuvchi (animasiya) hamda
siqilgan rasmlar. Bunday grafik ma’lumotlar tarkibida matnli axborot mavjud
bo‘lmaydi. Shundan ko‘rinib turibdiki, demak rasm ko‘rinishidagi ma’lumotlar ustida
20
faqatgina uning nomi yoki turi bo‘yicha qidiruv olib borish mumkin. Ko‘pgina
internet qidiruv tizimlari grafik yoki tasvir ko‘rinishidagi ma’lumotlarni qidirish
uchun alohida bo‘limga ega bo‘lib, bu bo‘lim orqali ixtiyoriy turdagi rasmlarni
ularning nomlari bo‘yicha qidiruvni amalga oshirish mumkin. Masalan, quyidagi
rasmga shunday qidiruv tizimlarining biri tasvirlangan. 1-rasm. Tasvirlarni qidirish.
Internet tamog‘ida matnli yoki rasm ko‘rinishidagi ma’lumotlardan tashqari musiqa
va video ma’lumotlarning ham ko‘plab manbalari mavjud. Internet tarmog‘i orqali
har bir foydalanuvchi musiqa eshitishi, radio tinglashi, teledasturlar yoki
videofilmlarni tomosha qilishi mumkin. Internet orqali radioeshittirish va
teledasturlar namoyishi ma’lum, ushbu turdagi xizmatlarni taqdim etuvchi tizimlar
(serverlar) tomonidan amalga oshiriladi. Internet orqali radio tinglash yoki
teleko‘rsatuvni tomosha qilish uchun ushbu tizimga bog‘lanishni o‘zi kifoyadir.
Ammo musiqa va filmlar Internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlarda alohida
material ko‘rinishida saqlanadi. Ularni tinglash, tomosha qilish yoki kompyuterga
ko‘chirib olish uchun avvalo kerakligini qidirib topish zarur. Musiqa va video
materiallari ustida ham grafik (rasm) materiallar kabi uning nomi yoki izohi bo‘yicha
qidiruv olib borish mumkin. Bunda musiqa va filmlarni qidirib topish uchun qidiruv
tizimi maydoniga materialning nomi yoki uning izohiga taalluqli biror jumla kiritiladi
va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so‘ng qidiruv tizimi tomonidan kiritilgan
jumlaga mos keluvchi musiqa va video materiallar joylashgan veb-saytlarning
ro‘yxati shakllantiriladi. Ro‘yxatdagi veb-saytlar foydalanuvchi tomonidan birin –
ketin ko‘rib chiqiladi va kerakli materiallar kompyuterga saqlab olinadi. WWW.UZ –
bu barcha foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog‘idagi milliy segmenti
axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi tizimdir. Milliy
axborot-qidiruv tizimini rivojlantirish ishlari axborot va kompyuter texnologiyalarini
rivojlantirish va joriy etish UZINFOCOM Markazi tomonidan olib boriladi. Milliy
axborot-qidiruv tizimining asosiy xususiyatlaridan biri uning ko‘p tilli axborot
qidiruvi (ruscha, o‘zbekcha) va boshqa milliy axborot tizimlari va ma’lumot
omborlari
bilan
o‘zaro
ishlay
olishidadir.
21
WWW.UZ
Internet
tarmog‘i
foydalanuvchilariga milliy sigmentda joylashgan veb-saytlar bo‘yicha qidiruv
xizmatini taqdim etadi va qidiruvni veb-sayt manzili va ichki ma’lumotlari bo‘yicha
olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan axborotni samarali
qidirish va topish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, shu WWW.UZ qidiruv tizimi
Internet resurslari (veb-saytlari) katalogini va veb-saytlar reytingi yuritadi, saytlar
bo‘yicha jamlangan statistik ma’lumotlarni to‘playdi hamda axborot texnologiyaari
sohasidagi yangiliklar va maqolalarni yoritib boradi. WWW.UZ “Katalog” bo‘limi –
Internet tarmog‘ida ochiq holda joylashgan, O’zbekiston Respublikasiga aloqador
bo‘lgan, ro‘yxatga olingan, izohlari keltirilgan va katalog mavzulari bo‘yicha
saralangan veb-saytlar to‘plami. WWW.UZ katalogi foydalanuvchilari o‘zlariga
kerak bo‘lgan saytni mavzular bo‘yicha (Iqtisod, OAV, Madaniyat va boshqalar)
qidirish orqali tezroq topishlari mumkin. Katalog har kuni qidiruv tizimining faol
foydalanuvchilari tomonidan yangi saytlar bilan boyitib boriladi. Shu bilan birga
WWW.UZning har bir foydalanuvchisi “Top-reyting” bo‘limiga kirib, barcha
ro‘yxatga olingan saytlar reytingini ko‘rishi, “Jamlangan statistika” bo‘limida esa
ularning statistikasi bilan tanishib chiqishi mumkin. 2-rasm. WWW.UZ milliy qidiruv
tizimi. Internet tarmog‘i yirik ma’lumotlar ombori hisoblanadi. Undan kerakli
ma’lumotlarni qidirib topish foydalanuvchining oldiga qo‘yilgan eng asosiy
masalalardan biridir. Bunday hollarda yirik ma’lumotlar omboridan kerakli
ma’lumotlarni qidirib topishda axborot-qidiruv tizimlari muhim ahamiyatga ega.
Internet tarmog‘ida bunday tizimlarning ko‘plab turlarini uchratish mumkin.
Bulardan Google, Rambler, Yandex, Yahoo tizimlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida
qidiruvni olib boradigan eng mashhurlari hisoblanadi. http://www.rambler.ru 3-rasm.
Rambler qidiruv tizimi. http://www.yandex.com 4-rasm. Yandex qidiruv tizimi.
http://www.yahoo.com 5-rasm. Yahoo qidiruv tizimi. Lokal tarmog‘ida ishlash
asoslari. Lokal tarmoqda ishashning asosiy afzalligi quyidagicha: ko‘p marta
foydalaniladigan rejimda dasturli modem, printerlar tarmog‘idagi disklarning
umumiy resurslardan va hamma kirishi mumkin bo‘lgan diskda saqlanuvchi
ma’lumotlardan foydalanish, shuningdek, bir kompyuterdan boshыasiga axborot
22
uzatish imkoniyati. Fayl serverli lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliklarni sanab
o‘tamiz.
1. Shaxsiy umumiy foydalanuvchi ma’lumotlarni faylli - serverda saqlash
imkoniyatining mavjudligi. Shu boyis umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar ustida
bir vaыtda bir necha foydalanuvchi ishlay oladi. (Matnlar, elektron jadval va
ma’lumotlar bazasini ko‘rib chiqish, щqish), Net Ware vositasida fayl va kataloglar
darajasidagi ma’lumotlar ko‘p tomonlama ximoya qilinadi; umumiy ma’lumotlarning
Excel, Access kabi tarmoqli amaliy dasturlangan maxsulotlar bilan yaratiladi. Ayni
paytda dasturda belgilangan kirish uchun chegara tarmoq operasion tizimi orqali
щrnatilgan chegara doirasida bo‘ladi.
2. Ko‘pgina foydalanuvchilar uchun zarur bo‘ladigan dasturli vositani doimiy saqlash
imkoniyati: U yagana nusxada fayl- server diskida bo‘ladi. Shuni kayd etamizki,
dasturli vositani bunday saqlash foydalanuvchi uchun ilk ish usullarini bщzmaydi.
ko‘pgina foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan dasturli vositaga avvolo matn va
grafik taxrirlovchi, elektron javallar, ma’lumotlar bazasini boshыarish tizimi va
boshыalar kiradi. Ko‘rsatilgan imkoniyatlar orqali ыuydagi ishlarni bajarish mumkin:
Ishchi stansiyalarining lokal diskni dasturlangan vositalarni saqlashdan ozod qilish
hisobiga tashqi xotiradan unumli foydalanish; tarmoq operasion tizim ximoya vositasi
bilan dasturli mahsulotlarni ishonchli saqlash; dasturli maxsulotldarni ishlashga
layokatli axvolda ishlab turishni va ularni yangilashni soddalashtirish, chunki ular
fayl-serverda bir nusxada saqlanadi.
3. Tarmoqning barcha kompyuterlar щrtasida axborot almashish. Ayni paytda
tarmoqdan foydalanuvchilar щrtasida dialog saqlanadi, shuningdek elektron pochta
ishini tashkil etish imkoniyati ta’minlanadi.
4.
Bir
yoki
bir
qancha
umumtarmoq
printerlarida
tarmoqdagi
barcha
foydalanuvchilarning bir vaqtda yozishi. Bu paytda quyidagi ominlar ta’minlanadi:
har bir foydalanuvchining tarmoq printeriga kira olishi;
5. Kuchli va sifatli printerdan foydalanish imkoniyati (malakasiz muomiladan
ximoyalangan xolda); dasturli maxsulotlar sifatida bosishi Uktuvchi kompyuterida
23
bajarilgan ishlarni o‘quvchilar kompyuterida ko‘rsatish; uktuvchining kompyuter
monitorida o‘quvchilar kompyuterlari ekranlarini aks ettirish orqali o‘quvchilar
bajaradigan ishlarni nazorat qilish.
6. Global tarmoqning yagona kommunikasiyasi bo‘lganda lokal tarmoqning har
qanday kompyuteridan global tarmoq resurslariga kirishni ta’minlash. Endi esa
bevosita lokal tarmoqqa kirish va undan faoydalanish usullarini ko‘rib o‘taylik.
Tarmoqqa kirish uchun ishchi stolda joylashgan “Setevoye okrujeniye” yorlig‘ini
ustiga sichqonchani olib kelib chap tugmachasini ikki marta bosamiz. Natijada
quyidagi muloqot oynasi paydo bo‘ladi. “Setevoye okrujeniye” muloqot oynasi.
Ushbu muloqot oynasining chap qismida joylashgan “Otabrazit kompyuterы
rabochey guruppы” buyrug‘ini tanlaymiz. Natijada kompyuterimiz joylashgan ishchi
guruhdagi kompyuterlar ro‘yhati ko‘rinadi. Ishchi guruhdagi kompyuterlar. - Agar biz
mana shu ishchi guruhda joylashgan biror bir kompyuterga kirmoqchi bo‘lsak
kompyuter nomi ustiga kelib sichqonchani chap tugmachasini ikki marta chertamiz.
Natijada ana shu kompyuterda dostup berilgan papkalar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Lekin
shu o‘rinda shuni ham eslatib o‘tish mumkinki agar tarmoqqa kirishga parol
qo‘yilgan bo‘lsa kalit so‘zlarni kiritish uchun so‘rov oynasi paydo bo‘ladi. Kalit
so‘zlarni kiritib bo‘lganimizdan keyin “OK” tugmachasini bosamiz. - Agar biz
tarmoqdagi boshqa bir ishchi guruhdagi kompyuterga kirmoqchi bo‘lsak yuqoridagi
muloqot oynaning “Drugiye mesta” bo‘limidan “Microsoft Windows Network”
buyrug‘ini tanlashimiz kerak bo‘ladi. Ushbu buyruqni bosganimizdan so‘ng tarmoqda
mavjud bo‘lgan barcha ishchi guruhlar ro‘yhati paydo bo‘ladi. Misol tariqasida ba’zi
bir ishchi guruhlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
-Arm – institut axborot resurs markazi kompyuterlari joylashgan;
-Bosh – institut boshqaruv bo‘limida joylashgan kompyuterlar joy olgan;
-Farpi – server kompyuter;
-Masofa_talim – institut masoviy ta’lim markazi va multimediya markazida
joylashgan kompyuterlar joylashgan. Endi esa ana shu ishchi guruhlardan ba’zi
birlariga kirishni ko‘rib o‘taylik. Axborot resurs markazi bosh kompyuteriga tarmoq
24
orqali kirib u yerga ixtiyoriy biror bir ma’lumotni tashlashni ko‘rib o‘tamiz. Buning
uchun “Arm” ishchi guruhi ustiga sichqonchani ko‘rsatkichini olib kelib chap
tugmachasini ikki marta bosamiz. Natijada ana shu ishchi guruhda joylashgan
kompyuterlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Biz ushbu ro‘yxatdan o‘zimizga kerakli bo‘lgan
kompyuterni tanlaymiz va chap tugmachani ikki marta bosamiz. Natijada tanlagan
kompyuterimizdagi ruxsat etilgan papkalar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Biz “Inbox” nomli
papkaga kiraylik. Buning uchun ustiga kelib sichqonchani chap tugmachasini ikki
marta bosamiz. Shuning bilan ishchi maydonda “Inbox” papkasining ichida
joylashgan barcha fayl va kataloglar ro‘yxati namayon bo‘ladi. Agar hohlasak bu
yerdan ixtiyoriy fayl yoki katalogni o‘zimizning kompyuterga ko‘chirib olishimiz
yoki shu yerning o‘zida ochib o‘qib ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari
agar papkaga ruxsat to‘liq berilgan bo‘lsa biz o‘zimizda mavjud bo‘lgan
ma’lumotlarni ko‘chirib o‘tkazishimiz ham mumkin bo‘ladi. Lokal tarmoqdagi
ixtiyoriy boshqa kompyuterga kirish ham yuqoridagi kabi amalga oshiriladi. Lokal
tarmoqdagi ixtiyoriy kompyuterga kirishning yuqoridagidan tashqari boshqa bir
necha usullari ham bor. Shulardan biri IP adres yoki tarmoqdagi nomi bo‘yicha kirish.
IP adres bo‘yicha lokal tarmoqdagi biror bir kompyuterga kirish uchun “Vыpolnit”
taklif qatoriga (yoki moy kompyuter manzil qatoriga) o‘sha kompyuterning IP adresi
ikkita sleshdan (yo‘l belgisi - \\) so‘ng yoziladi va “OK” tugmachasi bosiladi.
Masalan: \\192.168.10.206. IP adres bo‘yicha kirishdan oldin o‘sha kompyuterni IP
adresini bilishni talab qiladi. Bizning institutimiz serveri IP adresi \\192.168.10.10.
Institutimiz IP adreslari to‘g‘risida yana qo‘shimcha qilib shuni aytishimiz mumkinki
192.168.10. – qismigacha barcha kompyuterlarda bir xil. Faqatgina oxirgi qismi bilan
farqlanadi. Tarmoqdagi nom bo‘yicha murojot qilish ham deyarli IP adres bo‘yicha
murojot qilish bilan bir xil. Faqat ikkita sleshdan so‘ng IP adres emas, balki uning
tarmoqdagi nomi yoziladi. Masalan: \\Notebook_ustoz yoki \\Farpi_server. Lokal
tarmoqda ishlash jarayonida foydalanuvchi o‘ziga qulay bo‘lgan usullardan
foydalanishi mumkin. Lekin shu o‘rinda yuqoridagi kirish usullarini bir biridan
farqlari va ustunlari to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tish joiz. “Setevoye okrujeniye”
25
ilovasi bo‘yicha tarmoqqa kirishda biroz sekinroq yuklanishi mumkin. Buning o‘ziga
hos sababi bor albatta. Ya’ni ushbu holatda ishlayotgan kompyuterimiz tarmoqda
joylashgan barcha kompyuterlarni ko‘rishga harakat qiladi. IP adres bo‘yicha yoki
nom bo‘yicha kirishda aynan bitta kompyuterni o‘ziga murojat qiladi holos.
26
2.3 KOMPYUTERNING QO`SHIMCHA DASTURLARI
Drayverlar.
Ular kampyuterbilan boshqa qurilmalar o`rtasida muloqot o`rnatishga xizmat qiluvchi
dasturlar dir ular xarbir qurilma (klavyatura,printer, sichqoncha va xokazo) lar uchun
aloxida ishlab chiqariladi, hu qurilmalarini kampyuter bilan xamkorlikda ishlashini
ta`minlaydi va nazorat qilib boradi masalan Mouse.com-kampyuteri bilan sichqoncha
o`rtasidagi muloqotni tayyorlaydi.
Utilitlar.
Utilitlarga arxivlash, formatlash vositalari anti viruslar deagnostika vositalari
optemallash vositalari komunikatsya vositalari xtirani boshqaruvchi vositari misol
keltirish mumkin. Arxivlash vositalari yoki arxivatorlar-maxsus usullar yordamida
fayl xajmini qisib kichraytirishga ularning arxivlarini xosil qilishga xizmat qiluvchi
vositalardir.
Arxivlangan fayllar birqancha qulayliklarga ega masalan:
Ularga maxsus kapyuter viruslarning 90% dan ko`prog`I ta`sir etolmaydi. Matnli
fayllar xajmi 50-60% qisqaradi. Ularni boshqa foydalanuvchilardan ximoya
qilishning samarali usullari.Zamonaviy arxivatorlarga PKZIP, ARJ, PAK, RAR,
WINRAR, WINZIP, kabi dasturlarni misol keltirish mumkin.
Formatlash vositalari.
Ma`lumot yozishdan oldin disclar satrlari sektorlarga sektorlar esa klasterlarga
klasterlar esa ma`lumotlar yoziladigan yo`lakchalarga bo`linadi. Shundan keyin
disklar ishchi xotiraga keladi bu esa ma`lumotlarning disda optimal
Xamda zarur payti kerakli ma`lumotlarni tezda izlab topishga imkon beradi disklar
satxlarini shunday sektor va klasterlarga bo`lish diskni formatlash deyiladi va bu
jarayonni maxsus dasturlar yordamida bajariladi. Formatlangan 3.5 diyumlik
disketada 18 sektor va 80 yo`lak bo`ladi bitta sektorning yo`lklari sig`imi 51.2 baytga
teng bo`lib ular klasterlar deyiladi.
Virus dasturlar va ularning turlari.
27
Kompyuter viruslari dep kampyuterning xotirasidagi ma`lumotlarni ishdan
chiqarish maqsadida maxsus tuzilgan dasturiy vositalarga aytiladi dastlabki paytda
ular disketalar orqali tarqalar edi. Keyingi yillarda kampyuter tarmoqlari orqali xam
tarqalmoqda. Ularning buzg`unchilik faoliyati najijasida minglab kamyuterlar va
kampyuter tarmoqlari ishdan chiqmoqda va ularning xotirasidagi ma`lumotlar
yo`qolmoqda. Natijada ularning keltrayotgan zarari milionlab dollarlar bilan
o`lchanmoqda.
-
Virus dasturlar ta`sirida.
- Fayllarning xajmi sezilarli ortishi.
- Kampyuterning ish tezligi sekinlashishi.
- Ekranda natija o`rnida turli belgilar paydo bo`lishi.
- Chaqirilgan fayllar umuman ishga tushmasligi.
- Kampyuter xotirasida begona fayllarning paydo bo`lishi.
Virus dasturlarni guruxlarga bo`lish mumkin.
1 Oddiy fayilli dasturlar fayillar bilan birga kompyuter hotirasiga kelib tushuvchi va
shu fayil ishga tushirilgandagina o`z faoliyatini boshqaruvchi viruslar.
2 Rezident
fayilli dasturlar chaqirilgan fayil bilan birga
kompyuterning tezkor
hotirasiga kelib tushuvchi va kompyuterning keyingi ishi davomida tezkor hotirada
qolib tezkor hotiraga chaqirilgan barcha fayllarni zararlovchi viruslar.
3 Yuklovchi
sektor viruslarri disklar yoki disketalarning yuklovchi sektorlarini
ishdan chiqarishga mo`ljallangan ya`ni shu sektorda joylashgan sistema dasturlarini
zararlovchi viruslar.
4 “Chuvalchang” viruslari boshqa dasturlarini zararlamaydi biroq o`z o`zidan nusxa
olib ko`payuvchi viruslar ularning ishi natijasida kampyuter xotirasi virus dastur
nusxalari bilan to`lib qoladi kampyterning ishlash samaradorligini keskin pasaytiradi.
Antiviruslar.
Virus dasturlarini izlab topuvchi va ularni zararsizlantiruvchi dasturiy vositalardir.
Ular o`zlarining ish usullariga va imkonyatlariga ko`ra guruxlarga bo`linadi:
28
-
detektor dasturlar va doktor dasturlar. Ular virus bilan zararlangan fayllarni
izlab topadi xamda viruslarga davolashga xarakat qiladi masalan. Dialog-MGU
firmasi yaratgan AVP, Dr Web dasturlari shular jumlasidan.
-
Revizor dasturlari va doktor revizorlar. Ular fayllarning dastlabki xolatlar
to`g`risidagi ma`lumotlarni (xajmi diskdagi o`rni va xokazo) eslab qoladi so`ngra
tekshirish vaqtida bu ma`lumotlarni dastlabkisi bilan solishtiradi agar farq bo`lsa ular
zararlangan deb xisoblaydi va virslarni aniqlash va faylni davolash faoliyatini
boshlaydi.
Ularga misol qilib “diyalog MGU”firmasining ADinf dasturini keltirish
mumkin.
Filtir dastur yoki rizident-dastur. Ular kompyutirning tezkor hotirasiga aftamatik
ravishda yuklanib, kompyut ishi davomida shu joyda qoladi, hamdahotiraga
chaqirilayotgan har bir dasturni viruslardan zararlanmaganligini uzluksiz tekshirib
boradi, Flushot plus dasturi shunday dasturlardan.
Dastur vakinalar yoki imunizatorlar. Ular diskni va undagi fayillarni viruslarning
tasiriga berilmovchi qilib takomillashtiruvchi hamda fan rejimida faoliyat olib
boruvchi vositalardir. Zamonaviy antiviruslar dasturini ishlab chiqarishda aynan
shunday vositalarga katta ahamiyat berilmoqda. Kiyingi yillarda yuqoridagi antivirus
vositalarinning barcha hususiyatlarini o`zida mujasamlashtirgan universal vositalar
ham ishlab chiqarilmoqda. Bular ichida eng ko`p tarqalgani Kasperiskiy
labaratoriyasida yaratilgan Kasperiskiy dasturidir.
Diyagnostika vositalari. Kompyuter qurilmalari va magnit disklarning ishlash
qobilyatlarini va holatini tekshiruvchi hamda ulardagi nuqsonli joylarni aniqlab, iloji
boricha tuzatadigan dasturlar. Vazifasiga ko`ra ular ikkiga bo`linadi
- kompyuter qurilmalarining ish faoliyatini tekshiruvchi dasturlar. Masalan:
Contral R
- magnit disklarning ish holatini tekshiruvchi dasturlar. Masalan: NDD
29
III. XULOSA
Agar “Operatsion tizim” (OT) tushunchasini qisqacha izohlasak, bu boshqaruv
dasturidir. OT bu – kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni
boshqarish uchun ishlatiladigan dastur.
Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo’linadi. Dasturlash
sistemasi – dasturlash tillari va ularga mos til protsessorlari majmuasidan iborat bo’lib,
dasturlarga ishlov berish va so’zlashni ta’minlovchi dasturlar to’plamidan iborat.
Dasturlash sistemasining tashkil qiluvchilar (dasturlar) amaliy dasturlar to’plami
singari OT boshqaruvi ostida ishlaydi. Kompyuter resurslari OT boshqaruvi ostida
bo’ladi. OT ga ehtiyoj resurslar taqsimoti va ularni boshqarish masalasi zaruriyatidan
kelib chiqadi. Resurslarni boshqarishdan maqsad foydalanuvchiga kompyuterdan
effektiv foydalanish bilan birga resurslarni boshqarish tashvishidan ozod qilishdir.
OT
lardan
quyidagi
hususiyatlarga
ega
bo’lishi
talab
qilinadi:
1. Ishonchlilik. OT o’zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo’lishi kerak. OT
foydalanuvchining aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlashi, uni tahlil qilishi va
tiklash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. OT foydalanuvchining o’zi tomonidan qilingan
xatodan himoyalashi, hech bo’lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zararni
minimumga olib kelishi kerak
2. Himoya. OT bajarilayotgan masalalarning o’zaro bir – biriga beradigan ta’siridan
himoyalash kerak.
3. Bashorat. OT foydalanuvchi so’roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak.
Foydalanuvchi buyruqlari sistemada qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo’lsa,
ularning ketma – ketligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar natija bir xil bo’lishi kerak
4. Qulaylik. Foydalanuvchiga OT ni taklif qilishdan maqsad – resurslarni aniqlash va
bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Sistemani inson
psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak
Men bu o’quv amaliyoti jarayonida o’z yo’nalishim yuzasidan ko’plab
ma’lumotlarga ega bo’ldim va bu ma’lumotlar menga ish jarayonida foydali bo’ladi
deb o’ylayman.
30
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Axmedov A.,Tayloqov N. Informatika: Akademik litsey va kasbhunar kollejlari uchun darslik.-T.: «O`zbekiston», 2001.
2.
Abduqodirov
A.A.,
Hayitov
A..G`.,
Shodiev
texnologiyalari T. «O`qituvchi». 2002.
3. “Компьютерные сети”, Эндрю Таненбаум, 1988.
4. www.google.com
5. www.ziyonet.uz
31
R.R.
Axborot
Download